Nega bola bachadonda noto'g'ri joylashib oladi?
Bolaning vazni juda kichik bo'lsa;
Homila oldi suv miqdori normadan ko'p bo'lsa;
Bundan oldingi bola kesarcha kesish usuli bilan tug'dirilgan bo'lsa;
Yo'ldosh pastda joylashgan bo'lsa;
Homilador ayolda preeklampsiya holati bo'lsa;
Bolaning salomatligida muammolar bo'lsa;
Ko'p homilali homiladorlikda;
Bachadon shakli bilan bog'liq kasalliklar mavjudligida va boshqalar.
O'ttiz besh - o'ttiz yetti haftagacha aniqlangan bolaning noto'g'ri joylashuvi tug'ish davriga qadar to'g'irlanib ketish ehtimoli juda katta.
Nima qilsa bo'ladi?
Shifokor ruxsat bergan holda ko'p yurish tavsiya etiladi;
Tabiiy to'lg'oqlar kelish davrigacha kutgan ma'qul. Ba'zi chaqaloqlar aynan to'lg'oqlar arafasida kerakli holatga ag'darilib oladi;
Bunda eng muhimi to'lg'oqlar boshlanmasidan shifoxonaga yetib borish. Chunki bola ag'darilib olishga ulgurmagan bo'lib, to'lg'oqlar boshlanib qolsa, shoshilinch kesarcha tug'dirish yoki noto'g'ri holatda tabiiy tug'dirishga to'g'ri kelib qoladi. Bu ona va bola salomatligiga ziyon keltirishi mumkin. Kesarcha kesish operasiyasini rejalashtirish borasida shifokor bilan jiddiy maslahatlashmoq lozim. Bola kerakli holatga ag'darilib olishiga ham vaqt berish kerak, ham ag'darila olmasa, rejalashtirilgan kesarcha kesish operasiyasini o'tkazishga ulgurish muhim.
Shifokor man etmagan holda bolani ag'darilib olishi uchun emaklash (kaft va tizzaga suyanib yurish) tavsiya etiladi;
Qorinning past qismiga klassik musiqani yoqib qo'yish. Bola musiqani eshitishga talpinib ag'darilib olish imkoniyati katta bo'ladi;
Bola bilan gaplashib, undan mehr bilan ag'darilib olishini so'rash.
Agar bola bachadonda noto'g'ri joylashganligi aniqlangan bo'lib, muddatidan oldin suv ketib yoki to'lg'oqlar boshlanib qolsa, u holda tez yordam chaqirish yoki darhol shifoxonaga borish talab etiladi. Bola tug'ish yo'llariga o'tmaguncha shoshilinch tarzda kesarcha tug'dirib olinishi muhim.
Bachadonda noto'g'ri joylashgan bolani tabiiy tug'ilishi qanday muammolarni keltiradi?
Bolada kuchli asfiksiya bo'lishi (bo'g'ilib qolishi, tana a'zolariga kislorod yetishmasligi, natijada rivojlanishida muammolar yuz berishi), oyoq-qo'llari yoki yelkasiga shikkast yetkazilishi, nafas olishda qiynalishi, tug'ish jarayoni cho'zilib ketsa jiddiy muammolar yuzaga kelishi ehtimoli katta.
Bolani boshi bilan pastga qarab ag'darilib olilshi uchun www.spinningbabies.com sayti ko'plab mashg'ulotlar ishlab chiqqan.
Ushbu mashg'ulotlarni shifokor bilan maslahatlashgan holdagina bajarib ko'rish mumkin.
Agar chaqaloq bachadon o'qiga perpendikulyar bo'lsa (bo'ylab), bu hodisa deyiladi xomilaning ko'ndalang joylashuvi. 2-4 asr oldin ham, bunday tug'ruq tufayli tug'ilish qiyin bo'lganligi sababli, tug'ish paytida ko'p ayollar va ularning tug'ilmagan bolalari vafot etgan.
Zamonaviy tibbiyot tug'ish paytida o'limni sezilarli darajada kamaytirish yo'lini topdi, ammo xavf hali ham katta. Shuning uchun siz ushbu hodisaga ehtiyot bo'lishingiz va o'zingizni qanday tutishingiz va nima qilish kerakligini bilishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |