hayvonlarning reflektor harakat qilishi bilan taqqoslashadi. Bu harakatlarni
kurashda yordam beradi. Bundan kelib chiqqan holda aytish joizki, yosh avlodning
jihatdan reaktiv xarakterli bo’lishi kerak. O’smirlar yuragi juda ham his-hayajonga
boy bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ko’p harakat talab qilinadigan o’yinlarda
Harakatli o’yinlar bilan shug’ullanganda mashqlarni asta-sekinlik bilan
bajarib borish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Nafas olishi qiyinlashishi, juda ham og’ir va bir xil quvvat talab qilinadigan
mashqlar, o’yinlardan kechish kerak.
O’yinlardagi xilma-xillik, harakatlarning tezligi nafas olishni tejaydi: sekin,
lekin chuqur.
O’smirlarning markaziy asab sistemasiga yuqori darajada hayajonlanish va
vaziyatlarning mutanosib emasligi o’ziga xos.
Bosh miya qobig’ining roli ko’payib aniqlik, harakatlarni tejash,
koordinasiya, aniq maqsadga intilish, onglilik yaxshilanadi.
His-hayajonni jilovlash, chidamlilikni tarbiyalaydi, intizomga rioya qilib,
o’ynayotgan o’rtoqlariga nisbatan munosabatni yaxshilaydi. O’smirlar murakkab
harakatli o’yinlar texnikasini o’zlashtirishadi. Ayniqsa chaqqonlik, harakatlardagi
mutanosiblik va boshqa hislar o’yinda juda kerak. Bunday o’yinlar ko’p harakat
talab etmaydi va ular uzoq davom etadi.
Ko’pgina o’yinlar o’smirlarning murakkab munosabati asosida tuziladi.
Bu asosan jamoani guruhlarga binoan ajralishi paytida, har bir guruh o’z
guruhi yutishini istaydi.
Bunday o’yinlarda qoidalar kichik yoshdagi bolalar o’yini qoidalariga
nisbatan qiyinroq.
O’yindagi jiddiy munosabatlar (noroziliklar) o’yin qoidalariga rioya qilib,
o’yinchilardan katta iroda va chiniqishni talab etadi.
Sarguzashtlarga qiziqish, romantikaga, qahramonlikka hohish, o’smirlarning
dramatik o’yinlari «joylarda» ovchilarning hatti-harakatini qilishga undaydi.
Bu o’yinlarda dam olish maskanlarida, turizm, topografiyaga, aloqa,
sanitariyaga oid yengil shartlarni qo’llashga imkon beradi.
O’smirlarda syujetsiz, musobaqa tarzidagi o’yinlarga qiziqishi katta.
Koptok bilan bo’lgan o’yinlar sport o’yinlariga o’tish davrni bildirib, ularda
sport texnikasi va taktikasi mavjud bo’ladi.
Jamoada guruhlarga bo’linganda o’yinchilar rolini aniqlab, ularni
«qo’riqlovchilar» va «hujumchilar»ga ajratadilar.
Sport o’yinlarini yengillashtirgan qoidalar kichik maydonlarda, vaqtni
kamaytirib, sport jihozlarini yengillashtirib o’tkazish tavsiya etiladi.
Qiz-o’smirlar ham o’g’il bolalar o’ynaydigan o’yinlarni o’ynaydilar.
O’zaro o’yinlarda ular qiziqish, istaklariga jismoniy talablari asosida
o’zlariga rol tanlaydilar. Qizlar ko’p kuch sarf qilinadigan o’yinlar «arqon tortish»
komanda bo’lib chopishda o’g’il bolalarga yon beradi.
Inson o’yini va oliy hayvonlar qiliqlari taqqoslanganda ular orasida
intelektga qat’iyat his qilamiz.
Masalan «Quvlashmachoq» o’yini itlar, maymunlar qilig’iga o’xshaydi.
Bunda ular qochishga, chap berishga, xavfdan yashirinishga, yoki ovqat izlashga
kirishganday, bu o’yinda hayvonlar qilig’iga o’xshaganini ko’ramiz. O’yindagiday
hayvonlar ham to’g’ri chiziq bo’ylab yugurishadi, birdagina to’xtashadi,
yo’nalishni o’zgartirib raqibi tegishidan qochadi. Bu yerda deduksiya, induksiya,
analiz va sintez elementlari kiritilgan. Bu hayvonlar harakatini biz faqat qo’qqisdan
qilingan hujum paytida qochish va chap berish misolida ko’ramiz. Lekin
hayvonlarning hamma harakatlarini ham odam harakati bilan taqqoslab bo’lmaydi.
Hayvonlar intellektual harakati, ularning aqliy rivojlanishi signal sistema
bilan bog’liq.
Bizning aqliy harakatimiz hayvonlar harakati bilan bir: noma’lum jismlarni
tekshirish, sintez (ba’zi hayvonlar ) ikkovini birlashtirganda. Lekin diametrik fikr
yuritish faqat insonga xos faqat unda ham eng oliy rivojlanish pog’onasida.
Lekin o’yinlar hamma vaqt biz uchun dam olish, zavq olish emas. Bolalar
dam olish uchun o’ynashmaydi. Ular o’zlari sezmagan holda o’yinlardan
charchashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: