Hujayrada axborot oqimi. Axborot oqimi hujayraning asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, bunda irsiy axborot yadrodan sitoplazmaga, DNKdan ribosomalarga yo‘naladi. Axborot oqimida yadro apparati (xromosomalar, DNK, iRNKlar) va sitoplazma apparati (ribosomalar, tRNK, rRNK, fermentlar, aminokislotalar qatnashadi). Axborot oqimi genetik kod asosida amalga oshiriladi. Genetik kod bu irsiy axborotning nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar ketma- ketligida tripletlar sifatida yozilishidir. Axborot oqimi jarayonida oqsil biosintezi amalga oshiriladi.
Hujayrada axborot oqimi
Do'stlaringiz bilan baham: |