Mavzu: Havo yordamida don tozalash mashinalarining tuzilishi va ish jarayoni



Download 0,55 Mb.
Sana05.06.2023
Hajmi0,55 Mb.
#948981
Bog'liq
Havo yordamida don tozalash mashinalarining tuzilishi va ish jarayoni


Mavzu: Havo yordamida don tozalash mashinalarining tuzilishi va ish jarayoni
Donni birlamchi ishlov berishda donni tozalash usullaridan foydalanilanib bu jarayonni amalga oshiradigan ishchi qismlarga ega bo‘lgan don tozalash mashinalarida amalga oshiriladi. Bu ishchi qismlarning ishlash tarzi esa donli aralashma zarralarining ayrim fizik-mexanik xossalari farqiga asoslangan.
Ushbu xossalarga ularning kattaligi (o‘lchami), aerodinamik xossalari, yuzasining holati, shakli, zichligi, qayishqoqligi, mexanik qattikdigi, rangi, elektrofizik xossasi va boshqalar kiradi.
Donga dastlabki ishlov berishda g‘alla kombaynida yanchilgan donlar dala xirmonlarida don tozalash mashinalari yordamida donni tozalash paytida undagi barcha begona qo‘shilmalar, jumladan, poya bo‘laklari, begona o‘t urug‘lari, tosh, kesak va chala yanchilgan boshoq qismlari ajratib olinadi va chiqitga chiqariladi.
Bunda don o‘lchamlari va aerodinamik xossalariga asosan havo va g‘alvirlar yordamida chiqindilardan tozalanadi.
Agrotexnik talablar. Donning tozalanish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatgichlar: don maxsulotining tozaligi 90-95%, donning unib chiqish qobiliyati 85-90% ; absolyut yoki solishtirma og‘irligi; o‘lchamlarining bir xilligini ta’minlanishi kerak.
Bugungi kunda donni dastlabki tozalash ishlarida asosan OS-4,5 rusumli don tozalash mashinasidan (3.9-rasm) foydalaniladi.
Mashina rostlash tortkisi 1, tutqi 2, bunker 3, me’yorlagich 4, ta’minlagich jo‘va 5, ikkita vertikal kanal 6, so‘rish va bo‘shatish kamerasi 7 va 8, ventilyator 9, quvur 10, klapan 11, jalyuzalar 12,ssiklon 13, klapan tortqisi 14, kopqoq 15 va chiqish tuynugi 16, har xil o‘lchamdagi Bь B2, V va G galvirlar hamda trierlar 17, 18 va 19 dan iborat.
Mashinada don tozalash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. YUklash transporteri donni kabul qilish kamerasiga 3 uzatadi. So‘ngra donni ta’minlagich jo‘va 5 engil aralashmalar va puch donlardan tozalash uchun havo tozalagichli qismga uzatib beradi. Bu qismda inersion chang ajratkich bilan asosiy massadan engil aralashmalar va chang ajratiladi. Havo okimi bilan ishlov berilgan don g‘alvirga kelib tushadi va teng ikki qismga ajraladi. g‘alvirdan yirik qo‘shilmalar o‘tadi. g‘alvirdan donlar yirik yumaloq ko‘zli oraliq g‘alvir V ga, undan esa yumaloq ko‘zli G g‘alvirga kelib tushadi. Donlar G g‘alvirdan o‘tib B2 g‘alvirda elangan donlar bilan qo‘shilib trierlarga yo‘naltiriladi.
Mashinaga donni kerakli mikdorda uzatish klapan 4 ni dasta 1 orqali burish bilan amalga oshiriladi. Havo kanalidagi oqim tezligi esa drossel klapani 11 bilan rostlanadi. Agar chiqitga asosiy ekin doni chiqib keta boshlasa, havo oqimi tezligi pasaytiriladi. G‘alvirli tozalash mexanizmi to‘rtta elakdan iborat. Mashina yana ikkita trier bilan ham jihozlangan.
Don tozalashni amalga oshiruvchi texnik vositalarga oid ma’lumotlar sharhi va tahlili Yuqorida keltirib o‘tilgan don tozalash usullari asosida ushbu jarayonni amalga oshiradigan bir necha rusumdagi mashinalar ishlab chiqilgan. OVP-20A ko‘chma don tozalagich (1.6-rasm) donni dastlabki tozalashga mo‘ljallangan bo‘lib, ish paytida siljish tezligi 7-18 m/soat, don uyumlari orasida ko‘chish tezligi esa - 140-380 m/soatni tashkil qiladi [27]. Ushbu don tozalagichda texnologik jarayon quyidagicha kechadi. Tozalashga mo‘ljallangan donli aralashma yuklash mexanizmi yordamida taqsimlash shnegi 1 ga yetkazib beriladi. Taqsimlash shnegi 1 jelobi 2 bilan donli aralashmani vertikal havo quvurlari 3 va 4 oralig‘ida joylashgan taqsimlash kamerasi 5 ga tashlab beradi. Bu yerda ular ta’minlagich jo‘valar 6, rostlash vintlari 7 va klapanlar 8 yordamida ikkiga taqsimlanadi va ventilator 9 hosil qilgan so‘ruvchi havo oqimi ta’sirida havo quvurlari 3 va 4 orqali ularning tarkibidagi chang va yengil aralashmalar ajratib olinadi
Yengil aralashmalardan tozalangan donlar B1 g‘alvirga kelib tushadi. B1 g‘alvirda yirik aralashmalar, ya’ni poya bo‘laklari, chala yanchilgan boshoq qismlari hamda yirik donlar ushlab qolinadi va B2 g‘alvirga o‘tkaziladi. Bu yerda B2 g‘alvir ko‘zi o‘lchamlari B1 g‘alvirga nisbatan kattaroq bo‘lganligi uchun yirik donlar g‘alvirdan o‘tib, V va G g‘alvirlarga kelib tushadi, yirik aralashmalar, ya’ni poya bo‘laklari va chala yanchilgan boshoq qismlari esa chiqitga chiqib ketadi. V va G g‘alvirlar yordamida don tarkibidagi mayda og‘ir aralashmalar ajraladi va qiya taxta orqali yengil aralashmalar chiqitiga qo‘shiladi. Mashinada turli xil ekinlar donini tozalashda zarur bo‘ladigan Ilova: * - belgi yumaloq ko‘zlarni, boshqalari esa bo‘ylama ko‘zlarni bildiradi. Mashina donni tozalash bo‘yicha ish sifat ko‘rsatkichlariga javob bersada, unda don nobudgarchiligi yuqoridir. Bu holat ayniqsa, g‘alvir ko‘zlariga poya bo‘laklari va chala yanchilgan boshoq qismlari yoki sitilmagan qobiqli donlar tiqilib qolgan paytda yaqqol ko‘zga tashlanadi. OS-4,5A don tozalash mashinasi (1.7-rasm) bir joyda turib ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, u donlarni dastlabki va ikkilamchi tozalashda foydalaniladi [28]. Mashina rostlash tortqisi 1, tutqich 2, bunker 3, me’yorlagich 4, ta’minlagich jo‘va 5, ikkita vertikal kanal 6, so‘rish va bo‘shatish kamerasi 7 va 8, ventilator 9, quvur 10, klapan 11, jalyuzalar 12, siklon 13, klapan tortqisi 14, qopqoq 15 va chiqish tuynugi 16, har xil o‘lchamdagi B1, B2, V va G g‘alvirlar hamda trierlar 17, 18 va 19 dan iborat. Mashinada don tozalash jarayoni quyidagicha amalga oshadi. Yuklash transporteri orqali uzatilgan donli aralashma tortqi 1 va tutqich 2 ega bunker 3 me’yorlagichi bilan me’yorlanib, ta’minlagich jo‘va 5 kelib tushadi. Ta’minlagich jo‘va donli aralashmani yengil aralashmalar va puch donlardan tozalash uchun havo tozalagichli qismga uzatib beradi. Bu qismda ikkita vertikal kanal 6, so‘rish va bo‘shatish kamerasi 7 va 8, ventilator 9 yordamida asosiy massadan yengil aralashmalar va chang ajratiladi va quvur 10, klapan 11, jalyuzalar 12 orqali siklon 13 ga yo‘naltiriladi. Yengil aralashmalarni ajratishda so‘rilgan qobiqli donlar esa ulardan ajralib chiqish tuynugi 16 dan o‘tib, qiya nov bilan yirik aralashmalarga borib qo‘shiladi. Havo oqimi bilan ishlov berilgan don B1 va B2 g‘alvirga tushadi va yirik qo‘shilmalar, jumladan chala yanchilgan boshoq qismlaridan tozalanadi. B1 g‘alvirdan pastga o‘tgan donlar esa V va G g‘alvirga kelib tushadi va mayda og‘ir aralashmalardan tozalanib, B2 g‘alvirda elangan donlar bilan qo‘shilib trierlar 18 va 19 ga yo‘naltiriladi. OS-4,5A mashinasining ish unumi donli ekinlarni tozalashda 4,5 t/soatgachani, beda urug‘ini tozalashda 0,3-0,4 t/soatni tashkil etadi. Mashina tuzilishi jihatidan bir muncha mukammal bo‘lsada, ish paytida gorizontal holatdan ozgina og‘ishi uning g‘alvirlarining ishini yomonlashtirib, donning chiqitga chiqishini ko‘paytiradi, mahkamlash birikmalarini esa bo‘shashtirib, podshipniklarning tez yeyilishiga olib keladi. Bundan tashqari uning metall va energiya sarfining yuqoriligi undan foydalanishda qiyinchiliklar tug‘diradi. SM-4 don tozalash mashinasi (1.8-rasm) donli, dukkakli, moyli ekinlar va o‘t urug‘larini tozalash va saralashga mo‘ljallangan [29]. Mashinaning ish unumi namligi 16% gacha va iflosligi 8% gacha bo‘lgan
G‘alvirlar stani 12 g‘alvir ramkalari va cho‘tkalarni tortish birikmalarini blokirovkalash mexanizmi bilan jihozlangan. Mashinada ikki oqimli noriya (harakatlanuvchi lentaga yoki zanjirga o‘rnatilgan bir necha kovshli elevator) 8 va ikkita gorizontal silindrli trierlar 9 va 10 mavjud. Mashinaning texnologik ish jarayoni quyidagicha: donli aralashma shnekli ta’minlagichlar 15 yordamida yuklagich 1 ga yig‘ib beriladi va u orqali darcha 2 dan taqsimlash shnegi 3 ga uzatiladi. Shnekdan donlar birinchi aspiratsiya havo kanali 14 ga yo‘naltiriladi. Havo oqimi so‘ndirish kamerasi 4 ga yengil aralashmalar somon, qipiq, va begona o‘t boshchalarini olib chiqadi, donli massa esa g‘alvirga kelib tushib to‘rtta fraksiyaga bo‘linadi: asosiy, ikkilamchi, kichik va yirik aralashmalar. Yuqorigi g‘alvirda yirik aralashmalar elanadi, pastki g‘alvirdan esa donlar ikkinchi aspiratsiya kanali 11 ga kelib tushadi. Yengil aralashmalar va puch donlar havo oqimi yordamida so‘ndirish kamerasi 7 ga chiqarib yuboriladi. Yengil va yirik aralashmalardan tozalangan don esa shnek bilan noriya 8 ning birinchi shoxiga tashlanadi, undan esa kichik aralashmalar silindri 9 ga yetkaziladi. Kichik aralashmalardan tozalangan don yirik aralashmalardan tozalashga mo‘ljallangan ikkinchi silindrdan o‘tib noriyaning ikkinchi shoxiga borib tushadi. Tozalangan donlar qoplarga yoki transport vositalariga yo‘naltiriladi. Bu mashinada donni tozalash va saralash sifati g‘alvirlarni va silindrli trierlarning gardishlarini to‘g‘ri tanlashga, donni uzatishni rostlashga, birinchi va ikkinchi aspiratsiya kanallarining havo oqimini rostlashga va silindrli trierlar novining holatiga bog‘liq. SM-4 mashinasining kamchiligi ham boshqa Rossiyada ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash mashinalar kabi ishonchliligining pastligi, ish sifat ko‘rsatkichlarini yetarli darajada ta’minlay olmasligi hamda metall va energiya sarfining yuqoriligi hisoblanadi. Shu tufayli ham uni moslama qo‘yish orqali takomillashtirib, chala yanchilgan boshoq qismlariga ishlov berishda foydalanib bo‘lmaydi. Respublikamizga ilgari chetdan yuqoridagi mashinalardan tashqari Germaniyada ishlab chiqarilgan mashinalar ham olib kelingan. Ana shunday mashinalar sirasiga “Petkus-vibrant” K-521 va “PetkusGigant” K-531 statsionar don tozalash mashinalari kiradi [30]. “Petkus-vibrant” K-521 mashinasi donli aralashmani dastlabki tozalashga mo‘ljallangan. Mashina yuklash bunkeri 1, ta’minlagich jo‘va 2, ventilatorli tozalash tizimi 3, ajratkich kanallar 4 va 9, g‘alvirli stan 5, tebrantirgich 6, elektrodvigatel 8 va siklon 10 dan tashkil topgan (1.9-rasm). Mashinada don tozalash jarayoni quyidagicha kechadi. Donli aralashma noriya yordamida bunker 1 ga uzatilib, undan ta’minlagich 2 orqali qiya plastinkalarga ega kameraga tashlab beriladi. Qiya plastinkalar bo‘ylab harakatlanayotgan donli aralashma ajratish kanali 4 ni kesib o‘tadi va havo oqimi ta’sirida uning tarkibidagi chang, qipiq va boshqa yengil aralashmalar so‘rib olinadi. So‘rish hududidan o‘tgan donli aralashma esa g‘alvirli stan 5 ga kelib tushadi. G‘alvirli stanning yuqori va o‘rta g‘alvirlarida yirik aralashmalar, pastki qismida esa mayda aralashmalar ajratib olinadi. Pastki g‘alvirdan tushgan don tarkibidagi mayda aralashmalar esa havo oqimi yordamida so‘rish kanali 9 bilan so‘rib olinadi. Mashinadan foydalanishda tozalanadigan don turlariga qarab, yuqori g‘alvirga diametri 14; 12,5; 8; 7; 6; 5 mm bo‘lgan yumaloq ko‘zli va eni 10 mm bo‘lgan cho‘zinchoq to‘rtburchak shaklidagi, o‘rta qismga diametri 12; 10; 8; 5; 4,5; 3,5; 3 mm bo‘lgan yumaloq ko‘zli va eni 6 mm bo‘lgan cho‘zinchoq to‘rtburchak shaklidagi, pastki qismga esa diametri 1,5 va 1,25 mm bo‘lgan yumaloq ko‘zli g‘alvirlar qo‘yiladi. Mashina don tozalash darajasi bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, u ham bir qator kamchiliklarga ega. Jumladan, uni yuklash bunkerining nihoyat darajada balandda joylashganligi unga donni yuklashni bir muncha qiyinlashtirgan. Uchinchi g‘alvirda ajralgan bir qism donlar so‘rish kanalining havo oqimiga tushishi natijasida chiqitga chiqib ketadi. Bundan tashqari mashinada aylanuvchi qismlarning ko‘pligi uning konstruksiyasini murakkablashtirishi bilan birga energiya sarfining ham ortishiga olib keladi. “Petkus-Gigant” K-531 statsionar don tozalash mashinasi donni ikkilamchi tozalashga mo‘ljallangan bo‘lib, uni uzluksiz tizimda va alohida ishlatish mumkin (1.10-rasm). Uning ish unumi donli ekinlarda – 1,0-2,5 t/soat, o‘t urug‘ida 0,1-0,2 t/soat, zig‘irda esa 0,6-0,7 t/soatni tashkil etadi. Mashina quyidagicha ishlaydi. Tozalashga mo‘ljallangan don bunker 1 ga tashlanadi va undan ta’minlagich jo‘va 2 bilan teshikli qiya taxta 5 uzatiladi. Qiya taxtadan o‘tish paytida mayda donlar va yengil aralashmalar ventilator 9 bilan so‘rish kamerasi 6 orqali bilan so‘rib olinib, donlari so‘ndirish kamerasi 7 da pastga ajratilsa, yengil aralashmalar esa tashqariga chiqarib tashlanadi. Asosiy don massasi g‘alvirlar 24 ga kelib tushib, bu yerda ular yirik va mayda aralashmalardan, jumladan chala yanchilgan boshoq qismlaridan tozalanadi. G‘alvirlarda tozalangan don esa oqib borib, teshikli ikkinchi qiya taxta 14 dan o‘tadi. Bu yerda so‘ruvchi quvur 13 bilan yana bir marta yengil don va aralashmalar ajratib olingach, donlar trier 16 ga kelib tushadi. Trierlarda esa don tarkibidagi qiyin ajraluvchi begona o‘t urug‘lari ajratib olinadi. “Petkus-Gigant” K-531 mashinasi respublikamiz sharoitida sinab ko‘rilganda ish sifat ko‘rsatkichlari belgilangan talablar darajasida bo‘ldi. Ammo ushbu mashina konstruksiyasida ham boshqa mashinalar singari chala yanchilgan boshoq yoki sitilmagan qobiqli donlarga ishlov berilmasligi oqibatida ular tarkibidagi donlar chiqitga chiqib ketib nobud bo‘lish holati kuzatiladi. Don tozalash sifatini oshirish, uning tarkibidagi begona qo‘shilmalarni to‘liq ajratib olish maqsadida donlarni fraksiyalab ajratuvchi mashinalar ham ishlab chiqilgan. Shunday mashinalardan biri MPO-2,5F mashinasi bo‘lib, u donli va dukkakli ekinlar donini dastlabki tozalash uchun mo‘ljallangan [31]. Mashinaning asosiy qismlari qabul qilish kamerasi, pnevmatik tizim, ikkita g‘alvirli osma va changtutgich hisoblanadi (1.11-rasm) 1.10-rasm. “Petkus-Gigant” K-531 don tozalash mashinasi Ish jarayonida donli aralashma qabul kamerasi 3 ga tashlanadi va shnek 4 yordamida yoyilib, ta’minlagich jo‘va 1 yordamida pnevmatik tozalash quvuriga kiritiladi. Bu yerda ventilator 8 hosil qilgan havo oqimi donli aralashmadan yengil qo‘shilmalarni ajratib olib chiqib ketadi. Mashinada fraksiyalash texnologiyasi qo‘llanilganda to‘sin 7 ish vaqtida I holatga qo‘yiladi, oqim texnologiyasida esa II holatga qo‘yiladi. Birinchi holatda yengil qo‘shilmalar (qipiq va somon bo‘laklari, chang, ayrim begona o‘t urug‘lari) fraksiyalash kamerasi 5 ning yuqori devori va qaytargich to‘sin 6 orasida hosil bo‘lgan quvur orqali so‘ndirish kamerasi 12 ga ajratib tashlanadi. O‘z navbatida yuqoridagi mashinaga o‘xshash bo‘lgan takomillashtirilgan MPO-50R mashinasi ham ishlab chiqilgan. Bu mashina ham donlarni dastlabki tozalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tekis g‘alvirlar o‘rniga silindrik g‘alvirdan foydalanilgan (1.12-rasm) [32]. Mashina ishlaganda tozalanadigan donlar klapan-ta’minlagich 2 orqali to‘rsimon transporter 3 ga tashlab beriladi va unda yirik aralashmalar yurib borib quvur 7 orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. To‘rsimon transporterdan o‘tib tushgan donli aralashmalar esa uzatish novlari 4 va 5 orqali aylanuvchan silindrik trierga kelib tushadi va unda mayda qo‘shilmalardan tozalanadi. Undan so‘ng donli aralashma ta’minlagich 10 da bir muncha yoyilib qiya pnevmatik saralash quvuri 11 ga kelib tushadi. Pnevmatik saralash quvuri 11 da donli aralashma tarkibidagi qipiq va gulchalar so‘rilib, so‘ndirish kamerasi 15 ga yo‘naltirilsa, yengil va puch donlar esa so‘rilib, og‘irligi ta’sirida so‘ndirish kamerasi 14 ga kelib tushadi. Changlar esa so‘rilib, ventilator 1 ning parraklari ta’sirida chang so‘ndirish kamerasi 13 ga yo‘naltiriladi. Tozalangan donlar esa pnevmatizimdan nov 12 orqali chiqib kelsa, silindrik g‘alvirda ajratilgan chala yanchilgan boshoq qismlari va boshqa qo‘shilmalar esa nov 9 orqali chiqib keladi. So‘ndirilgan qo‘shilmalar shlyuzli nov 13 orqali qabul qilgich 16 ga kelib tushadi. Ozuqabop guruhlar (singan, puch va mayda donlar) qaytargich to‘sin 6 tagidan o‘tib og‘irlik kuchi ta’sirida fraksiyalash kamerasi 5 ga tushadi. U yerdan shnek 25 bilan qabul qilish novi 26 ga va u orqali ozuqabop donlar bunkeriga yig‘iladi. So‘ndirish kamerasi 12 da ishlatib bo‘lingan havo oqimi ventilator 8 bilan jalyuzali inersion chang tutgich 11 ga haydaladi. Chang tutgich 11 da tutib qolingan chang va yengil qo‘shilmalar shlyuzli to‘sin 14 bilan qabul qilish novi 15 ga chiqarib yuborilsa, tozalangan havo esa tashqariga chiqarib tashlanadi. Bo‘liq donlar esa yirik aralashmalar, ya’ni poya bo‘laklari, chala yanchilgan boshoq qismlari yoki qobiqli donlar bilan birga pnevmatik ajratish quvuri 2 orqali yuqori g‘alvirli osma 30 ning B1 g‘alviri ustiga kelib tushadi. Chala yanchilgan boshoq yoki sitilmagan qobiqli donlar, begona o‘t gulchalari va boshqa yirik qo‘shilmalar qirg‘ichli transporter 31 bilan qabul qilgich 16 ga tashlab beriladi va so‘ndirish kamerasi 12 dan chiqarib tashlangan yengil aralashmalar bilan qo‘shib yuboriladi. B1 g‘alvirda bo‘liq donlar yirik va mayda donlar guruhiga bo‘linadi. Mayda donlar B1 g‘alvir ko‘zlaridan o‘tib qiya taxta 28 va nov 29 bo‘yicha o‘tib, pastki yarusdagi g‘alvirlarga kelib tushadi. B1 g‘alvir sirtidagi qolgan yirik donlar esa harakatlanib B2 g‘alvir ko‘zlaridan o‘tib, jildiruvchi taxtalar 17 va 27 hamda ular orqali o‘rta yarus g‘alviri 18 ga yo‘naltiriladi va unda ajralgan mayda donlar osma tubi 22 orqali qabul qilgich 19 ga kelib tushadi. Tozalangan yirik donlar esa qabul qilgich 20 orqali chiqib keladi. MPO-2,5 va MPO-50R mashinalarining ish sifat ko‘rsatkichlari bir muncha yuqori bo‘lsada, ularning konstruksiyasi murakkab bo‘lganligi sababli, chala yanchilgan boshoq qismlaridan donini ajratib tozalab oladigan mashinani ularning konstruksiyasiga asoslangan holda ishlab chiqib bo‘lmaydi. Yuqoridagi mashinalardan tashqari xo‘jaliklarda donni tozalash uchun kam sarf-xarajatli modulli don tozalash mashinasi ham ishlab chiqilgan bo‘lib (1.13-rasm), u uchta blokdan tashkil topgan [33]. Ish jarayonida donli aralashmaning namligi va ifloslik darajasiga qarab, bo‘laklovchi blok-modul, g‘alvirli blok-modul va pnevmatik saralovchi blok-modullar ketma- -ket joylashtirilib, donlar tozalab olinadi. Don tozalagichning asosiy ish organlari yaproqsimon g‘alvir 2, konussimon g‘alvir 8, konussimon taqsimlagich 11, ventilator 13 lar hisoblanadi. Mashinani har xil tozalash variantlarida ishlatishda ularning yuqori botiq qismi 1 ga ikkinchi blok-modulning pastki qabariq qismi 7 ulanadi. Ushbu mashinani donlarni tozalash ishlarida foydalanilganda xarajatlar qariyb 70 foizga kamaygan. Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadaki, hozirgi vaqtda respublikamizda va xorijda so‘ruvchi ventilator va tekis g‘alvirlarni mujassamlashtirgan don tozalash mashinalaridan keng foydalaniladi

Tozalanadigan donning turi va ko‘rinishiga qarab bu mashinalarni rostlash qulay, ya’ni g‘alvirlar ko‘zlari o‘lchami va shakli bo‘yicha keraklisiga almashtiriladi, havo oqimining tezligi esa zaslonka va ventilator aylanishlar sonini o‘zgartirish bilan rostlanadi. Ammo yuqorida keltirilgan barcha don tozalash mashinalarining texnologik jarayonini tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularda donlardan har qanday begona qo‘shilmalar va chala yanchilgan boshoq qismlari yoki qobiqli donlar ajratib olinsada, ularga ishlov berib doni ajratib olinmaydi. Natijada ichida bo‘liq donlari bo‘la turib chala yanchilgan boshoq qismlari chiqitga chiqib ketadi. Adabiyot manbalarni o‘rganish yana shuni ko‘rsatdiki, amaliyotda bug‘doyning chala yanchilgan boshoq qismlari yoki qobiqli donlariga ishlov berib, donini ajratadigan mashinalar yo‘q, lekin oziq-ovqat sanoatida grechka, sholi, tariq, suli, arpa donining ustki po‘stlog‘ini ajratishda jo‘vadekali, jo‘vali, diskli, savag‘ich-abraziv yuzali ishchi qismlarga ega mashinalar qo‘llaniladi [34]. Ularning ichida rezina qoplamaga ega jo‘vali apparatlar donlarni kam shikastlab, ularning po‘stlog‘ini ajratib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Shu sababli ularning konstruksiyasidan bug‘doyni dastlabki tozalash davrida chiqitga chiqib ketayotgan chala yanchilgan boshoq qismlariga ishlov berib, donlarini ajratib olishda foydalanish mumkin.
Chiqitga chiqib ketayotgan mana shu chala yanchilgan boshoq qismlaridan donini ajratib, tozalab oladigan mashinani ishlab chiqish esa nafaqat don tozalash mashinalarining tuzilishi va texnologik ish jarayonini, balki ularni tadqiq etish bo‘yicha bajarilgan tadqiqot ishlarini ham chuqurroq tahlil etib chiqishni taqozo qiladi Yuqori qisqa ekranda katta aralashmalar chiqariladi;Har xil turdagi yirik donalar 2-qatlamli elakda chiqariladi;Kichik aralashmalar 3-qatlamli elak teshigi orqali chiqariladi.Donaning kirish va chiqishi engil aralashmalarni olib tashlash uchun havo so'rilishi bilan ishlov beriladi. .
Samolyotning aylanadigan ekranining ekran korpusi to'rtta guruhli osma osilgan va tekis aylanish harakati muvozanat g'ildiragi tomonidan boshqariladi, ekran yuzasining ikki qatlami mavjud.
Uning tuzilishi va ish parametrlarini o'zgartirgandan so'ng, u guruchning singan guruch tasnifi uchun ham ishlatilishi mumkin.Yuqori tezlikda tebranish ekranining har ikki tomonida muvozanat og'irliklarining yuqori tezlikda aylanishi natijasida hosil bo'lgan markazdan qochma inertiya kuchi ta'sirida ekran yuqori tezlikda tebranish ekranining korpusi vertikal tekislikda kichik amplitudali dumaloq harakatni amalga oshiradi, ekran yuzasi 2 ~ 4 qatlamga ega. Bu yaxshi ta'sir bilan guruchdan barnyardgrassni ajratish uchun ishlatiladi.

Nopoklarni olib tashlash, tanlash va tasniflash uchun donni qayta ishlash mashinalari. Turli xil turdagi don tozalash mashinalari don zarralarini aralashmalardan ajratish uchun turli ish printsiplaridan foydalanadi.


Don zarralariga nisbatan ekran yuzasidagi ekran teshigining o'lchamiga ko'ra, quyidagi ikkita turdagi uskunalar mavjud:

① Elak teshigi don zarralarining maksimal diametridan biroz kattaroqdir. Masalan, katta har xil ekran va silindrsimon ekran.


Uning vazifasi don va mayda aralashmalarni ekran teshigidan o'tkazishdir va katta aralashmalar ekrandagi material sifatida chiqariladi.
Katta har xil ekran donni halqali ishchi tarmoqli kamarning yuqori kamariga oziqlantiradi. Harakat paytida u ekran teshigidan o'tib, kichik aralashmalar bilan birga pastki kamarga tushadi.
Qog'oz, qop bo'laklari, arqon uchlari, g'isht va tosh loy, yog'och va uzun somon kabi katta aralashmalar ekrandagi ob'ektlar sifatida chiqariladi va chang kabi ba'zi kichik aralashmalar, donalarning chiqish joyidagi qattiq eğimli ekran yuzasi orqali oqishi davom etayotganda. , qum zarralari ekran teshigi orqali chiqariladi.
Don kuchli havo assimilyatsiya qilishdan so'ng mashinadan chiqariladi.Tsilindrsimon ekranning asosiy komponentlari perforatsiyalangan ekran plitalaridan tashkil topgan gorizontal tsilindrlar bo'lib, ular ekran teshiklarini tozalash uchun cho'tkalar bilan jihozlangan.
Bundan tashqari, havo so'rish va changni tozalash uskunalari mavjud.Donalar silindrga kiradi va katta ekran teshigi orqali chiqariladi va katta aralashmalar ekran yuzasida to'planadi va silindrning bir uchidan chiqariladi.Bu ikki turdagi uskunalar don omborga tushganda dastlabki tozalash uchun ishlatiladi.

② Ekran teshigi minimal don zarracha diametridan kichikroq, masalan, o'zaro tebranish ekrani, tekis aylanuvchi ekran va yuqori tezlikda tebranish ekrani.


Kichik don zarralari bo'lgan aralashmalar ekran teshigi orqali olib tashlanishi mumkin va don ekrandagi material sifatida chiqariladi. Ular don ombordan chiqarilgandan keyin va qayta ishlashdan oldin tozalash jarayonida ishlatiladi.
Tozalangan don eng pastki elakning yuqori elakchasi sifatida chiqariladi. Agar kattaroq ekran teshigi bo'lgan ekran yuzasi almashtirilsa, uni dastlabki tozalash uchun ham ishlatish mumkin. O'zaro harakatlanuvchi tebranish ekrani eksantrik mil yoki o'zini muvozanatlashtiruvchi vibrator tomonidan boshqariladi va odatda ekran yuzasining 3 qatlami bilan jihozlangan.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish