Bugungi kunda «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi tizimida 96 ta korxona va tashkilot bor. Bulardan tashqari, turizm bozorida 431 ta sayyohlik firmasi, shuningdek, xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi faoliyat olib borayapti. O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishdagi asosiy vazifalardan biri xorijiy sayyohlarni Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va shu kabi boshqa tarixiy shaharlarimizdagi tarixiy, me’morchilik, diniy va madaniy yodgorliklar hamda respublikadagi boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishtirish orqali ularga madaniy-ma’rifiy ozuqa berishdir. Bu yo‘nalishlardan tashqari mamlakatimizga tashrif etayotgan xorijiy sayyohlarni qshiqtiradigan yana 20 dan ko‘proq boshqa sayyohlik yo‘nalishlari ham bor. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 iyuldagi «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida sohaga kadrlar tayyorlashni ko‘paytirish maqsadida respublikaning qator shaharlarida - Toshkent, Buxoro, Qarshi, Samarkand va boshqa hududlarda turizm kasb-hunar kollejlari tashkil etildi. Masalan, Toshkench shaxrida 2002 yil sentyabrida Toshkent shahar mehmonxona xo‘jaligi va turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-hunar kolleji tashkil etildi. Bu kollej 1086 nafar talabani o‘z bagriga olib, turizm sohasidagi bilimlarni qunt bilan o‘rganishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Ispaniya, Xitoy, Avstriya, SHvetsariya, Gretsiya, Meksika va boshqa mamlakatlar tajribasi O‘zbekiston turizmini rivojlantirishda qo‘llash o‘z samarasini berishi mumkin. Shuningdek, xalqaro turizmning O‘zbekistonda rivojlanishiga nafaqat turistik resurslar, balki ilg‘or davlatlar texnologiyasini qo‘llash ham yangi imkoniyatlar belgilab beradi. Respublikamiz chetdan ko‘plab sayyohlarni qabul qilish salohiyati yuqoridagi Ispaniya, Xitoy kabi davlatlarga juda o‘xshab ketadi. Bizda ham tarixiy obidalar ko‘p, xushmanzara va madaniy hordiq, dam olish joylarining soni ham etarli. Turizmni rivojlantirishda chet el kapitalidan foydalanishda ko‘proq Saudiya Arabistoni banklaridan foydalanmoq ma’qul. Bu banklar o‘zlarining qarzlari uchun foiz olmay, balki korxona bevosita foydaga kirishi bilan ma’lum daromaddan ulushni oladi, xolos. Xalqaro turizm valyuta hisobidan foyda keltiribgina qolmay, u fuqarolar kam yashaydigan eski, ammo tarixiy joylarni katta va obod rivojlangan shaharlarga aylantiradi. Buning uchun bizning fikrimizcha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: • tarixiy obida va yodgorliklarni reklama qilish, turistik oqimning barqaror vujudga kelishini ta’minlash; • turizm bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tarmoklar: maishiy xizmat, aloqa, transport va h.k. ishini takomillashtirish, xalqaro talabga javob beradigan infratuzilmani yaratish; • turizmga xizmat qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish; • turizm servisi xizmatini takomillashtirish; • turistik hudud barqarorligini qo‘llab-quvvatlash; • turistik tadbirkorlikning samaradorligini oshirish; • turistik manzil menejmenti tizimini yaratish; • har bir turistik hududning xaritasini e’tiborga olgan holda O’zbekiston turistik atlasini tayyorlash va nashr etish. Xalqaro va milliy turizmning rivojlanishi ko‘plab qishloq joylariga yangicha hayot olib kelishi, aholining jipslashuviga ko‘mak berishi va shu joyning o‘zida qishloq, xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishga katta turtki bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |