Bolaning yeti oylik davri va undan keying davrlari
Bola 7 oylik bo‘lganda kattalarning unga bergan savoliga («oying qani?» «soat qani?») qarab yaqinida turgan kishiga yoki devorda, javon ustida turgan buyumga bosh burib qaraydi va uni kuzi bilan qidirib topadi.
8 — 9 oylik bo‘lganda nomi aytilgan buyumni zo‘r berib axtara-di va u buyum qayerda turgan bo‘lmasin, uni ko‘zi bilan axtarib topadi. Bola 6 oylikdan 9 oylikkacha taqror-takror aytilgan so‘zlar-ni, «chapakkaho-chapakka», «chimo-chimo», «sarak-sarak», «assalom» «xayr-xayr», «qo‘lingni ber» kabi harakatlarni farqqila boshlaydi va ularni bajonidil bajaradi, tanish harakatlarni bildiradi-gan so‘zlarni («o‘tir», «yot» kabi) tushunadi.
Tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushuna boshlagach, bolada faol nutq ko’rtaklari paydo bo‘ladi. Tevarak-atrofdagilar ta’siri ostida bola kattalar talaffuz qilayotgan tovushlarga takdid kila boshlaydi, bu tovushlarni qayta-qayta takrorlaydi, tovush reaksiya-lariga diqqat bilan quloq soladi. Shu tariqa bolada faol nutqni o‘stirishga sharoit yaratiladi.
5 — 6 oylikdan 9 — 10 oylikkacha bo‘lgan bolalarda nutqni ri-vojlantirishning asosiy vazifasi kattalar nutqida uchraydigan tovush birikmalarini tushunishga va unga takdid qilishga o‘rgatish-dan iboratdir.
Nutkni tushunish, eng avvalo, kundalik tartib dakiqalari-da — ovqatlantirishda, cho‘miltirishda, uykuga yotqizishda rivojlan-tiriladi. Bolani parvarish kilish jarayonida unda juda kup turli xildagi harakatlar, malaka va odatlar, xulq-odob qoidalari shakl-lanadi. Bularning hammasida kattalarning so‘zlar orqali ko‘rsatma-lari asosiy rol o‘ynaydi. Bolalar bilan qilinadigan nutqiy muo-mala orqali ularni birgaliqda kdlinadigan faoliyatga sekin-asta jalb qilib boriladi. Birgalikda faoliyat ko‘rsatish bu ob’ektni, narsa-buyumlarni, harakatlarni bajarish jarayonini ko‘rib chiqish va bo‘layotgan voqealarni kuzatishdan iboratdir. Masalan, bolani ki-yintirayotgan vaqtda kichkintoyning gavda qismlari, kiyimning nomini aytib, bolaning diqqatini aytilayotgan ob’ektga yoki hara-katga yo‘naltirib, ular tafakkurini faollashtirish lozim («Salim-ning oyoqlari qani? Mana uning oyokdari. Oyokdariga hozir biz nima kiydiramiz? Paypoq. Salimning paypog‘i qani? Qara, mana ular. Ko‘ylakchasi qani? Mana ko‘ylakchasi. Hozir ko‘ylakchasini kiydiramiz). Shuni nazarda tutmoq kerakki, bola hali harakatlarni bildi-ruvchi so‘zlarning ma’nosiga tez tushunib yetmaydi. Buning uchun sis-temali ravishda nutqiy munosabatda bo‘lib turish lozim. Narsa-bu-yumlarning, harakatlarning nomlarini bildiruvchi so‘zlarni takror-takror aytish lozim. Shuningdek, bolani narsa-buyumlarning nomlarini yaxshi bilib, uni tushunib olishga o‘rgatish maqsadida, aytilayotgan narsa-buyum tomonga qarab harakat qilishni talab qilish kerak.
Buning uchun kattalar aytilayotgan buyum tomonga ko‘zi bilan karashi, uni qidirishi kerak. Shunday qilganda bola ham kattalarning ko‘z harakatiga qarab buyum bor tomonga qaraydi va uni zo‘r berib qidiradi. Masalan: «Lola, sening piyolang qani?, Mana sening piyolang. Unda sut bor. Hozir sen sut ichasan» va hokazo.
Bunday yakkama-yakka mashkdar o‘tkazishdan tashqari, guruhdar bilan ham o‘yin-mashqlar o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotning mazmuni va uni o‘tkazish uslubiyoti bolalar nutqini rivojlantirishning maqsad va vazifalariga bog‘liq bo‘ladi.
Tevarak-atrofni idrok kilishga, narsa-buyumlarning, o‘yin-chokdarning nomlarini bilib olishga va uni tushunishga o‘rgatish bolalarning ko‘ruv, eshituv a’zolariga ta’sir etish orkali amalga oshiriladi. Buning uchun albatta savoldan foydalanish kerak. Masalan: Chiq-chiq qani? Miyov-miyov qani? Vov-vov qani? Ku-ku qani? va hokazo.
Mashg‘ulotning borishi har xil bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda kattalar (hamshira-tarbiyachi), eng avval bolaning eshituv a’zosiga ta’sir etadi — shiqiddoqni shiqillatadi, so‘ngra savol beradi: «Salima, kuchukcha (mushukcha) qani?» Keyin shiqildoqni shiqillatadi. Ba’zi hollarda bola idrokini kuchaytirish maqsadida narsa-buyum-ni (o‘yinchoqni) bola oldiga olib keladi. Bola uni kuliga oladi, yaxshilab ko‘radi. So‘ngra tarbiyachi bu o‘yinchoq (narsa-buyum)ni yashi-radi yoki avvalgi joyiga olib borib qo‘yadi va boladan: Salima, kuchukcha (mushukcha) qani? — deb so‘raydi. Bola aytilgan narsani zo‘r berib kidiradi va uni topgach, qo‘li bilan uni ko‘rsatadi yoki kattalar bola bilan birga qidiradi va «Mana, kuchukcha (mushukcha)» deb aytadi. Bu mashq bir necha marta takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |