1.2. Ikki urug‘pallali o‘simliklar urug‘ining tuzilishi
Ikki urug‘pallali o‘simliklarning urug‘ida ikkita urug‘palla va murtak joylashgan.
Murtak ildizcha, poyacha va ikkita kichik bargchadan tashkil topgan.Shunday qilib, ikkita urug‘pallaga ega bo‘lgan o‘simliklar ikki urug‘pallali o‘simliklar deyiladi.
O‘zbekistonda ikki urug‘pallali madaniy o‘simliklar orasida eng keng tarqalgani go‘za hisoblanadi.G‘o‘zaning chigiti (urug‘i) ustidan qalin yog‘ochsimon qobiq bilan o‘ralgan.Bu qobiq hujayralarida juda uzun tuklar, ya’ni tolalar joylashgan.
Yog‘ochsimon qobiq ostida oq va yupqa po‘st, uning ostida esa qat-qat bo‘lib joylashgan urug‘palla va murtak o‘rnashgan.
Ikki urug‘pallali o‘simliklar urug‘lari yer yuziga ikkita urug‘palla barg bilan chiqadi.
Go’zaning chigitdan unib chiqishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |