Mavzu: Gulning tuzilishi va Turlari. Changlanish xillari
GULNING TUZILISHI VA UNING QISMLARI.
Gul aslida shakli o‘zgargan novda bo‘lib, uning qismlari bajaradigan vazifasiga ko‘ra metamorfozga uchragan. To‘liq gul quyidagi qismlardan: gulbandi, gulo‘rni, gul-qo‘rg‘on, gultoji, changchi va mevachidan iborat. Gulbandi gulni novdaga biriktirib turadi. Gulbandining yuqori qismi kengaygan bo‘lib, u gulo‘rni deb yuritiladi. Gulning qolgan barcha qismlari ana shu gulo‘rniga birikkan bo‘ladi. Gulkosa gulning tashqi qismi. U ko‘k rangdagi bargchalardan iborat bo‘lib, ular gulkosachabarglar deb yuritiladi. Ularning soni turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Masalan, krestguldoshlarda 4 ta, ra’noguldosh-larda 5 tadan bo‘ladi. Gulkosachabarglar alohida yoki qo‘shilib o‘sgan bo‘ladi. Asosiy vazifasi gulning ichki nozik qismlarini himoya qilishdan iborat.
Gulkosa shakliga ko‘ra trubka va qo‘ng‘iroqsimon bo‘ladi. Gultoji singari u ham aktinomorf va zigomorf bo‘lishi mumkin. Kosacha odatda gul ochilgach tushib ketadi (qizg‘aldoqlarda). Lekin boshqa o‘simliklarda, xususan, labguldoshlarda u saqlanib qoladi.
Ba’zi o‘simliklarda kosachabarglar yorqin rangda bo‘ladi. Masalan, akantolimonda u oqish, Turkmaniston tog‘larida o‘suvchi labguldoshlar vakili Hymenocrafer da qizil rangda bo‘ladi.
Gulkosa aslida uchki barglardan kelib chiqqan. Buni uning anatomik, morfologik tuzilishi va barg bilan bog‘langanligi isbotlaydi.
Gultoji odatda chiroyli ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi. U to‘g‘ri, ya’ni aktinomorf va noto‘g‘ri ya’ni zigomorf bo‘ladi. Aktinomorf gullarda tojbarglarning o‘lchami va shakli bir xil, simmetrik joylashgan bo‘ladi (masalan, nargiz). Zigomorf gullarda esa toj barglarning shakli va o‘lchami har xil, simmetrik joylashmaganligi uchun undan faqat bitta tekislik o‘tkazish mumkin (masalan, gorox). SHuningdek assimetrik gultoji ham bo‘lib, undan bironta ham tekislik o‘tkazib bo‘lmaydi. Gultojining rangi undagi pigmentlarga bog‘liq. Oq rangli gultojibarglarda esa pigmentlar bo‘lmaydi. Bu ranglar hasharotlarni jalb qilish uchun xizmat qiladi. Gultojining asosiy vazifasi esa changchi va urug‘chilarni himoyalashdan iborat. Gultoji va gulkosa birgalikda gulqo‘rg‘on deb yuritiladi (17-rasm).
Aynan gultoji gulning qiyofasini belgilaydi. O‘lchami, shakli va rangining turli - tumanligi bilan gulning boshqa qismlaridan ajralib turadi. Gultojilar qo‘shilib o‘sgan yoki ayri o‘sgan bo‘ladi. Ayri o‘sganda ular alohida gultojidan iborat bo‘ladi. Qo‘shilib o‘sganda esa pastki qismi trubkadan iborat, tepa qismi ajralgan, odatda tishchali yoki bo‘lingan bo‘ladi. Trubkaning uzunligi changlanish jarayoni bilan bog‘liq.
Gulning simmetriyasini aynan gultoji belgi-laydi. Aktinomorf gultojlar odatda nisbatan primitiv oilalar – ayiqtovondoshlar, ra’noguldoshlar, chinnigul-doshlar, loladoshlarda uchraydi. Lekin soyabonguldoshlar, sho‘radoshlar, ba’zan qoqidoshlar singari taraqqiy etgan oilalarda uchraydi. Bu hodisa hasharotlar
bilan changla-nish jarayonida tanlab changlanish oqibatida yuzaga kelgan. Ayiqtovondoshlardan akonit va delfiniumda zigomorf gullar hosil bo‘layotganligini eslatish kifoya.
Assimmetrik gultoji ham bo‘ladi, lekin ular o‘simliklar olamida juda kam uchraydi (kann o‘simligida).
Gultoji aftidan changchidan kelib chiqqan. Buni nilufar o‘simligidagi gultoji va changchilar o‘rtasida gultojisifat oraliq organning mavjudligi isbotlaydi. Gultoji tomondagi changchilar ham ichkaridagilardan kichik.
Gultojining changchilardan kelib chiqqanligini anatomik tadqiqotlar ham tasdiqlaydi.
Gul a’zolaridan tashqari gulda nektardonlar ham mavjud. Nektardonlar ko‘pincha disk shaklida bo‘ladi va tugunchaning asosida joylashadi. SHu shakldagi nektarnik-lar normushkdoshlar, zarangdoshlar, toshbaqatoldoshlar, uzumdoshlar va yalpizdoshlarga xos.
Ziradoshlarda nektar beruvchi disk tugunchaning ustida, ochiq holda joylashgan. SHu sababli bu o‘simlik-larni changlatishga moslashmagan oddiy changlatuvchilar, asosan pashsha va qo‘ng‘izlar changlatadi.
Nektarda turli xil qand (25-75%) va kam miqdorda boshqa organik va noorganik birikmalar bo‘ladi. Guldagi nektarning miqdorini quyidagi raqam-lardan ko‘rish mumkin. 1 g asal yig‘ish uchun ari oq akatsiya-ning 1500 ta guliga yoki 1 kg asal yig‘ish uchun taxminan sebarganing 6 mln ta guliga qo‘nishi kerak.
Gulning asosiy qismi changchi va urug‘chilar hisoblanadi. Alohida olingan changchi, uni mikrospo-rofill deb yuritiladi, odatda changchi ipi va changdondan iborat. CHangdonning o‘rtasidan bog‘lagich o‘tgan, qaysikim aslida changchi ipining davomi hisoblanadi. Bog‘lagich changdonni ikkiga bo‘lib turadi. Har qaysi bo‘lakni ham o‘rtasidan to‘siq o‘tgan. SHunday qilib, har qaysi changdon 4 ta chang uyasidan iborat. CHangchilar gulda 1 tadan bir nechta, hatto o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Uning soni bir turga mansub o‘simliklarda odatda bir xil, shu sababli bu asosiy sistematik belgilardan biri hisoblanadi. Masalan, tolda 2 ta, g‘allalarda, gulsafsardoshlarda ular-ning soni 3 ta, qoqidoshlarda 5 ta, loladoshlarda 6 ta, dukkaklilarda 10 ta va hokazo. Guldagi changchilar to‘plami esa androtsey deyiladi.
Odatda bir turkumdagi o‘simliklarda changchilar-ni soni bir xil bo‘ladi. Ba’zan bitta o‘simlikdagi changchi ipining uzunligi har xil bo‘ladi. Masalan, karamdosh-larda 2 ta qisqa va 2 ta uzun ipli changchilari bor. Bir qancha oilalardagi o‘simliklarning changchilari qo‘shilib o‘sgan. Meliya daraxtining 10 ta changchisi qo‘shilib nay hosil qilib o‘sgan. Dukkaklilarda esa 9 ta changchi qo‘shi-lib, 1 tasi esa ayri o‘sadi. Androtseyning xilma-xilligi K.Linneyga o‘simliklar sistematikasini yaratishga asos bo‘lgan.
CHang iplari ba’zan juda uzun bo‘ladi va gulqo‘rg‘ondan tashqariga chiqib ochilib turadi (sezal-piniyada), ba’zan esa juda qisqa bo‘ladi (kartoshkada).
CHangdonda chang etiladi. CHanglarning o‘lchami kichik, odatda 5-150 mkm ga teng bo‘ladi. SHakli esa shar va oval shaklda, tarkibi ko‘plab oziq moddalar: qand, yog‘, mineral tuzlar, oqsil va vitaminlarga boy.
Gulda bitta yoki bir nechta urug‘chi bo‘lishi mumkin. Guldagi urug‘chilar to‘plamini ginetsey deb yuritiladi. Urug‘chi urug‘langandan so‘ng meva hosil bo‘ladi, shu sababli uni ba’zan mevachi ham deb yuritiladi. Urug‘chi odatda 3 qismdan: tuguncha, ustuncha va og‘izchadan iborat. Og‘izcha turli tuzilishga ega, lekin ularning hammasi changni yaxshi ushlab qolishga moslashgan. Ustuncha qabul qilingan changni tugunchaga o‘tkazish vazifasini baja-radi. Tuguncha ichida urug‘murtak joylashib, urug‘lanish jarayonidan keyin unda
urug‘ etiladi. Tugunchadan meva, tuguncha devoridan esa meva qati hosil bo‘ladi.
Ustuncha odatda og‘izchani tepaga ko‘tarib yaxshi changlanishga imkoniyat yaratadi. Urug‘chi morfologik jihatdan juda xilma-xil. Uning tuzilishi turning taraqqiyot darajasi, sistematikasi va moslashuvini ko‘rsatadi. Ko‘pchilik primitiv o‘simliklarda (ayiqtovon-doshlar, magnoliyadoshlar, lolaqizg‘aldoq va boshq.), shuningdek shamol yordamida changlanuvchi (masalan, g‘alladoshlar)da ustuncha taraqqiy etmagan. Boshqa guruh (masalan, loladoshlarda) va shamol bilan changlanuvchi o‘simliklarda aksincha ustuncha juda uzun (18- rasm).
Urug‘chi bargdan kelib chiqqan. Buni birinchi bo‘lib Gyote aytgan edi. Lekin keyingi tadqiqotlar buni rad etadi. Ayni paytda urug‘chi qadimgi ochiq urug‘lilar-ning megasporofillidan kelib chiqqan, deb hisoblanadi.
Agarda gulda ham androtsey, ham ginetsey bo‘lsa, u ikki jinsli gul deyiladi. Bir jinsli gullarda faqat androtsey yoki ginetsey bo‘ladi. Faqat androtseyi bo‘lgan gullar bir jinsli erkak gul, faqat ginetseyi bo‘lgan gullar esa bir jinsli urg‘ochi gul deyiladi.
Erkak va urg‘ochi gullar bitta o‘simlikning o‘zida joylashgan bo‘lsa, bular bir uyli o‘simlik deyiladi. Masalan, yong‘oqning yosh novdalari uchida urg‘ochi gullar, ikki yillik novdalarida kuchala to‘pgulda esa erkak gullari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |