Mavzu: Har XIL janrdagi asarlarni o`qitish metodikasining o`ziga xos xususiyatlari. Reja


Ilmiy - ommabop asarlarni oʼqish metodikasi



Download 42,15 Kb.
bet6/6
Sana14.02.2022
Hajmi42,15 Kb.
#448565
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza (1)

Ilmiy - ommabop asarlarni oʼqish metodikasi

Boshlangʼich sinflarda ilmiy - ommabop asarlarni oʼqitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga oʼrgatishdan iborat.


Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi maqolalarni oʼqish bilan bogʼliq holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining boʼrtishi), oʼquvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan oʼzgarishlarning guvohi va ishtirokchilari boʼlgan insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy - tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz oʼtmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulugʼ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar toʼgʼrisida bilim beradi. Oʼqish darsliklaridan oʼrin olgan Beruniy, Ibn Sino, Аmir Temur, Аlisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar oʼquvchilarni nafaqat oʼtmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va masʼuliyatni teran anglashga ham yordam beradi. Oʼquvchilarda Vatanga muhabbat tuygʼusi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz oʼtmishi haqida hikoya qilingan ilmiy - ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida oʼquvchilar oʼtmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega boʼladilar. Jamiyat tarraqqiyoti haqida qisqacha boʼlsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bogʼliq mavzudagi asarlar tahliliga alohida eʼtibor berish zarur.
1-sinf dasturida oʼqish bilan bogʼliq holda kuzatish, sayohat darslari moʼljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning oʼzgarishi, oʼsimlik va hayvonlarning hayoti) ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bogʼ, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish koʼzda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy oʼzgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda koʼrgazma sifatida oʼquv kinofilьmlaridan ham foydalanish mumkin.
Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bogʼlab oʼqitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; oʼquvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga koʼra 2-sinf oʼquvchilari «Toshkent», «Toshkent metrosi» mavzusidagi maqolalarni, 4-sinfda esa «Аsrga tatigulik kun» (Safar Barnoev) asarini oʼqish orqali oʼtmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi tarraqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli oʼqish darsini uyushtirishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:
1. Oʼqiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat oʼtkazish;
2. Maqolani yoki uning maʼlum bir qismini oʼqish, oʼquvchiga notanish boʼlgan soʼzlar maʼnosi ustida ishlash;
3. Maqola rejasini tuzish;
4. Oʼqilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish;
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish;
6. Reja asosida maqolani qayta oʼqish;
7. Maqolani yaxlit oʼqish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va maqola mazmunini yaxshi oʼzlashtirishlariga erishish maqsadi koʼzda tutiladi;
8. Reja asosida qayta hikoyalash;
9. Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop maqolalarni uzviy birlikda oʼrganish oʼquvchilarning har bir mavzuda bayon etilgan tarixiy - adabiy hodisalarni, ular oʼrtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini taʼminlaydi. Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni oʼqishga tayyorlaydi, ijtimoiy - siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini oʼzlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini oʼstiradi.

1 Султонов И. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. 245-бет

2 Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати.  Т.: Ўқитувчи, 1979. 104 - бет.

3 Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати. - Т.: Ўқитувчи, 1967. 92 - бет.

4 Ўша асар, 93 - бет

Download 42,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish