Mavzu: ilk diniy tasavvurla yahudiylik dinining xususiyatlari Reja



Download 36,93 Kb.
bet3/3
Sana11.03.2022
Hajmi36,93 Kb.
#490466
1   2   3
Iudaizmiudaizm — asosan, yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri. Mil. av. 1ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston yarim orolningshimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari mil. av. 13-asrda Falastinni bosib oldilar va mil. av. 10-asrda Isroil — Yaxudiya davlatini tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan.
Dastlab I. koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Mil. av. 10—6-asrlarda I. yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan. Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirili-shiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish I.ning asosiy aqidalaridir. I. dinida xilmaxil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, .xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliklar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. I.ning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bun-day koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.
Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I. (mil. av. 536 — mil. 70-yillar), ravvinlar davri va yangi davr I.i (modernistik I.). Eng qadimiy I., dastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlari (mil. av. 11 — 10-asrlar)ning , keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki tarzda mil. av. 11—6-asr oʻrtasida shakllangan. Mil. av. 5-asrda yozib olingan. Bundan keyin I.ning klassik davri boshlanadi. Mil. av. 586-yil yangi Bo-bil podshosi Navuxodonosor 11 Yaxudi-yani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50-yil davom etgan "Bobil asirligi" va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. "Kdsimgi axd" matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan. Mil. 70-y. Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda: Quddus Talmudi — 4-asrda, Bobil Talmudi — 5-asrda eʼlon qilindi.
7—17-asrlarda yahudiy ruhoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot va Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin adabiyoti vujudga kelgan. 18-asrdan diniy talablarni davrga moslashtirish, soddalashtirish va yengillashtirish harakatlari avj oldi.
I.da qadim zamonlardan boshlab, xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Mil. av. 2-asrdan milodning 2-asrigacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal I. bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal I.ga muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin I.dan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan (qarang Xristianlik).
Download 36,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish