Mavzu: Har bir yosh bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodkasi. Reja



Download 474,5 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi474,5 Kb.
#588865
Bog'liq
3-maruza


Mavzu: Har bir yosh bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodkasi.
Reja
1.Geometrik figura predmetlarning shaklini idrok qilish etaloni sifatida.
2.Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Tadqiq qilish amallari va ularning shaklini bilishdagi roli.
4.Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning roli
5.Geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish.
6. Geometrik figuralarni burchaklari, tomonlari, soni bo‘yicha taqqoslash; ularni o‘lchash; umumlashgan tushunchalarni shakllantirsh.

Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.


Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi.
. Tug‘ilgan bolalar geometrik figuralarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butilkalarni bolaning oldiga terib qo‘ysak, bola ovqat eydigan butыlkasini ko‘zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi.
Bola biroz ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu tarvuzga o‘xshaydi ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o‘xshatish.
Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. SHakl xuddi razmerga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi.
Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi.
Kam tanish bo‘lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko‘ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol katta.
2-3 yashar bolalar geometrik figuralarni oddiy o‘yinchoq deb his etadilar. M: silindr — stakan, stolba; konus — stakan, stolba; konus - minora.
SHuning uchun geometrik figuralar bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega (doira, kvadrat, uchburchak).
Bolalar maishiy xizmat qiluvchi predmetlarni etalon (ko‘rgazma deb hisoblangan geometrik figuralarni his eta boshlashadi.
Shaklni ko‘rish va his qilish orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi.
Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning(buyumlarning)
shaklini tahlil qilish va baholashni
o‘rganadilar. Bolalarda asta-sekin shakl
haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi.

Bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni shakllantirish



  • qobiliyatlarini rivojlantirish:

  • geometrik figuralarni oddiy xossalarini aniqlashga;

  • so‘z yordamida turli belgilarga va o‘lchamlarga ko‘ra har xil geometrik figuralarni tanlashga:

  • turli belgilarga (shakli, rangi, o‘lchamiga ko‘ra geometrik figuralarni gruppalashtirishga:

  • atrofimizdagi predmetlarni ma’lum geometrik figuralarga uxshatish:

  • predmetlarning modelini yasab figuralarning turlarini o‘zlashtirishga o‘rgatish:.

“Bolajon” tayanch dasturida geometrik shakllar bilan tanishtirishga qo‘yilgan vazifalar mazmuni bilan tanishtirish.


Kichik guruh
Geometrik shakl. Doirani taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish. Kvadrat bilan tanishtirish. Doira, kvadratni farqlash va aytishni sezish, harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. Bolalarga shar va kub haqida tushuncha berish.
Turli topshiriqlar yordamida shar va kub haqidagi bilimlarni mustahkamlash. Uchburchakni taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
O‘rta guruh
Geometrik shakllar. Doira, kvadrat, uchburchak shakllarini bir-biridan farqlashni mustahkamlash.
To‘g‘ri to‘rtburchak shakli bilan tanishtirish, to‘g‘ri to‘rtburchak-kvadratni farqlash va aytishni, ularni sezish - harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rganish. Oval shakli bilan tanishtirish, doira, ovalni farqlash va aytishni, ularni sezish - harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. Kub, shar, silindr kabi shakllarning nomini aytish va bir-biridan farqlashni o‘rganish. SHakllar har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat – kichik kvadrat).
Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib turli narsalar yasashni o‘rgatish.
Katta guruh
Geometrik shakllar. Shakllar har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat – kichik kvadrat). SHakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilish: Masalan, to‘rtburchakning 4 ta burchagi va 4 ta tomoni (to‘rtburchakning turli ko‘rinishlari
misolida) bor. Bolalarning shar, kub, silindrlar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash
va ular yordamida turli mavzularda loyihalar yaratish. Doira va oval shaklini farqlashga doir turli mashqlarni bajartirish. Qurshab turgan narsalar orasidan tanish bo‘lgan geometrik shakllarni topa olishga o‘rgatish: masalan, lagan, non doiraga o‘xshaydi; stolning usti, devor, eshik va derazalar to‘rtburchakka, ro‘molcha kvadratga, qizchalar boshidagi ro‘mol uchburchakka, stakan silindrga o‘xshaydi va hakozo. Uchburchak va to‘rtburchaklardan turlicha katta o‘lchamdagi narsalar va shakllar tuzish. Turli geometrik shakllar to‘plamidan har xil o‘yinlar o‘ynash, maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni yasashni o‘rgatish. Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib turli narsalar yasashga o‘rgatish. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir nechta tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirishga doir muammoli vazifalarni hal etishni o‘rgatish. Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi qismlardan tashkil
topgan shakl-siluetlar hosil qilishga o‘rgatish. Labirintlar va ularning echimi bilan tanishtirish.
Tayyorlov guruh
Geometrik shakllar. Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash. Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu ko‘pburchak.
Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, burchak uchlari)
bilan tanishtirish. Tayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash. Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini
belgilash. Bolalarni 2 ta, 4 ta
uchburchaklardan bitta ko‘pburchaklar
tuzishga, kichik to‘rtburchakdan bitta
katta to‘rtburchak tuzishga o‘rgatish.
Beshburchak va oltiburchak bilan
tanishtirish. Etishmagan shakl, jismni (shar, kub, silindr) topishga doir mantiqiy masalalarni echishni o‘rgatish. Geometrik shakllar ko‘rinishini o‘zgartirishga o‘rgatish: kichik uchburchaklardan to‘rtburchak shaklini yasash va boshqalar. Tayoqchalardan hosil bo‘lgan geometrik shakllardan bir necha tayoqchani olish usuli bilan ko‘rinishini o‘zgartirish. Maxsus shakllar to‘plamidan foydalanib, namunadagi narsalarni hosil qilish.



Guruhlar

Ma’lumoti

Ikkinchi kichik guruh



Uch yoshli kichkintoylarni dumaloq predmetlarni va burchaklari bor predmetlarni farq qilishga, ya’ni predmetlar shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatadilar.
Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q, oddiy shakldagi predmetlarni tanlashadi. Boshdagi har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi bir xil predmetlarni, masalan: uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. SHundan keyin har xil rangli bir xil predmetlarni, sodda shakldagi istalgan predmetlarni, koptok, ip koptok, baranka, rul, g‘ildiraklarni berish mumkin. «SHakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla» kabi o‘yin mashqlardan foydalanish mumkin. CHaqirilgan bola o‘z predmetini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi predmetlar turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil bajaradilar, masalan: o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi predmetlarni ajratib qutilarga solishadi: bir qutiga dumaloq (doiraviy), ikkinchi qutiga burchakli (burchaklari bo‘lgan) predmetlarni solishadi.

O‘rta guruh

O‘qitishning dastlabki oylarida maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlariga tanish geometrik figuralar — doira va kvadratlarni farq qilish hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni gruppalarni miqdoriy taqqoslash mashqlari va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish maqsadga muvofiq.Tarbiyachi bolalarni sodda masalalar — bosh qotirgichlar (cho‘plardan-har xil geometrik figuralar tuzish) bilan tanishtirishi mumkin. 7 ta cho‘pdan 2 ta kvadrat tuz: 6 ta cho‘pdan to‘g‘ri to‘rtburchak tuz; 7 ta cho‘pdan 3 ta uchburchak tuz; 5 ta cho‘pdan 2 ta uchburchak va 1 ta kvadrat tuzish mumkinmi? Bu mashqlar bolaning topqirligini, xotirasini, tafakkurini, rivojlanish imkonini beradi. Butun ish ma’lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli.



Tayyorlov guruh

Geometrik figuralar ko‘rinishini o‘zgartirish, bir xil figuralardan boshqa xil figuralar tuzish nazarda tutilgan.
Tarbiyachi bolalarga o‘z ixtiyorlaridagi figuralani qarashni, ularni shakl bo‘yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday katgalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so‘ngra esa qandaydir ikki uchta figura olib, ularni birlashtirish yo‘li bilan qanday yangi figura tuzish mumkinligini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi.
Qismlardan butun figuralar tuzib, bolalar ikkita yarimta, 4 ta yarimta, sakkizdan bir qismdan, doiraning to‘rtdan biriga teng qismdan va h.k. dan nechta doira tuzish mumkinligini fahmlaydilar.


Geometrik figura predmetlarning shaklini idrok qilish (etaloni) sifatida.


Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar. Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. SHakl xuddi razmerga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi.Kam tanish bo‘lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko‘ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol katta.

B

olalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarini idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.



SHaklni ko‘rish va his qilish orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. Kichkintoylar predmetlarni faqat ko‘z bilan ko‘ribgina qolmasdan balki quliga oladi va og‘ziga solib ko‘radi. Keyinchalik esa so‘zlashga harakat qiladi. 5 — b yoshli bolalar odatda albatga qo‘l bilan ushlab ko‘radi. Demak shunday xulosa qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik figuralar shaklini qo‘liga ushlab ko‘rib, eshitib, ko‘zlari bilan ko‘rib to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz kerak.

  • qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • geometrik figuralarni oddiy xossalarini aniqlashga;

  • so‘z yordamida turli belgilarga va o‘lchamlarga ko‘ra har xil geometrik figuralarni tanlashga;

  • turli belgilarga (shakli, rangi, o‘lchamiga ko‘ra geometrik figuralarni gruppalashtirishga;

  • atrofimizdagi predmetlarni ma’lum geometrik figuralarga uxshatish;

  • predmetlarning modelini yasab figuralarning turlarini o‘zlashtirishga o‘rgatish.

Geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish.
Uch yoshli kichkintoylarni dumaloq predmetlarni va burchaklari bor predmetlarni farq qilishga, ya’ni predmetlar shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatadilar.Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q, oddiy shakldagi predmetlarni tanlashadi.«SHakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla» kabi o‘yin mashqlardan foydalanish mumkin. O‘rta guruh O‘qitishning dastlabki oylarida maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlariga tanish geometrik figuralar — doira va kvadratlarni farq qilish hamda to‘g‘ri aytish malakalarini mustahkamlash kerak. Bu ishni gruppalarni miqdoriy taqqoslash mashqlari va sanoqqa o‘rgatish mashqlari bilan bir vaqtda o‘tkazish maqsadga muvofiq. Geometrik figuralar, shuningdek sodda shakldagi predmetlar (bayroqchalar, olxo‘rilar, olmalar va h.k.) ning rasmini chizishga matematikadan 10-12 ta mashg‘ulot ajratiladi.Tayyorlov gruppasi dasturida geometrik figuralar ko‘rinishini o‘zgartirish, bir xil figuralardan boshqa xil figuralar tuzish nazarda tutilgan. Tarbiyachi bolalarga o‘z ixtiyorlaridagi figuralani qarashni, ularni shakl bo‘yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday katgalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so‘ngra esa qandaydir ikki uchta figura olib, ularni birlashtirish yo‘li bilan qanday yangi figura tuzish mumkinligini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi.

Nazorot uchun savollar:


1. Bolalarning predmetlarning shakli va geometrik figurani (xususiy kuzatishlari materiallaridan foydalanib) idrok qilish xususiyatlari.
2. Predmetlarning shakli va geometrik figuralar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishining ahamiyati.
3. Har xil yosh gruppalarida bolalarni predmetlarning shakllari va geometrik figuralar bilan tanishtirish masalasining tahlili.
4. Bolalarni geometrik figuralar shakllari bilan tanishtirish usullari.
5. Geometrik figuralarni har xil belgilar (alomatlar) bo‘yicha gruppalash.
Download 474,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish