Mavzu: hayvonot olamining xilma-xilligi reja: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati



Download 20,62 Kb.
bet2/4
Sana20.03.2022
Hajmi20,62 Kb.
#503367
1   2   3   4
Bog'liq
10-ma\'ruza

Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar bilan oziqlanadi. Ular o‘txo‘r hayvonlar deyiladi. Boshqa hayvonlarni yeydigan hayvonlar yirtqich; odam, boshqa hayvon va o‘simlik to‘qimalarida yashaydigan hayvonlar esa parazit hisoblanadi. O‘txo‘r hayvonlar o‘simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab, chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o‘simlik uchun zarur bo‘lgan mineral moddalar to‘planadi; tuproq unumdorligi oshadi. Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi, organik qoldiqlar va mikroorganizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko‘p uchraydi. Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydi. Uy hayvonlari faqat go‘sht va sut beribgina qolmasdan, sanoat uchun mo‘yna, iðak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar, kapalaklar o‘simliklarni changlatib, ular hosildorligini oshirishga yordam beradi. Hasharotxo‘r va yirtqich hayvonlar, qushlar, ko‘rshapalaklar, baqalar o‘rmon va qishloq xo‘jalik zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi. Hayvonlar orasida odamlar, chorva mollari va o‘simliklarga ziyon keltiradigan turlari ham ko‘p uchraydi. Qon so‘ruvchi hasharotlar va kanalar parazitlik qilish bilan birga, o‘lat, terlama, bezgak kasalliklarini tarqatadi. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino o‘zining «Tib qonunlari» asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan saqlanish haqida yozib qoldirgan.


7. Hayvon organizmining tuzilishi, hayvonlarni klassifikatsiya qilish.
Hayvonlarning osimliklarga oxshashligi va ulardan farq qilishi. Hayvon organizmi ham o‘simliklar singari hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar hujayra membranasi (po‘sti), uning ichidagi sitoplazmada joylashgan vakuolalar, boshqa organoidlar va yadrodan iborat. Hayvon va o‘simlik hujayralarining kimyoviy tarkibi ham o‘zaro o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga hayvonlar hujayrasi po‘sti yupqa bo‘lishi, yashil rang beruvchi xloroplastlar bo‘lmasligi bilan o‘simliklardan farq qiladi. Hayvonlar fotosintez qilolmaydi; o‘simliklar hosil qiladigan organik moddalar bilan oziqlanadi. Bir hujayralilar orasida o‘simlik singari fotosintez qilish xususiyatiga ega bo‘lgan turlari ham bor. Ko‘pchilik hayvonlarning maxsus harakatlanish organlari bo‘ladi, lekin o‘troq yashovchi va ko‘pchilik parazit hayvonlar harakat qilmaydi. O‘simliklar orasida esa xlamidomonada xivchinlar yordamida faol harakatlanishini bilasiz.

Download 20,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish