Mavzu: Gulxaniy ijodi. Abdulla Avloniy ijodi



Download 127 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.05.2020
Hajmi127 Kb.
#57189
Bog'liq
7- amaliy mashgulot. Gulxaniy ijodi. AAvloniy ijodi. Dexkanova Sh 1bd4b155de05cbe74c5ee28561d9c22b



Dexkanova Shahnoza

7-amaliy mashg'ulot.

Mavzu: Gulxaniy ijodi. Abdulla Avloniy ijodi.

Reja.


1.Gulxaniyning qisqacha tarjimai holi

2. Zarbulmasal haqida

3. Abdulla Avloniy hayoti va ijodi.

4. Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati.

5. Abdulla Avloniyning tarbiyaga oid hikmatlarining bugungi kundagi ahamiyati.

O’zbek mumtoz shoiri, masalnavis Muhammadsharif Gulxaniy taxminan 18-asrning oxirida

Qo’qonda tavallud topgan. Hayoti va ijodi haqida “ Majmuai shoiron” (Fazliy Namangoniy),

“Tuhfat ul-axbob”

“ Sabot ul- bashar va tarixiy muhojiron” (Dilshod Otin) kabi asarlarda

ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning Ko’histon mulkidan ekanligini takinlasa,

Bozeh uni Namanganlik,deydi. Gulxaniy Namangan va Qo’qonda yashagan, oz vaqt

hammomda o’t yoquvchi – g’o’lax vazifasida ishlagan. Qo’qon xoni Amir Olimxon navkarlari

safida xizmatda bo’lgan. Mustaqil mutolaa yo’li bilan mumtoz adabiyotni o’rgangan. Olimxon

vafotidan so’ng taxtga o’tirgan Amir Umarxon Gulxaniyni

saroy shoirlari davrasiga jalb

etgan. Shoir xonni maqtagan, uning g’azallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan so’ng

vataniga qaytib, ko’proq oddiy insonlarga manzur bo’luvchi she’rlar yoza boshladi. O’tli hajvlar

yaratdi.


Gulxaniy o’zbek va tojik tillarda ijod qilgan. Bizgacha bir necha g’azali hajviyalari

hamda “Zarbulmasal” (Yapaloqqush) nasriy asari yetib kelgan g’azallarda lirik qahramonning

ruhiy kechinmalari bahor, real hayotiy manzaralar o’z ifodasini topgan. (Barmog’im, Ey to’ti,

Lola ko’ksidek bag’rim) “ Bideh” radifli g’azalida shoir navkarlik davridagi hayotini ta’svirladan.

Bu g’azalga chuqurroq nazar tashlansa,muallif katta ishtimoiy masala –o’z davrining harbiy

tartibi, rasm –rusumlari haqida fikr yuritganligini kuzatish mumkin. G’azalida lirik

qahromonning obrazi umumlashma obraz darajasiga ko’tarilgan. Gulxaniy o’zining zo’r

istedodi,tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xaqchil ijodkor sifatida ko’ringan.

Shoirning bizga ma’lum g’azallarining ayrimlari Amiriy sh’erlariga nazira tarzida yaratilgan

bo’lib, ular oddiy taqlidchilik doirasida qolmay,barkamol mustaqil badiiy asar darajasiga

ko`tarilgan. Gulxaniyning she’riy ijodi, garchand, hajman katta bo’lmasada, 19- asr o’zbek

milliy adaboyiti rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi.

1822-yilda Gulxaniy mashhur “Zarbulmasal” asarini yozadi.

Gulxaniyning

“Zarbulmasal”

asari


majoziy

timsollar

Yapaloqqush va Boyo`g`li



o`rtasidagi qudachilik mojarolari orqali turli toifadagi, har xil fe`l-atvordagi tabaqalar, kishilar

munosabatini,

mamlakatdagi

vayronagarchilikni

tasvirlaydi.

“Zarbulmasal”da qushlar

o`zaro masal, maqol, matal va hikmatli so`zlarni keltirish orqali mavjud haqiqatni ifodalaydi.

Mazkur asar 1980-yilda alohida kitob holida nashr etildi. “Zarbulmasal” xalq og`zaki ijodi

durdonalari-maqol, masal va

hikmatli so`zlar asosida yaratilgan. Asarning

maroqli

syujetini tashkil

etgan qoliplovchi hikoya xalq ertaklariga o`xshab ketadi. Undagi

Yapaloqqush hikoyasiga bir necha mustaqil syujetli masala qoliplash

yo`li bilan bog`lanib

keladi.


Gulxaniy Yapaloqqush bilan Boyo`g`lining bir-biriga quda

bo`lish voqeasini bayon

qilish orqali o`sha zamon uchun xarakterli voqea-hodisalarni va ularga o`z munosabatini aks

ettiradi. Yozuvchi asardagi Yapaloqqush, Boyo`g`li, Ko`rqkush, Hudhud, Kulonkir

sulton, Sho`ranul va Kordonlarning bir-biriga aytgan masalalari,

maqollari, hikoyalari orqali

asarning g`oyaviy mazmunini ochadi.



“Zarbulmasal” ning personajlari, asosan, qushlarning

kinoyaviy-allegorik obrazlaridan iboratdir.

O`z davr voqealarini majoziy usulda badiiy ioda etgan axloqiy-

pandnoma va tanqidiy-hajviy yo`nalishdagi “Zarbulmasal” asari

Gulxaniyga favqulodda shuhrat keltirdi. Unda ijtimoiy hayot

muammolari, turli toifadagi odamlar o`rtasidagi munosabatlar, xalq

turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so`z yuritiladi.

Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko`chirib

tasvirlansa, majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit

qabilida qushlar misolida o`z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toju taxt talashlari,

mamlakat urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo`lgan. Buxoro va Qo`qon

xonliklari

o`rtasidagi munosabat yomon bo`lib, ular o`zaro

urishib


yurganlari uchun ham asarda

Buxoro go`yoki vayronalarga boy muzofot singari tasvirlansa-da, Qo`qon ham undan obod

emas edi.

Adib aytmoqchi, xonning atrofini Boyo`g`li, Yapaloqqush,

Ko`rqush,

Kordon,


Kulonkir sulton kabi yomon odamlar o`rab olgan. “Holo, bu turg`onlaring navola do`stlari,

piyola hariflari, taom emakka hozir,

maslahatga

aqli qosir”. Bu ketishda

mamlakat

vayronaga, shoh uning

ustidagi Boyo`g`liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning

yirtqich va asosan, tunda ov qiladigan qushlarni o`z asariga qahramon qilib olishida nozik

ishora mavjud. Shuning

Ko`rqush tilidan

nasihat qiladi: “Ulug`ni borgohinda xiradmandi

donish va aqli xiradi

bohush har qancha ko`b bo`lsa ham, oz bo`lur. Xususan,

podshohi


odilg`a uch

toifadin


guzir yo`qdur: avval, odamni boamalki,

podshohning

oxiratlik

asbobini tarabdudida bo`lsa. Ikkinchi vaziri sohibi ra`ykim, podshohning dunyolik yarog`ini

tarabdudida bo`lsa.

Uchinchi, munshiyi rostnavis, qalamzanu nigohdoru shamshirzan

bo`lsa”. “Zarbulmasal” arabcha “zarb” va “masal” so`zlarining

qo`shilishidan hosil bo`lgan bo`lib, «masallar yig`indisi» ma`nosini

beradi. Masal so`zi o`tmishda biz hozir qo`llaydigan maqol

ma`nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so`zga maqol qo`shib gapirish,

o`xshashi va dalilini keltirish ma`nolarini ham anglatadi. Zarbulmasal

bo`lish – el og`ziga tushish, afsona bo`lish, mashhur bo`lish

ma`nolarida ham keladi. Ma`lum bo`ladiki, Gulxaniy o`z davri va

zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan.

Asar qahramonlari o`z nutqlarida vaziyatga mos ko`plab

maqollarni keltiradilar, to`g`rirog`i, maqollar yordamida gapiradilar.

Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masala va hikoyatlarni aytib

beradilar. “Zarbulmasal” da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan

ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq

hayoti, turmush tarzi, an`ana va marosimlari, og`zaki va yozma

adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi.

Abdulla Avloniy

Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir va pedagog Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda

Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan va eski maktabda ta’lim olgan. U tarjimai holida

bu haqda shunday yozgan: «12 yoshimdan O‘qchi mahallasidagi madrasada dars o‘qiy

boshladim. 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish

kunlari o‘qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o‘sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza

boshladim. Bu zamonlarda «Tarjumon» gazetasini o‘qib, zamondan xabardor bo‘ldim».

Avloniy madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug‘ullandi. O‘qish va o‘qitish usuliga isloh

kiritib, yangi tipdagi maktab tashkil etdi va yosh pedagog-o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar




berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirdi.

Abdulla Avloniy maktab o‘quvchilari uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912),

«Tarix», «Turkiy Guliston yoki axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo‘lgan darsliklarni

yozgan. 1895 yildan ijodiy faoliyati boshlangan Avloniy «Qobil», «Shuhrat», «Hijron»,

«Avloniy», «Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan she’r, hikoya, feleton va

kichik hajmli dramatik asarlar yaratgan. Shoir o‘z asarlarida zamonasidagi qoloqlikni,

johillikni tanqid qiladi va kishilarni bilimga, ma’rifatga chaqiradi.

Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq orasidan yetishib chiqqan noshir va jurnalist

sifatida Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U «Advokatlik

osonmi?», «Ikki muhabbat», «To‘y», «S’ezd», «Layli va Majnun», «O‘liklar» kabi dramatik

asarlarni yozib, ularda jaholat, bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo‘pol va yaramas urf-

odatlarni fosh etadi. Abdulla Avloniy shoir sifatida ko‘plab she’rlar bitgan. Uning she’rlari xoh

eski urf-odatlarga qarshi qaratilgan bo‘ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida

bo‘ladimi, hamma-hammasida inson, uning axloqiy go‘zalligi va ma’naviy boyligi kuylanadi.

Jumladan, «O‘z mamlakatimizda» she’rida maishat uchun pul-boylikni mo‘l-ko‘l isrof etgan,

ammo bola tarbiyasi uchun sariq chaqani ravo ko‘rmagan xasislarni «Ilm uchun pulni ko‘zlari

qiymas», deb qoralaydi. Ayniqsa, uning «Adabiyot» (1915) kitobi bu jihatdan alohida ajralib

turadi.


Avloniy 1913 yili «Turon» teatr truppasini tashkil etdi va shu teatr uchun original sahna

asarlarini yaratish bilan birga qardosh dramaturglarning pesalarini o‘zbek tiliga tarjima ham

qildi.

Abdulla Avloniy 20-yillarda o‘zbek xalqi maorifi va madaniyati taraqqiyotida ishtirok etibgina



qolmay, qo‘shni afg‘on xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotida ham muayyan rol o‘ynagan. U

ma’lum muddat Afg‘oniston xalq maorifi vaziri, so‘ng Sho‘rolar Ittifoqining Afg‘onistondagi

konsul-elchisi vazifalarida xizmat qilgan.

Avloniy umrining so‘nggi yillarida O‘rta Osiyo Kommunistik universitetida dars berish bilan

birga o‘zbek adabiyotidan qator darsliklarni yaratgan. U 1934 yil 24 avgustda 56 yoshida

vafot etgan.

Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib

bormoqda.

U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan

birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga

ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek,

Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini

keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini

ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.

Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon

xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat,

nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat,

jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.

Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari

o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu

turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy

mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.



Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida

maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga,

tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari

zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy

misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab

yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan

ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik,

CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya

bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.

Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-

fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar

shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va

“nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.

Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar

boshlang`iч maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda

Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa

Zokirxon Afzalov SHokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan.

Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning

qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.

Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning

hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi.

Nasiruddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo”

asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa, Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si

ikkinchi va Rizoud-din ibn Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga

oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy

ko`zlagan maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinf-danoq qisqacha bo`lsa-

da Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini

singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.

U o`zbek xalqi madaniyati, ma`rifati bilan bir qator-da qo`shni afg`on xalqi ijtimoiy-siyosiy

hayotidа ham 1919-1920 yillarda muhim rol’ o`ynagan. SHo`ro hukumatining Af-

g`onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.

Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi,

o`zbeк xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi. U

1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29

yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik

universiteti, O`rta Osiyo Qishloќ xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universi-tetida dars

beradi. Pedagogika fakul’tetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi.

U 1933 yilda o`zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi.

Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “SHuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “SHapaloq”,

“CHol”, “Ab”, “CHig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000

misradan ortiq she`r ijod qilgan.

Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga

“O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.



Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avlo-niy nomida bir qator maktablar bor.

O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning nomida mukofot ta`sis

etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituv-chilar malakasini oshirish markazi va

mahallalardan biri

uning nomida. Respublika o`qituvchilar malakasini oshirish markazida

Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan.

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat

masalasidir

Tarbiya-pedagogika, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir. Bolaning salomat va saodati

uchun yaxshi tarbiya, tanni pok tutmoq, yosh vaqtida maslakni tuzatmoq, yaxshi xulqlarni

o‘rgatmoq tabiblardek kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilg‘oni kabi

tarbiyachi bolaning vujudidagi jahl markaziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik”

degan davoni ustidan berib katta qilmog‘i lozimdir.

Tarbiyani

tug`ilgan

kundan


boshlamoq,

vujudimizni

quvvatlantirmoq,

axloqimizni

kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim

Tug`ib tashlash bilan bo`lmas bola, bo`lg`ay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa bo`lur ul

rahnamo sizga Temirchining bolasi tarbiyat topsa, bo`lur olim, Buzilsa xulqi, Luqmon o`g`li

bo`lsa, bo`lg`usi zolim.

Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir.

Эng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilar-dir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim

bo`lib amalsiz bo`lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta`sir ko`rsatadi.

Maktab misni tillo qilur, Maktab sizni mullo qilur

Bargi daraxton sabz dar nazari hushyor, Har varaqash tabiati ro`zg`or

Kerak tarbiyat yoshlikdan kerak, Ulug‘ bo‘lsa lozim kelur g‘am yemak.

Dangasalik har vaqt insonni xor qilur.

Olim kishilar har yerda a

G’azabning avvali jinnilik, oxiri nadomatdir.

Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlikdir.

Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining

vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir.

Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning

diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur.

Test savollari.

1.Gulxaniy qaysi asrlarda yashab ijod etgan?




a) XIXasr oxiri XX asr boshlarida

b)XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida*

c)XVII asrda

2. “Zarbulmasal” qanday yo‘sinda yozilgan?

a) hikoya ichida hikoya

b) hikoya ichida matal

c) masal ichida masal*

3.Odamning jansida yo'q qissasi

Qoldi aning dumchasining hissasi. Baytlari qaysi masaldan olingan?

a)Tuya bilan bo'taloq

b)Maymun bilan Najjor*

c) Toshbaqa bilan chayon

4.Gulxaniyning “Toshbaqa bilan Chayon” masali nima haqida?

a)Ahillik haqida

b)Hayotda hushyor bo‘lish kerakligi haqida

c). Do‘st tanlashda adashmaslik kerakligi haqida*

5. “Zarbulmasal”da “yomon otga yo‘l bitsa, yonida to‘siq boylamas, yomon yerga mol bitsa,

yoniga qushni qo‘ndirmas” maqolini qaysi qush tomonidan aytilgan?

a) Boyo‘g‘li

b) Yapaloqqush*

c) Turumtoy

6. Gulxaniy xon saroyida qanday martabada faoliyat ko‘rsatgan?

a) miroblik

b) hattotlik

c)sipohiylik*

7. Qaysi asarda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta- kichik masal va

hikoyatdan iborat asar berilgan qatorni aniqlang.

a) “Hapalak”

b) “Zarbulmasal”, “Silsilat uz- zahab”

c) “Yapaloqqush hikoyasi”*

8. “Zarbulmasal”dagi badiiy obrazlar necha qismga bo‘lingan?

a) 4*


b) 5

c) 3


9. Gulxaniydan bizgacha yetib kelgan ilmiy meros qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

a) qasida, doston, “Zarbulmasal”

b) ruboiy, qasida, “Zarbulmasal”

c) 12 ta g‘azal, qasida, “Zarbulmasal”*

10. Gulxaniy qaysi tillarda ijod qilgan?

a) arab, fors- tojik

b) fors- tojik, o‘zbek*



c) arab, o‘zbek

Blits savollar:

1.Gulxaniyning toliq ismi sharifi nima?

J. Muhammad Sharif

2. Navkarning ochlikdan o'z xo'jayinidan non sorashi qalb a'lamlari bitilgan gazali qaysi?

J: Ber menga

3.Gulxaniy kimning saroyida bir necha yil qahramonlik ko'rsatgan?

J:Qo'qon xoni Olimxon saroyida

4.Gulxaniyning "Zarbulmasal" asaridaqaysi qushlarning bir-biri bilan quda bolishi yoziladi?

J: Yapaloqqush va Boyo'g'li

5. Yapaloqqush va Boyo'g'li obrazi misolida qanday odamlarni tasvirlaydi?

J:Yuqori tabaqa vakillari bo'lib, yolg'onchi, ochko'z va qonxo'r bor'i, aldamchi va shayton

tulkilarga o'xshash.

6.Qo'lidan kelmagan ishga aralashmaslik, ko'r ko'rona birovga taqlid qilmaslik haqidagi

masali qaysi?

J:Maymun bilan Najjor

7.Ona

sutiga


ham

to’yolmay,

og’ir

mashaqqatli



hayot

kechirgan,

och-

yalang’ochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsoli qaysi masal



orqali yoritilgan?

J: Tuya bilan bo'taloq

8. Bir- biriga zid va qarama-qarshi ikki timsol berilgan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan

obraz qaysi masalda berilgan?

J:Toshbaqa va chayon

9.Gulxaniy taxallusining ma'nosi bu-

J: Jo'shqin, Olov qalbli

10."Zarbulmasal" asari kimning topshirigi bilan yozilgan?



J: Umarxonning.

Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish