Ko‘rsatish mashg‘ulotning maqsadiga qarab har xil o‘tkaziladi. Ma’lum bir predmetni anglatuvchi so‘zni tushunishni o‘zlashtirish uchun eng avval shu predmet ko‘rsatiladi. Masalan, kuchukcha yoki xo‘roz o‘yinchoqni ko‘rsatib, «Vali, qara, bu kuchukcha. Uning ko‘zlari, kuloq-lari, dumi, oyokdari qayerda ekanligini ko‘rsat. Mana bu—xo‘roz. Mana uning boshi, dumi, panjalari. Xo‘rozning boshi qani, dumi qani, 'panjalari qani, ko‘rsat.» Avval o‘zi bu predmetlarning qismlarini ko‘rsatadi, so‘ngra boladan ko‘rsatishni so‘raydi.
1 yoshga kirgan bola umumlashtiruvchi so‘zlarni bilib olishiga erishish uchun, bolaga bir xil nomdagi, ammo tashqi ko‘rinishi har xil bo‘lgan o‘yinchokdar ko‘rsatiladi.
Masalan, «Odina, mana bu qo‘g‘irchoq. (Qattiqmaterialdan qilin-gan.) Uning ustida chiroyli ko‘ylagi bor. Ma, qo‘g‘irchoqni ushlab ko‘r. Uncha katta bo‘lmagan pauzadan so‘ng ikkinchi bir qo‘g‘irchoqni (uncha katta bo‘lmagan, rezinadan yoki yumshoq materialdan kilingan, boshqacha kiyintirilgan) ko‘rsatadi. «Bu kim? Qo‘g‘irchoqni ol, uni yaxshilab ko‘rib chiq».
Yana o‘rtada pauza (boshqa materialdan qilingan, chiroyli kiyintirilgan, katta qo‘g‘irchoqni ko‘rsatadi, «Odina, qara, bu kim?... Bu ham qo‘g‘irchoq». Turli o‘yinchokdar bilan o‘tkaziladigan mashg‘u-lotlar bolalarda katta qiziqishni vujudga keltiradi. Kattalar bu qar xil o‘yinchokdar bilan bir xildagi harakatlarni bajaradilar.
Masalan, «Mana mushukcha, bu esa xo‘roz. Ularning qorni och, ular ovqat yeyishmokchi. Mushuk non yeydi — xam-xam, xo‘roz esa don cho‘qiydi — klu-klu». Mashqo‘tkazib bo‘lingandan keyin o‘yinchoqdar bolalarga beriladi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, mashq takrorlanadi (3-4 marta).
Narsa-buyumlarni (o‘yinchoqlarni) va harakatlarni bir vaktning o‘zida ko‘rsatish uslubiyotidan foydalanib ham mashqlar o‘tkaziladi.
Masalan: «Ajoyib xaltacha» nomli didaktik o‘yin mashg‘ulotida xaltacha ichiga kuchukcha, mushuk, xo‘roz kabi o‘yinchokdar solinib, o‘yinchokdar navbatma-navbat bolalarga ko‘rsatiladi, nomi aytila-di, qanday yugurishi, qanot qoqishi, qichqirishi va hokazo hara-katlar ko‘rsatiladi.
Bu yoshdagi bolalar (1 yoshdagi) «ber», «ol» so‘zlarini tushu-nishga va uni o‘zlashtirib olishga o‘rgatiladi.
Buninguchun mashg‘ulotni kuyidagicha tashkil etish mumkin. Kattalar avval kichkintoyni qo‘lidagi o‘yinchoqni berishga o‘rgati-shi lozim: «Karima, menga kuchukchani ber». So‘ngra maxsus o‘yin-mashqni tashkil etadi: «Karima, men senga xo‘rozcha olib keldim. Kara, u qanday chiroyli. Mana, xo‘rozchani ol». Bola xo‘rozcha bilan bir oz o‘ynaganidan so‘ng, «Karima, endi xo‘rozchani menga ber» deydi. Ol va ber so‘zlari qatnashgan ran va jumlalarni bir necha marta takrorlash mumkin.
Shunday qilib, 9—10 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘yin mashg‘ulotlari jarayonida kattalar nutqini tushunish saviyasi, tevarak-atrofdagilar bilan taNishish doirasi kengayadi, aytilgan narsani ko‘z yuritib topishga yoki keltirib berishga odatlanadi. Tashki ko‘rinishi turli xil bo‘lgan, ammo nomi bitta so‘z bilan ataladigan , o‘yinchoqdarni ko‘rsatib, ularning nomini aytadi, turli xil o‘yin-chokdar bilan ayni bir xil harakat qilishga o‘rganadi. Masalan, kuchukcha va mushukchaga ovqat berish, mashina va aravachani yurgizish, suratdagi narsa nimaligini aytib berishga o‘rganadi. Buyumlarning va harakatlarning nomini to‘g‘ri aytish bilan birga, bola osonlik bilan takrorlay oladigan so‘zlarini (masalan: kuchuk — vov-vov, ov-kat yeyapti — xam-xam, ko‘g‘irchok uxlayapti — obbo-obbo kabi, bemalol takrorlay oladi. Bolalar kattalar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi jarayonida faqat tovushlar va imo-ishoralardan foydalanibgina qolmay, balki so‘zlardan ham foydalana olish malakasini egallab oladi.
Dilnoza Sohibova.
Do'stlaringiz bilan baham: |