Shumg‘iya (Orobanche). Shumg‘iya-shumg‘iyadoshlar oilasiga (Orobanchaceae) mansub bo‘lib, ildizda parazitlik qiluvchi gulli o‘simliklarga kiradi. U etli, sarg‘ish ostki qismi yo‘g‘on poyaga ega bo‘lib, barglari deyarli yo‘qolib qipiqsimon tusni olgan. Shumg‘iyani ildizi yo‘q, gullari-boshoq. Bu boshoqlarda juda ko‘p, mayda bir necha yillar davomida tuproqda o‘z unuvchanligini yo‘qotmaydigan urug‘lar yetiladi. Shumg‘iya bir yillik o‘simlikdir.
Xo‘jayin o‘simlikning ildizidan ajratilgan moddalar ta’sirida shumg‘iya urug‘i unib chiqib o‘simlikni ildiziga yopishib rivojlana boshlaydi. Ildizga yopishgan shumg‘iyadan yumaloq kurtak hosil bo‘ladi. Undan esa ildiz ichiga o‘sib kirgan so‘rg‘ichlar yuzaga keladi, so‘ngra o‘simlikning poyasi rivojlanadi. Shumg‘iyani quyidagi turlarining zarari kattadir, shulardan kungaboqar shumg‘iyasi (Orobanche cunana) shoxlangan shumg‘iya (Orobanche ramosa), misr shumg‘iyasi (Orobanche aeqipthica), sariq shumg‘iya (Orobanche lutea). Shumg‘iya o‘zaro morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qilmasdan, balki ma’lum o‘simlikka moslanganligi bilan xam farqlanadi.
Zarpechak (Suscuta). Zarpechak o‘simlik poyasida parazitlik qiluvchi gulli o‘simlikdir. U xlorofilsiz bo‘lib, ildizi xam, bargi xam yo‘q. Zarpechak ingichka, ayrim hollarda shoxlangan poyasi bilan xo‘jayin o‘simlik bandiga yopishib, so‘rg‘ichlari yordamida undan o‘ziga keraklibo‘lgan suv, mineral va organik moddalarni oladi. Zarpechak juda ko‘p miqdorda urug‘ hosil qiladi. Bu urug‘ tuproqda ko‘pincha xo‘jayin-o‘simlikning urug‘i bilan saqlanadi. Zarpechak urug‘i
ko‘sakchalarda hosil bo‘ladi. Bu urug‘lar madaniy o‘simliklar urug‘i bilan,
chirimagan go‘ng va bir qator boshqa yo‘llar orqali tarqalishi mumkin. Zarpechak faqat urug‘i yordamida emas, balki poyasini ayrim bo‘laklari orqali xam tarqaladi.
Zarpechakning keng tarqalgan va zararli turlari quyidagilardir: yevropa zarpechagi (Cuscuta europaea), zig‘ir zarpechagi (Suscuta), dala zarpechagi (Suscuta arbensis), ingichka poyali zarpechak (Suscuta apporoximata).
Mashg‘ulot davomida gulli yarim parazitlarning asosiy vakillari bilan tanishib, ularni ko‘rinishini bayon qilish kerak, Shumg‘iya va zarpechakni asosiy turlari bilan tanishib, ulariing morfologik belgilariga e’tibor berish zarur. Mikroskop ostida shumg‘iya va zarpechakning urug‘ini tuzilishini kuzatib, ularning o‘lchamini olish kerak. Tanishib chiqilgan gulli-parazit o‘simliklarning rasmlari chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |