Olingugurt gazi. Oltingugurt oksidi asosan elektr stantsiyalarida va boshqa korxonalarda o`tin, ko`mir asosan oltingugurga boy ko`mirlarni ishlatish natijasida hosil bo`ladi. Shahar sharoitida havoni ifloslantiruvchi asosiy kimyoviy modda hisoblanadi. Oltingugurt oksidini asosiy ta'siri ko`zni va nafas olish a'zolarining shilliq pardalarini ta'sirlaydi. Surunkali zaharlanganda kon'yuktivit va yuqori nafas yo`llarini va bronxlarni ta'sirlaydi. Oltingugurt oksidining kontsentratsiyasi 0,002-0,003 mg/l bo`lganda aniq seziladi. Undan oshsa 0,02 mg/l bo`lganda shilimshiq qavatlarni ta'sirlay boshlaydi. Oltingugurt oksidi o`simliklarga hamda igna bargli daraxtlarga zaharli ta'sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |