Mavzu: guruhiy treningda o‘yinning vazifalari reja: O’ yin haqida nazariyalar



Download 24,04 Kb.
bet1/3
Sana20.07.2022
Hajmi24,04 Kb.
#830711
  1   2   3
Bog'liq
7-мавзу


  1. Mavzu: GURUHIY TRENINGDA O‘YINNING VAZIFALARI

Reja:
1.O’ yin haqida nazariyalar.
2.O’yinning belgilari.

  1. Guruhiy treningda o‘yinning vazifalari.

4.O’yinlar o‘tkazishda trenerga tavsiyalar.

  1. Rolli o‘yinlar va “Psixodramma”.

Tayanch iboralar: o‘yin usuli, rolli o'yinlar, o’yin nazariyalari, biologik o ‘yin, shaxsiy o 'yin, operatsional o 'yin, ro 'lli o 'yin, psixodramma.
1.O’yin haqida nazariyalar. O’yin bu -emotsional va muloqot ehtiyojlarini qondirish bilan birga, shaxsning ongli faoliyatini shakllantirishga, xususan, diqqatni jamlash, tafakkumi rivojlantirish, dunyoqarashni o’stirish kabi jarayonlar uchun katta ahamiyat kasb etadi. O’yin ishtirokchilarda umumiylik, mushtaraklik hissini, boshqalarga ishonchni, kirishimlilikni ham shakllantirib, shaxs sifatida kamol topishiga ta’sir etuvchi faoliyat usulidir. Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik ota - onalar bolalarining o’yin faoliyatlariga e’tiborsizlik bilan qarashadi. Vaholanki, shaxsni shaxs sifatida shakllanishining dastlabki kurtaklari aynan shu o’yin faoliyati orqali o’sib, sayqallanib boradi.
Psixologiyada o’yin usulidan nafaqat kichik yo’shdagi bolalarning muhim jihatlarini shakllantirishda, balki katta yoshdagi kishilarning uzoq davom etgan zo’riqtiruvchi mashg’ulotlar yoki noxush hayotiy vaziyatlardan so’ng o’zini tiklab oluvchi faoliyat turi sifatida psixologik treninglarda unumli foydalaniladi.
lmiy va ommabop adabiyotlarda “o’yin” tushunchasi keng ma’noda ishlatiladi. Masalan, “aktyorlar o’yini”, “bolalar o’yini”, “boshqaruv o’yinlari”, “shaxmat o’yini”, “strategik o’yinlar”, “xayol yoki fantaziya o’yinlari” va xokazo. Ko’pgina psixologik tadqiqotlar aynan bolalar o’yinlariga bag’ishlangan. Rus psixologi D.B.El’konin “Nima uchun bolalar o’ynaydilar?” degan savolga to’la qonli javob topish maqsadida o’zining ko’p yillik ilmiy izlanishlarini 1960 yili chop etilgan “O’yin psixologiyasi” (“Psixologiya igre”) nomli kitobida umumlashtirgan. Unda muallif o’yinlar genezisi - kelib chiqishi, uning mohiyati, bola taraqqiyoti va shaxs shakllanishidagi o’rni va ahamiyatini yoritishga harakat qilgan. “Bolalar, - deb yozilgan kitobda, o’yinda kattalarning ijtimoiy xulq-atvoriga taqlid qilish usuli bilan ular faoliyatini qaytaradilar” (“Psixologiya igre.”, 1978).
Ko’pchilik o’yin metodlarini o’ylab topganlaming vatani Amerika deb o’ylaydi. Lekin aslida uni birinchi marta amaliy faoliyatda ruslar - Rossiyada qo’llashgan. 1936 yilda hozirgi Sankt-Peterburg shaxridagi ishlab chiqarish Akademiyasi talabalari “Ishlab chiqarish dasturining keskin o’zgarishi munosabati bilan sanoatni qayta qurish” mavzusidagi o’yinni “Krasnoy tkach” nomli fabrikada dam olish kunlari o’tkazgan edilar. Uning natijalari keyinchalik ommaviy axborot vositalarida muhokama qilingan, lekin o’sha paytda fan mutassaddilari bu usulning mohiyatini to’la tushunib, uni qo’llab- quvvatlamagan edilar. Shuning uchun ham ilmiy adabiyotlarda “T-guruxlar” tajribasi ko’proq Amerikada tashkil etilganligi yoritilgan. Hozirgi kunga kelib, 200 dan ortiq operatsional o’yinlarning standart dasturlari bo’lib, ular o’quv, ilmiy - tadqiqot, xalq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladi.




Hozirgi davrda o‘yin psixoterapiyasida 3 xil yondashuv farqlanadi




























Psixoanalitik.




Gumanistik.




Qayta shakllantirish o‘yin terapiyasi.




Birinchi bolib o‘yin terapiyasi psixoanalitiklar ishlarida namoyon bolgan (M.Klayn, A.Freyd, G.Xag-Xelmut). Psixoanalitik amaliyotda o‘yin simvolik faoliyat sifatida ko‘rilib, o‘yinchoqlar yordamida bola kattalarning bosimidan va ta’qiqlaridan xalos boladi hamda ongsiz xatti-harakatlari orqali o‘z istaklarini ifodalaydi. 1982 yilda O’yin Terapiyasi Xalqaro Hamjamiyati tashkil qilinib, uning maqsadi butun dunyoda o‘yin terapiyasini qollovchi psixologlarni yig’ish edi.


Psixoanalitik yo‘nalishda psixoterapevt tarjimon sifatida namoyon boladi. U bolaning o‘yin jarayonidagi xatti-harakatlariga e’tibor berib, harakatlarning mazmunini aniqlashi kerak.
O’yinning gumanistik modeli K.Rodjers va V.Ekslayn tomonidan yaratilgan. Ularning fikricha, o‘yin terapiyasining maqsadi - bolaning shaxsiy o‘sishi va rivojlanishi uchun kattalar bilan munosabatini qayta tiklashdir. Bola hech qanday qo‘rquvsiz o‘z xohishlarini, istaklarini bayon qiladi.
Uchinchi yo‘nalish D.Levi tomonidan taklif qilingan bolib, qo‘rqinchli voqealarni boshdan kechirgan bolalarda o‘tkaziladi. Bunda psixoterapevt
maxsus o‘yinchoqlar yordamida bolani dahshatga solgan voqeani qayta tiklaydi. Endi bu “o‘yinning” tuzuvchisi bola bolganligi sababli, u o‘z xohishicha voqealar rivojini o‘zgartirishi mumkin.
2.O’yinning belgilari.Yuqorida ta’kidlanganidek, o’yinlar kategoriyasi nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatiga ham xos. Bolalar va kattalar o’yinlarida qator umumiyliklar mavjud bo’lib bularga:

  1. ikkalasida ham rollar improvizatsiya qilinadi, boshqacha qilib aytganda, xayotda bor bo’lgan u yoki bu harakatlar, xulq-atvor shakllari qaytariladi;

  2. o’yin faoliyatidagi vaziyatlar ikkala holda ham shartlidir;

v) o’yinda mehnat yoki boshqa turdagi ijtimoiy faoliyatning eng muhim tomonlari qayta tiklanadi;
g) tabiiylik xissiylik - emotsional jihatlarining borligi kattalar va bolalar o’yinlariga xos bo’lgan jihatlaridir.
Har qanday operatsional o’yinni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga amal qilish shart:

  1. Ish o’yinlari ijodiy, professional tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun tashkilotchi muammoli vaziyat echimining, uning ijtimoiy mohiyatini trening maqsadiga mosligini aniqlashi va xulosalarini ishlab chiqarishga joriy etishi kerak;

  2. Ishlab chiqarish jarayonlari va professional faoliyatni modellashtirish va uni real turmush vaziyatiga yaqinlashtirib, imitatsiya qilishga erihish zarur;

  3. Treningning tarbiyaviy jihatlarini sof o’yinning o’zidan yuqori qo’yish maqsadga muvofiq ekanligi;

4.O’yin qonun - qoidalari va normalarining barcha uchun tengligini doimo yodda tutish lozim;

  1. Maqsadga erihishning qator dialoglar va monologlar (ko’p qirrali) tizimiga bog’liqligi tamoyili.

Yuqorida qayd etilgan tamoyillarga bo’ysungan holda o’yinni tashkil etish mutaxassislarni o’qitish va ular professional sifatlarining takomillashuviga xizmat qiladi. Har bir ijtimoiy psixologik vaziyat bir necha marta qaytarib o’ynalgani uchun ham ishtirokchilarda bir vaqtning o’zida ham o’yinchi, ham kuzatuvchi bo’lish imkoniyatlari mavjud.
Ta’limiy o‘yinlar kichik guruhlarda quyidagi xilda otkaziladi:
O’yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar - “Ayiqlarga nima kerak?”, Jajji oyoqchalarimiz”, “Zumrad uchun ko‘ylaklar”.

Download 24,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish