Foydalanilgan adabiyotlar :
1.G‘affarova T. va boshqalar “O‘qish kitobi ”, 1-sinf , T. , 2010
2.G‘affarova T. va boshqalar 1-sinfga o‘qish darslari , T. , 2003
3.Abdullayeva Q. va boshqalar “ O‘qish kitobi ” 2- sinf ,T., 2010
4.Abdullayeva Q. va boshqalar 2- sinfga o‘qish darslari , T., 2004
5.Umarova , Xakimova SH, “O‘qish kitobi ”, 3- sinf , T., 2010
6.Umarova M . va boshqalar 3- sinfga o‘qish darslari , T., 2004
7. Matchonov S.. va boshyaalar “ O‘qish kitobi ” , 4- sinf , T., 2010
8.Matchonov S. va boshqalar 4- sinfga o‘qish darslari , T., 2010
9.K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, SH. Yo‘ldosheva, SH. Sariev “Ona tili o‘qitish metodikasi”. T. “Noshir”. 2009.
1-ilova.
1-guruh uchun savollar:
1.Sinfda o‘qish darslarida o‘quvchilarga qanday bilimlar beriladi?
2.O‘qish darslarining tarbiyaviy ahamiyatini ayting.
3.O‘qish darslarining asosiy vazifasi nimalardai iborat?
4,Yaxshi o‘qish malakasining sifatlari deganda nimani tushunasiz? Ular o‘zaro qanday aloqada?
5.To‘g‘ri o‘qish nima? Xato o‘qishni keltirib chiqaradigan sabablarni ayting.
6.To‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi shartlarni sanang.
2-ilova.
2-guruh uchun savollar:
1.Tez o‘qish nima? unga erishishning metodik usullarini ayting.
2.O‘quvchilarning o‘sish sur’atiga qo‘yiladigan dastur talablarini ayting.
3.Ongli o‘qish xaqida gapirib bering.
4.Ifodali o‘qish, uning ahamiyatini ayting.
5.Ifodali o‘qishga o‘rgatish shartlarini ayting.
6.Ifodali o‘qish malakasini shakllantirish shartli ravishda necha bosqichga bo‘linadi.
Har bir bosqichning vazifasini ayting.
3-ilova.
1-topshiriq. Boshlangich sinflar ona tili dasturi («O‘qish» bo‘limi) va o‘qish kitoblaridan foydalanib, 1-3 sinflarda o‘qish tematikasini belgilang.
2-topshiriq.Badiiy asar ustida ishlashning sxematik rejasini tuzing va uni asoslang, badiiy asar ustida ishlashning xar bir bosqichi vazifalarini ayting.
3-topshiriq.Matn ustida ishlash yuzasidan o‘quvchilar ko‘nikmasiga qo‘yilgan dastur talablarini tahlil qiling.
4-topshiriq.1-3- sinflar «O‘qish kitobi»da berilgan topshiriqlarni guruxlang; o‘quvchilarda matn ustida ishlash, xususan, reja tuzish va qayta hikoyalash ko‘nikmasini shakllantirish qay darajada amalga oshirilganini aniqlang.
5-topshiriq.«O‘qish darslarida bolalarni g‘oyaviy-siyosiy tomondan tarbiyalash» yoki «O‘qish darslarida o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash» mavzusida qisqacha og‘zaki axborotga tayyorlaning.
4-ilova.
Ta’limiy o‘yin. Boshlang‘ich sinf o‘qish darsligidagi bir hikoyani qismlarga bo‘linib, guruhlarga beriladi . Guruh a’zolari har bir jumlani o‘z joyiga quyib, hikoyani butun holga keltiradilar. ( Buning uchun 2 daqiqa ajratiladi )
5-ilova.
Hikoya o‘tish darsi qurilishi :
O‘quvchilarni hikoyani idrok etishga tayyorlash
O‘qituvchining hikoyani ifodali o‘qish , yod aytish.
O‘quvchilarning dastlabki taasurotlarini aniqlash
Hikoyani tahlil qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |