Adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezining ishini boshqaradi, ya'ni kortikosteroid gormonlarni ishlab chiqarilishini tartibga soladi. Tireotrop gormoni qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan ajraladigan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi. Gonadotrop gormoni erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o‘smirlarda esa balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘lishida ishtirok etadi. Laktotrop g‘ormoni ayollarda sut bezlarining funksiyasini boshqaradi. Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi. - Adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezining ishini boshqaradi, ya'ni kortikosteroid gormonlarni ishlab chiqarilishini tartibga soladi. Tireotrop gormoni qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan ajraladigan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi. Gonadotrop gormoni erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o‘smirlarda esa balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘lishida ishtirok etadi. Laktotrop g‘ormoni ayollarda sut bezlarining funksiyasini boshqaradi. Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi.
Gipofizning oraliq bo‘lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo‘lishini boshqaradi. Gipofizning oraliq bo‘lagidan ikkita gormon ajraladi (oksitotsin va vazopressin). Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug‘ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (ADG) organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5 - 99 % i qonga qayta so‘rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo‘lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so‘rilnsh jarayoni buziladi. Natijada qandsiz diabet kasalligi sodir bo‘ladi. Bu kasallikda odam ko‘p suv iste'mol qiladi va ko‘p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda 5-10 l va undan ko‘p). Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi barcha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez bo‘lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv tizimi tomonidan, ya'ni oraliq miyada joylashgan gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. - Gipofizning oraliq bo‘lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo‘lishini boshqaradi. Gipofizning oraliq bo‘lagidan ikkita gormon ajraladi (oksitotsin va vazopressin). Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug‘ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (ADG) organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5 - 99 % i qonga qayta so‘rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo‘lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so‘rilnsh jarayoni buziladi. Natijada qandsiz diabet kasalligi sodir bo‘ladi. Bu kasallikda odam ko‘p suv iste'mol qiladi va ko‘p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda 5-10 l va undan ko‘p). Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi barcha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez bo‘lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv tizimi tomonidan, ya'ni oraliq miyada joylashgan gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |