Mavzu. Hujayra muhandisligi asosida hayvonlar irsiyatini o‘zgartirish. Gibridoma



Download 338,71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.06.2022
Hajmi338,71 Kb.
#718183
Bog'liq
Og101w5UrmhWSPoMCqFE7F6nmlpYLa65JZ1AZCXg




Roland W. Scholz Environmental Literacy in Science and Society: From Knowledge to Decisions. 
New York, USA, 2011; Cambridge University. р. 221 
Mavzu. Hujayra muhandisligi asosida hayvonlar irsiyatini o‘zgartirish. 
Gibridoma 
Dars maqsadi. Tinglovchilarni hujayra muhandisligi asosida hayvonlar 
irsiyatini o‘zgartirish usullari bilan tanishtirish. 
Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun 
ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori 
xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum 
hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda 
faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor 
qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori 
sifatli sut beruvchi qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum 
hujayra olishga erishiladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi 
gen muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, 
sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini 
oshirishga erishdi.

Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil 
bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni 
implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli 
avlod olinadi.
Hujayralarning qo‘shilish metodlari 
1. Filogenetik jihatdan uzoq bo‘lgan tirik hujayralarning qo‘shilishi 
(birlashishi). Turlararo qo‘shilish natijasida tamaki, kartoshka, karam va hosildor 
turlar olingan. 
2. Assimetrik gibridlarni olish. Bu metodda bitta hujayraning to‘liq genlari, 
ikkinchisining bir qism genlari qo‘shiladi. Assimetrik gibridlar simmetrik gibridga 
nisbatan chidamli bo‘ladi. Simmetrik gibridlarda ota-ona genlari to‘liq bo‘ladi. 
3. Uch va undan ortiq ota-onalar hujayralarining qo‘shilishidan gibridlar 
olish
4

Yangi genetik usullarning paydo bo‘lishi bilan irsiyatni organizm darajasida
qayta tuzish imkoniyati tug‘ildi. Dj.Gordon birinchi bo‘lib voyaga yetmagan 
baqaning (dumli davrida) epiteliy hujayrasi yadrosini yadrosi olingan baqaning 
tuxum hujayrasiga ko‘chirib o‘tkazdi. Bunday tuxum hujayradan embrion 
rivojlanib, yosh dumli baqa hosil bo‘ldi. U voyaga yetgan baqaga aylanib, ko‘paya 
boshladi. Yadrosiz tuxum hujayraga shu organizmning somatik hujayra yadrosini 
ko‘chirib o‘tkazish bilan genotipi bir xil bo‘lgan organizmlarni olish mumkinligi 
isbotlandi. Agar shu usulni sutemizuvchilarda o‘tkazilsa, juda katta amaliy foydaga 
erishish mumkin. Chunki qoramollar, qo‘ylar va boshqa qishloq xo‘jalik 
hayvonlari orasida sersut, seryog‘, serjun, go‘shtdorlari uchraydi. Jinsiy ko‘payish 
paytida bunday belgilar yuzaga chiqmasligi mumkin. Sermahsul hisoblangan bitta 
hayvon somatik hujayrasidan olingan diploid yadroni ko‘plab yadrosiz tuxum 
hujayralarga o‘tkazib, sermahsul hayvonlar sonini ko‘paytirish mumkin. Hujayraga



Roland W. Scholz Environmental Literacy in Science and Society: From Knowledge to Decisions. 
New York, USA, 2011; Cambridge University. р. 221 
genni yoki xromosomani o‘tkazish 1970 yillarda liposomalarning (lipid 
pufakchalari) sintez qilinishi bilan amalga oshirila boshlandi. Liposomalar ikkita 
lipid qavatidan iborat bo‘lib, har xil moddalarni hujayraga kiritishda keng ishlatila 
boshlandi. Liposomalar ichidagi moddalar, jumladan, xromosomalar uzoq 
saqlanishi mumkin. Liposoma membranasi harorat ta’sirida o‘z holatini 
o‘zgartiradi va ichidagi xromosomani hujayraga osonroq o‘tkazadi. 1978-yilda 
liposomalar yordamida odamning xromosomasi sichqon hujayrasiga o‘tkazildi. 
Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham 
tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik 
va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining 
ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, 
ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik 
bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi 
qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga 
erishiladi.
Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil 
bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni 
implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli 
avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi.
AQShning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli 
bilan o‘sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi 
va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi. 
Zigota (urug‘langan tuxum hujayra)ga har xil genlarni mikr o inyeksiya 
qilib, transgen sichqon yoki kalamush olish ko‘plab laboratoriyalarda bajarildi. 
Mamlakatimizda akademik J. H. Hamidov rah bar ligida shu usulni qo‘llab, quyon 
zigotasiga o‘sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o‘suvchi 
transgen quyon olindi. 
Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo‘linishi natijasida hosil 
bo‘lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O‘simliklarning kloni bir 
hujayradan sun’iy sharoitda ko‘paytirilib yoki vegetativ ko‘paytirish usuli bilan 
olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo‘l bilan ko‘paymasligi sababli ularning 
klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo‘lib kelar edi. 1977-yili J.Gyordon 
tomonidan hujayra muhandisligini qo‘llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini 
yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi 1997-yil shotlandiyaning Roslin instituti 
olimlari qo‘yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib tashlangan 
zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko‘chirib o‘tkazilar va hosil 
bo‘lgan transplant tuxum hujayra o‘gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya 
qilinar) edi. Shotlandiyaning Roslin universiteti olimlari erishgan natijalarning 
J.Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga 
voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni kiritib, yetuk 
organizm oldilar Gibridomalar. Hujayra muhandisligi rivojlanishi gibridomalar



Roland W. Scholz Environmental Literacy in Science and Society: From Knowledge to Decisions. 
New York, USA, 2011; Cambridge University. р. 221 
olishbiotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal antitanalar sintez qilishn 
imkonini yaratdi. Ma’lumki, normal hujayralar juda sekin bo‘linib ko‘payadi va 
ularning bo‘linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo‘linadi. Biror 
foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomassasini sun’iy sharoitda 
ko‘paytirib, shu oqsil moddani ko‘plab ishlab chiqarsa bo‘ladi. Lekin normal 
hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo‘lganligi uchun bunday 
muammolar o‘z yechimini topmagan edi. 
1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana 
sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo‘linuvchi rak hujayrasini bir-
biriga qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. 
Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada sun’iy sharoitda antitana 
sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko‘payishiga erishildi.
 
Gibridizasiya yo‘li bilan 
olingan hujayralar yuqori molekulali fiziologik faol moddalarni sintezlaydi. Bu 
hujayralarni cheksiz va doimiy ishlashi uchun yangi texnologiya yaratildi. Buni 
gibridoma texnologiyasi deb ataladi. Gibridomalarni olish hozirgi vaqtda hujayra 
injeneriyasida eng muhim yunalishdir. Gibridoma texnologiyasining asosiy 
maqsadi yuqori molekulali moddalarni sintez qiluvchi gibrid hujayralarni 
“o‘lmaydigan” hujayraga aylantirishdir. Buning uchun saraton hujayrasiga 
hujayralar o‘zaro qo‘shilib, gibridoma olinadi. Ma’lumki, saraton hujayrasi cheksiz 
va tezlik bilan ko‘payadi. Gibrid hujayralar esa sekinlik bilan ko‘payadi. 
Ikkalasining qo‘shilishidan olingan gibridomadan istalgancha moddalarni sintez 
qilish mumkin
6

Odam va hayvon organizmiga tashqaridan kirgan antigenlar – bakteriyalar, 
viruslar, begona hujayra yoki zaharli moddalarni limfotsitlar kirgan zahotiyoq 
yo‘qota boshlaydi. Organizmda antigen ta’sirida maxsus hujayralarda har bir 
antigenning uch o‘lchamdagi fazoviy strukturasini aniq taniydigan neytrallovchi 
oqsil - antitana molekulalari sintez qilinadi. Bu jarayon immun reaksiya deyiladi. 
Immun reaksiya antitana sintez qiluvchi maxsus lifotsit hujayralar membranasiga 
antigen ta’sir etishi bilan boshlanadi. 
Limfotsitlar ikki populyatsiyaga bo‘linadi: T-limfotsitlar, V-limfotsitlar. 
Antigen ta’sirida T-limfotsitlardan limfoblast6 Roland W. Scholz Environmental 
Literacy in Science and Society: From Knowledge to Decisions. New York, USA, 
2011; Cambridge University.r.223 hujayralar, V-limfotsitdan esa plazmatik 
hujayralar rivojlanadi. Limfoblast hujayralarida sintez qilingan antitana molekulasi 
hujayra ichida qoladi va hujayra immunitetini ta’minlaydi. Plazmatik hujayralarda 
sintez bo‘lgan antitana mollekulasi hujayra tashqarisiga sekretsiya qilinadi va qon 
tarkibidagi antigen molekulalarini bog‘laydi. 
1975-yilda ingliz olimlari Keller va Milshteyn sun’iy sharoitda antitana 
sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz bo‘linuvchi rak hujayrasini bir-biriga 
qo‘shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. Bunday 
gibrid hujayrani gibridoma deb ataldi. 



Roland W. Scholz Environmental Literacy in Science and Society: From Knowledge to Decisions. 
New York, USA, 2011; Cambridge University. р. 221 
Gibridoma hujayrasini nafaqat limfotsit va rak hujayralarini qo‘shish 
natijasida, balki maqsadga muvofiq har qanday hayvon yoki odam to‘qimasidan 
olingan hujayrani saraton hujayrasi bilan qo‘shib hosil qilish mumkin.

Download 338,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish