Sana 23.03.2022
Guruh O’rta
Mavzu: “Hasharotlar”
Qurilish, konstruktorlash va matematika markazi
“Qo’g`irchoqqa mebel` yasaymiz” konstruktorlash ishi. Matematika: “Fazoda mo’ljal olish”.
Maqsad: fazoviy tafakkurni rivojlantirish
Jihoz va material:qo’g`irchoq, o’yinchoq mebellar to’plami, turli o’yinchoqlar, oq qog`oz varog`i, qalam va 2 ta cho’p.
Faoliyatning borishi:
1. “Mebel o’rnini almashtiramiz” o’yini
2. “Nima o’zgardi?” mashqi.
3. “To’polon” didaktik o’yini
4. Sxemalar bilan tanishish
5. Qo’g`irchoq mebelini konstruktorlash
6. Konstruktsiyalarni o’ynash
Qo’shimcha: “Oila” syujetli rolli o’yini.
E`tiborni qaratish kerak: mayda motorika va diqqatni rivojlantirish
Qurilish, konstruktorlash va matematika markazi
“Moychechakdan parovozcha” konstruktorlash ishi
Maqsad: kubik va boshqa turli konstruktsiyalardan parovozchani yasaydilar, hajmga ega figuralarni nomlaydilar va ularni qurilish davomida
qo’llaydilar, sanashni biladilar hamda rang va shaklni ajratadilar. Ikki predmetni hajmiga ko’ra taqqoslaydilar, taqqoslash natijalarini so’z bilan “katta
kichik” deb belgilaydilar.
Jihoz va material: kubiklar, geometrik shakllar, dekorativ o’simliklar to’plami, parovozcha tasviri, ikkita masqaraboz tasviri
Faoliyatning borishi:
1. “Paravozcha” tasvirini ko’zdan kechirish
2. Qurilishni rejalashtirish
3. Parovozchani konstruktorlash
4. Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag`batlantirish
5. “Katta kichkina” didaktik o’yini
Qo’shimcha:kompozitsiyani tabiiy materiallar bilan boyitishnitaklif etish
E`tiborni qaratish kerak: fantaziyani rivojlantirish
Syujetli rolli o’yinlar, drammalashtirish markazi
“Muxa Tsokotuza” ertagi
Maqsad:ertakni diqqat bilan tinglay oladilar, rollardagi hatti harakatlar kesimini quradilar, o’z xarakatlarini boshqa “Artist”lar harakatlari bilan
muvofiqlashtiradilar. Uyda xavfsizlik choralarini ko’rish qoidalarini biladilar.
Jihoz va material: kostyumlar, ertak atributlari, illyustratsiyalar
Faoliyatning borishi:
1. Ertakdan parchalar o’qish
2. Illyustratsiyalarni ko’zdan kechirish
3. Rollarni taqsimlash
4. Bolalar yordamida ertakni namoyish etish
5. Bolalarni rag`batlantirish
Qo’shimcha: ertakni o’qish, mul`tiplikatsion fil`mni ko’rish
E`tiborni qaratish kerak: mimika, intona tsiya ustida ishlash
Tabiat: Chumoli inini kuzatish
Maqsad: chumolilar haqidagi bilimlarni mustahkamlash, tadqiqotchilik ishiga qiziqishni tarbiyalash
Jihoz va material: AKT materiallari, mavzuga oid rasmlar va illyustratsiyalar
Faoliyatning borishi:
1. Topishmoqlarni topish
2. Chumolilar qanday ishlashini kuzatish
3. “Jonli labirint” o’yini
4. Tadqiqotchilik faoliyati. Bir yo’lakchaga qum sepish hamda chumolilar nima qilishini kuzatish, ikkinchi bir yo’lakchaga shakar upasini sepish,
hamda chumolilar harakatini kuzatish
Qo’shimcha:she`rlarni yod olish, suhbatlar, didaktik o’yinlar
E`tiborni qaratish kerak: foydali hasharotlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish
Til va nutq markazi
S.G`ofurovning «Hid yoqadi, ari chaqadi» asarini didaktik o’yini qayta hikoya qilish
Maqsad: Bolalarni asarni qayta hikoya qilishga o’rgatish
Jihoz va material: illyustratsiyalar, turli tuman predmetlar
Faoliyatning borishi:
1. «Hid yoqadi, ari chaqadi» asarini o’qish. Illyustratsiyalarni ko’zdan kechirish.
2. Hikoyaga doir savollar: Mazkur hikoya nima haqida? Ota o’z qizidan nima haqida so’radi? Qiz nima deb javob berdi?
3. She`rni o’qish
4. “Hidiga ko’ra top” didaktik o’yini
5. Asarni qayta hikoya qilish
Qo’shimcha: savodga tayyorlashga doir mashqlar
E`tiborni qaratish kerak: asarni qayta hikoya qila bilish
Til va nutq markazi
A.Avloniyning «Asal ari va pashsha» asarini qayta hikoya qilish
Maqsad: asarni qayta hikoya qilishga o’rgatish
Jihoz va material: illyustratsiyalar, hasharotlar rasmi
Faoliyatning borishi:
1. Asarni o’qish
2. Illyustratsiyalarni ko’zdan kechirish
3. Hikoya yuzasidan savollar: Pashsha asal ariga nimani maslahat berdi?, Asal ari nima deb javob berdi? Nima uchun insonlar asal arilarni
oziqlantiradilar? Asal aridan foyda bormi? Pashshadanchi?
4. “Hasharotlar” didaktik o’yini
5. Asarni hikoya qilish
Qo’shimcha: pazllarni qurish, topishmoqlarni topish
E`tiborni qaratish kerak: bog`langan nutqni, to’g`ri nutqiy nafasni rivojlantirish
San`at markazi
“Gulzordagi qo’ng`izlar” yasash ishi
Maqsad: alohida qismlardan xon qizini yasashni bilish: tana, bosh, ko’z, mo’ylov. Bolalarda tabiatga, xasharotlarga bo’lgan muhabbatni
tarbiyalash.
Jihoz va materiallar:xon qizi tasvirlangan rasm, tayyor gullar. Plastilin , taxtachalar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasm asosida suhbat
2. Xon qizi tasvirlangan rasmni ko’zdan kechirish
3. Ishni bajarish
4. Bolalar ishining ko’rgazmasi
Qo’shimcha: xon qizi haqidagi she`rlarni yod olish
E`tiborni qaratish kerak: mayda motorika va obrazli tfakkurni rivojlantirish
San`at markazi
“Kapalak” applikatsiyasi
Maqsad: kapalaklar, ularning tuzilishi haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Tayyor geometrik shakllardan applikatsiyalarni yasaydilar. Tabiatga va
jonli ta biatga ehtiyotkorona munosabatda bo’ladilar.
Jihoz va materiallar: AKT materiallari, mavzuga doir rasmlar, rangli qog`ozlar, karton, qaychi, elim
Faoliyatning borishi:
1. Kapalaklar haqidagi materiallarni AKT vositasida ko’rish
2. Kapalaklar tasvirini ko’zdan kechirish
3. Namunani ko’rsatish
4. Ishni bajarish
5. Bolalar ishlarining ko’rgazmasi
Qo’shimcha: kapalaklarni kuzatish, illyustratsiyalarni ko’zdan kechirish
E`tiborni qaratish kerak: orastalik, e`tiborlilik, sabrlilik
San`at markazi
«O’tdagi momoqaymoq” rasmi
Maqsad: rasm orqali gullayotgan maysazor go’zalligini aks ettira oladilar. O’z chizgan rasmlaridan xursand bo’la oladilar.
Jihoz va material: Yashil rangdagi A4 formatdagi al`bom varog`i, kraskalar, mo’yqalam, salfetka, suv, gullagan maysazor
Do'stlaringiz bilan baham: |