2. Respublikaning e'lon qilinish Urushdan keying! Italiyaning eng yirik burjua partiyalaridan biri 1944-yillarda tuzilgan katolik yo’nalishidagi Xristian-demokratik partiya edi. U jamiyatni mehnat va kapital bab-baravar foydali fol o’ynaydigan yagona organizm sifatida tasavvur etdi. Shuningdek. u oliy axloqiy qonun sifatidagi xristianlikni o’z mafku-raviy asosi deb e'lon qildi. Partiya dasturi qisman agrar va sanoat islohotini o’tkazish, ishchilarning aksiyalarni sotib olish yo’li bilan korxonalarni boshqarishda ishtiroki, kooperativ qurilishining rivojlantirishni ko’zda tutdi.XDP katolik cherkovi qo’llab-quvvatlanishidan foy-dalandi. U ibodatga keluvchilarni qabul qiluvchi ruhoniylar yordamida mamlakat aholisining salmoqli qismiga o’z ta'sirini o’tkazdi. Alchido de Gasperi XDPning muttasil yo’lboshchisi bo’libkeldi. Italiyada ko’ppartiyaviy tizlm tarkib topib, unda umummilliy va ko’plab mintaqaviy partly alar amal qildi. Bu, partly alar beqarorligi va tez-tez yuz beruvchi siyosiy inqirozlarga olib keldi.1946-yil 2-iyunda bir vaqt-ning o’zida referendum va Ta'sis majlisiga saylovlar bo’lib o’tdi. Referendumda 12,7 million kishi respublika uchun, 10,7 millioni — monarxiya uchun ovoz berdi. Italiya respublika deb e'lon qilindi, biroq monarxiya o’rnatilishini qo’llab-quvvatlovchilaming ko’p sonliligi mamlakatda konservativ kayfiyatli unsurlar katta kuch ekanligidan guvohlik berardi. Buni Ta'sis majlisiga saylovlar ham ko’rsatdi: XDP ko’pchilik o’rinni (8,1 million ovoz) oldi, 4,7 million — sotsialistlar va 4,3 mil-Iion — kommunistlarga tegdi. Uchala partiya tuzgan hukumatga Alchido de Gasperi boshchilik qildi.Hukumal bir qator muhim islohotlarni amalga oshir-di: ishlovsiz yotgan zamindorlar yerlari kambag’al dehqonlarga berildi, oylik ish haqining ko’chma shkalasi kiritildi (u davriy ko’rib chiqilgan va turmush darajasi o’sishiga mos oshirilgan), mehnatkashlarni korxona kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo’shatilishi man etildi. 1948-yil 1-yanvarda kuchga kirgan yangi konstitut-siyada so’z, matbuot, yig’ilishlar o’tkazish erkinligi, mehnat va unga yarasha adolatli to’lov, agrar islohot zaruriyati va ishchilarning korxona boshqaruvidagi ishtiroki huquqi e'lon etildi, siyosiy va diniy qarashlarga ko’ra kamsitish man etildi. Fashist tashkilotlari mavjud bo’lishi va faoliyati ham man etildi. Qiro! oilasi a'zola-riga muhojiriikdan Italiyaga qaytishga ruxsat berilmadi. Maslahatchilar sudi va sud hokimiyatining to’liq mus-taqilligi tamoyili kiritildi.
Konstitutsiyaga ko’ra, qonunchilik hokimiyati umumiy ovoz berish yo’li bilan 5 yilga saylanadigan va ikki palatadan — deputatlar palatasi va senatdan iborat bo’lgan parlamentga tegishli edi. Hukumatni deputatlar palatasida mutlaq va nisbatan ko’pchilik ovoz olgan partiyalar yo’lboshchilaridan biri tuzadi; odatda u bir necha par-tiyalar vakillaridan iborat bo’ladi va parlament qo’llab-quvvatlab turguncha hukumatni boshqaradi. Respublika prezidenti ikkala palata qo’shma majlisida 7 yilga saylanadi. Uning vakolatlari cheklangan bo’lib, amalda ijro hokimiyati Ministrlar kengashiga taalluqli edi. 1948-yil aprelda parlament saylovlari bo’lib o’tdi. ISP, IKP va boshqa so'1 partiya hamda tashkilotlar 8 million ovoz yiqqan Xalq demokratik frontiga birlashdi. Biroq, XDP eng ko’p muvaffaqiyatga erishdi (12,7 mil-lion ovoz), u deputatlar palatasida mutlaq ko’pchilik o’rinni oldi va de Gasperi yakka partiyali hukumatni boshqardi. Italiya respublikasining tiklanishi davri tuga-di. Bundan boshlab 1994-yilgacha XDP u yoki bu koa-litsiyada, ko’pincha yakka holda mamlakat hukumatiga boshchilik qildi. Partiyaning o’zida "doimiy" ministrlar, bosh ministr-lar, "umrbod" senatorlar muqim bo’lib olcli. Masalan, Julio Andreotti yetti marta bosh ministr bo’lgan va bir umrlik senator edi. Sitsiliya mafiyasi bilan jinoyatkorona aloqasi necha martalab fosh etilgandan so’ng ham unga hech narsa bo’lmadi. Italiyada XDP qo’llarida Italiyadagi korinmas bo’lgan "ko’rinmas hokimihokimiyatapparati keldi) u xavfsizlik xizmati orqali yo’naltirildi, hokimiyat ustidan nazorat o’rnatdi va huquqni saqlash organlarini yo’lga soldi. U qonuniy saylangan hukumatdan ham katta hokimiyatga ega bo’ldi, chunki yuzaga kelgan ko’ppar-tiyaviy amaliyot tufayli hukumatlar kuchsiz edi va hokimiyat tepasida uzoq turmasdi. Respublika mavjud bo’Igan 45 yil mobaynida (1948—1993-yillar) 51 huku-mat o’zgardi.Hokimiyatning parallel tizimi, amaldagi ikkihokimi-yatchilik Kaliya saylov tizimi tomonidan va "sovuq urush’’ning davomi mavjudligi bois kuchayib bordi. Saylov tizimi tufayli xristian demokratlar koalitsiyf hukumatida yetakchi sherik bo’lish uchun doimo yetarli miqdorda ovo; olishga muvaffaq bo’lib keldi. Kommunistik xavf-xatardan ustalik bilar foydalanish Sitsiliya kamorrasi (mafiyasi) bilan yaqindan aloqa o’matish imkonini berdi. Jinoyatchi tashkilot bilan bu ittifoq davlat xavfsizlig tasavvuri bo’yicha oqlandi. Mafiya esa XDPga yondosh bo’lganining sabab kom-munistlar hokimiyat tepasiga kelib qolsa, uni tugatib yuborishidar qo’rqaredi.XDP, shuningdek, sotsialistik partiyaning mafiya bilan hamkorlig Italiyada demokratik institutlarning kuchsizlanishiga olib keldi. Ispaniya Ikkinchi jahon Ispaniyadagi fuqarolar urushi urushidan so’ng frankistlar tuzumi g alaba qozongach, mamlakatda uzoq yillar fashistik diktatura qaror topdi. Siyosiy, qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyat: to’laligicha F.Franko qo’lida edi. U hukumat faoliyatini belgilashda, qonur va dekretlarni tasdiqlashda, harbiy va mansabdor-larni tayinlashda hech bir chegaralanmagan hokimiyatga ega bo’ldi. U davlat boshlig’i, harbiy kuchlai bosh qo’mondoni va Ispan falangalari nomli yagona siyosiy partiyaning kaudimosi (dohiysi, fyureri) bo’lgan. Franko 1975-yilgadha tuzib kelingar barcha hukumatlarga boshchilik qilib keldi. Hatto, 1931-yil inqilob: tomonidan ag’darilgan qirol Alfonso XHIning nabirasi Xuan Karlosning 1969-yilda davlat boshlig’ining merosxo’ri etib tayinlanishi ham F.Frankoning mutlaq hokimiyatiga ta'sir etmadi.
Frankizm Ispaniyada o’z tomoniga mehnatkashlarni tortish uchun ham bir qator ijtimoiy choralarni amalga oshirdi. Doimiy ishchilarni ishdar bo’shatish man etil-di. Ijtimoiy sug’urtaning qiyosiy rivojlangan tizimi yaratildi. Mayda ijarachilarni yerdan haydash man etil-di va ularga to’lanadigan renta hajmi ikki marta qisqartirildi. Ijaraga 1936-yilgacha berilgan uy-joylarga to’iov shundayligicha qoldi. Korxonalar to’xtab qolgan-da tadbirkorlar ishchilarni ishdan bo’shatmasligi uchun ularga dotatsiya to’landi. Kasaba uyushmasi tashkilot-lari badallar tushumidan anchagina mablag’larga ega bo’lishdiki, ularga ishchilar uchun kasalxonalar, sana-toriylar, pansionatlar, dam olish uylari, sport va madaniy inshootlari qurildi.Kasaba uyushmalariga ham iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha qarorlarni tayyorlash, ba'zan qabul qilishga ayrim huquqlar berildi. Ular korxona xo’jalik faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish, ishlah chiqarishni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni rag’batlantirish, narxlarni tartibga solish va mahsulot-larni taqsimlashda ishtirok etdi. Ular. shuningdek, mehnatkashlar va tadbirkorlar o’rtasidagi mehnat mojarolarini hal etish va xo’jalik faoliyati bo’yicha o’z fikrini aytish huquqini ham olishdi. Kasaba uyushmalarida ishchi va tadbirkorlar teng ishtirok etishdi.
Zamonaviy sanoatsiz davlatga aylanish miliylashtirish mumkin emashligini tushungan hclda frankizm mamlakatni industriyalashtirish bo’yicha bir qator choralar qabul qildi, Davlal zamonaviy sanoatni bunyod etishda asosiy tashabbuskor va pudratchi bo’lib qoldi. Ajoyib iqlim sharoiti, boy tarix. an'an.a, quvnoq hayotni sevuv-chi iste'dodli xalq, musiqa, raqs, afsonalar Ispaniyani butun Yevropada eng yaxshi dam olish joyiga aylantirdi. Mamlakatda jami 5 million o’ringa ega ko’plab o’rta va kichik oilaviy mehmonxonalar qurildi. Ular yil bo’yi dam oluvchilar va sayyohlar bilan tolib-toshib turardi. Har yili faqatgina sayyohlik orqasidan Ispaniya 18 milliard dollar foyda olar edi. Frankizm ushbu mablag’ni sanoat rivojlanishiga sarfladi.1941-yili tashkil etilgan Milliy sanoat instituti davlat nazorati ostida sanoat korxonalariga rahbarlikni amalga oshiruvchi aksionerlik kompaniyasi rolini o’ynar edi. 1959-yil davlatga jami sanoatning 18 foizi tegishli bo’lgan. Ayrim tarmoqlarda bu ko’rsatkich yanada yuqori edi. Masalan, qora metallurgiyada bu 65 foizni, kimyoda 29 foizni tashkil etdi. Davlat xotr.-ashyo, yoqilg’i, energiyani taqsimlashni boshqardi, standartlarni belgilab, narx-navoni qayd etar, yangi korxonalar ochish, eskilarini modernizatsiyalashga ruxsat berar edi.bo’ldi. 1977-yil iyunda birinclii saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovda qatnashgan asosiy siyosiy partiyalar — A.Sua-res yetakchiligidagi Demokratik markaz ittifoqi (DMI), "Xalq alyansi" (XA) o’ng profrank partiyasi va IKP edi. Saylovlar A. Suares partiyasiga muvaffaqiyat keltirdi va u yana hukumatga boshchilik qila boshladi.1978-yili Ispaniyada iqtisodiy tanglik yuzaga keldi. Inflyatsiya va ishsizlar soni ko’payib Monklodagi huku-mat rezidensiyasida hukumat bilan so'1 muxolifatchilar o’rtasida bitim imzolandi. Unga ko’ra hukumat qarilik va ishsizlik nafaqalarini oshirishga, soliq solishning adolatli tizimini joriy etish, so'1 partiyalar esa kasaba uyushmalari bilan birga yil davomida hukumat siyosati-ni qo’llab-quvvatlashi, ish haqini haddan ziyod oshirish-ni talab etmaslik va ijtimoiy nizolarni keltirib chiqar-maslik majburiyatlarini olishdi.Xuddi shunday ruhdagi hamkorlik va kelishuv yangi konstitutsiya loyihasini muhokama qilishda ham namo-yon bo’ldi. Uzoq muhokamadan so’ng korteslar tomonidan qabul qilingan konstitutsiya umumxalq refe-rendumida ma'qullandi. Ushbu asosiy qonun ozodlik, adolat, tenglik va siyosiy plyuralizm kafolatlangan demokratik jamiyatni yaratishning asosiy maqsadlarini bay on etdi. Ispaniya parlament monarxiyasi deb e'ion qilindi, cherkov davlat-dan ajratildi, biroq hukumat katolik cherkovi va boshqa konfessiyalar bilan yaxshi munosabatda bo’lish majburi-yatini oldi. Yangi konstitutsiyada mamlakatning buzilmas yax-litligi qayd etildi, ammo miliatlarning keng avtonomiya va o’z tillaridan foydalanish huquqi tan olindi. Provinsiyalarda o’z parlamenti va hukumatlari tashkil etildi, biroq katoloniyaliklar hamda galisiyaliklarni shunday darajadagi avtonomiya qoniqtirsa-da, basklar uchun bu maqbul emas edi. Ular ichida ekstremistik ruhdagi guruhlar pay do bo’lib mustaqil basklar davlatini tashkil etish, ispanlarga istilochi sifatida qarashni targ’ib eta boshladi. Ekstremistlar terror yo’liga o’tgach mamlakat-da beqarorlik boshlandi va demokratik tuzumga tahdid kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |