Mavzu: hisobdor shaxslar bilan bo‘ladigan muomalalar hisobi kirish reja



Download 32,95 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi32,95 Kb.
#211777
1   2   3
Bog'liq
HISOBDOR SHAXSLAR BILAN BO‘LADIGAN MUOMALALAR HISOBI

Javob: Korxonada oldin Dt-1080 schyot, Kt-4230 schyot – 9000so’m, ombordan berilganda Dt-9420 schyot, Kt-1080 schyot – 9000so’m deb buxgalteriya hisobi schyotlaria aks ettirilishi kerak. Demak, bu summani bevosita xarajatga chiqarish noto’g’ri.

Тovar-moddiy boyliklar kirim qilinganligi to’g’risidagi fakt va tasdiqlovchi hujjatlar yo’qligida hisobi beriladigan summalar hisobdor shaxsning jami daromadiga qo’shilib, daromad solig’i ushlanadi. Auditor bunday hollarda daromad solig’i ushlanganligni aniqlaydi.

Bo’nak hisobotlarini tekshirish chog’ida naqd pul bilan hisob-kitob qilishning belgilangan chegarasiga rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Dastlabki hujjatlarda (nakladnoy, schyot-faktura, kassa kirim orderi kvitansiyasi, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va sh. o’. ) ko’rsatilgan summalar belgilangan limit bilan solishtiriladi.

Qilingan sarflarni tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilishi chog’ida QQS ajratib ko’rsatilishi va byudjetga to’lanishining qonuniyligi aniqlanadi.

Auditor bo’nak hisobotlarida ko’rsatilgan schyotlar bog’lanishlari (korrespondensiyalar)ni ko’rib chiqishda qilingan sarflarga e’tibor qaratishi zarur. Jumladan:


  • asosiy, yordamchi va umum ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar (Dt-2010, 2310, 2510, 2710-schyotlar va Kt-4230-schyot);

  • davr sarflariga taalluqli xarajatlar (Dt 9410, 9420, 9430-schyotlar va Kt 4290-schyot);

  • kelgusi davr sarflari va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar sarflariga taalluqli xarajatlarga (Dt 3190-schyot va Kt 4290-schyot);

shuningdek, ishlatilmagan hisobi beriladigan summalarning kassaga topshirilishi (kassir hisobotiga ilova qilingan kassa kirim orderi) va schyotlarda aks ettirilishi (Dt5010-schyot Kt 4210, 4220, 4230-schyotlar) ham tekshirishi kerak.

Korxona rahbarining buyrug’i (farmoyishi)ga muvofiq xodimning xizmat maqsadida boshqa yerga borishi xizmat safari deb tan olinadi.

Quyidagilar xizmat safari deb tan olinmaydi:


  • yo’lda o’tadigan yoki har doim u yoq bu yoqqa chiqib turadigan xodimlarning xizmat yuzasidan borishi;

  • Korxona bilan munosabatlari mehnat shartnomasi bilan emas, balki fuqarolik – huquqiy shartnomasi (pudrat, topshiriq va sh. o’. ) bilan belgilanadigan, xodimlarning ishlab chiqarish zarurati tufayli borishlari.

Хizmat safariga doir bo’nak hisobotlarini tekshirish chog’ida auditor xizmat safari guvohnomasi mavjudligi, unda xizmat safarining maqsadi, kelish va ketish to’g’risidagi belgilar ko’rsatilganligini; sarflarni tasdiqlovchi dastlabki hujjatlar ma’lumotlar va sutkaliklar hisob-kitob bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Auditor xizmat safari muddatining (xizmat safari guvohnomasida kelish va ketish to’g’risidagi belgilar ma’lumotlari bo’yicha), belgilangan me’yorlar chegarasidagi va unda oshgan sutkalik xarajatlarning to’g’ri aniqlanganligini tasdiqlaydi. Хizmat safari joyiga yetib borish va orqaga qaytish yo’l haqi xarajatlari hisobotga ilova qilingan -havo, temir yo’l, suv va jamoat avtotransportlari(taksidan tashqari) yo’l hujjatlari bo’yicha aniqlanadi.

Хizmat safariga jo’natilgan xodimlarning yumshoq vagonda, dengiz transportlarida – tarif stavkalarining I-IV guruhlari bo’yicha to’lanadagan kayutalarda, daryo floti kemalaridagi I-II toifa kayutalarda, hamda I- klassli bilet bo’yicha havo transportlarida yo’l haqi xarajatlari korxona rahbarining to’lovni ruxsat etish to’g’risidagi farmoyishi bilan rasmiylashtirilishi lozim.

Yo’l haqi xarajatlariga majburiy sug’urta summasi ham qo’shilib, u mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib boriladi (Хarajatlar tarkibi … to’g’risidagi Nizom).

Korxona rahbarining qaroriga muvofiq xodimga to’lanadigan, ixtiyoriy sug’urta xarajatlari ham tannarxga olib boriladi (Хarajatlar tarkibi …. to’g’risidagi Nizom). Bunda soliqqa tortish maqsadida hisobga olinadigan bunday sarflarning umumiy miqdorini ham tekshirish zarur.

O’rin-ko’rpalardan foydalanganlik uchun xarajatlar tegishli ma’lumotnoma yoki chiptaga qo’yilgan belgilar bilan tasdiqlanishi lozim. Mehmonxona xarajatlari tasdiqlovchi hujjatlarga asosan xizmat safariga borgan xodimga qoplanadi va to’lig’icha tannarxga olib boriladi.

Soliqqa tortish maqsadlarida ushbu sarflar faqat amaldagi normalar doirasida qabul qilinadi ( ammo 1 sutkada eng kam oylik ish haqiga nisbatan: Тoshkent shahri uchun 0, 1 va boshqa joylar uchun 0, 08 koeffitsiyentdan oshmasligi lozim).

Хizmat safari xarajatlarining belgilangan normalardan oshig’i soliqqa tortiladigan foydani hisoblashda hisobga olinmasligi sababli, auditor normadan oshgan xarajatlarni hisoblashning to’g’riligi va soliqqa tortiladigan foydani tuzatish (korrektirovka) to’g’riligini tekshirishi zarur.

Boshqa sarflarni, masalan, telefon schyotlarini to’lashning maqsadga muvofiqligi tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. Bunda sarflarning ishlab-chiqarish tavsifi va ularni tannarxga olib borishning qonuniyligi aniqlanadi. Ushbu maqsadda telefon orqali gaplashganlik uchun schyotning majudligi va korxonaning xizmat telefoniga muvofiqligi aniqlanadi. Hisobdor shaxsga to’langan, noishlab-chiqarish tavsifidagi sarflar korxonaning o’z mablag’lari hisobidan qoplanadi va daromad solig’i ushlash uchun xodimning yalpi daromadlariga qo’shilishi lozim. Auditor norma doirasidagi va normadan oshgan xizmat safari sarflarini arifmetik tekshiruvidan o’tkazish zarur.

Hisobdor shaxslar bilan chet el xizmat safari bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 5 iyunda 932-raqam bilan ro’yxatga olingan «Vazirlar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag’lar berish tartibi» dagi talablarga rioya qilinishi aniqlanadi.

Bo’nak hisoboti safardan qaytgandan so’ng 3 (uch) kun ichida topshirilishi shart. Хizmat safari xarajatlarining to’g’ri va haqiqiyligi, bo’nak hisoboti va berilgan topshiriqlarning bajarilgani to’g’risida hisobot asosida aniqlanadi. Bo’nak hisobotiga xizmat safari vaqtida belgilangan joyga kelgan va u yerdan ketgan vaqti o’sha tashkilotning muhri, ma’sul shaxs imzosi qo’yilgan xizmat safari guvohnomasi, yo’l xarajatalari hujjatlari (jamoat transporti chiptalari, mehmonxona pattalari (kvitansiyalari), telefon orqali gaplashganligi uchun to’langan pul uchun pattalar) va boshqa pul xarajatlarini isbotlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Auditor xizmat safari xarajatlarining haqiqiy asosliligini tekshirishda ba’zi bir ishlarga, jumladan telefon orqali gaplashganligi uchun aloqa tashkiloti kvitansiyasini ko’rishda, bu gaplashish ushbu korxona manfaatiga va xizmat safari maqsadiga to’g’ri kelish yoki kelmasligini ham aniqlashi lozim. Хususiy va davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarda xizmat safari xarajatlarini tekshirishda korxona va uning egasi schyotlari, pul mablag’lari, kundalik xarajatlarining bir-biriga qo’shilib ketmasligini ta’minlash zarur.

Тekshirish davomida aniqlangan hamma kamchiliklar, jumladan ortiqcha to’lovlar, asossiz xarajatlar, bo’nak hisobotlariga ilova qilingan qalbaki hujjatlar va shunga o’xshash qoidani buzish hollari ro’yxatiga kiritilishi kerak.

Auditor bo’nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hujjatlarni yoppasiga tekshiradi; buning uchun u jamg’aruv qaydnomalaridagi yozuvlarni kreditlarni tasarrufchilari tasdiqlangan bo’nak hisobotlariga solishtirib ko’radi. Avvalo, u kimga berilganligini tekshiradi. Qoidaga ko’ra, xizmat safarlari xarajatlariga beriladigan bo’naklar shu korxonada ishlaydigan shaxslarga berilishi lozim.

Ayrim buxgalteriyalarda xodimlarga go’yo xo’jalik hamda xizmat safarlari uchun bo’nak ajratilgandek bo’lib, aslida ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun pul berilishiga yo’l qo’yiladi. shuning uchun auditor xodimning xizmat safariga jo’natish guvohnomasi borligini, uning muddatini, yo’l xarajatlarini, amaldagi me’yorlar bo’yicha sutkalik to’lov summasi qanchaligini, hisobdor shaxslar bo’naklar bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida topshirishlari va sarflanmay qolgan mablag’lar qoldiqlarini kassaga topshirishlarini aniqlaydi.



Hisobdor shaxslar berilgan bo’nak (avans) nimaga mo’ljallangan bo’lsa, shu maqsadda ishlatishlari lozim. Auditor bo’nak hisobotiga ilova qilingan hujjatlarning to’g’riligini va ular bo’yicha qilingan to’lovlarning qonuniyligini sinchiklab tekshiradi. Zarur hollarda qaramaqarshi tekshiruvlar mo’ljallangan bo’lsa, quyidagilarni ham aniqlash lozim: korxona rahbari tomonidan hisobdorlik bo’yicha pul olish huquqi berilgan shaxslar ro’yxati tasdiqlanganligi, hisobdor shaxslarga belgilangan miqdordan ortiq yoki oldingi bo’nak bo’yicha hisobot topshirmagan shaxslarga yana bo’nak berilmayotganligini, bevosita korxona kassasidan naqd pul bilan to’lanish to’lanish hollarini; bo’nak hisobotlarida korxona rahbarining qilingan xarajatlar maqsadga muvofiqligini tasdiqlashi; xarajat qilingan hisobdorlik summalarini o’z vaqtida hisobda aks ettirishni.

1 “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1.5.2 va 2.2.12. - moddalari


Download 32,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish