1792- yil 21-sentabrda Fransiya o’zini respublika deb e’lon qildi va shu paytdan Yevropadagi barcha qirollik mamlakatlariga qarshi kurash olib borishga majbur bo’ldi. Davlat boshqaruvi jirondistlar qo’liga o’tdi. Bu paytda Respublikachilarning ham tashqi ham ichki dushmanlarga qarshi kurash olib borishga to’g’ri keldi. Mamlakatda esa dehqonlar va boshqa kambag’al qatlam noroziligi kuchayib bordi.
Royalistlar xalqning ongi pastligidan foydalanib ularni Respublikachilarga qarshi otlantirishga harakat qilar, ular ular Angliyada turib mamlakat iqtisodiyotini chiqarish uchun soxta pullar yasab, Fransiyaga yuborishar eda. Milliy konventda jirondistlar bilan yakobinchilar o’rtasida hokimiyat uchun keskin kurash borar edi. Yakobinchilar 1793 yil may oyida jirondistlarni konventdan haydab chiqardilar. Feodal tartiblar bekor qilindi.
Konventda ikkita: ijtimoiy najot va umumiy xavfsizlik qo’mitalari to’zildi. Ularning vaqolati kengaytirildi. Ular konventni yangi choralar ko’rishga majbur etar edi. Oqibatda xalq orasida qo’rquv va dahshat solib yangi davlat organi paydo bo’ldi. 1793 yilda «Shubhali kishilar to’g’risida» qonun qabul qilindi Bu qonunga ko’ra hech bir kishi o’z xavfsizligi uchun kafolat bera olmas edi. Oqibatda tez orada qatag’on avj olib ketdi. Shaxsan yakobinchilarning ko’pchilik rahbarlari yakobinchi bo’lgan Maksimilian Robespyerning bo’yrig’i bilan o’ldirildi.
Grakx Babyof fransuz inqilobchisi, kommunist-utopist, Direktoriya davrida «tenglik uchun» harakatining yo’lboshchisidir. Babyof kambag’al sobiq soldat oilasida tug’ildi. Russo va Mabli fikrlari bilan tanishgandan so’ng (keyinchalik Morelli) shaxsiy mulkchilik yo’q bo’lgan «yuksak tenglik» jamiyatining ishonchli tarafdoriga aylandi. 1785 yil Babyof katta yer mulkchiligining o’rniga «jamoa xo’jaliklari» yaratish rejasini tuzib chiqdi.
Pikardiyadagi inqilobning faol qatnashchilaridan biri bo’ldi. Ortiqcha soliqlarni to’lashga qarshi harakat tashqilotchisi sifatida 1790 yil Parij qamoqxonasida ozodlikdan mahrum etildi, uni qamoqdan J. P. Maratning sayi-harakatlari natijasida chiqarishdi.
Keyingi yillarda Babyof qishloq xo’jaligi uchun ko’rsatmani ilgari surdi. Bu ko’rsatmada hech qanday to’lovsiz feodal qonunlarini tqliq likviditsiya qilish, yirik yer mulkchiligini yo’qotish, o’zoq yillik ijarani taqsimlash, arzon-garovning o’rniga cherkov mulkini musodara qilish, umumiy yerlarni ajratish va «agrar (qishloq xo’jaligi) qonuni ni chiqarish. Bu fikrlarni Babyof o’zining «Doimiy kadastr» (1789) deb nomlangan asarida to’liq yoritib berdi.
Babyof 1791 yilda Lyudovik XVI ning qochib ketishiga bog’liq holda, respublika qurishda qatnashdi. 1793 yilda Parij kommunasining savdo-sotiq bo’yicha kotibi bo’lib faoliyat yuritdi. «Past tabaqaning yaxshi yashashi» muammosiga yetarli e’tibor ajratmaganligi uchun Konvent yakobinchi va Maratni qoralab chiqdi. Yakobinchilar diktaturasining malakasi va poytaxtning savdo resurslarining bo’linishi kabi harakatlar Babyofni «yuksak tenglik jamiyati»ni yaratish haqidagi amaliy imkoniyatlari haqidagi fikrga olib keldi. 1793-94 yillarning so’nggida Babyof yolg’on ko’rsatmalar orqali ayblanib, hibsga olindi. 9 termidor davriga kelib ozod qilingach, bir necha hafta o’tgach Babyof termidoriy konventga qarshi ishonchli dushmaniga aylandi va o’zining «Jurnal de la liberta de la press» deb ataluvchi gazetasida unga qarshi maqola chiqardi va keyinchalik «Tribyun dyu pyopl»da ham chop etildi.
1795 yilning fevraliga kelib Babyof yana hibsga olindi. 1795 yil oktabr oyida umumiy avf orqali ozod qilingach «Tribyun dyu pyopl» asarini yangiladi va Buonarroti F, Darte, Sh. Shermenlar qatoriga qo’shildi. Shu bilan birga «tenglik uchun» kommunistik harakatining tashkilotchisi va yo’lboshchisi qatoriga qo’yildi. 1796 yil bahorda xalq namoyishini tayyorlaydi va «Yashirin direktoriya»ni boshqardi. Bu harakat qatnashchilaridan biri Grizelning xoinligi natijasida harakatning barcha yo’lboshchilari qo’lga olinadi. Vandomdagi sud hukmiga binoan Babyof o’limga hukm qilingan. Babyofning fikrlari va uning davomchilari babuvistlarning fikrlari ilmiy kommunizmning tarafdorlari edi. Eski jamiyatdan kommunizmga o’tish davridagi vaqtinchalik inqilobiy diktaturaning tuzilishi zarurati va «toza demokratiya»ni tezlikda ro’yobga chiqarish imkoniyatlari yo’qligini Babyof inqilobning tajribasiga suyanib shu fikrga keldi. Babuvizm davomchilarining eng asosiy ko’rinishlaridan biri bu diktatura zarurligini tan olishlaridir. Babyof va uning tarafdorlarining qo’zg’oloni g’alaba bilan tugasa, ular «milliy kommuna» rejasini ro’yobga chiqarishni mo’ljallashgan edi. Bu «milliy kommuna» xususiy mulkchilik (egalik)ni o’rnini bosish lozim edi.