Ichki sekretsiya bezlari
Gipofiz bezi no`xatsimon, massasi 0,5—0,6 g ga teng bo`lib, bosh miya’ning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan qismidajoylashgan.Gipofiz uch bo`lakdan iborat: oldingi, oraliq va orqa bo`laklar.
Gipofizning oldingi bo`lagidan somatotrop va boshqa xil gormonlar ajraladi. Bu gormon bolalar va o`smirlaming o`sishini, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi
Bazi sabablarga ko`ra bolalar va o`smirlarda bu gormon ko`p ishlab chiqarilsa, bo`y normadan ortiq o`sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bunday odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo`y o`sishi sekinlashadi, bunday holga nanizm deyiladi Bunday bo`yi past odam gipofizar pakana deyiladi. Ularning bo`yi past bo`lsa ham aqliy faoliyati normal bo`ladi. Bo`y o`sishi to`xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko`p ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo`ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qol va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi.
Shuni alohida takidlash kerakki, gipofiz organizmdagi barcha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron. bez bo`lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv tizimi tomonidan, ya’ni oraliq miyada joylashgan gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi.
Epifiz bezi. Epifiz bosh miya’ning asosida, ya’ni o`rta miya sohasida joylashgan boiib, uning massasi 0,2 g. Unda melatonin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon gipofizning oraliq bo`lagidan ajraladigan intermidin gormoni singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.
Qalqonsimon bez. Bu bez bo`yinning oldingi qismida joylashgan bo`lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5—10 yoshli bolalarda 10 g, kattalarda 25—30 g gacha bo`ladi.
Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi. Tiroksinning 65% dan ko`prog`i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o`tishida muhim rol o`ynaydi. U yurak ishining gumoral yo1 bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning o`sishi va rivojlanishida, asab tizimi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega.
Gipotireoz, ya’ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola tug`ilgandan keyin turli yoshlarda va, hatto, katta odamda ham ayrim sabablarga ko`ra yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning og`ir ko`rinishlarida bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi, ya’ni esda saqlash, o`zlashtirish qobiliyati pasayadi.
Endemik buqoq. Bazi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foydalaniladigan joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo`ladi. Shuning uchun bu joylarda yashovchi aholi o`rtasida endemik buqoq ko`p uchraydi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, bo`yinning oldingi qismida shish (buqoq) hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |