Mavzu: ichki organlar tuzilishi. Hazm a’zolarining tuzilishi. Ma’ruza rejasi


Ovqat hazm qilinishining mohiyati



Download 2,84 Mb.
bet2/5
Sana21.06.2022
Hajmi2,84 Mb.
#688377
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu ichki organlar tuzilishi

Ovqat hazm qilinishining mohiyati.
Ovqat hazm tizimiga mansub a’zolar zimmasiga bir necha muhim funktsiyalarni bajarish yuklatilgan. Ularning asosiysi - ovqat hazm qilishdir. Ovqat hazm qilishning moxiyatini tashqi muhitdan qabul qilinadigan ozuqa moddalarning mexanik va kimyoviy yo’l bilan parchalanishi va ichki muhitga surilishi tashkil qiladi. Hazm qilish jarayonida ozuqa moddalarning ichak shilliq qavati orqali ichki muhitga surilishining eng asosiy sharti - yuqori molekulali oqsillar aminokislotalargacha, yog’larning glitserin va yog’ kislotalarigacha, uglevodlarning
monosaharidlargacha parchalanishidir. SHu darajag’acha parchalanmay qolgan oqsil qoldiqlari, yog’lar yoki uglevodlar ichki muhitga surilmaydi va tashqariga chiqarib yuboriladi.
Hazm a’zolari tizimining yana bir muhim funktsiyasini ularning endokrin hujayralari faoliyati tashkil etadi. Hazm a’zolari tarkibida joylashgan ko’p turdagi hujayralar tomonidan ishlab chiqaradigan gormonlar organizmda umumiy ta’sirotga ega bo’lmay, balki aynan shu a’zolardagi maxalliy jarayonlarni, ya’ni mikrotsirkulyator tizim ishini, hujayralarning ko’payishi, voyaga yetishishi va faoliyat ko’rsatishi jarayonlarini organizm talablariga mos ravishda boshqarish ta’sirotiga eg’adir.
Hazm a’zolari tizimining uchinchi muhim funktsiyasini esa ularning ichki muhitga tashqi muhitdan yet moddalar va antigenlar kirishidan himoya qilish va maxalliy immun javobni amalga oshirishdan iboratdir. Hazm a’zolarining shilliq qavati immun hujayralarga boy bo’lib, antigenlarga qarshi immun javobni to’liq amalga oshirishga qodirdir. Shilliq qavatlarning immunologik faoliyati organizm umumiy immun tizimi faoliyatining muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Hazm a’zolari ajratuv funktsiyasini ham bajaradilar. Ichki muhitdagi moddalar almashinuvining chikindi hosilalari yoki organizm uchun zararli moddalarni buyraklar va ter bezlari qonikarli ravishda tashqi muhitga chiqara olmagan taqdirda, ular qisman hazm organlari shilliq qavatlari orqali chiqarilash imkoniyati bor. Ammo, moddalar almashinuvining ba’zi hosilalari ichki muhitdan faqat hazm a’zolari orqali chiqariladi. Masalan, taloqda nobud bo’lgan eritrotsitlardagi gemoglobinning parchalanishi tufayli paydo bo’ladigan hosilalari (bilirubin) asosan jigar orqali o’t suyuqligi tarkibida tashqi muhitga ajratiladi. SHu sababli jigar shikastlanganda ichki muhitda bilirubin miqdori keskin ortib ketib, organizmning zaharlanishiga va «sariqlik kasalligi» kelib chiqishiga sababchi bo’ladi.
Ovqatni hazm qilish jarayonini amalga oshirish uchun zarur fermentlar ko’plab maxsus
bezlar tomonidan ishlab chiqariladi. Fermentlar oqsil tabiatiga ega bo’lgan kimyoviy jixatdan faol moddalar bo’lib, ularning har biri ovqat tarkibidagi yuqori molekulali oqsil, yog’ yoki uglevod molekulalarini parchalash xususiyatiga eg’adirlar.
Turli xususiyatli hazm fermentlari turli bezlarning, ya’ni so’lak bezlari, me’da devori bezlchalari, me’da osti bezining ekzokrin qismi va ichak devoridagi mayda bezchalar faoliyatining hosilalaridir. Har bir ferment muayyan funktsiya bajaradi va faqat o’ziga hos modda yoki moddalar guruxiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, faqat oqsillarga ta’sir etuvchi fermentlarni proteazalar deyiladi. Bu guruxga pepsin, jelatinaza, ximozin, tripsin, enteroqinaza kabi fermentlarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Yog’larni parchalaydigan fermentlar lipazalar deb nomlanadi. Ammo, yog’lar lipazalar tomonidan to’liq parchalanishi uchun ularga o’t suyuqligi ta’sir etib, yog’larni emulsiyaga, ya’ni bir-biriga qayta qo’shilib katta tomchi hosil qila olmaydigan nihoyatda mayda yog’ tomchilariga aylantirib berishi zarur. Me’da osti bezining
shira tarkibidagi lipazalar ta’siri jixatdan ayniqsa aktiv hisoblanadi. Uchinchi gurux fermentlarga karbogidrazalar misol bula oladi. Karbogidrazalar uglevodlarni parchalaydi. Ularni soni juda ko’p bo’lib, ularning har biri aynan uglevodlarga ta’sir etishi bilan, yoki parchalanish jarayoniga ketma-ket va ma’lum yo’nalishda ta’sir etishi bilan ta’riflanadi. Masalan, uglevodlarni boshlangich parchalanish jarayoni Og’iz bo’shlig’ida so’lak tarkibidagi amilaza va maltaza ta’sirida boshlanadi. Uglevodlarning to’liq parchalanishi esa ichaklarda me’da osti bezining shirasi tarkibidagi amilaza maltoza, laktaza fermentlari ta’sirida amalga oshiriladi.
Ovqat hazm tizimi hazm nayi va parenximotoz a’zolardan tarkib topgan. Hazm nayini Og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, me’da, ingichka va yo’g’on ichaklar tashkil qiladi. Parenximatoz a’zolarga so’lak bezlari, me’da osti bezi va jigar kiradi.
Hazm naychasining uzunligi 7-8m.ga teng bo’lib, 3 bo’limdan tashkil topgan. Oldingi bo’lim Og’iz bo’shlig’i, halqum va qizilo’ngachdan iborat. Bu a’zolar bosh, bo’yin va ko’krak
qafasida joylashgan bo’lib, to’g’ri yo’nalishga ega. Oldingi bo’lim a’zolari ovqatni chaynash, so’lak bilan namlash va ovqat lukmasini shakllantirish, yo’tish va qizilo’ngach orqali me’daga yetkazish vazifasini bajaradi. So’lak tarkibidagi amilaza ta’sirida uglevodlar qisman parchalanadi, lizotsim esa bakteritsid ta’sir kuchiga ega. Til tarkibidagi ta’m bilish piyozchalari
ta’m bilish a’zosini tashkil qilib, ovqatning nordon, achchik, shirin va shur ta’mlarini sezish imkoniyatiga ega. Shilliq pardaning Og’iz bo’shlig’i bilan halqum chegarasida limfoid hujayralarning yirik tudalari joylashib, ular murtaklarni hosil qiladi. Ular orasida til, halqum, tanglay va xiqildoq murtaklari tafovut qilinadi. Bu murtaklarning ja’mi Pirogov limfoepitelial halqasi deyiladi. Halqa tarkibidagi limfoid to’qima hujayralari ovqat bilan Og’izga to’shgan mikroorganizmlar va antigenlarni fagotsitoz qilish xususiyatiga ega bo’lib, organizmga kirib kelayotgan antigenlar haqida gi axborotni immun tizimga yetkazadigan birinchi bosqichni tashkil etadilar. Og’iz bo’shlig’idan ovqat halqumga o’tadi. Halqum nafas va ovqat yo’llari o’zaro kesishadigan a’zodir. Halqumning davomi qizilo’ngach bo’lib, ko’krak qafasida kuks oralig’ining orqasidan o’tadi, diafragma o’zra o’tib me’daga ulanadi. Qorin bo’shlig’ida hazm naychasi kengayadi va me’dani hosil qiladi. Me’dadan so’ng ingichka ichakning bo’limlari - o’n ikki barmoqli ichak, och va yonbosh ichak ketma-ket davom etadi.
Me’da, ingichka ichak, jigar va me’da osti bezlari hazm tizimining o’rta bo’limini tashkil qiladi. Hazm tizimining o’rta bo’limida ovqat hazm qilish va ichki muhitga surilish jarayoni to’liq amalga oshiriladi. Parchalangan oqsillar aminokislotalar xolida, uglevodlar - oddiy kandlar asosan glyukoza xolida qon tomir kapillyarlariga, parchalangan yog’lar - glitserin va yog’ kislotalar xolida limfa tomirlariga o’tadi va so’ng butun organizmga tarqaladi.
Hazm yo’lining orqa bo’limi yo’g’on ichakdan tashkil topgan. Yo’g’on ichak ikki asosiy bo’limdan, chambar va to’g’ri ichakdan iborat. Yo’g’on ichakda surilish jarayoni asosan tugallanadi va bu yerda suv suriladi va najas massasi shakllanadi. Hazm bo’lmagan moddalar to’g’ri ichak orqali tashqariga ajratiladi.
Og’iz bo’shligi ovqat hazm qilish kanalining boshlangich qismidir. Og’iz bo’shlig’i daxlizga va haqiqiy bo’shlig’iga ajraladi. Og’iz daxlizi tashqi tomondan lunj va lablar bilan, ichki tomondan milk va tishlar bilan chegaralanib turadigan tor yoriq shaklida bo’ladi.
Haqiqiy og’iz bo’shlig’i yuqoridan qattiq va yumshoq tanglay bilan, pastdan og’iz diafragmasi va yon tomonlaridan lunjlar bilan chegaralanib turadi.
Og’iz bo’shlig’idan halqumga o’tish tegishli, ya’ni bugiz yuqori tomondan tanglay chodiri, yon tomonlardan tanglay ravoqlari, pastki tomndan tilning orqa yuzasi va til ildizi bilan chegaralangan.
Tilda ustki yuza va pastki yuza farqlanadi. Til devori asosan uch qobiqdan iborat: shilliq qobiq, muskul qobiq, va adventitsiya qobig’i. Faqat til ildizi sohasida shilliq qobiq ostida shilliq osti qatlami joylashadi, so’ng muskul va adventitsiya qobiqlari tafovut qilinadi. SHu tufayli til harakatchang bo’ladi. Tilning shilliq qobig’i ko’p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliydan iborat. Shilliq qobiq yuzasida so’rg’ichlar joylashgan. SHakli jixatdan ipsimon, konussimon va tarnovsimon so’rg’ichlar epiteliysida ta’m bilish organlari - ta’m bilish piyozchalari joylashgan.
Til muskullari xususiy va skelet muskullariga bo’linadi. Skelet mksqo’llari skelet
suyaklaridan boshlanib, tilga tutashadi. Ular quyidagilardir: 1. Engak til osti muskuli- tolalari qisqarganda pastga va orqaga tortadi.
  • Bigiztil muskuli - tolalarning bir tomonlama qisqargan tilni yonga tortadi, ikki tomonlama qisqarishi tilni orqaga va yuqoriga tortadi.
  • Til osti muskuli- tilni pastga va orqaga tortadi. Tilning xususiy muskullari uch xil- bo’ylama, ko’ndalang va tik yo’nalishda muskul tolalari joylashadi.

  • Tishlar ovqatni chaynashda, so’zlarni to’g’ri talaffo’z etishda ishtirok etadi.
    Tishlar jag’dagi kattakchalar - alveolalar ichida komfizis yo’li bilan birikadi. So’t tishlar va doimiy tishlar farqlanadi. So’t tishlar 20 ta, doimiy tishlar 32 ta bo’lib, yuqori va pastki jag’larda 16 tadan joylashadi. Tishlar qatorining har qaysi yarimida 8 ta: 2 kurak, 1 koziq, 2 kichik oziq tish bor.
    Tishda uchta qism: korronkasi, bo’yinchasi va ildizi tafovut etiladi. Koronka tishning milkidan chiqib turadigan qismidir. Tishning toraygan qismi - bo’yinchasi, milk bilan qoplangan. Katakka kirib turgan joyi tish ildizi deyiladi. Tish koronkasi emal bilan qoplangan. Emal ostida suyak to’qimaga o’xshash dentin joylashgan.

Tishning markazida pulpa joylashgan. Pulpa siyrak tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, pulpada qon tomirlar va nervlar joylashgan. Tish bo’yinchasi va ildizi tsement moddasidan iborat.
Og’iz bo’shlig’ida kichik so’lak bezlari va 3 katta so’lak bezlari tafovut qilinadi. Katta so’lak bezlarga quloq osti bezi, til osti bezi va jag’ osti bezlari kiradi. So’lak bezlari tuzilish jixatdan murakkab alveolalar - naysimon bezlar guruxiga kiradi. Alveolalar - bu sekret moddalar ishlab chiqaruvchi oxirgi bo’limlar. Naychalar bu chiqaruv naylar bo’lib, bular orqali ishlab chiqarilgan maxsulot-sekret harakatlanib, Og’iz bo’shlig’iga chiqariladi. Uchta bezning sekreti qo’shilib so’lakni hosil qiladi. Bezlar ishlab chiqargan sekret tarkibiga ko’ra seroz, shilliq moddalar ishlab chiqaruvchi bezlar va aralash bezlarga bo’linadi.
QULOQ OSTI BEZI - ogirligi 25-30 gr, pastki chegarasi pastki jag’ning burchagidan boshlanib, tashqi quloqning oldigacha yetib boradi. Bezning markazi nayi lunj muskulini teshib o’tib, Og’iz bo’shlig’ida yuqori jag’dagi ikkinchi katta oziq tilar qarshisida ochiladi. Quloq osti
bezi oqsili tarkibiga ega bo’lgan sekret ishlab chiqaradi.
TIL OSTI BEZI - ogirligi 5 gr, uglevodli tarkibiga ega bo’lgan shilliq moddalar ishlab chiqaradi. Til osti bezi Og’iz diafragmasi sohasida, uni qoplovchi shilliq parda ostida joylashadi. Bu bez ham alveolyar naysimon tuzilishga ega. Umumiy chiqaruv nayi til ostidagi bursmaga ochiladi.
JAG’ OSTI BEZI - ogirligi 15 gr. bo’lib, jag’ osti chuqurchasida joylashgan. Oxirgi sekretor bo’limlarida aralash - oqsil uglevodli sekret ishlab chiqaradi. Umumiy chiqaruv nayi xai til ostiga ochiladi.
Quyidagi sxemada ovqat - hazm qilishi sistemasini umumiy tuzilish printsipi tavsiya etiladi.
Og’iz daxlizi quloq osti bezi
  • Og’iz bo’shlig’i

  • Xususiy og’iz bo’shlig’i jag’ osti bezi til osti bezi
    til, tishlar
  • Bosh va bo’yin sohasi Halqum
  • Bo’yin, ko’krak va qorin bo’shlig’i - qizilo’ngach


  • Download 2,84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish