Mavzu: ilk o’rta asrlarda xitoy. Reja: Kirish



Download 267.87 Kb.
Sana20.02.2020
Hajmi267.87 Kb.
MAVZU: ILK O’RTA ASRLARDA XITOY.
Reja:

Kirish.

1. III asrda Xitoy jamiyati. Ko'chmanchilar hujumi.

2. Janubiy va Shimoliy davlatlar.

3. Suy va Tan ilk feodal imperiyalarining tashkil topishi.

4. Shaharlar, hunarmandchilik va savdo.

6. Ijtimoiy va davlat tuzumi.

7. Tashqi siyosat va munosabatlar.

8. Din va mafkura.



Xulosa.

Kirish.
Bizga ma’lumki har bir davlatni, har bir xalqni o’ziga yarasha tarixi, madaniyati, mentaliteti bor. Biz tarixni o’rganar ekanmiz undan o’zimizga tegishli xulosa va saboqlar chiqarishimiz darkor.

El-yurtimiz o’zining ko’p asrlik tarixi davomida ma’shum xatarlarni bir necha bor ko’rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o’tmish, bosib o’tgan mashaqqatli yo’limiz barchamizga saboq bo’lishi, bugungi voqealikni teran taxlil qilib, mavjud taxdidlarga nisbatan doimo ogoh bo’lib yashashga davat etishi lozim. O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutgan millatning kelajagi yo’q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko’p bora o’z isbotini topgan.1

Qadimgi Sharq madaniyati, davlat tuzumini rivojlanishida ham qadimgi Xitoy alohida o’ringa egadir. Biz yosh avlad bu davlatni kashfiyot va yutuqlaridan oqilona foydalanish, undan hayot faoliyati davomida o’zimizga kerakligini olishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. U qilgan kamchiliklar va nuqsonlarni takrorlamaslik darkor.

Bizga malumki Xitoy qadim zamonlardan biyon Osiyo qitasidagi eng yirik va eng qadimgi madaniyat va sivilizatsiya o’choqlaridan biri bo’lib kelgan. Insoniyat tarixidagi dastlabki sivilizatsiyalardan biri aynan Xitoyda Xuanxe va Yanszi daryolari oralig’ida vujudga kelganligi yuqoridagi fikrlarimizning isboti bo’ladi desak mubolag’a bo’maydi.



III ASRDA XITOY JAMIYATI
Xitoyda feodal munosabatlar Xan quldorlik imperiyasi va shimoldagi qabilalar ibtidoiy jamoa tuzumi zaiflashuvi asosida tarkib topa boshladi. (Xitoy tarixchilari – eramizdan avval XI asrgacha davrdan).

Xan davlati buyuk Xitoy devoridan Janubiy Xitoy dengizigacha bo'lgan teritoriyada joylashgan edi. 50 mln dan ortiq aholisi bo'lgan. Qadimiy poytaxtlari Chan'an (Sian – xozirgi nomi), Loyan Xalq nomi Xanlar Ipakchilik sopol buyumlar yasash, qurol yasash, qog'oz ishlab chiqarish rivojlangan.

184 yilgi «Sariq peshonabog'lilar» qo'zg'oloni mamlakatni xarob qilgan, zayiflashuv boshlangan. O'zaro urushlar ham davlatni kemirgan. 189 yili poytaxt Loyan qo'ldan ketgan. Ichki urushlar sobiq imperiyani 3 lashkarboshi tomonidan bo'lib olinishi bilan yakunlangan. Uch podsholik davri boshlangan.

Mamlakat shimoli va poytaxt rayonlarida qo'zg'olon rahbarlaridan biri Sao Sao hukmronlik qila boshladi. Janubiy Sharqda xozirgi Nankin rayonida poytaxti bo'lgan. U davlati, g'arbda Shu davlati paydo bo'ldi. 265 yili Vey lashkarboshisi Sima Yan Sao Sao avlodini tugatib Szin sulolasiga asos soldi. Shimoliklar dastlab Shu, 280 yili U davlatini egalladilar2. Imperator Sima Yan hukmronligi o'rnatildi.

100 yil mobaynida soliq to'lovchilar soni 56 mln dan 17 mln ga tushib qoldi. Irigatsiya sistemasi buzildi. 280 yil Sima Yan agrar sistema to'g'risida farmon chiqardi. Bunga binoan xazina foydasiga ma'lum shartlarni bajargan mehnatga layoqatli har bir kishi yer olishga xuquqli edi. 16-60 yoshli erkak va ayol unga to'la huquqli bo'lgan. 13-15 va 61-65 yoshlilar belgilangan yerlarning yarmini olishga xaqqi bo'lgan. Bolalar va qariyalar yer ololmas va soliq to'lamas edilar. Yer olganlar hosilning 2/5 qismi miqdorida soliq to'lardilar. Har bir hovlidan, agar boshliq erkak bo'lsa uch dona shoyi material va 3 o'lchov birligida ipak olinardi. Agar oila boshlig'i ayol, o'smir yoki qariya bo'lsa uning yarmi to'lanardi. Davlat ishlarida yiliga 30 kun ishlab berilgan. Uzoq va chegara rayonlarida u kamaytirilgan. Bu sistema keyingi asrlardagi agrar tadbirlarning ham asosi bo'lib xizmat qilgan.

Davlat xizmatidagi boyroq odamlarni jalb qilish maqsadida egallagan lavozimi va darajasiga qarab yer berilgan.

Oliy darajadagi chinovnik mulkidagi davlat solig'idan ozod bo'lganlar soni 50 hovlidan oshmasligi shart edi. Reforma yuqori tabaqa manfaatlariga zarar keltirmagan. Yerga davlat va xususiy egalik birlashib ketgan, shu sababli o'zaro raqobat zaif bo'lgan.

289 yil Sima Yan o'limidan so'ng taxt uchun kurash boshlandi. Unga ko'chmanchi Syanbi, uxuan va xunnlar aralashgan.

***

KO'CHMANCHILAR HUJUMI

III-IV asrlarda Xitoy shimolidan Rimga qadar bo'lgan territoriyada xalqlarning buyuk ko'chishi jarayoni davom etgan Janubiy Xunlar (nan syunni), syanbilar, di, syan, sze va boshqa qabilalar Shimoldan O'rta Xitoy tekisligiga ko'chgan - Qadimiy Xanlar etnik beshigi Shimoldagi Xunlar ittifoqi yemirilgach, janubiy guruh Shimoliy Shansi va ichki Mongoliya rayonlarida yashab qolgan. Asosiy mashg'uloti chorvachilik. 5 Xunn qabilasi vakillari boshliq shanyuy (tangri quli) saylanganlar, u sekin merosga aylangan.

Shanyuylar qadimdan imperator oilasidan qiz kelin olibb kelganlar, ularning katta o'g'illari Xan saroyida faxriy garovda va 5 aymoq boshlig'i saroylarida yashab faoliyat ko'rsatganlar3.

Xunlar otryadlari ba'zan imperatorga yordam berganlar. Keyinroq xunlar imperiyasi zaiflashuvi oqibatida shanyuylar Xitoy taxtiga davogarlik qila boshladilar. Szin imperiyasi armiyasi markaziy rayonlarda joylashgan xunlar yetarli darajada qarshilik ko'rsata olmasdi. 311 yili Loyan, 316 yili Chan'an quladi. Xunnlar orqasidan imperiyaning quruqlik chegaralaridagi ko'p qabilalar xarakatga keldi. Ularning ba'zilarida urug' tuzumi hukmron, boshliqlar saylanar, ayollar katta huquqlarga ega edilar. Ba'zilarda aristokratiya ajralib chiqa boshladi. Shimoliy sharqda eng kuchlisi Syanbi qabila ittifoqi edi. Xitoy elchilari ulardan xunlarga qarshi foydalanishga uringanlar. III asrda Syanbinlar bir necha ittifoqqa bo'lindi.

Muyunlar janubiy Manjuriyada, Tobalar ichki Mongoliyada hukmron edilar. Muyunlar xitoyliklar ko'magida hukmron Yan podsholigini o'rnatdilar. O'rta podsholik yerlariga g'arbdan Tibet guruhi qabilalari kelib Gansu, Shensi, Ninsya yerlarini egallab Sin davlatini barpo etganlar.

Ular dastlab Muyunlar so'ngra xanlar bilan to'qnashganlar. Lekin ko'chmanchilar podsholigi parchalanib tashlangan. Shimoliy Xitoyda tashkil etilgan podsholiklar mustahkam bo'lmay, odatda tez parchalanib ketardi. Qadimgi Xitoyning madaniyati o'chog'i bo'lgan Shimol 100 yillar mobaynida jang maydoniga aylandi.

IV asr oxirida g'arbiy syabinlarning toba qabilasi o'zaro janglarga chek qo'ydi. Shimoliy Xitoy egallandi, ular dohiysi Toba Guy imperator deb e'lon qilindi. Davlat tuzumida Xitoy tajribasidan foydalanildi. 367 yili ular Xitoyning o'ziga bostirib kirdilar. Toba Guyning nevarasi Shimoliy Xitoyda Shimoliy Veylar sulolasi hukmronligini o'rnatdi.

***


JANUBIY VA SHIMOLIY DAVLATLAR
Shimoliy Xitoyga ko'chmanchilarning bostirib kirishi an’anaviy tarixshunoslikda Janubiy va Shimoliy sulolar davri deb nomlangan bosqichni boshlab berdi. Qadimgi Xitoyda III-VI asrlardagi kabi shimol va janub o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lmagan edi. Shimoldan millonlab aholi janubga qochgan.

317 yili Szyanda (Nankin rayoniga) to'plangan saroy ahli asima xonadoni vakillaridan birini imperator deb e'lon qildi. Rasmiy yilnomachilar 317-419 yillarni Sharqiy Szin sulolasi hukmronligi deb xisoblaydilar. Imperator hokimiyati zaif, yirik siyosiy mansablar Shimoliy aristokratiya qo'lida edi4.

IV asr oxiri V asr boshlarida «50 dou gruch» sektasi boshchiligidagi dehqonlar qo'zg'oloni, hukmron sinf o'rtasidagi ziddiyat Sharqiy Szin hokimiyatining qulashiga olib keldi. Shundan so'ng 4 sulola almashdi. Imperator hokimiyati poytaxt rayoni tashqarisida tan olinmasdi.

Alohida lashkarboshi tomonidan Shimolga qilingan yurishlar muvaffaqiyatsiz tugagan. IV asrdan janubda «varvar»lar hukmronlik qilib xanlar ularga tobe bo'lganlar.

Tobi hukmronligi davrida Shimoliy Vey davlati ham regres boshlangan. Yer «kuchli xonadonlar» qo'liga o'ta boshlagan. Xunarmandchilik deyarli o'lgan. 485 yili yirik yer egaligini cheklashga qaratilgan imperator farmoni e'lon qilingan. Tarixshunoslikda u chek yer sistemasi deb nom olgan. U III asrdagi Szin` davlati o'tkazgan agrar islohotlarni davomi edi.

Yerga davlat egaligi printsipi g'olib chiqdi. Qonun barcha dehqonlarga feodalga bog'liq bo'lmagan yerga egalik qilish huquqi berildi. 15-17 yoshi erkak va ayollar xaydaladigan yerga egalik qila olardilar: Erkaklar - ko'proq, ayollar-ozroq. Yerdan donli ekinlar yetishtirishga majbur etilgan. Qarilik yoshi mehnatga layoqatsizlik, o'lim tufayligina yer boshqa kishi qo'liga o'tgan.

Sotish va ijaraga berish ta'qiqlangan. Chek yerning ikkinchi qismida kanop, sabzovot yetirishilar va tut daraxti ekilardi. Bu qism amalda merosiy xisoblanar5, uni ba'zi xollarda sotish mumkin edi uy qurilgan xovli ham shunday xarakterda bo'lgan. Chek yer uchun xazinaga don, ipak, kanop matosi hamda xom-ashyosi to'langan. Bundan tashqari chek yer egasi ma'lum muddat davlat foydasiga ishlab bergan6.

Qishloqda detallashtirilgan boshqaruv sistemasi o'rnatilgan. 5 hovli Lin` deb nomlangan jamoaga birlashgan, besh lin o'rtacha jamoa Liga birlashgan, 125 hovli bo'lsa qishloq tashkiloti Danni tashkil etgan. Bu birlashmalar qishloq oqsoqollari tomonidan boshqarilgan. Ba'zi yer egalari va oqsoqollar mukofot tariqasida soliqlardan ozod etilgan. Hovli (Xu) xisob-kitob asosi bo'lib xizmat qilolmasdi, chunki uning tarkibiga odatda bir necha qarindosh oila kirardi. Farmon bo'yi oilaning uylanmagan a'zosiga chek yerning qulga 1/8 xo'kiz yoki eshakka 1/10 qismi miqdorida yer berilardi. Bu xolat feodallashayotgan yuqori tabaqa manfaatlariga mos edi. (xo'kiz va qo'li bo'lsa, yeri ko'p bo'ladi) natural maosh tariqasida chinovniklarga ham yer ajratilgan.

Tobi zodagonlari, «kuchli xonadon»larning budda monastirlari yerlariida qul va yarim qul (butsyuy-yerga bog'langan) boshqa yerdan kelganlar (Kexu-kelgindi) ishlagan. Bu tadbir ilk feodal markazlashgan imperiya kuchayuviga imkoniyat yaratdi. Boshqaruv sistemasida qadimgi Xitoy shaklidan foydalanildi.

Xitoylashuv jarayoni boshlandi. Vey hukmronligi davrida Xanlarning bilim va tajribalaridan keng foydalandilar. Davlat apparatida Xan chinovniklari asosiy rol` o'ynay boshladi. Tobilar Xitoy etiketi, kiyimi, urf-odatlarini qabul qilib Shomonizmdan voz kechdilar. Buddizmni qabul qildilar. Familiya Xancha bo'ladigan bo'ldi. VI asrda Shimoliy Vey davlatida ellik mingga yaqin moastirlar bor edi. Keyinroq imperiya g'arbiy va sharqiy davlatlarga bo'lindi. VI asr o'rtalarida hokimiyat xanlar qo'liga o'tdi7.

***

SUY VA TAN ILK FEODAL IMPERIYALARINING TASHKIL TOPISHI
VI asrning ikkinchi yarmida Shimol va Janub munosabatlari yumshadi. Ko'chmanchilar xanlar orasiga singib ketdi. Jangovar tobi vujudga kelgan kuchini yo'qotdi. Uning ustiga Markaziy Osiyoda vujudga kelgan ko'chmanchilarning Turk Xokonligi xujum xavfi paydo bo'ldi. Bunday sharoitda shimol butun mamlakatni birlashtirish tarafdori edi8.

Shimoldagi davlatlardan biri Chjou konsolidatsiya (birlashuv) markaziga aylandi. 581 yili shimol lashkarboshisi Yan Szyan Suy sulolasining imperatori deb e'lon qilindi (581-618). Siyosiy va iqtisodiy vaziyat ulkan mamlakatni harbiy yo'l bilan birlashtirishni taqozo etardi.

Yangi sulolaning tashkil topishi Xitoy tarixi oqimini keskin burib yubordi. 4 asrlik qarama-qarshilik tugadi. Birlik va markazlashuv davri boshlandi. Iqtisodiy va madaniy rivojlanish boshlandi. Yangi hokimiyat soliqlarni ozaytirib, tartibga soldi, tuz va vino monopoliyasini bekor qildi, yangi tanga zarb etdi, o'lchov va standartni bir shaklga soldi.

Konfutsiylik ta'limoti tarafdan imperator olimlarni davlat xizmatiga taklif etdi, chinovniklar imtihon topshiradigan bo'ldi. Suy saroyi Xan byuroktartik sistemasini o'zlashtirdi. Madaniyatda shimol va janub sintezi ro'y berdi.

Yan Szyan 604 yili o'z o'g'li Yan Guan tomonidan o'ldirildi. Yan Guan iqtisodiy va siyosiy markazilashuv sistemasini davom ettirdi, poytaxtni va 10 ming boy oilani Loyanga ko'chirdi. Aloqani kuchaytirish maqsadida Xuanxe, Yantszi, dengiz suv yo'li vujudga keltirildi. Buyuk kanal shimol va janub iqtisodini bog'ladi.

Buyuk Xitoy devori mustaxkamlandi qushimcha qurildi. Axolini ruyxatga oldi. Soliq ko'paytirildi, barshchina muddati uzaytirildi oqibatda 610 yili xalq qo'zg'oloni ko'tarildi9.

Qo'zg'olonchilar Dou Szyaneni (starosta, voin) hukmdor deb e`lon qildilar. Bundan norozi bo'lgan yirik feodallar isyon ko'tarildi. Bu vaqtda Koreyaga qilingan yurish ham muvaffaqiyatsiz chiqqan edi. Janubga qochgan Yan Guan o'ldirildi. Mamlakatda tartibsizlik boshlandi. Shansi hukmdori Li Yuan Chan'anni egallab, imperatorga aylandi, yangi Tan sulolasiga asos soldi (618-907).

Eski qarzlar bekor qilndi, davlat barshinasi muddati qisqartirildi, qulikka sotilgan dehqonlar ozod etildi, feodallarning dehqonlarni o'ldirishi ta'qiqlandi. Ochlarga yordam berildi, suv bosishga qarshi kurashildi. Savdogarlarga xomiylik qilindi. Qo'zg'olonchilar avf etildi, lekin qo'zg'olon markazlari yo'qotildi, Dou Szyandeni qatl etildi. Li Yunning o'g'li Li Shimin (627-649) davrida Tan imperiyasi mustahkapmlandi, territoriyasi kengaydi.



SHAHARLAR, HUNARMANDCHILIK VA SAVDO
IV-V asrlardagi urushlar va xujumlar davrida Xitoyning deyarli barcha shaxarlari talangan va yondirilgan. Qadimiy poytaxtlar Chan'an va Loyan xarobazorga aylantirilgan. Xitoy janubidagi shahar xayoti qishloqnikidan farq qilmasdi.

VI asrga kelibgina shahar hayoti va shahrsozlik qayta tiklandi. Shaharlar chegara qasrlari savdo xunlar markazlari sifatida xom-ashyo bor, joylarda daryo bo'ylari, dengiz qirg'oqlarida paydo bo'ldi. O'rta asr dunyosining yirik shahri Chan'an juda rejali qurilganligi bilan ajralib turardi10.

Uning sharqiy qismida imperator saroyi va aristokratiya xonadonlari joylashgan. VIII asr boshlarida daosizm, buddizm, nestorian, zardushtiylik, mazdakiylik, moniylik ibodatxonalari mavjud edi. Bir necha bozor bo'lgan.

XII asr boshlarida dengiz qirg'oi va Buyuk kanal bo'yicha Xanchjou qurildi, Shimolda kayfin paydo bo'ldi. Chendu, Chengjou, Suchjou yirik savdo-xunar markazlariga aylandi. Guanjou, Syuanjou, Uchan kabi port shaharlar kengaytirildi.

Shaharlar harbiy-mudofaa, ma'muriy, iqtisodiy, madaniy funktsiyalarni bajargan. 3 yuqori darajadagi chinovniklardan tashqari kishilarning kechasi ko'chalarda yurishi ta'qiqlangan. Otliq qorovullar, shaharlar devori va to'siqlardan oshib o'tganlar 70 darra yeganlar.

Ilk o'rta asr huquqida shaharliklar uchun alohida normalar bo'lmagan. Suy va Tan imperiyalari davrida tog' sanoati va metal eritish sanoati paydo bo'ldi. Szyansida sopol va chinni markazi, Yanchjouda kemasozlik markazi shakllandi. Chendu shoyilari buyuk ipak yo'li orqali dunyoga tarqalgan.

Hunarmand buyurtmaga qarab ishlar, ortiqchasini bozorda sotardi. Monastirlar xuzurida ham ustaxonalar bo'lgan. Bir soha xunarmandlari bir ko'cha yoki mahallada yashagan. Bozxorda bir joyda alohida qator xonda mahsulot sotishgan. VI asrda uning asosida savdo-xunar birlashmalari tarkib topdi - tuan va xan (Yevropada sex - XI-XII asr) ba'zi xanlarga 400 gacha oila kirgan. VI-VII asrlarda yozilgan ustavlari ham yo'q edi. Xanni oqsoqollar boshqargan. Xanlar shogird qabuli, ish vaqtini belgilaganlar, kasb sirini saqlaganlar, lekin xazina nazoratida bo'lib mahsulot baxosini belgilay olmaganlar.

VII-VIII asrlarda davlat xunarmandchiligi ham ancha taraqqiy etdi. Konlar, ustahonalar, malaka talab qiladigan xunarlar merosiy bo'lgan. Katta shaharlarda bozor chinovniklar nazoratida bo'lib, kun botishi bilan bekitilgan. Do'konlar, ustaxonalar o'rnashgan yer uchun.

VII asrning choy uchun alohida soliq solingan, (te-yashil barg) kontrabanda choyini sotgan savdogar 3 marta qo'lga tushirilsa o'ldirilgan.

***


IJTIMOIY VA DAVLAT TUZUMI
Feodallashuv sharoitida Xitoyda qadimgi despozitsiyalar shakladagi davlat tashkiloti vujudga keldi. Jamiyatning sotsial tabaqalashuvi esa murakkab ierarxiyani tug'dirdi.

Hamma davlat vassali edi (Yevropada “Vassalimning vassali, mening vassalim emas” tamoyili mavjud edi. Har bir tabaqa o'z urf-odatlari etiketi, kiyimi, bezaklari va uyga egadir. Ba'zan eng yuqori aristokratiya tarkibiga xizmatiga qarab aristokrat bo'lmagan ham kiritilardi. Xitoyda mayorat (merosning katta o'g'liga qolishi) xukm surmagan, shu sababli yer tobora parchalanib ketaverdi, u oliy tabaqadagilar o'zaro janjallariga sabab bo'lardi.

Davlat apparatining muhim funksiyalaridan biri 3 bosqichda imtihonlarni tashkil etishi edi. Mahalliy ma'muriyat boshliqlari sinovni boshlab berganlar. Poytaxtdagi imtihonlar imperator saroyida o'tkazilgan. Oqibatda barcha xizmatchilar savodliligi ta'minlangan. Oliy darajadagi olimlik belgisi dastlabki 3 darajadagi mansabni egallash huquqini bergan11.

Imtihon sistemasi chinovniklarning dunyoqarashi va sadoqatini aniqlash imkonini ham bergan. Uning nazariy asosi imperatorga barcha huquqlarni bergan konfutsiylik imperiya boshqaruvi haddan tashqari detallashtirilgan (iyerarxiya, subordinatsiya).

Saroy va Sumo o'g'liga qarshi kichkinagina harakat ham qattiq jazoga duchor bo'lgan. Kodeks davlat etikasi normalarini oila etikasidan ko'chirib olgan. Eng og'ir jinoyat –padarkushlik. Chinovniklar gunoh qilsa kaltak yeyishni xoxlamasa, darajasi pasaytirilgan. Chinovniklar bilan qarindoshlik ba'zi imtiyozlarni bergan.

Dehqonlar xarbiy xizmatga chaqirilgan, o'qitilgan. Har bir viloyat va okrug ma'lum sondagi kishilarni armiyaga bergan. Imperator saroyi va poytaxt gvardiyachilar tomonidan qo'riqlangan.

Chegara qo'shinlari xizmat bilan birga ziroat bilan mashg'ul bo'lgan. Ko'chmanchi otliqlaridan keng foydalanilgan. Ofitserlar grajdan chinovniklardan pastroq darajada bo'lishgan12.

***
TASHQI SIYOSAT VA XALQARO MUNOSABATLAR


Hukmron tabaqa tashqi markazlashuvini mamlakatda ichki pozitsiyalarni mustahkamlash manbai deb xisoblagan. Diplomatiya ham shu maqsad uchun xizmat qilgan: qabilalarni bir-biriga qarshi gij-gijlash, qabila ichida janjal chiqarish, qabila doxiylariga unvon va msukofotlar berish, sulolaviy nikox, hukmron urug'lar o'g'illarini faxriy garovda tutish (saroyda). Bu usullar Turk xoqonligi bilan munoabatlarda yaqqol namoyon bo'lgan. Dastlabki Tan imperatorlari xoqonlikkva o'lpon to'lab turganlar.

628-630 yillarda turklarga qarshi yurish uyushtirilgan, undan so'ng uyg'urlarga qarshi ko'p yillik urush boshlangan. 657 yili ular yordamida, 679 yili bo'lsa Sharqiy xoqonlik ko'magida harbiy Turk xoqonligiga hal qiluvchi zarba berilgan.

Xan garnizonlari Buyuk ipak yo'li bo'ylab Urumchigacha joylashgan edi. Shu yo'l orqali karvonlari va elchilari kelardi. 648 yili qirg'izlarning elchilari kelgan. Xonlarning Markaziy (O'rta) Osiyoga kirib boshiga Sosoniylar imperiyasi parchalanishi yaxshi imkoniyat yaratgan. So'ngi Sosoniylar shoxi Yazdigar II Xitoydan ko'mak so'ragan.

Suy imperiyasi maqsadlaridan biri Koreya ya.o. shimoli va jan-g'arbiy qismidagi Koguryo va Pekche davlatlarini egallash edi. Bu ishda xanlar tarafida koreysning Silla davlati turgan. 612-614 yillarda xanlar Koreyaga 3 marta muvaffaqiyatsiz yurish qildilar. Bu narsa Suy imperiyasi qulashiga turtki bergan sabablarning biridir.

Tanlar davrida ham Koreyaga yurish to'xtamagan. 645 yili Pxenyanni olishga urinilgan. 650 yili 130 ming kishilik armiya Pekcheni majaqladi. 663 yili xonlar Silla davlati bilan ittifoqda Pekchega ko'makka kelgan Yapon flotini yengib xarakatga so'ngi nuqta qo'yidilar. Koguryo va Pekche teritoriyasi 9 gubernyaga bo'linib, rasmiy jixatdan Xitoyga qo'shib olingan.

Shundan so'ng koreys xalqi Silla davlati boshchiligida dorlik xarakati boshagan, xonlar chekingan. Aynan shunday tadbir Kidan va moxelarga nisbatan qo'llangan.

698 yili yangi Boxay davlati e'lon qiligach, xon diplomatiyalari uni Koreyaga qarshi gij gijlaganlar. 705 va 713 yil Baxoy va Tan savdo aloqalari o'rnatilgan. 607 yili Yaponiya bilan rasmiy munosabatlar o'rnatilgan. Xitoy floti Tayvan va Ryukyu orollariga yurish qilgan. Bu orollarga keyinroq elchilar yuborilgan.

VII asr boshlarida syanbilar qarindoshi togon qabilasi majaqlangan, yerlari qo'shib olingan (kinxay viloyati. 634 yili Chan'anga Tibetdan elchilar kelgan. Togonlar masalasida bir necha yil Xitoy - Tibet urushi bo'lgan. 647 yili sulx tuzilgan. Srontszagalebo Xitoy malikasi Ven Chen ga uylangan. Laxasga ko'plab xon va chinovniklari, xarbiylar, savdoganrlar ko'chib kelgan.

Hindiston va Xitoy o'rtasidagi munosabatlar boshlanuvchi VII asrga to'g'ri keladi. 641 yili Chan'anga Xarsha davlati elchilari kelgan. O'zaro elchi ayriboshlash Xarsha davlati parchalanuvidan keyin to'xtagan. Xitoy elchilari Van Yayuantse va Szyan Shijen 645 yili Lxasadan Hindistonga qarab yo'lga chiqqanlar. Ularga xujum bo'lgan Van Syuzntse Tibetga qochishga muvaffaq bo'lgan. U yerdan keyin Gang vodiysiga yurish qilgan. VII-VIII asrlarda Xitoyga Kashmir, Magadxi, Ganxar, Seylon elchilari kelishgan.

Xitoyning bosqinchilik yurishi janubga xam qaratilgan. 602-603 yillarda shimoliy Vet`nam va Tyamoa davlatiga yurish uyushtirilgan, surib chiqarilgan. 679 yili Shimoliy V'etnamda Xitoyga tobe Annan` yeri tashkil etilgan.

Diplomatiya asosi - Kitaetsentrizm. Xitoy dunyoning asosiy bosh davlati hisoblangan. Imperatorga dunyo bo'ysunishi lozim deb xisoblangan. Elchilar sovg'asini (Klavixo - Temur. Saroyiga Xitoy elchilari o'lpon talab qilib kelganlar) o'lpon deb xisoblaganlar. U davlat esa Xitoy vassallari deb e'lon qilingan. Lekin u davlatlar o'zlarini Xitoy bilan teng huquqli deb hisoblaganlar.

Elchilarga Xitoy kiyimini berilgan uni kiyish bo'yisunishi ramzi deb xisoblangan. Vizantiya imperatori, ararb xalifasi elchilari kelgan. Ipak yo'li. Dengiz yo'li Guanchajou - Bog'dod musulmonlik (dungan), xristianlik kirib kelgan (nestorian)13.

***

DIN VA MAFKURA
O'rta asr mafkurasiningg muhim belgisi: - sinkretizm «3 ilm» sintezi - konfutsiylik,

daosizm, buddizm. Qadimda xukmron bo'lgan ahloqiy-siyosiy ta'limot – konfutsiylik o'rta asrlarda ham o'z kuchini yo'qotmadi. Bu soha olimlari davlat, ahloqiy, ijtimoiy printsiplar qo'riqchilari va o'qituvchilari, huquqiy normalar va ta'lim tizimi yaratuvchilari bo'lib qolaverdilar.

O'rta asr huquqi asosida konfutsiylik ta'limoti yotadi. «Davlat ham oila» ota-bola. Umuman mamlakatni boshqarishga doir barcha masalalarda konfutsiylik ta'siri sezilib turgan. Falsafiy daosizm asosiyda diniy daosizm tug'ilgan. Narigi dunyo obrazi jannat va do'zaxning sifatida namoyon lekin u yerda ham ierarxiya bor.

Daosizm jamiyatning barcha tabaqalarini «mangu hayot» ta'limoti orqali o'ziga jalb etadi. Mangu hayot tizimiga birinchi navbatda «ruhiy oziqlanish» orqali erishiladi. Inson tanasi daoslar tomonidan ruxlar (yaxshi, yomon, yovuz ruxlar) makoni sifatida talqin etiladi.

Mangulikni shartlaridan biri - dieta (parxez), nafas olish gimnastikasi. Daoslar duo, tumor, jismoniy mashqlarga qattiq ishonadilar. Daosizmda 2 xalq va aristokratiya oqimlari sezilib turadi. Sexrgarliik va fizionomistika bilan bog'liq daosizm keng xalq ommasini o'ziga jalb etadi. Lekin uning bu tomoni davlat tomonidan isyonlar ramzi sifatida ta'kib qilingan. /arbiy jannat xaqidagi ta'limotga ko'ra u yerda Sivanmu ma'budasi yashaydi u birov tomonidan tug'ilmagan ona, u barcha onalar onasi.

Hammaning onasi bir demak ijtimoiy tenglik g'oyalari targ'ib qilinyapti. Bu g'oyani tabiblar, folbinlar targ'ib qilinganlar. Aristokratiya daosizmning falsafiy tomoni xususan, qadimgi oddiylik va tabiiylik kul`tini o'ziga jalb etgan. Ular mangulik maqsadida alximiya, nafas olish mashqlari, meditatsiya bilan mashg'ul bo'lganlar.

Ibtidoiy dialektika elementlarini saqlab qolgan daoslar mafkurasi alximiya va meditsina taraqqiyotiga ta'sir qilgan. Mistik va diniy kitoblarda juda ko'p dorilar retsepti, metall va minerallar xossalari tasvirlangan. Daosizm panteoni sinkretizmning yaqqol kamayishidir. Daoslar xudolar tarkibiga afsonaviy imperator va qaxramonlarni, donolarni (birinchi navbatda Xuan-di, Lao-szi) kiritganlar.

Panteon ierarxiyaga ega. Xudolar insoniy xususiyatlarga ega, insonga yaqin, shu sababli bu din tez tarqalgan. Daosizm panteoniga konfutsiylik asoschilari, tarixiy arboblar, 8 o'lmas dono (odam va sexrgar) kirgan. Daosizm davlat dinriga aylanishi xarakatida bo'lgan. Yaxshi odam fazilatlari kodeksi ishlab chiqilgan. Eng og'ir jazo davlatga xiyonat va isyon xisoblangan14.

Tan imperatorlari o'z shajarasini Lao-szi (iloxiylashtirilgan)dan kelitirib chiqarganlar. Uzoq Sharqqa Xindistondan kirib kelgan buddizm O'rta asr Xitoy xayotining barcha jabxalariga ulkan ta'sir o'tkazgan. O'rta Osiyodan kelgan monax va missionerlar dastlab Gansu, Shen`si va Xenanda o'rnashganlar. V asrda janubiy podsholikka ko'zga ko'ringan din targ'ibotchilari Birma orqali kelib, saroyda ancha imtiyozlarga ega bo'lganlar. Uzoq Sharqda «Maxayana» («bolshaya kolesnitsa» yoki «Xalos bo'lishning keng yo'li») nomi bilan tarqalgan buddizm qadimgisidan dinorlarga nisbatan yengilroq talablar bilan ajralib turadi. Jiddiy asketizm faqat monaxlardan talab qilingan. Dunyoviy aholi 10 talabbdan 5 tasini bajarsa kifoya edi.

Diniy idealistik ta'limot sifatida buddizm dunyoning asosida nomoddiy ko'rib bo'lmaydigan qismchalar - dxarm xarakati yotadi deb xisoblaydi. Birlashib yoki ajralib ular xayot tug'diradi yoki to'xtatadi, dxarm hayot davomiyligini zanjirlarini tashkil etadi (odam, sigir, daraxt, odam, tosh).

Fazilatli rux keyingi hayotda yanada mukammalroq shaklga kirib, hayotda yanada balandroq darajani egallaydi. Gunoxkor esa aksincha, inson jamiyatning quyiroq vakili past darajadagi xayvonga aylanadi. Ruxning ko'tarilishi va qulashi fazilat va o'z-o'zini takomillashtiruv bilan bog'liq. Dunyoni qasos qonuni - Karma boshqaradi. Bu ta'limot asoschisi Budda - Siddarxta Guatama (Shakya Muni) fikricha azob uqubatlarni hayotdan ajratib bo'lmaydi. Undan qayta tug'ilishi jarayoni to'xtatishi bilan qutilish mumkin. Budda «8 tarmoqli yo'l» ko'rsatgan. Fazilatli hayot kechirish qayta tug'ilishni to'xta va rux nirvanada erib ketadi. Mahayanada takomillashuv jarayoni ruxni jannatga olib keladi. (Nirvavnada emas) bu talimot siguvchi yolg'iz emas, unga xudo bodistvatlar ko'maklashadi.

Buddizm mavjud tizim muammolarini rad etib, hamma narsani insonning avvalgi gunoxi natijasi deb xisoblaydi. Mavjud dunyo illyuziya. Inson ruxiy takomillashuvni maqsad qilmog'i kerak. Shunda jannatga tushadi. Gunoxkor ruxi do'zaxga tushadi (sovuq yoki qaynoq).

Buddizm keng tarqaluvchi, ommalashuv sabablaridan biri

• Prespektivani ko'rsatgan.

• Alohida shaxs qadrini bilgan.

Konfutsiylikda shaxs oila va davlat ramkasida ko'riladi. Buddizm tenglik etikasini targ'ib etgan, shu bilan birga mavjud tizim saqlanuviga ob'ektiv ravishda yordam bergan.

III-IV asrlardagi tanazzul, o'zaro urushlar, turmush qiyinchiliklari buddizm pozitsiyalari kuchayuviga ko'maklashgan. Monastir devorlari ko'p gamlardan real qutilish imkonini bergan. III-VI asrlarda Loyan va Chan'an atrofida 18 budda monastiri, V asr oxirida Sharqiy Szin davlatida 1800 monastir, 24 ming monax bo'lgan.

Yangi din vaziyatga tez moslashdi, mahalliy tartibni o'ziga singdirdi, ajdodlar ruhiga sig'inishni tan oldi, avliyolar pantionega qadimgi afsonaviy Xitoy donolari va qaxramonlari kiritildi. Buddizm ancha xitoylashgan va dastlab daosizm sektalaridan biri deb xisoblangan IV asrda Xitoy buddistlari Budda dao printsiplarining mujassaligi deb isbotlashga uringan.

Umuman olganda, Daosizm Xanlar madaniy o'z-o'zini anglash davomiyligini ta'minlab, chet el ta'limotlarini o'zlashtirib olishga yordam bergan, buddizm xalq e'tiqodlari o'rtasida ko'prik vazifasini bajargan. Shu sababli ham muhim Xind-budda tushunchalarini anglatish dastlab hammaga tanish diniy daosizm belgilari ishlatilgan. V asrdan keyingina Budda terminlari tarnristsiyasiga o'tilgan15.

Dastlab chet el ta'limoti sifatida buddizm yomon ko'z bilan qaralgan, opologik adabiyot keng tarqalgan. Konfutsiylik nuqtai-nazaridan anglab bo'lmas, tasavvur etib bo'lmas: dunyodan qochish budda ahloqi va Xitoy ma'naviyati traditsiyalari to'la mos keluvchi moddiy borliqdan qochish zaruriyatini tug'dirgan (su'ra). Xitoy buddizm - ko'p yuzakilikni tarmoqlik. Budda sutralari tarjimonlari va patriarxlar juda ko'p sektalar tug'ilishiga turtki berganlar. Sektalar turli hududlar, tabaqalarga xizmat qilganlar. Xitoy buddizmning har bir maktabi tabiiy ravishda o'zini Budda ta'limotining eng to'g'ri targ'ibotchisi xisoblangan. Vaqt o'tishi bilan Xind targ'ibotchilari «g'arbiy o'lka» urnini Xanlar egallaganlar

402 yili Chan'anga kelgan monax Kumarajiva budda ta'limotini xitoycha tarjima qilgan (xindcha variantning xarfma-xarf tarjimasi). Kumarajivaning shogirdi Dao-Shen (434 yili o'lgan) mixayana oqimidan nirvana-sutraga asoslanib, har qanday tirik jonzoddagi Budda tabiatini tasvirlab, har bir kishi uchun to'satdan yorug'lik kelshishi va xalos bo'lish tezisini yoqlagan. Buddizmning xitoylashuviga birinchi Xitoy patriarxi va dastlabki sutralar tarjimoni Dao-an` (312-384) katta xissa qo'shgan. Xubeada monastir tashkil etgan, namunali monastir ustavi ishlab chiqqan yagona familiyaviy belgi Shini (Shak`ya urug'idan undan budda kelib chiqqan) kiritgan. Buddizm falsafasini rivojlantirgan, kelajak buddasi - Maytreya kul`tiga asos solgan (U uzoq sharqdagi eng mashhur xudolardan biri).

Katta qorindor yuzida biroz tentaknamoroq tabassumli Maytreya obrazi ma'lum vaqtgacha o'zida dono Buddani yashirib turadi (u yerga qaytgach umum farovon davr boshlanadi). Juda ko'p dehqon qo'zg'olonlari rahbarlari o'zlarini qayta tug'ilgan Maytreya deb e'lon qilganlar. Kul`tning qayta tug'ilgan maxfiy jamiyatlar mafkurasida markaziy o'rin tutadi.

2-Xitoy patriarxi va ajoyib targ'ibotchisi Xuey Yuan` (337-417) edi. U budda kul`tini harbiy Jannat xukmdori Amitabadan keltirib chiqargan. Amitaba jannatmakon «Sof yer» podsholigi va nurli kelajak bilan bog'liq Szyansida monastir tashkil etib Xuey janubiy Xitoy «Amidizma»ga asos solgan. Amitabani duo qilib uning nomini yodga olish jannatda qayta tug'ilish imkonini beradi. Amidizm tarafdorlari «sof yer» sektasini a'zolari edi. Ular g'oyalari ko'plab maxfiy jamiyat va quzg'olonlarga ilxom bergan16.

Ma'lumotli kishilaga buddizm o'z falsafasi va metrofizikasini taklif etgan. Buddizm falsafasi traditsion Xitoy ilmiy fikri, konfutsiylik pragmatizmi sintezi asosida chan – buddizm (Yaponiyada Szyan) nomli intelektual tuydirilgan diniy dunyoqarash ilm vujudga keldi. Chan` sektasi (sanksritcha - «dx`yana», meditatsiya) Xitoyda o'ziga xos rol` o'ynagan, rivoyatlarga ko'ra VI asrdagi Xind targ'ibotchisi Bodxitxarma tomonidan asos solingan. Sutralarni o'rganish buddaga sig'inishni rad etgan. Meditatsiya maqsadi tarns xolatiga erishuv. U inson ko'ra agnlay olmaydigan narsalarni tushunish imkonini beradi.

Chan ta'limotida xaqiqatchi to'satdan ko'ra bilish mumkinligi to'g'risida tezis ham bor. Sekta doktirinasi bo'yicha intelektual analiz masalaning, voqeaning faqat tashqi tomonini ko'ra oladi, uning mohiyatini tushuntira olmaydi. Xaqiqatni angash uchun barcha qanon va vtoritetlarni rad etmoq zarur. Chan ta'limotida Xanlarning inda buddizmning juda teran mistikasi bilan tasvirlangan rasionizm ko'zga tashlanib turadi.

Chan amaliyotida to'satdan ko'ra bilish (ozaranie) ni kuchaytirishning turli usullarini ko'zda tutgan (paradoksal fikrlash qobiliyatini yaratish maqsadida, unga ko'maklashuvchini ustoz shogirdi suxbati topishmoqlar topish, turli jismoniy mashqlar sistemasi). Chan` murabbiylari jismoniy mexnatni yuqori baholaganlar va uni meditatsiyaga tenglashtirganlar, mulkka qarshi chiqqanalr. Chanx maktabi ruxiy ozodlik va bevositalikka asoslangan targ'iboti bilan Xitoy san'ati va poezitsiyasiga katta ta'sir qilgan. Buddizm mafkurasi taraqqiyoti ayniqsa VI asr o'rtalaridan VIII asrgacha davrda samarali bo'lgan17.

Falsafiy sintez maktabi - Tyan`tay maktabi (Chzetszyan viloyatida tog' nomidan. Monastir shu yerda joylashgan edi) ta'kidlashicha dunyo - yagona birlik, Budda har bir qum zarrasi va har bir odamda bu dunyoda barcha tirik jonzod uchun xolos bo'lish imkoni mavjud. Shimoliy va Janubiy Suy xokimiyati bu g'oyadan konsolidatsiya maqsadida foydalanib, sektaga xomiylik qilgan. Fashun` (557-640) asos solgan deb xisoblanadigan Xuayan` maktabi ta'limotiga binoan barcha dxarmalar bir vaqtda vujudga kelgan va 2 aspektga ega:

1. Satatik (qo'yilgan) nom bilan bog'liq

2. Dinamik (voqea) bilan bog'liq.

Barcha dunyoda yagona bir markazga intiladi: dinda Buddaga, imperiyada imperatorga, xukmdorga18.

Tan sulolasi xukmdorlari aynan shu tezis uchun tyantay sektasiga xomiylik qilganlar. Xuayan ta'limoti Xitoy falsafasi taraqqiyotiga ta'sir o'tkazgan: undagi tushunchalardan biri – Li (qonun, printsip, ideal) neokonfutsiylik tomonidan o'zlashtirib daosizmining boshqacharoq ko'rinishi sifatida qabul qilgan. Budda tushunchasi bo'yicha Bodisat va Avlokashvira (Xitoy Guanb-In`) mexr shafqat va fazilatlar ma'budasi markaziy figuraga aylangan. Uning sharafiga turli yerlarda ibodatxonalar qurilgan.

VII asrdan boshlab ayol qiyofasidagi Guan`-in` (Xitoy va Xindistonda dastlab erkak qiyofasida) bolalar yaratish, dengiz, dengizchilar xomiysi ma'budasiga aylangan. U Budda Albatta yashaydigan jannatga o'lganlar ruxini boshlab boruvchi ham xisoblangan. Xalq ommasi Buddizmga hozirgi xayotdagi azob-uqubatlarni yengillashtiruvchi kelajakka umid bag'ishlovchi barcha narsalarni qabul qilgan. Bundan tashqari monaxlar davolash, gunoxdan forish etish, duo o'qish orqali ham buddizmni ommaga singdirganlar. Budda kul`tlari hayotidagi komunal boshlanuvni yoritganlar. Ibodat bayramlari duolar ko'pincha umumxalq bayramlariga aylanib, diniy ekzal`tatsiya ruxida o'tardi. Bunda qo'shimcha tarzda monaxlar epidemiya davrida aholiga ko'maklashar, quduq qazir, ko'priklar qurrar, axlatlarni tozalar edilar19.

Buddizm dogmasi rivoji budda monastirlarining ijtimoiy institut sifatida kuchayishi bilan bog'lanib ketgan. Monastir xo'jaliklari, yeri yirik iqtisodiy tashkilot edi: unda xunarmandchilik ustahonalari, savdo va sudxo'rlik do'konlari, mehmonhonalar, qo'riqchilar bo'lardi. Davlat turgan gupki bu mafkurani o'ziga xizmat qildirishga, monastirlarni nazorat etishga xarakat qilgan. Budda cherkovi dunyoviy xokimiyat mustahkamlashuviga ko'maklashib, o'zi doim ham unga bo'ysunavermagan, oqibatda to'qnashuvlar bo'lardi.

VI asrda Toba Toa monastirlar va monaxlarga qarshi yurish uyushtirgan, Yae Szyan konfutsiylikni davlat diniga aylantirishga uringan, Li Yuan` buddistlarni xazina majburiyatlaridan bosh tortishga aylangan.

VII asr 2-yarmidan monastirlarning bir qismi davlat ta'minotiga aylangan, xukumat Sangxaga qabul qilish qoidalari va kvatasini o'rnatgan. Monastirlar ichki hayoti bilan mahsus ma'muriy organlar shug'ullangan. Ba'azn monastirlar mol-mulki konfikatsiya qilinardi.

Vaqtlar o'tishi bilan xukmdorlar monastirlarga imtiyozlar va katta yerlar berishdi. Maqsad birligi ularni birlashuvga majbur etardi20.



Xulosa.

Qadimgi Xitoy haqida xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, qadimgi Sharq madaniyati, davlatchilik tarixini u davlatsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki qadimgi Xitoy alohida ahamiyat kasb etgan o’ziga xos madaniyatni o’zida mujassam etgan.

Qadimgi Xitoy davri dastlabki davlat birlashmalari bo’lgan o’sha qadimgi Shan davlati, undan so’ng Chjou davlati, Suy sulolasi va Xan sulolalari davlati yashagan davrlarni o’z ichiga oladi ya’ni mil. avv uchinchi mingyillik o’rtalaridan boshlab to milodiy 220-yilgacha, Xan davlati uchta davlatga bo’lib ketgungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu katta davr ichida Xitoyda ancha o’zgarishlar sodir bo’lgan. Uning sivilizatsiyasi ham boshqa Sharq davlatlari singari daryo bo’yida boshlangan. Daryodan oqib keluvchi serunum tuproq sun’iy sug’orma dehqonchilik uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Rivojlangan sun’iy sug’orma dehqonchilk keyinchalik o’ziga xos madaniyat yutuqlariga erishishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bu davrda xitoyliklar dunyo ahamiyatiga molik kashfiyotlar qilishgan. Bularga misol tariqasida mil. avv 5 asrda kashf qilingan ipak, mil. avv 1 asrda qog’ozni, yer qimirlashini avvaldan biluvchi seysmograf, dunyo tomonlarini aniqlab beruvchi kompas( u har doim janubni ko’rsatib turgan), iyerogliflardan iborat yozuv ( keyinchlik bu yozuv koreys, yapon hamda vetnam yozuvlariga asos bo’lib xizmat qilgan)ni va boshqa ixtirolarni keltirishimiz mumkin.



Xan sulolasini buyuk imperatori U Di (mil. avv 140-87 yy) hukumronligi davrida nafaqat Sharqda balki butun Osiyo va Yevropada katta ahamiyatga ega bo’lgan Buyuk ipak yo’lini ochilishi savdo-sotiq, madaniy aloqalarni almashishiga xizmat qilgan. Buyuk ipak yo’li orqali sharqiy Osiyodagi Sariq dengizi bo’yidagi davlatlar Xitoy hududidan o’tib, sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Old Osiyo, Kichik Osiyo hududidan o’tib Yevropa hududlarigacha borgan. Uni yo’nalishidagi davlatlar ancha rivojlangan, bir-birlari bilan doimo aloqalar qilib turishgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


  1. Семёнов В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Тошкент – “Ўқитувчи”, 1973.

2.История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.


1 Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008.– Б. 4.

2 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

3 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

4 Семёнов В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Тошкент – “Ўқитувчи”, 1973.

5 Семёнов В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Тошкент – “Ўқитувчи”, 1973.

6 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

7 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

8 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

9 Семёнов В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Тошкент – “Ўқитувчи”, 1973.

10 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

11 Семёнов В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Тошкент – “Ўқитувчи”, 1973.

12 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

13 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

14 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

15 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

16 Семёнов В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Тошкент – “Ўқитувчи”, 1973.

17 Семёнов В.Ф. Ўрта асрлар тарихи. Тошкент – “Ўқитувчи”, 1973.

18 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

19 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.

20 История стран Азии и Африки в средное века. М.,1987.



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa