Mavzu: Idrok haqida tushuncha va uning hususiyatlari



Download 75,5 Kb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi75,5 Kb.
#225752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Idrok haqida tushuncha va uning hususiyatlari

Idrokning turlari. Idrok klassifikatsiyasining asosi, sezgilardagi kabi, idrok jarayonida ishtirok qiluvchi analizatorlaring har xilligidir. Idrok jarayonida qancha analizatorning yetakchilik qilishiga ko‘ra ko‘rish, eshitish, tuyush, kinestizik, hid bilish va ta’m bilish idroklari farqlanadi.

Idrokning sof holatdagi turlari ham uchraydi. Odatda ular birlashib ketgan.

Bundag tashqari materiyaning yashash shakllariga ko‘ra ham idrok turlari, fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilish aniqlanadi. Shaxs tevarak-atrofdagi narsa hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalarning obrazlarining kishi bir butun holda aks ettirishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki, narsa va xossa bir-biridan ajralmas bo'lganligidan sezgi va idrok ham bir-biridan ajralgan holda voqea bo'lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmok qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.

1. Idrokning murakkabligi. Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi.

Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil etadi.
2. Har bir idrok tarkibiga kishining o'tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi. Biz bunday shakl buyumlarni ilgari juda ko'p marta ko'rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. Shuning uchun bu shakllardagi yetishmagan joylarni o'sha bo'limlardan olib qo'shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok jarayonita xotira faoliyati qo'shiladi.
3. Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi. Masalan: derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o'rmon yoki gullarga o'xshatish, kesib olingan daraxt to'nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o'xshatish, osmondagi para-para suzib oq bulutlarni idrok qilib, to’plab kuyilgan paxtaga o'xshatish va boshqalar.
4. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok-qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo'lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va "bu nima",

"buning nomi nima " degan savol tug'iladi. Shuningdek, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. Ya'ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so'z bilan aytiladi mavjud tushuncha doirasiga kiritadi. Masalan: "bu gul", bu mashina, "bu kitob" va boshqalar,


5. Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his-tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa hodisalar tug'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin. His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, erkin qiladi.
6. Idrok jarayonida diqqat g'oyat katta ahamiyatga ega. Diqqat idrokning aktivligini oshiradi va uning mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz hech narsani idrok qilish mumkin emas.

Narsa-hodisalarni to'liq, va raso idrok qilish uchun shu narsa-hodisa ular ustida diqqat kuchli va barqaror turish zarur. Demak, o'quv materialini yaxshi qilish uchun o'quvchilar diqqatiga e'tibor brish kerak.

Kuzatish va kuzatuvchanlik. Kuzatish idrokning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo'ladi. Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan quyiladigan maqsadga, ko'riladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatning kuchiga va fikrlash aktivligiga bog'rliq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatlaridanki, bunda u narsa-hodisalarning unga bilinmaydigan lekin muhim harakterli xususiyatlarini payqay oladi. Kuzatuvchan kishi ko'proq narsani ko'radi. Chukurroq tushunadi, narsa-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik va farqni topadi, muhim bo'lmagan belgilarni ajratadi. Akademik I.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan.

Lekin u sezgilarga qaraganda birmuncha murakkabroq I.Pavlov ta'limotiga ko'ra, tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarning reseptorlarga ta'sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlari po'stida hosil bo'ladigan muvaqqat nerv bog'lanishlari idrokning fiziologik asosini tashkil etadi. Bu muvaqqat bog'lanishlar narsa-hodisaning birgina xossasi bilan emas, balki barcha xossalari bilan kompleks qo'zg'ovchilar ta'siri bilan vujudga keladi. Masalan student butun bir daryo jarayonida idrok qilinganda o'qituvchini ko'radi, uni nutqini tinglaydi, yozadi.

Bu kompleks qo'zg'ovchilar ko'rish, eshitish, muskul harakat reseptorlarini qo'zg'aydi. Kompleks qo'zg'ovchilar analizatorlarning miya po'sti bo'limidagi yadrolarda murakkab taxlil va sintez qilish amalga oshadi. Idrok jarayonida taxlil bilan bir vaqtda sintez xam paydo bo'ladi. Shuning uchun biz ayrim tovushlarni emas, butun so'z va iboralarni idrok qilamiz. Demak idrokning nerv-fiziologik asosida ikkinchi signal tizimining muvaqqat nerv bog'lanish yotadi. Muvaqqat nerv bog'lanishlarining hosil bo'lish jarayoni sintez asosini tashkil etadi. Idrok asosida ikki xil nerv bog'lanishlari yotadi.

a) Bir analizator doirasida hosil bo'ladigan bog'lanishlar. Bu bir narsadagi kompleks qo'zg'ovchilarning organizmga ta'sir etishidan vujudga keladi. Masalan, eshitish analiz qatoriga, ta'sir qiladigan ayrim tovushlarning o'ziga xos birikishi shunday qo'zg'ovchi bo'la oladi. Muziqa tinglash, rasm ko'rish.

6) Analizatorlar aro bog'lanishlar. Bunda bir narsa yoki hodisadagi qo'zg'ovchilar bir necha analizatorlarga ta'sir etadi. Masalan, ko'rish, eshitish, muskul analiz qatorlari, ma'ruza, monolog.
1. Idrokning xossalari

2. Idrokda ob'yekt va fon.


Odamga juda ko'p narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bular shunday ko'p xossalariga egaki, xatto odam bir vaqtning o'zida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam ko'p sonli qo'zg'ovchilardan faqat ayrimlarini aniq va yangilangan holda ajratib oladi. Shu ajratib narsa-hodisalar esa fon sanaladi, Masalan o'qituvchi bir darsda bir necha o'quvchilardan so'raydi. Har safar so'ralayotgan turadi. Chaqirilgan o'quvchi uning javobi hatti-harakati idrok ob'yekti hisoblanadi. Boshqa o'quvchilar faoliyati idrok foni bo'lib qoladi. Idrok foniga qolgan o'quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa idrok ob'yektiga aylanadi va aksincha. Demak idrok ob'yekti va foni dinamik harakterga ega bo'lib, doimo o'zgarib turadi. Ob'yekt va fonning dinamik bosh miya katta yarim sharlari po'stida vujudga keladigan optimal qo'zg'alish duchorining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatining bir ob'yektdan boshqa ob'yektga o'tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob'yektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, lederlar, predmet konturlarini ajratish kabilarda aniq ko'rish mumkin. Juda ko'p hollarda ob'yektni fondan tez va aniq ajratib idrok qilish uchun uni alohida rang, shakl va boshqa belgilar bilan ta'kidlab quyiladi. Masalan: transport belgilari, temir yo'l ishchilari maxsus to'q, sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.

Idrok obrazlari ularni vujudga keltiruvchi ob'yektlar va shaxsning o'zida bo'lgan bir qancha omillar bilan taqozo etiladi. Kishi psixik hayoti va shaxsiy xususiyatlarining idrokka ta'siri va unda aks etuvchi mazmunini appersepsiya deydilar. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma'lumotlari, turmush tajribalari, kasblar, sinfiy chiqishlaoi jihatidan turlicha idrok qiladilar. Kishinipg qaysi soxaga doir bilim va tajribasi qanchalik boy bo'lsa, uning shu soxadagi idroki xam to'liq chuqur va sermazmun bo'ladi.



Download 75,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish