2. Ijod va ijodkorlik faoliyati. Har bir insonning hayoti davomida hal qilish zarur bo`lgan ko`pgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar odatda o`z muammolarini qanday hal qiladilar? Ba`zilar o`z intuitsiyasiga tayangan holda echimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o`zga insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop adabiyotlarni tahlil qilib o`z muammolari echimini topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo echimidan umuman uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta bo`lmagan qismigina o`z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari yordamida echadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |