Mavzu: Hududlarda sanoat salohiyatini oshirishda klaster tizimining o’rni
(...... viloyati misolida)
Kirish
1-BOB Hududlarda klaster tizimi orqali sanoat salohiyatini oshiririshning nazariy asoslari
Hududsanoat salohiyatini oshirishning nazariy asoslari
Klaster tizimi mohiyati va sanoat tarmoqga kirib kelish bosqichlari.
Hududlarda sanoat salohiyatini oshirishda klaster tizimining o’rni
2-Bob Hududlarda sanoat salohiyatini oshirishda klaster tizimining holat tahlili
2.1 Mamlakat hududlarida tashkil qilingan klasterni hozirgi holatini baholash.
2.2 Hududiy sanoat klasterni rivojlantirishning qonuniy, huquqiy,tashkiliy va ijtimoiy mexanizimning samaradorligi.
3 Bob Hududlarda sanoat klasterlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
3.1 O‘zbekiston hududlarida sanoat klasterlarini rivojlantirish muammolari
3.2 Hududlarda sanoat klasterlarini innovatsion rivojlantirish mexanizmlari
Xulosa va takliflar.
Foydalangan adabiyotlar
Kirish
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi sanoat salohiyatini rivojlantirishda hududiy klaster tizimi foaliyati va tutgan o’rni bilan bog'liq.
Ma’lumki hozirgi kunda milliy iqtisodiyotni rivojlanitirishda sanoatni o’rni juda kattadir.Asosan hududiy sanoat mahsulotlari va ishlab chiqarish o’z ichiga oladi.Shu iqtisodiyotning ajralmas qismi sanoat tarmoqni mustakhamlash hamda YaIMda ulishini oshirish asosiy maqsadlardan biri bo’lib qolmoqda.
Hozirgi kundagi bozor iqtisodiyoti sharoitda raqobatbardoshlikni oshirishga ,tadbirkorlik rivojlantirish va iqtisodiy taraqiy etgan davlatlarga ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Taraqiy etgan davlatlar iqtisodiy va siyosiy rivojlanishga qaraydigan bo’lsak,bozor tamoyilga o’tish bosqichi qiyinchiliklarsiz va iqtisodiy harakatlarsiz yuz bermagan.Shu o’rinda chet el tajribasini o’rganish, tahlil qilish va milliy iqtisodiyotimizning turli xuxusiyatlarini inobatga olgan holda eng so’ngi tajribalardan samarali joriy etish muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha "Harakatlar strategiyasida" demokratik islohotlarni chukurlashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish asosida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish borasida barcha soxalarda keng ko’lamli islohotlar olib borish bilan boshlandi. Mazkur jarayonlar bilan bog'liq texnopolis, texnopark, klaster kabi qator tushunchalar turmush tarzimizga kirib keldi. Bugungi kunda Prezidentimizning elni faravon, xalqni boy kiluvchi innovatsion faoliyatlardan biri — Klaster tizimi mamlakatimizda keng joriy etilmoqda va bu tizimni yurtimizda rivojlanish va o’z o’rnini topib ketishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Yurtboshimiz 2020-yil Oliy majlisga qilgan murojatlarida ta’kidlaganlaridek: “Iqtisodiy oʼsishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni koʼpaytirish orqali erishiladi. Dunyoning mashhur universitetlaridan biri Garvard universiteti tadqiqotlariga koʼra, mamlakatimiz hududlarida 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga barcha imkoniyatlar va nisbiy ustunliklarga ega. Аyniqsa, neftgaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, toʼqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat hamda “yashil iqtisodiyot” bilan bogʼliq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimiz “drayverlari”ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud. Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qoʼllab-quvvatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish boʼyicha barcha choralar koʼrilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |