Mavzu: ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning turlari


Ijtimoiy ehtiyojlarni o'rganish va tavsiflash



Download 144,01 Kb.
bet5/7
Sana11.07.2022
Hajmi144,01 Kb.
#777142
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OGABEK kurs ishi

3.Ijtimoiy ehtiyojlarni o'rganish va tavsiflash
Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati bor.
1.Ehtiyoj kengayib miqdoran o`sib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning ortib borishi. Masalan: gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj bilan o`rin almashmaydi, ammo uning miqdori oshadi.
2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo`lib, eskilarini surib qo`yadi, ehtiyojlarning ichki tartib strukturasi o`zgaradi. Masalan: televidenie va videoapparatura paydo bo`lishi bilan uyda xohlagan tomoshani ko`rish ehtiyoji paydo bo`lib, teatr yoki kinoga borish ehtiyoji qisqaradi.
3.Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o`zgaradi. Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko`rinishlari va shakllari o`zgaradi. Masalan:
umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda, transport aniq turlariga ehtiyoj o`zgaradi.
4.Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv o`rinbosar ehtiyojlarning paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand, konfet, tort, navvot shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining o`rnini bosishi ularning foydaliligi darajasidan kelib chiqadi.
Ko`rinib turibdiki ehtiyojlarning yuksalishi muqarrar ekan, lekin asosiy muammo ehtiyojlarni qondirishdir. Buning birdan-bir vositasi ishlab chiqarishdir. Ehtiyoj yuksalar ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi. Gap shundaki, ehtiyojlar cheksiz o`zgargani holda uni ta'minlash uchun kerak bo`lgan ishlab chiqarish resurslar cheklangan bo`ladi.Bu resurslar tabiiy resuslar, mehnat resurslari, pul resurslari, texnika va texnologiya resurslaridir. Buni g`arbda iqtisodchilar resurslarning kamyobligi deb atashadi. Ehtiyoj va resurslarning nomutanosibligi, birining cheksizligi va ikkinchisining kamyobligi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to`la va samarali foydalanishni talab qiladi.
Resurslar deganda faqat pulni tushunmaslik kerak. Resurslar birinchidan, moddiy shaklga ega bo`lib, yer-suv, yer osti va yer usti boyliklari, asbob-uskuna, mashinamexanizmlar, bino-inshoatlar va boshqalardan, ikkinchidan, inson resurslari yoki mehnat resurslaridan, aniqrog`i kishilarni mehnat qilib ishlab chiqara olish qobiliyatidan. Uchinchidan, moliyaviy resurslar: Valyuta birligi va qimmatbaho qog`ozlardan, to`rtinchidan tabiiy resurslar ya'ni ishlatilsa o`rnini to`ldirish mumkin yoki mumkin bo`lmagan tabiiy boyliklardan iborat.
Yer kurrasi va qa'ridagi tabiiy boyliklar ekin maydoni, o`rmonlar, qazilma boyliklar, umuman o`simlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan Markaziy Osiyodagi sug`orma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv zahirasi bilan cheklangan. Aholining o`sish sur'atlari pasaygan sharoitda, aholi qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmog`i qisqaradi.
To`xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar oqilona ishlatilishi shart. Shu sababli hatto ibtidoiy jamiyatdagi kishilar yerni chirindilar va kul bilan o`g`itlab, hosildorlikni oshirishga intilganlar. Har doim cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositasi bo`lib kelgan.
Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama bo`ladi:
1.Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan miqdoran ortib borishi resurs birligidan ko`proq iste'mol buyumlari olishni talab qiladi.
2.Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko`p turdagi mahsulot olishni talab qiladi. Masalan: 1 tonna metalldan 10 xil emas, 25 xil uy-ro`zg`or buyumlari olinadi. Ehtiyojlar tez o`zgargani sababli, muayyan resurslar sharoitida ularning hammasini birdan qondirib bo`lmaydi. Shu sababli jamiyat muqobil mahsulotlardan qaysi birini ishlab chiqarishni tanlab oladi. Resurslar cheklanganligidan bir mahsulotni ko`paytirish ikkinchisini kamaytiradi, chunki qo`shimcha mahsulot qo`shimcha resurs talab qiladi.
Demak, chegaralangan resurslar doirasida hamma ehtiyojlarni bir vaqtning o`zida bir yo`la qondirib bo`lmaganidan ishlab chiqarish imkoniga qarab, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini tanlab olish kerak bo`ladi. Resurslar sarfining birligidan olingan natija ko`paysa, ehtiyoj yaxshi qondiriladi.Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir.
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.
Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq.
Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi.
Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va muayyan ehtiyojlarni qondirishga imkonyat ham vujudga keladi. Mavjud ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish, soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.
Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi o‘zgarishi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab chiqarish o‘z navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi, videomagnitafon va boshqalarga ehtiyoj.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi kishilar hayotining ijtimoiy-maishiy madaniy sharoitlariga ham ehtiyojlarni shakllantiradi. Bunga oddiygina misol, dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqatlanishi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash texnologiyasi tubdan farq qiladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining aniq yo‘nalishiga asos bo‘ladi, ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqoza etadi. Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya’ni
Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni
Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi.
Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak
bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi.
Jamiyat ehtiyojlari kishilar ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari(iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo‘ladi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, engil avtomobil va h. k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi ob’ektlar xususiyatiga bog‘liq. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan faoliyatning turli shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligi taqoza qiladi. SHunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngil ochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:
jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab rivojlangan mamlakatlarda keng va xilma-xil bo‘ladi;
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob
mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;
tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va tarkibiga ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;
tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi; aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlashning rivojlanishi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib boradi.
Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. YAkka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondoshib bo‘lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.
Ko‘zlangan maqsadiga qarab ehtiyojlarni shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish vositalari unumli iste’mol qilinadi.
Qayd qilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi.
Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo‘ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Barcha ehtiyojlar ikki turga bo'linadi
Ularni ko'rib chiqaylik:
Tabiiy ehtiyojlar: oziq-ovqat, ichimlik, turar joy va boshqalar.
Jamiyat tomonidan yaratilganmi: ish, jamoatchilik faoliyati, ma'naviy shakllanish va rivojlanish zarurligi, ya'ni ijtimoiy hayotning mahsuldorligi bo'lgan hamma narsada.
Bu birinchi navbatda, tezkor harakatlar uchun sabab bo'lgan ijtimoiy ehtiyojlarni shakllantirish va amalga oshirish uchun rahmat. Jismoniy ehtiyojlar qondirilishi bilan, neft nazariyasida xavfsizlikka ehtiyoj paydo bo'ladi.
Odamlarning ehtiyojlari, ijtimoiy guruh (umumiy guruh) bu ma'lum bir ijtimoiy mavqeida odamlarning jamiyatini ko'paytirish maqsadidir. Ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlari namoyon bo'lish, vaqt va fazoda ijtimoiy guruh vakillarining muhim shartlari bilan ajralib turadi. Ehtiyojlarning muhim xususiyati ularning o'zaro aloqasi. Qoniqishning quyidagi eng muhim turlarini hisobga olish tavsiya etiladi, ularning qoniqishi ijtimoiy guruhlarni (generallik) takrorlash uchun normal sharoitlarni ta'minlaydigan:
1) jamiyat a'zolarining omon qolishi uchun zarur bo'lgan tovarlar, xizmatlar va ma'lumotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
2) normal (mavjud ijtimoiy normalarga tegishli) psixo-fiziologik tirikchilik;
3) bilim va o'zini rivojlantirish;
4) jamiyat a'zolari o'rtasidagi aloqa;
5) oddiy (yoki kengaytirilgan) demografik ko'payish;
6) bolalarni tarbiyalash va o'rgatish;
7) jamiyat a'zolarining xatti-harakatlarini nazorat qilish;
8) ularning xavfsizligini barcha jihatlarda ta'minlash. Amerika psixolog va sotsiologining mehnat motivatsiyasining nazariyasi A. Masloudamning ehtiyojlarini ochib beradi. Biror kishining ehtiyojlarini tasniflash, u ularni asosiy va hiyla-nayranglar yoki meta-ehtiyojlar uchun baham ko'radi. Sariyog 'nazariyasining ustunligi omillarning o'zaro ta'sirini tushuntirishda, ularning mot mot mot mot mot mot mot mot mot motorli.
Keyingi rivojlanish nazariyada bu tushunchani topadi F. Gerzberg,motivatsion gigiena deb ataladi. Bu erda eng yuqori ehtiyoj va pastki.
Individual ehtiyoj bu har bir oilaning, jamoaning ehtiyoji esa birgalikda yashash va faoliyat yuritishga bo‘lgan ehtiyojni o‘z ichiga oladi.
Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari: mehnat jamoasi, turli uyushmalar ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
Umumjamiyat ehtiyojlari mamlakat miqyosida, qolaversa, yer shari miqyosida insonlarning bir butun bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir.
Mahallada militsiya tayanch punkti ochildi. Uni individual ehtiyojga misol qilsa bo‘ladi.
Atrof-muhitning holatini o‘rganish uchun laboratoriya tashkil etildi. Bu umumjamiyat ehtiyojini qondirishga kiradi.
Bizni ehtiyojlarimiz olgan axborotlarimizga ko‘ra shakllanadi.
Ta'sir qiluvchi effektiv insonga erishishni istagan narsaning aniq tushunchasi bilan tavsiflanadi, qanday yo'llar, mablag'lar eng mos, samarali va hokazo. Bu, inson ijobiy, salbiy vositalar va oqibatlari, uning harakatlarini ham aytib beradi.
Shaxsining ijtimoiy ehtiyojlarini amalga oshiradigan ijtimoiy institutlar haqida gapirganda, biz ijtimoiy norma va ijtimoiy almashinuvlar haqida gaplashishimiz mumkin. Agar ijtimoiy me'yorlar ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy munosabatlari, ijtimoiy almashinuvlarning o'zaro hamkorligi, jamiyat a'zolari, turli tashkilotlar va sohalar a'zolari o'rtasida mavjud bo'lgan almashinuv, bu holda odamlar o'rtasidagi almashinuvdan farqli o'laroq, shaxsiy tarkibiy qismni o'z ichiga olmaydi.
Ijtimoiy institutlar jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi bo'lib, ular ijtimoiy hayotning ijtimoiy tajribasi va ijtimoiy amaliyot shakllari hisoblanadi, ular orqali kompaniyalar ijtimoiy tashkilotlari doirasidagi munosabatlar va munosabatlarning barqarorligi ta'minlanadi. Ijtimoiy ehtiyojlar ijtimoiy institutlarning paydo bo'lishining shartidir.
Ijtimoiy ehtiyojlarni quyidagilarga bo'lish mumkin:
hayotiy (norozilik norasmiyligi ijtimoiy fanni tugatishga yoki uning inqilobiy o'zgarishiga olib keladi);
ijtimoiy me'yorlar darajasida (ijtimoiy institutlarning evolyutsion rivojlanishi);
minimal ijtimoiy me'yor darajasida (saqlash, ammo ijtimoiy fanning rivojlanishiga emas);
qulay operatsiya va rivojlanish ehtiyojlari.
Ijtimoiy guruhning eng muhim ehtiyojlari o'z faoliyatini kengaytirish va atrofdagi ijtimoiy munosabatlarni o'zgartirishdir.
Ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlari haqida gapirishimiz mumkin, kosmosda va vaqt va vaqt, o'zaro bog'liqlik.
Shaxsiy ehtiyojning ijtimoiy ehtiyojlari jismoniy holatdan keyin ikkinchi bosqichga qo'yiladi. Biroq, ular muhim va har qanday shaxsdir.
Ijtimoiy ehtiyojlarning ahamiyati quyidagicha ifodalanadi:
har bir inson faqat ommaviy muhitda rivojlanadi. U jamiyatdan tashqarida mavjud emas va ijtimoiy ehtiyojlarga javob bera olmaydi. Agar ijtimoiy ehtiyojlar qoniqmasa, shaxs hech qachon odam bo'lmaydi;
jonning fiziologik ehtiyojlari hurmat, sevgi, qiziqish, foizlar hamjamiyati, aloqa va o'zaro tushunishga bo'lgan ehtiyojlar bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar, aloqa va o'zaro munosabatlar bilan to'ldiriladi;
ijtimoiy ehtiyojlarsiz va ularning qoniqishi bo'lmagan odam hayvonda ixtilof qilmaydi;
ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli bo'lgan odamlarning muvaffaqiyatli yashashi, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy faoliyat ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy aloqalarni amalga oshirish, ijobiy aloqalar va uning munosabatlari tizimi.
Xayrli kun, aziz o'quvchilar. Odamning qaysi ijtimoiy ehtiyojlarini va ularni qanday qondirish kerakligini bilasizmi? Bugun men sizga nima kerakligini aytib beraman va jamiyatda qanday qilib qanday namoyon etish va amalga oshirish kerakligini qisqacha ko'rsating.


Download 144,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish