Mavzu: Ikki xonali sonlarni xonadan o'tib qo'shish



Download 0,8 Mb.
bet1/52
Sana30.06.2022
Hajmi0,8 Mb.
#720080
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
3 sinf matem kons


Aim.Uz

Sana
Mavzu: Ikki xonali sonlarni xonadan o'tib qo'shish
Darsning maqsadlari
Ta'limiy: O'quvchilarning ikki xonali sonlarni xonadan o'tib qo'shish bo'yicha 2-sinfda olgan bilim, ko'nikma va malakalarini, kesma haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali ikki xonali sonlarni xonadan o'tib qo'shish bo'yicha hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish.
Metod: Suhbat, kartochkalar bilan ishlash, mustaqil ish.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism
O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
II.Uy vazifasini tekshirish.2-sinfda o`tilganlari eslanib misollar yechiladi.Matematika darslarida 2-sinfda nimalar o'rganilganligi, endi 3-sinfda nimalar o'tilishi, 3-sinf «Matematika» darsligining mualliflari, undagi shartli belgilar, darslik bilan qanday ishlash kerakligi yuzasidan o'quvchilar bilan suhbatlashiladi.
Xonadan o'tmasdan qo'shishga doir og'zaki mashqlar bajariladi. Buning uchun quyidagi ifodalar yozilgan kartochkalarni navbatma-navbat o'quvchilarga ko'rsatiladi:
27 = 20 +□ 45 = 40 +□ 82 = 80 +□
34 = 30 +□ 68 = 60 +□ 99 = 90 +□
Kvadrat o'rnida qanday son bo'lishi kerakligini o'quvchilar navbatma-navbat aytadilar.
III. Yangi mavzu bayoni
Darslikdan 1-misolning yechilishi va ikki xonali sonlarni xonadan o'tib qo'shish qoidasi, ya'ni yangi mavzu tushuntiriladi.Bunda qo`shishning 2 usulu doskada ishlab ko`rsatiladi.
1-usul.Bo`laklab qo`shish: 2-usul.Ustun shaklida qo`shish.
18+7= 18
10 8 + 7
8+7=15 25
10+15=25 2-misolni o'quvchilar mustaqil yechadilar. O'quvchilar misollarni navbatma-navbat doskada yechishlari ham mumkin.
28 + 7 53 + 27 49 + 48 76 + 17 + 4
74 + 9 38 + 15 64 + 29 27 + 38 + 9
3-topshiriqdagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin: Do'konda birinchi kuni 28 m, ikkinchi kuni esa undan 14 m ortiq atlas sotildi. Ikki kunda hammasi bo'lib necha metr atlas sotilgan?
Yechilishi. 1) ikkinchi kuni sotildi - 28 + 14 = 42 (m); 2) hammasi bo'lib sotildi - 28 + 42 = 70 (m).
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
4-topshiriq bajarilmasdan avval kesma haqida suhbat­lashiladi. Kesmaning boshi va oxiri bo'lishi, ularning qanday belgilanishi tushuntiriladi. Har bir o'quvchi daftariga ixtiyoriy kesma chizishi topshiriladi. Daftariga kesma chizgan o'quvchilardan biriga doskaga chizma chizib berishi so'raladi. Shundan keyin 4-topshiriqdagi har bir shaklda nechta kesma borligi so'raladi.
5-topshiriqdagi boshqotirmada berilgan shakl doskaga chiziladi. Bir o'quvchi doskada kvadratlar sonini bilganicha sanaydi. Qaysi o'quvchi bilsa, shu o'quvchi doskaga chiqib sanashni davom ettiradi. Shaklda 30 ta kvadrat mavjud. Boshqotirmani yechishga dars vaqti yetishmasa, o'quvchilar uni uyda yechishga harakat qilishlari aytiladi.
V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quv­chilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Darslikdagi 7-misol va 8-masala uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi. MRO`TIBO`________________
Sana: Mavzu: Ikki xonali sonlarni xonadan o'tib ayirish.
Darsnmg maqsadi:
Ta`limiy:O'quvchilaming ikki xonali sonlarni xonadan o'tib ayirish bo'yicha 2-sinfda olgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali ikki xonali sonlarni xonadan o'tib ayirish bo'yicha hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish.
Metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.
Jihozlar: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.
Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti.
Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
II.Uy vazifasini tekshirish.Pata oralab tekshirib chiqiladi,orada o`quvchilarning bazilari daftalaridan misollarni o`qib beradilar.Daftarla almashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.Darslikdan 9-misolning yechilishi va ikki xonali sonlarni xonadan o'tib ayirish qoidasi, ya'ni yangi mavzu tushuntiriladi.Bunda ayirishning 2 usulu doskada ishlab ko`rsatiladi.
1-usul.Bo`laklab ayirish: 2-usul.Ustun shaklida ayirish.
40-6 = 86
30 10 - 28
10-6=4 58
30 + 4 = 34
10-misolni o'quvchilar mustaqil yechadilar. O'quvchilar misollarni navbatma-navbat doskada yechishlari ham mumkin.
20-7 54-8 67-28 73-17 + 9
70-4 83-6 95-49 86-32 + 7
11-topshiriqdagi rasm asosida masala tuzib yechadila.
72 kg 45 kg ? kg
12-13 misollar sharti bo`yicha ishlanadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
1 4-topshiriqdagi boshqotirma bo'yicha soat sirti quyidagicha bo'linganda har bir bo'lakdagi sonlar yig'indisi bir xil, ya'ni 13 ga teng bo'ladi:
Bu boshqotirma yechimini topishni o'yin shaklida tashkil etish mumkin. Buning uchun o'quvchilar 3 gurahga bo'linib, har bir guruh o'quvchilari oq qog'ozga soat chizib, uning sirtini 6 bo'lakka bo'ladilar va sonlar yig'indisi bir xilligi topiladi. Sardorlar o'z ishlarini doskada namoyish etib, nechta o'quvchi
to'g'ri bajarganligini aytadilar. Bu o'yin «Kim tez topadi?»
deb nomlanib, birinchi bajargan guruh rag'batlantiriladi.
V. Baholash. Darsdagi faolligiga qarab o'quv­chilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. Darslikdagi 15-misol va 16-masala uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi. MRO`TIBO`________________
Sana: Mavzu:Qavsli ifodalar
Darsning maqsadi:
Ta`limiy:O'quvchilarning qavsli ifodalar, to'g'ri burchak bo'yicha 2-sinfda olgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Misol va masalalarni yechish orqali BKM larini rivojlantiish.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ish.
Jihozlar: Darslik, go'niya, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar
Darsning borishi.

Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti.
Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
II.Uy vazifasini tekshirish.Pata oralab tekshirib chiqiladi,orada o`quvchilarning bazilari daftalaridan misollarni o`qib beradilar.Daftarla almashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni 17-misolning yechilishi o'quvchilarga tushuntiriladi. Qavsli ifodalarda amallarni bajarish tartibi qoidasini puxta o'zlashtirib olishlari zarurligi ta'kidlanadi.
3 1 4 2
73 _ (41-29) _ (27+78) = 16
_ 41 27 _73 _ 61
29 +_ 18 12 45
12 45 61 16

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish