Monteyskening hokimiyatlarni taqsimlash ta’limoti o’z zamondoshlari orasida mashhur bo’ldi. Bu ta’limot XVIII asr oxiri Fransuz burjua revolyusiyasining konstetitutsion hujjatlarida o’z aksini topdi. Masalan, 1789 yilgi «Inson va grajdanin huquqlarining Deklaratsiyasi» da shunday deyilgan: «Huquqlardan foydalanish ta’minlanmagan va hokimiyatlarning taqsimlanishi o’rnatilmagan jamiyat konstetitutsiyaga ega emas». Hokimiyatlarni taqsimlash prinsipi 1787-yil AQSH konstitutsiyasida ham o’z aksini topgan. Keyinchalik bu prinsip barcha demokratik davlatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham o’z aksini topdi.
Hokimiyatlar bo’linishining asosiy maqsadi – hokimiyatni suiste’mol qilishning oldini olishdir. Monteske hokimiyatni uchga bo’ladi: qonunchilik, ijro hokimiyati va sud hokimiyati. Ular qonunlarda belgilangan chegaralar doirasida faoliyat yuritadi. Ushbu qonunlarda har bir hokimiyatning ta’sir doirasi aniq belgilab berilgan bo’ladi. hokimiyatlar bo’linishi va ularning bir-birlarini o’zaro tiyib turishlari fuqarolarning siyosiy erkinliklarini ta’minlashda bosh me’zon bo’lib xizmat qiladi.
Erkinlik deganda, shaxs xohlagan narsasini qilaverishi emas, balki faqat qonunlarda ruxsat etilgan xatti-harakatlarnigina amalga oshirish huquqi tushuniladi. Agar fuqaro qonunlar bilan taqiqlangan hatti-harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo’lganida edi, u erkinlikka ega bo’lmasdi. Chunki boshqa fuqarolar ham shunday huquqqa ega bo’lgan bo’lar edi.
Siyosiy erkinlik, Monteske fikricha, qonun bilan ruxsat berilgan, yoki u bilan ta’qiqlanmagan istalgan harakatni amalga oshira olish huquqidir. Agar fuqaro qonun bilan ta’qiqlangan harakatlarni ham qila olganda, unda erkinlik mavjud bo’lmasdi, chunki xuddi shunday qilmishni boshqalar ham unga nisbatan qilishi mumkin.
Monteyske hokimiyatni amalga oshirish usuli haqida: Demokratik davlatda har qanday erkin shaxs o’zini o’zi boshqarish huquqiga ega bo’lishi lozim, buni ta’minlashning birdan bir yo’li qonunchilik hokimiyatini amalga oshirilishida xalqning ishtirok etishidir. Qonun chiqarish jarayonida xalqning bevosita qatnashishini yirik davlatlarda iloji yo’k, kichik davlatlarda esa ortiqcha tashvish va sargordonlik bilan bog’liq bo’lgani bois, xalq qonunchilik hokimiyatini o’zining vakillari orqali amalga oshiradi. Vakillar xalq nomidan qonun chiqarishda ishtirok etadilar va o’z faoliyatlarida ularni saylab qo’ygan aholining, umuman xalqning manfaatlarini ko’zlab harakat qilishadi. Albatta, vakillar o’z saylovchilaridan qonunchilik faoliyatining umumiy yo’nalish, instruksiyalarini olishlari etarli, har bir alohida ish bo’yicha xususiy ko’rsatmalar olishlari shart emas. Yo’qsa, Monteske yozishicha, deputatlarning so’zlari xalqning aks sadosi bo’lsada, bu uzundan uzoq yo’lakchalar orqali harakatlanishga majbur bo’ladi, har bir deputatga qolganlari ustidan ustunlik berishi va zarur hollarda xalqning kuchi qandaydir injiqlik tufayli amalga oshmay qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |