Mavzu: Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalariga qo‘yiladigan talablar



Download 0,79 Mb.
bet4/4
Sana22.01.2023
Hajmi0,79 Mb.
#901069
1   2   3   4
Bog'liq
Infokommunikatsiya

O’zgartirgichlar
Koʼchma telekommunikatsiya apparaturalarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda birlamchi elektr energiyasi sifatida kichik kuchlanishli oʼzgarmas tok manbalari (galʼvanik elementlar, akkumulyatorlar, termogeneratorlar, quyosh va atom batereyalari) ishlatiladi. Turli xildagi telekommunikatsiya apparaturalarining elektr taʼminoti uchun esa turli nominaldagi oʼzgarmas va oʼzgaruvchan kuchlanishlar zarur boʼladi. Shuning uchun bir nominaldagi oʼzgaruvchan yoki oʼzgarmas kuchlanishni ikkinchi nominaldagi oʼzgaruvchan yoki oʼzgarmas kuchlanishga oʼzgartirish talab qilinadi. Bu vazifani oʼzgartirgichlar bajaradi. Oʼzgartirgichlar elektr taʼminot manbai kuchlanishini apparaturalar alohida qismlarini elektr taʼminoti uchun talab qilingan turdagi va nominaldagi kuchlanishlarga oʼzgartirib berish uchun xizmat qiladi.
Oʼzgartirgichlar ikki turga boʼlinadi. Oʼzgarmas tok energiyasini oʼzgaruvchan tok energiyasiga oʼzgartirib beruvchi oʼzgartirgichlar invertorlar deyiladi va oʼzgartirish jarayoni invertorlashdan iborat boʼladi.
Аgar oʼzgartirgich chiqishida oʼzgarmas kuchlanish olinishi talab qilinsa, u holda invertordan keyin toʼgʼrilagich va filьtr qoʼyiladi. Bunday bir kuchlanishli oʼzgarmas tok energiyasini boshqa kuchlanishli kuchlanishli oʼzgarmas tok energiyasiga oʼzgartiruvchi oʼzgartirgich konvertor deyiladi va oʼzgartirish jarayoni konvertorlashdan iborat boʼladi.
Invertor har qanday oʼzgartirgichning asosiy qismi hisoblanadi. Invertorlar quyidagi belgilariga qarab sinflarga boʼlinadi:

  • oʼzgartiriluvchi kattalik turiga qarab: tok invertorlari va kuchlanish invertorlari;

  • ish taktiga qarab: bir taktli va ikki taktli invertorlar;

  • kalit elementlari turiga qarab: tranzistorli va tiristorli invertorlar;

  • qoʼzgʼatish usuliga qarab: mustaqil va oʼz-oʼzidan qoʼzgʼatishli invertorlar;

Tranzistorli invertorlar quyidagi turkumlarga boʼlinadi:

  • tranzitorlarning ulanish sxemalariga qarab: umumiy emitterli va umumiy kollektorli invertorlar;

  • teskari aloqa turiga qarab: kuchlanish boʼyicha teskari aloqali, tok boʼyicha teskari aloqali, tok va kuchlanish boʼyicha teskari aloqali invertorlar;

Tiristorli invertorlar quyidagicha turlanadi:

  • tiristorlar kommutatsiyasiga qarab: tarmoq orqali va avtonom;

  • yuklamaga nisbatan kommutatsiyalovchi sigʼimning ulanishiga qarab: ketma-ket, ketma-ket parallel va parallel. Yarim oʼtkazgichli oʼzgartirgichlarning afzalliklari ishonchlilik, yuqori FIK, kichik hajm va ekspluatattsion muddatning uzoqligidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. B. M. Mahkamjonov U. T. Аliev M.S. Sapaev Sh.K. Xudayberganov “O’quv qo’llanma” 2008

  2. Maxammadjanov B.M., Yaskova M.E., Аliev U.T. “Электропитание устройств связи. Учебное пособие. “Toshkent, TATU 2005.

  3. Google.com

  4. Wikipedia.org

  5. Ziyouz.com

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish