O‘yin 2x2 yoki 3x3 ta o‘yinchi bilan bitta shitga qarab o‘ynaladi. O‘qituvchining signalidan
keyin to‘pni egallab turgan jamoa qarama- qarshi tomondagi shitga tezlik bilan yugurib o‘tadi,
O‘yinchilar juft-juft bo‘lib qo‘llarini ushlab turadilar. Bitta juftlik to‘pni qo‘lida ushlab turadi,
bu juftlik o‘yinboshi hisoblanadi. O‘yin- boshilar to‘pni olib yurish bilan birga qolgan juftliklarni
kuzatib boradi va o‘yinchilardan birini «petna» qilishga harakat qiladi. «Petna» qilingan juftlik
esa o‘yinboshi bo‘ladi. Biror marta o‘yinboshi bo‘lmagan jamoa o‘yinda g‘olib hisoblanadi.
Variantlar
1.
O‘yin chegaralangan maydonchada (9x3) o‘tkaziladi. O‘yinda ikkita juftlik qatnashadi
(o‘yinboshilar, qochuvchilar).
2.
Petna qilish faqatgina to‘p bilan amalga oshiriladi (to‘p uloqtirlib istalgan o‘yinchiga
tekkiziladi).
3.
Qochib ketayotgan juftlik uloqtirilgan to‘pni
ilib olsa, unda petna qilingan hisoblanmaydi.
TO‘PNI QO‘LDA USHLAB TURMASDAN UZATISH
3x3 m li to‘rtburchak ichida to‘rtta o‘yinchi turadi. O‘yinchining tayanch oyog‘i
to‘rtburchakning burchagida turadi. O‘qituvchining signali bo‘yicha o‘yinchilar to‘pni bir-
birlariga oshiradilar. O‘qituv- chining signali bo‘yicha to‘p uzatish yo‘nalishini bir necha martada
o‘zgartirish mumkin.
Agar to‘p noto‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa yoki o‘yinchi uni ilib ololmasa, xatoga yo‘l qo‘yilgan
bo‘ladi. Belgilangan vaqt tugashi
bilan keyingi to‘rtlik o‘yinni boshlaydi va hokazo. O‘yinda kam xato qilgan jamoa g‘olib bo‘ladi.
Variantlar
1.
Polga urilib qaytgan to‘pni ushlab uzatish bilan bajarish.
2.
To‘pni bir qo‘lda yoki orqa tomonga uzatish bilan bajarish.
TO‘RTBURCHAK
3x6 m li to‘g‘ri to‘rtburchak burchaklarida to‘rtta o‘yinchi qo‘lida to‘p bilan turadi. To‘g‘ri
to‘rt burchakning o‘rtasida to‘pni ushlab qoluvchi o‘yinboshi turadi. To‘pni ushlab qoluvchi
o‘yinchining vazifasi qo‘l tekkiza olishdir. Agar u to‘pga qo‘lini tekkizsa, unda to‘pni uzatgan
o‘yinchi bilan joy almashadi va hokazo. 5 martagacha to‘p uzatganda kam xatoga yo‘l qo‘ygan
o‘yinchi g‘olib bo‘ladi.
Variantlari
1.
Ma’lum yo‘nalishda uzatish
usullari belgilanib, o‘yin shu asosda o‘tkaziladi.
2.
To‘p uzatuvchi va to‘pni ushlab oluvchi o‘rtasidagi masofa qisqartiriladi.
3.
O‘yinchilar to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘ylab harakatlanadilar, ikkita to‘pni ushlovchi
o‘yinboshlari to‘rtburchak o‘rtasida turadilar.
HIMOYACHI
O‘yinda ikkita jamoa ikkitadan o‘yinchi qo‘llarida to‘p bilan qatnashadilar. Jamoa o‘yinchilari
to‘pni polga urib olib yurish bilan birga polga o‘rnatilgan bayroqchalar yoki to‘ldirma to‘pni
himoya qiladilar.
Boshqa jamoa o‘yinchilari ham to‘pni to‘xtatmasdan tinimsiz olib yurib, bo‘sh qo‘llarini
bayroqchaga, to‘ldirma to‘pga qo‘l tegizilsa bir ochko beriladi. Belgilangan hisobga ko‘ra
jamoalar joylarini almashadilar. Kam vaqt sarflab belgilangan ochkoni to‘plagan jamoada g‘olib
bo‘ladi.
Varianti
Himoyachi polda yotgan chambarak atrofida to‘pni olib yurish bilan birga boshqa jamoa
o‘yinchilarining chambarakka to‘p tek- kizishlariga qarshilik ko‘rsatadi. Boshqa jamoa a’zolari
o‘z navbatida to‘pni olib yurish bilan birga himoyachilarni aldab o‘tib, to‘pni
chambarak ichiga tashlaydilar. Himoyachilarga bo‘sh qo‘llari bilan to‘pni urib qaytarishga ruxsat
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: