2. Investitsiya loyihalarining moliyaviy samaradorligini baholashning ananviy usullari.
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo’llaniladigan qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari ham avvaldan ma’lum bo’lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng qo’llanilishiga qadar asosiy ko’rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, ko’nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bo’lmagan xodimlar o’rtasida ham qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, ya’ni qoplash muddati va rentabellik darajasi ko’rsatkichlaridan foydalanmoqdalar.
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo’lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko’ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo’lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo’lgandagi davrga tengdir.
Uni hisoblash formulasi quyidagichadir:
,
bu yerda, I0 - boshlang’ich investitsiyalar; - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va harajat (X) o’rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasi (ARR) yoki foydaning oddiy me’yori (ROI) buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o’rtacha daromadni investitsiyalarning o’rtacha yillik hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to’lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni to’lagandan keyingi, lekin foiz to’lovlarigacha bo’lgan daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi soliq to’langandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir
. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
,
bu yerda, D - foiz va soliq to’lovlarigacha yoki soliq to’lanib, foizlar to’langungacha bo’lgan daromad; Ss - soliq to’lash stavkasi; Sab, Sa0 -aktivlarning ko’rib chiqilayotgan davriga bo’lgan boshlang’ich va oxirgi summasi, qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |