Erkparvarlik. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-huquqlari himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi.
Erkparvar inson qullikning, mute’likning har qanday ko’rinishini inkor etishi barobarida inson huquqlarining tom ma’nodagi jangchisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir shaxsning so’z erkinligi, o’z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqini, vijdon erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun-butun millatlar erki masalasini o’rtaga tashlar ekan, ma’lum ma’noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi. Odatda erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero, ular o’zgalar erki uchun o’z erkini, o’z hayotini qurbon qilishdan ham cho’chimaydilar.
Vatanparvarlik. Eng ma’lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o’z Vataniga muhabbatini, uni asrab avaylashga bo’lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko’pincha Vatan dushmanlariga qarshi ma’naviy-mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi juda keng – u insonparvarlikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U eng avvalo, o’z Vatandoshlari erkini asrash uchun kurash, insonparvarlikning inson ozodligini hatti-harakatlaridir.
Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoiylarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bog’liq. Hozirgi vaqtda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg’usini tarbiyalash, ularni Vatan ma’nosini terang anglab yetishga o’rgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish zaruriy holatdir.
Millatparvarlik. Yana bir muhim axloqiy tamoyili, bu millatparvarlik. U, ma’lum ma’noda, vatanparvarlik tamoyilini yanada muayyanlashgan shakli. Zero, millatni sevish keng ma’noda Vatanni sevish degani. Vatansiz millatning bo’lishi yoki rasmana erkin va baxtli yashashi mumkin emas. O’z millatini chin dildan sevmagan odam hyech qachon boshqa millatlarni seva olmaydi.
Fidoiylik. Ma’lumki, inson muayyan mamlakat va jamiyatdagi qoidalarni, huquqiy me’yorlarni buzmay yashashi mumkin. Fidoiylik tamoyilining mazmunini turli tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarda turlicha muayyanlashadi. Hozirga kelib asta sekinlik bilan jamiyatimizda fidoiylik ustivor tamoyil maqomini egallab bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning fidoiylik tamoyili mohiyatini to’la anglatadigan “Elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak!” degan so’zlarini axloqiy ishlar shiori qilib olgan jamiyatimiz a’zolarining ilg’or qismi tobora ko’payib bormoqda. Ana shu ko’payib borish jarayoni qancha tezlashsa, biz qurayotgan davlatning shakli shamoyili shuncha muayyanlik kasb etadi. Bugungi kundagi jamiyatimiz hayotidagi muhim o’zgarishlar har bir mamlakatimiz fuqarosidan fidoiylikni talab qilmoqda. Chunki, milliy istiqlolga erishgan yurtimiz bu kunlarga fidoiy insonlarning joni, mehnati evaziga yetib keldilar.
Ijtimoiy ishchilarning ahloqiy majburiyatlari
Milliy Assotsiatsiyaning Ahloq Kodeksiga binoan ijtimoiy ishchilar mijozlar oldidagi ahloqiy majburiyatlarga ega. Bunda madaniyat va uning jamiyat hamda inson xulq-atvoridagi vazifasi amalga oshirilishi tushuniladi. Ijtimoiy ishchilar o’z mijozlarning madaniy mansubligi haqida xabardor bo’lib, bu borada yetarli bilimlarga ega bo’lishlari va insonlar va turli guruhlar orasidagi madaniy farqliklarga tushunib munosabatda bo’lishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar ijtimoiy o’zgarishlarning realligi va ehtimoliyligi hamda jabr-zulm tabiatini, ayniqsa irqiy, etnik mansublik, etnik kelib chiqish, tanasining rangi, jinsiy yo’nalganligi, yoshi, oilaviy sharoiti, siyosiy dunyoqarashi, diniy, jismoniy yoki aqliy imkoniyatlarning cheklanganligi hodisasini tushunishga urinishlari zarur (NASW 1996:1.05). Mazkur amal qilinishi zarur bo’lgan ahloqiy qo’llanmalar Inson Huquqlarining Umumiy Deklaratsiyasi nizomlarida aks ettirilgan.
Ahloqan to’g’ri faoliyat yurituvchi ijtimoiy ishchilar ishining ahamiyati haddan ziyod bahorlanib yuborilishi ham kerak emas. Inson huquqlari va ijtimoiy adolatga erishish borasidagi g’oyaga amal qilish yo’lida ular ahloqiy tamoyillar amalga oshirilishi mumkin bo’lgan sharoitlarni yaratishga harakat qilishlari zarur. Shu mazmunda ezgu ish ijtimoiy ishchi mavjud bo’lgan umumiy kasbiy vaziyatdan farqli o’laroq asosiy hal qiluvchi omil bo’lmay qolishi mumkin.
Etikani tadqiq etgan Rendi Koxenning fikricha, guruhiy dinamika ko’pincha insonlarning individual hulqini buyurib turishi mumkin. o’zining chuqur mazmunli hamda kuchli kitoblaridan birida Kurashuvchi Shaxs (Litso Srajeniya), Britaniyalik harbiy tarixchi Djon Kigan nima uchun askarlar beshafqat jang va dahshat azoblari bilan yuzma-yuz kelganda qochib ketmasliklari haqidagi masalani muhokama etadi. Uning xulosa qilishicha, askarlarda aslo patriotizm ideallari yoki ideologiya va umuman biz ahloq deb ataydigan biron-bir narsa motiv vazifasini bajarmaydi. Kiganning fikricha, askarlarning jasurlikni namoyon etishga chorlovchi kuch bu o’zgalardan kam bo’lib qolmaslikka intilish istagidir. Ayniqsa, butun armiya mazmunida emas, balki yaqin turgan insonlar nazarida. Kiganning tahminicha, xatto eng ekstremal va ko’pchilikni dahshatga soluvchi sharoitlarda biz kabi ko’pchilik ham xuddi bizning yaqin atrofimizdagi kishilar o’zini tutgani kabi xuddi shunday tarzda tutadi (Cohen 2002:22)
Bizni atrofimizni qurshab turgan kishilardek harakat qilish tarzi jang maydonidan askarlarning qochishga urinishiga olib kelishi mumkin.
Koxenning fikriga ko’ra, politsiya ofitserlarining ilk ish tartibida ham xuddi yuqoridagi kabi holatni kuzatish mumkin. Agarda yangi ishga qabul qilingan politsiyachi korrupsiya bilan shug’ullanish imkoni bo’lgan politsiya uchastkasiga ishga qabul qilinsa, u taqdirda uning ham poraxo’r bo’lishi ehtimoli yuqori bo’ladi. Agarda shu yosh politseyskiy oddiy politsiya uchastkasiga ishga joylashtiriladigan bo’lsa, shunisi aniqki, undan sofdil politsiyachi chiqadi. Uning shaxsiy etikasi ushbu vaziyatda katta xal qiluvchi kuchga ega bo’lmaydi.
Koxenning taxminicha, individual etika odatda ahloqiy iqlimning yaratilishida katta rol o’ynamaydi. Individual etika faqatgina u mavjud bo’lgan jamiyat bioan o’zaroaloqadorligidagina tushunilishini inobatga olinadigan bo’lsa, u taqdirda individual ahloqiy sifatlarning eng yaxshi namunasi faqatgina adolatli jamiyatda ommaviy tarzda rivojlanishi mumkin, degan fikr to’g’ri bo’lar edi. Har bir jammoatchilik o’zgaruvchan, uning qadimgi Sparta davlatimi yoki politsiya uchastkasimi, ahamiyati yo’q. Biz jamoatqchilik orasida shunchalik yashamaymiz, biz o’z harakatlarimiz bilan uni barpo etamiz. Va biz nafaqat ob’ektiv olamda, balki o’zimizning miyamizda yashayotganimizni tushunish katta ahamiyatga ega. Biz uning tuzilishini shakllantirganimiz kabi ular bizning qadriyatlarimizni shakllantiradi (Cohen 2002:22).
Ahloqiy muammolarga murojaat etish aniq tarzda inson huquqlari mavzusiga eltadi. Biroq e’tiborimiz ham insonga, ham uning atrofidagi butun atrofga ham bir xil tarzda yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va nazariyasi – 1994 yilda Kolomba shahri (Shri-lanka)da ijtimoiy xodimlar xalqaro federasiyasi umumiy yig’ilishda “Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va nazariyasi” nomli hujjat qabul qilindi. Bu hujjat ikki qismdan iborat. “Ijtimoiy ish tamoyillarining xalqaro deklerasiyasi” va “Ijtimoiy xodimlarning xalqaro axloqiy andozalari”. Bu hujjatlarning qabul qilinishi federasiya tomonidan uzoq yillar davomida orqaga surib kelindi, bunga ajablanmasa ham bo’ladi. Bu tashkilotga a’zo bo’lgan yuzlab mamlakatlarning a’zolari bo’yicha juda xilma-xil. Ularni yo’llagan davlatlar o’zlarining to’zilishi, boshqaruv shakllari, madaniyati bo’yicha xilma-xil bo’lib, o’zlarining an’analariga va ijtimoiy ishning shakllanish tarixiga ega. Qizg’in munozaralardan keyin umumiy xulosaga kelishga muvaffaq bo’lindi, shuning natijasida mazkur deklerasiyalar dunyoga keldi. “Ijtimoiy ishning axloqiy tamoyillari dererasiyasida” quyidagi tamoyillar bayon qilingan:
Har bir odam noyob xodisa bo’lib, unga axloq nuqtai nazardan e’tibor berish lozim;
Har bir odam o’z ehtiyojlarini qondirishda boshqalarning huquqlariga zarar yetkazmasdan harakat qilish huquqiga ega va u jamiyat farovonligini oshirishdagi o’z hissasini qo’shishi lozim.
Har bir jamiyat, boshqaruv shaklidan qat’iy nazar, o’zining har bir a’zosini maksimum darajada noz-ne’matlar bilan ta’minlashga intilishi lozim.
Ijtimoiy soha xodimlari ijtimoiy adolat tamoyillariga dohildir.
Ijtimoiy soha xodimi o’zining bilimlarini, ko’nikma va malakalarini alohida odamlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-ijtimoiy nizolarni hal qilish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilishi lozim.
Ijtimoiy ish diskriminasiyani rad etish asosiga quriladi. Demak, u mijozlarning jinsi, yoshi, millati, diniy e’tiqodi, tili, siyosiy e’tiqodlari, jinsiy yo’naltirilganligidan qat’iy nazar amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xodimlar har bir odam va ijtimoiy guruh huquqlarini, uning mustaqilligi va sha’nini hurmat qilar ekan “BMT ning inson huquqlari xartiyasi” va boshqa xalqaro hujjatlarga asoslanadi.
Ijtimoiy ish mijozlarning daxlsizligini hiomyalash tamoyiliga asoslanadi, bunga tanlov erkinligi va kasbiy sir, mijozning o’z huquqlari va shaxsiy delosi mohiyatini tushuntirib berishga bo’lgan huquqi ham kiradi.
Ijtimoiy xodimlar kasbiy sir saqlaydilar, hatto u amaldagi qonunchiligimizga zid bo’lsa ham. Ijtimoiy ish mijozning ishtiroki va u bilan hamkorlikka asoslanadi. Ijtimoiy xizmatchilar o’zlari duch keladigan har qanday murakkab vazifani hal qilishda mijozlar bilan hamkorlik qilishlari lozim
Ijtimoiy soha xodimlari xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar o’z muammolarini hal etishda juda faol ishtirok etishlari lozim. Mijozlar har doim ijtimoiy soha xodimi tomonidan ana shu birlikdagi harakatlarning maqsadi va oqibatlari haqida ma’lumotolishlari zarur.
Ijtimoiy ish mijozlarining ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, u har qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yo’naltirilgan bo’ladi. Ijtimoiy ish o’z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlari, va shunga o’xshash shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki hokimiyat to’zilmalari qo’llab-quvvatlashga mutlaqo zid.
Ijtimoiy soha xizmatchisi o’zining bilimlarini, ko’nikma va malakalarini alohida odamlar, guruhlar, jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-ijtimoiy nizolarni hal qilish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilishi lozim.
Ijtimoiy ish diskriminasiyani rad etish asosiga quriladi. Demak, u mijozlarning jinsi, yoshi, millati, diniy e’tiqodi, tili, siyosiy e’tiqodlari, jinsiy yo’naltirilganidan qat’iy nazar amalga oshiriladi.
Ijtimoiy soha xizmatchilari har bir odam va ijtimoiy guruh huquqlarini, ularning mustaqilligi va sha’nini hurmat qilar ekan, “BMTning inson huquqlari hartiyasi” va boshqa xalqaro hujjatlarga asoslanishadi.
Ijtimoiy ish mijozlarning daxlsizligini himoyalash tamoyiliga asoslanadi, bunga tanlov erkinligi va kasbiy sir, mijozning o’z huquqlari va shaxsiy delosi mohiyatini tushuntirib berishga bo’lgan huquqi ham kiradi.
Ijtimoiy xizmatchilar kasbiy sirni saqlaydilar, hatto u amaldagi qonunchilikka zid bo’lsa ham. Ijtimoiy ish mijozning ishtiroki va u bilan hamkorlikka asoslanadi. Ijtimoiy xizmatchilar o’zlari duch keladigan har qanday murakkab vazifani hal qilishda mijozlar bilan hamkorlik qilishlari lozim, bunda mijozning manfaatlarini eng yaxshi usulda himoya qilish uchun harakat qilish kerak. Ijtimoiy soha xizmatchilari xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar o’z muammolarini hal etishda juda faol ishtirok etishlari lozim. Mijozlar har doim ijtimoiy soha xizmatchisi tomonidan ana shu birgalikdagi harakatlarining maqsadi va oqibatlari (xatar va foyda) haqida ma’lumot olishlari zarur.
Ijtimoiy ish mijozlarning ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, u har qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yo’naltirilgan bo’ladi.
Ishtirokchilardan bir guruhining muammolarini boshqa guruh muammolari hisobiga hal qilish zaruriyati tug’ilganda majbur qilish har doim muqobil guruhning manfaatlarini batafsil ko’rib chiqish, har ikki guruhni to’la eshitib bo’lgandan keyingina tamoyil tanlashga asoslanishi kerak. Ijtimoiy xizmatchilar muqobil guruhlarning har ikkisini ham malakali vakillar bilan ta’minlashlari zarur. Ijtimoiy xizmatchilar, shuningdek, o’z mamlakatlari qonunchiligida ochiq majbur qilish imkoniyatlarini minimum darajaga tushirishlari kerak.
Ijtimoiy ish o’z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlar va shunga o’xshash shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki hokimiyat tuzilmalarini qo’llab-quvvatlashga mutlaqo zid.
“Ijtimoiy ishning xalqaro axloqiy andozalari”da 5 guruh ko’rsatilgan: axloqiy xulq-atvor andozalari; mijozlar bilan o’zaro munosabatlar; agentliklar va tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlar; hamkasabalar bilan o’zaro munosabatlar; kasbga munosabat.
Do'stlaringiz bilan baham: |