Mavzu: Ibtidoiy irqlar Yevropoid irqining shakllanishi


Irqlarning paydo bo’lishi va odamlar o’rtasidagi irqiy belgilar hamda xususiyatlarini kelib chiqishi



Download 181,5 Kb.
bet4/11
Sana01.06.2022
Hajmi181,5 Kb.
#626901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ibtidoiy irqlar Yevropoid irqining shakllanishi

2.1.Irqlarning paydo bo’lishi va odamlar o’rtasidagi irqiy belgilar hamda xususiyatlarini kelib chiqishi
Ishlab chiqarishning yuksala borishi va yashash sharoitlarning yaxshilana borishi aholining asrlar osha ko‘paya borishini taqozo qilardi. Ishlab chiqarish qurollarining doimiy takomillasha borishi ovchilik, termachilik, baliqchilik xo‘jaliklarining rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa, ovchilikning rivojlanishi yashash hududlardagi hayvonot dunyosining kamayishiga ta’sir ko‘rsatdi. So‘nggi paleolit davri ovchilari avvalgi yashash joylaridan muzlik davridan keyin hosil bo‘lgan keng dashtzorlarga oziqa izlab tarqalish, ma’qul ekologik burchaklarni ishg‘ol qilib, o‘zlashtirishga olib keldi. Bu davrda odamzod Shimoliy Ovropa, Osiyo hududlaridagi dasht mintaqalarni o‘zlashtiradilar. So‘nggi paleolit davrida Sibir va Shimoliy Germaniya hududlari o‘zlashtirildi. Osiyo mintaqalaridan tarqalgan odamzod jamoalari Berengov qo‘ltig‘i orqali birinchi bor Amerikani ishg‘ol qiladilar. Paleolitning oxirlarida va mezolit davrida odamzod Avstraliyani ishg‘ol qiladi. So‘nggi paleolit davrida bir-biridan muayyan darajada o‘z taraqqiyoti bilan farq qiladigan madaniy viloyatlar tashkil topadi. Bu borada o‘z xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan uchta viloyatni ko‘rsatish mumkin: muzliklarga tutash Ovropa,1 Sibir-Xitoy va Afrika – O‘rta Yer dengizi hududlarini o‘z tarkibiga oluvchi oykumenlar viloyati shular jumlasidandir.
Muzlikka tutash Ovropa viloyati bir necha muzliklarni boshdan kechirgan Ovropa hududini to‘la o‘z ichiga oladi. Odamzod jamoalari bu viloyatlarda qattiq qish sharoitida yashagan va mamont, shimol bug‘usi kabi yirik jonivorlarni ovlab tirikchilik o‘tkazganlar. Bu zimiston qish sovug‘i sharoitiga moslashgan yashash kulbalarini qurishga kirishadilar. Kulbalarni qurishda mamont suyaklaridan va boshqa jonivorlarning terilaridan foydalanganlar. Ovropa hududida yashagan aholining asosiy madaniyat birligi tarkibi yakdil ko‘rinishda bo‘lsa-da, ammo mintaqalar bo‘ylab qisman bir-biridan farq qiladigan madaniyat birliklari tashkil topadi. Masalan, Rus tekisligi, Chexoslovakiya va unga tutash Markaziy Ovropa hududlarida yashagan aholining madaniyati G‘arbiy Ovropa aholisi madaniyatidan farq qilardi. Muzlik mintaqasiga tutash Ovropa tabiiy sharoitiga o‘xshash mintaqalarda Sibir-Xitoy viloyati aholilari yashagan. Biroq bularda muayyan darajada Ovropadan farq qiladigan qurol yasash texnikasi shakli asosidagi madaniy taraqqiyot yo‘nalishi mavjud edi. Bu farq yana shundan iborat ediki, bu mintaqa aholisiga tosh o‘zakdan bo‘ydor paraqalar ajratib olish texnologiyasi ma’lum bo‘lsa-da, asosiy qurollardan – skreblo va chopuvchi qurollar Ovropaning muster davri aholisi qurollariga o‘xshash bo‘lib, ayrim holatlarda ashell davridagi qo‘pol chopuvchi cho‘qmor qurollarga o‘xshash qurol-aslahalar mavjud edi.
Afrika – O‘rta Yer dengizi viloyatiga Afrikadan tashqari Ispaniya, Italiya, Bolqon yarim oroli, Qrim, Kavkaz, Yaqin Sharq mamlakatlari hududlari kiradi. Bu mintaqalarda yashagan aholi yumshoq iqlim o‘simliklari, hayvonot dunyosi sharoitida yashab, ko‘pincha dasht kiyigi, tog‘ echkisi, bug‘u, ot, buqa va yirik yirtqichlar kabi jonivorlarni ov qilishgan va terim-termachilik bilan keng ravishda shug‘ullangan. Suyakdan yasalgan qurollardan igna, juvoldiz kabi qurollar serob uchraydi. Bu mintaqalarda mikrolit qurollar Ovropaga qaraganda ancha avval tarqalgan. Shu bilan birga bu mintaqada toshdan bosim orqali paraqalar ajratib olish texnologiyasi sust taraqqiy qilgan. Ammo shimoliy o‘lkalarga qaraganda bu yerda o‘q-yoy ancha erta kashf qilingan. Bu holat mayda jonivorlarga, parrandalarga ko‘proq ov qilish sharoitini tug‘dirgan.
So‘nggi paleolit davrida eslatilgan uch viloyatlarda madaniy taraqqiyot bir-biridan keskin farq qilmas edi va ularning chegarasi ham mutlaq aniq emasdi. Har bir ko‘rsatilgan viloyatlar tarkibida bir-biridan qisman farq qiladigan lokal, ya’ni joyli, mahalliy madaniyatlar ham rivoj topgan.
Janubiy Sharqiy Osiyo paleoliti deyarli hamon yaxshi o‘rganilmagan. Shunga qaramasdan ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli bu viloyat to‘rtinchi qilib fanga kiritilgan. Bu mintaqalarda yashovchi aholining sharoiti Shimoliy Ovropadan keskin farq qilib, iliq iqlimga mos flora va faunoga serob edi. Shuning uchun ham bu viloyat aholisi bu zamonlarda doimiy qishloqlarda yashamagan, unga zaruriyat ham bo‘lmagan. Shu boisdan bu mintaqalarda yashagan aholi vaqtinchalik, mavsumiy uy joylar bilan kifoyalangan.
Amerika qit’asining odamzod tomonidan o‘zlashtirilishi bundan 20 ming yil avval sodir bo‘lgan. Bu mintaqa Osiyodan Berengov qo‘ltig‘i orqali o‘tgan aholi tomonidan ishg‘ol qilingan. Bu qit’ada hatto primatlar qoldiqlari ham topilmagan. Amerika hindlarining o‘tmishdoshlari eski dunyodan kirib borgan ibtidoiy jamoalardan iborat edi.
Amerika hududidan topilgan tosh qurollar xitoy so‘nggi paleolitiga, xususan, Chjoukuodyan g‘or makonining yuqori qatlami, shuningdek, Birma, Indoxitoy so‘nggi paleolit madaniyatiga o‘xshashdir. Amerikada tosh asri madaniyatining asoratlari mil. avv. 5 minginchi yillarga qadar saqlanib qolgan.
Avstraliya qit’asi, fanning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Indoneziya tomonidan kirib borgan aholi jamoalari tomonidan so‘nggi paleolit davrida o‘zlashtirilgan. Bundan keyingi o‘zlashtirgan aholi mikrolit qurollardan foydalangan va butun qit’a bo‘ylab, o‘ziga xos ovchilar va terimchilar madaniyatini shakllantirgan.

Download 181,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish