Morfologik adabtatsiya – suv o’tkazmaydigan teri qoplag’ichi epiqutikulasi mumli qatlamlari, qutiqulaning qalinlashganligi nafas teshiklarining tuzilishi, g’umbakning tuzilishi pilla hosil qilishi va b.
Fizologik adabtatsiya – hashrot orqa ichagining hazim bo’lmagan ovqat qoldiqlaridagi suvlarni so’rish, terining namlikni qabul qilish qobilyati , organizmga ovqat bilan namlikni tushish xususiyati.
Ekologik adabtatsiya – yashash joyini o’zgartirish tuproqda yashaydigan hashoratlar tuproqning tashqi qatlami quriganda, pastki namlik yuqori bo’lgan joyga ko’chadi. Yoki hashoratlar g’umbakka aylanishdan oldin qulay joyga ko’chadi.
Har xil Hasharot turlarining normal rivojlanishi uchun optimal miqdorda, turli xil miqdorda namlik kerak. Masalan ombor uzunburun qo’ng’izining normal rivojlanishi uchun 14-16% namlik talab etilad, 11% namlikda esa u halok bo’ladi. Shunga asosan bu hasharotga qarshi kurashish choralaridan donlarni quruq saqlashdir. Tabiatda namlikni yetishmasligi , qurg’oqchilik vaqtlarida o’simlikxor hasharotlar bo’lishi kuzatilgan . bundan tashqari namlik hasharotga, yani ular yeydigan o’simlik holati va zamburug’ hamda bakterial kasalliklarning avj olib ketishi orqali bilvosita katta tasir etadi.
Lekin bu ko’rsatkichlarning hammasi ma’lum darajada shartlidir , chunki haqiqatdan tabiatda namlikning sharitga tasiri doimo boshqa ekologik faqtorlar , birinchi navbatda , harorat va ovqat bilan chambarchas bog’liqdir .
Muhit xarorati xasharotga namlikning tasir etish darjasini o’zgartiradi. Shuning uchun ko’pchilik avtorlar harorat bilan namlikni hashoratning o’sish tezligiga, serpushtligiga ta’sirini birgalikda o’rganishni tavshiya etadilar.
Hashoratlarning hamma hayotiy ko’rsatkichlari-rivojlanish davomida, serpushtligi, o’limi bevosita muhitga bog’liq. Masalan,kuzgi kunlamni serpushtligi (I.V. Kojanchiqov ma’lummoti bo’yicha) harorat 20* C da namlik 55%-1081; 85%-1891; 91%-1863. Harorat 30 C ko’tarilganda shu namlikda serpushtlik 294,747,185 ta bo’lgan, yani harorat 20 C namlik 85%, serpushtlik ortgan (1891), harorat 30 C ko’tarilganda shu namlikda sertpushlik 747 ga kamaygan.
Tabiiy sharoitda hashoratlarga harorat bilan namlikning birgalikda ta’sirni baholashda klimogramma usulidan foydalaniladi.
Klimogramma harorat va yillik o’rtacha yog’inning oylik ko’rsatkichlari asosida tuziladi: ordinat o’qiga harorat, abstsissa o’qiga yog’in miqdori (nm) joylashtiriladi. Kesishgan nuqtalar navbatma-navbat, oyma-oy qo’shib boriladi, bu ko’pburchak hosil bo’ladi, bu ko’pburchak klimogrammani ifodalaydi
Klimogrammaning yuqoriga cho’zilganligi yozning issiq va quruq kelganligini, pastga cho’zilganligi qishning juda sovuq kelganligini, o’ngga cho’zilganligi shu oylarda namlik yuqori bo’lganini ko’rsatadi.
Hasharot turi juda ham ko’payib ketgan yilda tuzilgan klimogramma bilan kamayim ketgan yildagi tuzilgan yildagi tuzilgan klimagrammani solishtirish orqali konkret harorat va yog’in miqdorining ahamiyatini aniqlashda, shu tur uchun qulay hamda noqulay yashash sharoit yaratishda ahamiyatga ega.
Harorat va yo’g’inning hasharotlarga ta’sirini aniqlashda B. Uvarov tonidan taklif etilgan bioklimogramma vositasi bilan grafik usulda ifodalash qulay
Bioklimogramma huddi klimogramma tuzgandek, kordinata o’qiga o’rtacha oylik harorat ko’rsatkichlari va abstsissa o’qiga oylik yog’in ko’rsatkichlari qo’yiladi. Harorat va namlikning har qaysisi uchun(rim raqami bilan belgilangan) ko’rsatkichlarni kesishgan nuqtasi hashorat tuxum davrida bo’lganda punktirlar (---) orqali, lichinkalik davrida esa qisqa chiziqlar (---), gumbaklik davrida to’garakchalar(000) va imoga davrida yaxlit chiziqlar (-) orqali qo’shiladi.(35-rasm)
35-rasmda marokash chigirtkasi tuxuming Kichik Osiyodagi baland platada rivojlanish davri ko’tsatilgan, bu joyda yoz va kuz boshi ko’proq bo’lgani uchun marokash chigirtkasi birdaniga ko’payib ketadi. Keyinroq, ya’ni yomg’ir yetarlimiqdorda bo’lganda harorat pasayadi va tuxum tinch holatda qoladi. Vodiylarda boshqaracharoq, baxorgi issiq erta boshlanishi tufayli lichinkalar ham tuxumdan erta chiqadi va rivojlanishning keyingi fazolari ham erta boshlanadi. Bioklimogrammalar taqqoslab ko’rilganda vodiy bilan plato iqlimi o’rtasidagi tafovut aniqlanadi, bu ayniqsa qish oylarida yaqqol ko’rinadi.
Bioklimogrammani taqqoslash uchun to’g’ri to’rtburchak usulidan foydalaniladi. Ikki tomoni oylik o’rtacha maksimum va minimum haroratni, qolgan ikki tomoni esa oylik o’rtacha maksimum va minimum yog’ingarchilikni ko’rsatadigan to’g’ri to’rtburchak hashoratning bizga kerakli davrdagi iqlim sharoitini harakterlab beradi. Plato, ya’ni marokash chigirtkasining doimiy rezervatsiyasi, uning ko’payishi uchun sharoit qulay bo’lgan joy bioklimogrammasi-o’sha mashtabda chizilgan vodiy iqlimi hashoratning rivojlanishi uchun yilning qaysi davrida noqulay ekanligi ekanligi aniq ko’rinadi. Masalan, tuxumlik davrining bioklimogrammasidagi to’rtburchakdagi iyul va avgustni qoplamaydi va bioklimogrammaningegri chizigi qish oylarida ayniqsa keskin chetlanadi. Bundan ma’lum bo’ladiki, vodiy iqlimi tuxum rivojlanishiniqisman yoz oylarida, asosan qish oylarida bo’gib qo’yar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |