Mavzu: Gulli o’simliklarning xilma – xilligi. Reja: Gulli o’simliklarning umumiy tasnifi



Download 29,36 Kb.
bet1/2
Sana07.07.2022
Hajmi29,36 Kb.
#752904
  1   2
Bog'liq
Gulli o’simliklarning xilma – xilligi


Mavzu: Gulli o’simliklarning xilma – xilligi.
REJA:
1. Gulli o’simliklarning umumiy tasnifi.
2. Gulli o’simliklarning kelib chiqishi.
3. Gulli o’simliklarning klassifikatsiyasi.
4. Gulli o’simliklarning xilma-xilligi
5. Xulosa
6. Adabiyotlar ro’yxati

Gullari turlicha shakl va rangli gul- qo‘rg‘onga (gulkosa, gultoj) hamda uning ichida joylashgan changchi va urug‘chiga ega bo‘lgan, urug‘tangandan so‘ng meva hosil qiladigan o‘simliklar gulli o‘simliklar deyiladi.


Yer yuzidagi gulli o‘simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250 mingdan ortiq turni o‘z ichiga olishi aniqlangan. Bu o‘simliklarning har biri o‘ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.
Gulli o‘simliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab meva tugadi. Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘- lardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu ularning o‘ziga xos belgilari hisoblanadi.
O‘simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iq- lim sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. Ularning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox- shabbasi, umrboqiyligi, ayrim mayda jonzotlar bilan oziq- lanishi, kelgusi naslni o‘z bag‘rida voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo‘llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha asrlardan beri odamlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Har bir o‘simlik turining o‘ziga xos ajoyib xossalari bor. O‘simliklarning xilma-xilt igini aks ettiruvchi misollar juda ko‘p. Bularga Seyshel orolidagi o‘n yillar mobaynida pishib yetiladigan, og‘irligi 25 kg ga yetadigan seyshel palmasi yong‘oqlari, tanasida 200 l gacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko‘radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo‘ladi. Bunday ajoyibotlar o‘lkamizdagi o‘simliklar orasida ham ko‘plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, barglari arang ko‘rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo‘lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilu- far, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko‘rki bo‘lgan qizil lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), noyob mevali o‘simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatda ko‘p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir va boshqalar o‘simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir.
Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosacha- barglar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ulardan so‘ng rangli gultoj- barglar joylashadi. Gulning o‘rta qismida changchilar, mar- kazida esa urug‘chi joylashadi.
Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoit- ning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ular million yillar mobaynida o‘zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan. Sharoit o‘zgarishi bilan o‘simliklarda yangi muhitga xos belgilar paydo bo‘lgan va bu belgilar vaqt o‘tishi bilan sekin-asta mustahkamlangan (irsiylashgan).
Natijada maxsus sharoit- larga moslashgan yangi o‘simliklar (turlar, turkumlar, oilalar) paydo bo‘lgan. Yangi sharoitga moslasha olmagan o‘simliklar yo‘qolib ketgan.Bundan 140 million yillar ilgari urug‘li qirqquloqlarning shu davrgacha saqlanib kelgan vakillaridan gulli o‘simliklar paydo bo‘lgan.
Gulli o'simliklar bo'limi turlarga eng boy bo'limlardan biridir. O'simliklar dunyosida gulli o'simliklar muhim o'rin egallaydi. Hozirgi vaqtda gulli o'simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250000 ga yaqin to'rni o'z ichiga oladi. Demak barcha tuban va sporali yuksak o'simliklarni birga qo'shib xisoblaganda ham, gulli o'simliklar ustunlik qiladi. Gulli o'simliklar Yer sharining deyarli barcha zonalarida uchraydi va o'simliklar qoplamida muhim rol o'ynaydi.
Gulli (yopik urug'li) o'simliklar boshqa o'simliklarga nisbatan tashqi sharoitga yaxshirok moslashgan, chunki ularda reproduktiv va vegetativ organlar takomillashgan bo'lib, urug' ko'rtaklari mevachi barglar bilan qoplangan. Yopik urug'li o'simliklar urug'i tashqi tomonidan meva bilan uralib turganligi uchun noqo'lay sharoitdan (kurib kolishdan, xarorat ta'siridan va xayvonlardan) ximoya qilinadi.
Eng qadimgi gulli o'simliklar xasharotlar va shamol vositasi bilan changlangan. Gulli o'simliklar hayotida tuguncha ham katta rol o'ynaydi. Tuguncha bu mevachi barglarning qo'shilib o'sishi natijasida vujudga kelib, undan meva xosi bo'ladi. Gulli o'simliklar o'ziga kerakli ozukani vegetativ organlardan qabul qiladi. Yopik urug'li o'simliklarda gametofit juda qisqarib ketgan, anteridiylar yo'qolib ketib, spermalar vujudga kelgan. Yopik urug'li o'simliklar uchun xos yana bir muhim belgi shundan iboratki, ularda qo'sh urug'lanish mavjud. qo'sh urug'lanish natijasida deyarli bir vaqtda yani murtak (embrionO bilan endosperm vujudga keladi.
Gulli o'simliklarning kelib chiqishi haqida hozirgacha yagona bir fikr yuk. Shu bone, gulli o'simliklar kachon va qayerda paydo bo'lgan va eng kadimiy gulli o'simliklarning dastlabki vakillari qaysi o'simliklar degan savollar paydo bo'ladi. Ilmiy manbalarda ta'kidlanishicha gulli o'simliklar bur davrida paydo bo'lgan deb karalmokda. Bu fikrni tasdiklovchi bir qator dalillar mavjud. Demak gulli o'simliklar taxminan bundan 120 mln. yil oldin paydo bo'lgan. Ayrim olimlar gulli o'simliklar mezozoy erasining trias davrida xattoki, poleozoy erasining perm davrida paydo bo'lgan deb xisoblaydilar.
Gulli o'simliklarning kelib chiqishida ikki xil fikr mavjud.
Monofilitik yo'l bilan gulli o'simliklar bitta qadimgi ajdoddan kelib chiqkan deyiladi. (Akad.A.L.Taxtadjyan).
Polifilitik yo'l bilan esa gulli o'simliklar bitta o'simlikdan emas balki, bir nechta kadimiy turlardan kelib chiqqan.
Ingliz botanigi R.Melvilla fikrcha gulli o'simliklar devon davrida riniofitlardan kelib chiqkan. Bu jarayon urug'li paporoniklargacha davom etib, permning oxiri va triasning boshlarigacha davom etgan. Unga Gondvan xududidagi Afrika, Antarktida, Janubiy Amerika va Avstraliya materiklari kirgan. Mashxur rus botanigi akademik A.L.Taxtadjyan dastlab gulli o'simliklar Janubiy Sharkiy Osiyoda paydo blgan deb karaydi, chunki eng kadimiy oddiy to'zilishga ega bo'lgan gulli o'simliklar shu rigionda uchraydi. Amerikalik olim D.J.Stebbins fikricha dastlabki gulli o'simliklar tez o'sadigan quruqlik xududlarda o'sishga mosashgan ikki urug' pallalilarni o'z ichiga olgan. Bir urug' pallalilar esa suv xavzalarida va soy buylarida o'sgan. Gulli o'simliklar ko'pchilik olimlarning fikriga Karaganda eng sodda to'zilishiga ega bo'lgan butasimon ochiq urug'li o'simliklardan kelib chiqkan. Gulli o'simliklarning qoldiqlari bur davridagi yotkiziklardan topilgan. Lyokin Paleozoy va mezozoy erasida o'sgan ochiq urug'lilarning ayrim belgilari gulli o'simliklarnikiga o’xshash bo'lgan. Buni usha davrga xos bo'lgan qazilma holda topilgan materiallar tasdiklamokda. Dastlabki gulli o'simliklarda chang donasi bir poradan (teshikcha) iborat bo'lib, xuddi qirqqo'loq (paporotnik) larning sporasiga va urug'li o'simliklarning changiga uxshash bo'lgan.
Dastlabki gulli o'simliklarda, ya'ni hamma bir urug'pallali va premitiv (sodda) to'zilishga ega bo'lgan ikki urug'pallali o'simliklarning changchilari uxshash bo'lgan. Bundan 120 mln.yil oldin o'sgan gulli o'simliklarda chang 3 porali, ya'ni ikki urug' pallalilarga uxshash bo'lgan. Bundan taxminan 80-90 mln. yil oldin o'sgan yopik urug'li o'simliklar Yer yuzida xukmronlik kilgan.
Gulli o'simliklarning kadimiy vakillarini topish uchun qazilma holda topilgan urug'li o'simliklar asos qilib olingan. Shuningdek, ularning bir-biri bilan bog'liqligi urganila boshlandi. Bu esa ularning filogeniyasini yanada yaxshirok urganish imkonini berdi.Ta'kidlash joizki, ayniqsa, qirqqo'loqlar (paporotniklar), sagovniklar va qarag'aylarda gulli o'simliklarga xos ba'zi bir belgilarni ko'rish mumkin. Gulli o'simliklarning filogeniyasini urganishda urug'li qirqqo'loqlar, bennetgitlar va boshqa igna bargli o'simliklarning roli ham katta. Sagovniklar bilan qarag'aylarda yog'ochlik ksilema, traxeid shaklida, ikkilamchi yug'onlashishga ega va urug'lari orqali ko'payadi. Demak, yog'ochlik esa 350 mln. yil oldin vujudga kelgan.
Qirqqo'loq (paparotniklar) da faqat traxeidlar mavjud bo'lib, yog'ochlik va smola yukllari esa atigi 50 mln yil oldin vujudga kelgan. Hu sababdan bo'lsa kerak, traxeidlarga yog'ochlik va smola yo'llarning gomologi deb karaladi.
Sagovniklar bilan qarag'aylarning qubbalari tashqi ko'rinishidan uxshash bo'lsada, kelib chiqish jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan: sagovniklarning qubbasi shakli uzgargan barg bo'lsa, qarag'aylarning qubbasi juda murakkab to'zilishga ega. Shu sababdan bo'larni analogii organlar deb atash mumkin.
1859 yilda CH.Darvinning «Tabiiy tanlanish yo'li bilan turlarning paydo bulishi» nomli asari vujudga kelishi bilan, olimlar evolyusion tizim (sistema) to'zishga bel bogladilar. Bu borada yirik nemis botanigi A.Engler katta ish qiladi. Engler morfologik belgilar evolyusiyasiga aloxida e'tibor beradi. Uning fikricha eng sodda (primativ) gul, gulqurg'onisiz va bir jinsli bo'lgan.
1875 yili nemis botanigi A.Braun primetiv belgiga ega bo'lgan o'simlikning guli gulqurg'onli, yirik va ikki jinsli bo'lgan deydi. Bunta misol qilib magnoliyalarni keltiradi. Ikki jinsli gullardan ayrim jinsli gullar paydo bo'lgan deb xisoblaydi. Bu fikrni ko'pchilik olimlar qo'llab-quvvatlaydi. Nemis botanigi X.Gallir (1912) va Amerikalik CH.Bessi (1915) Ayiqtovonnamolarni kadimiy o'simlik deb karaydilar. Gallir va Bessi tizimi (sistemalari) asosida yirik ingliz olimi D.J.Xatchinson (1926«4936) o'z tizimi (sistemasi) ni yaratadi.
Akademik A.L,Taxtadjyan ham shu fikr asosida o'z sistemasini tuzadi. Lyokin ayrim botanirlar masalan, R.Dalo'ren gulli o'simliklar qandaydir yuk bo'lib ketgan yana ham soddarok o'simliklardan kelib chiqkan, magnoliyalar esa ulardan keyin paydo bo'lgan, deb tushuntiradi. Lyokin hozirgacha gulli o'simliklarning kelib chiqishi masalasi o'zil-kesil xal qilinmagan. Shu sababdan gulli o'simliklar haqida to'zilgan tizimlar (sistema) 20 ta dan ortib ketdi.
Gulli o'simliklarning kelib chiqishi to'g'risida asosan 3 ta nazariya mavjud.
1. Psevdant (soxta) gul nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari
R. Vettshteyn va A.Karstenlarning (1900) fikricha, eng kadimiy sodda to'zilishga ega bo'lgan, o'simliklarning gullari bir jinsli, gul kurgoni ddiy yoki gul kurgonsiz bo'lgan. Ular shamol vositasida changlangan. Bunday o'simliklarga misol qilib, qizilcha (efedra) va kazuarinlarni keltirishadi.
Ikkinchi-strobilyar nazariya 1905 yilda yaratilgan. Ochiq urug'lilarning vakili bennettitlarning qoldiqlari topilgandan keyin bu nazariya paydo bo'lgan. Unga ko'ra bennettitlarning strobillaridan gul paydo bo'lgan degan xulosaga kelingan. Bu nazariya bo'yicha, strobillardan xosil bo'lgan gul ikki jinsli, gulqurg'onli bo'lib, xasharotar vositasida changlangan.
Unga misol kiib, magnoliyalarni olish mumkin. Nemis botanigi X.Gallir (1912), ingliz olimlari, A.Arber, D.Parkinlar (1905) strobillar yoki chingul nazariyasining asoschilari hisoblanadi.
Tellom nazariyasining asoschisi nemis olimi V.Simmerman (1959) eng kadimiy gulli o'simliklar psilofitlarning tellomidan kelib chiqkan deydi.
1. Ikki urug'pallalilar 429 oila, 10000 turkum, 190000 to'rni o'z ichiga oladi va ular 8 ta sinf (ajdod) chaga bo'lib urganiladi. Masalan:
Magnoliyakabilar sinfchasi.Ayiqtovonkabilar sinfchasi.Chinnigulkabilar sinfchasi.Temirdaraxtkabilar sinfchasi.Dillenilkabilar sinfchasi.Ra'nokabilar sinfchasi.Yalpizkabilar sinfchasi.qoqiutkabilar sinfchasi
II. Vir urug' pallali o'simliklar sinfi 65 oila, 3000 turkum, 60000 turdan iborat bo'lib o'z navbatida 4 ta sinfchaga bo'linadi. Masalan;
Buldurukutkabilar.Lolakabilar.Palmakabilar.Triuridkabilar.
Gulli o'simliklarning asosiy evolyusion yo'nalishlari qo'yidagicha sodir bo'lgan.
Daraxtlar-butalar-ko'p yillik o'tlar-bir yillik o'tlar. O'tlar ikkilamchi yog'ochlanuvchi o'simliklar.
Tik o'suvchi poyali o'simliklar - yotib, ilashib va chirmashib o'suvchi o'simliklar.
Doim yashil o'simliklar - barglarini to'kuvchi o'simliklar.
Doyra shaklida joylashgan utkazuvchi naylar-tarkok joylashgan naylar.
Tursimon tomirlangan barglar - parallel tomirlangan barglar.
Oddiy, butun barglar-oddiy, bo'lingan barglar-murakkab barglar. Murakkab barglar - ikkilamchi oddiy barglar.
Ketma-ket joylashgan barglar - qarama-qarshi joylashgan burglar.
Tug'ri (aktinomorf gullar-qiyshik (zigomorf)) gullar.
Oddiy, yakka gullar-to'pgullar (Ko'p gullar).
Gul bulaklari noanik (ko'p) gullar-gul bo'lagi kam va aniq sonli gul.
Qush gulqurg'onli gullar-oddiy gulqurg'onli yoki gulqurg'onsiz gullar.
Gul bulaklari birlashmagan (erkin) - gul bulaklari qo'shilgan (birlashgan).
Xasharotlar bilan changlanish-shamol yordamida changlanish.
Ikki urug'palali urug'-bir urug'pallali urug'.
Apokarp (tutashmagan) meva-senokarp (tutashgan) meva.
Ko'p sonli changchilar-kam sonli changchilar.
Ikki jinsli gul-bir jinsli gul.
Ko'p urug' kurtak-bir urug' kurtak.
Ko'p yillik o'simliklar-bir yillik o'simliklar.
Ikki urug' pallali va bir urug' pallalilarning asosiy farqli belgilari quyidagicha.
Murtagi 2 urug’i pallali urug’pallali.Barglari oddiy va murakkab, aniq oddiy .Bargli oddiy, bandsiz. Ajratilgan.Barg yaprog’i to’rsimon yoki panjasimon tomirli.Barg yaprog’i parallel yoki yoysimon tomirli.Poyalari kambiy xisobiga ikkilamchi nishga ega.Poyabarglari o’tkazuvchi sistema silindr shak sistema poyada tarqoq joylashgan. Po’stloq va o’zak aniq shakllanmagan.Po’stloq va o’zak shakllanmagan.Yosh ildizcha asosiy (o’q) ildizga aylanib, o’raydi, uning o’rnida kukndan yon ildizlar xosil bo’ladi.Yosh ildizcha erta quriydi uning o’rnida qo’shimcha ildiz xosil bo’ladi.
Guli ko’pincha 5, ba’zan 4 a’zoli.Guli asosan 3 a’zoli.Daraxt, buta yarimbuta va o’t o’simlik ba’zan ikkilamchi yog’ochlanuvchi daraxtsimon o’simlik.Ko’pincha o’tsimon.Chang donachalarining qobig’i asosan donachalarining 3 jo’yakli.Chang qobig’i asosan 1 jo’yakli. O'simliklar dunyosida gulli o'simliklar aloxida o'rin egallaydi. Ular butun o'simliklar dunyosining yarmidan ko'progini o'z ichiga oladi. Gulli o'simliklar yer sharining deyarli hamma zonalarida uchraydi. Ularni cho'ldan yaylovlargacha bo'lgan joylarda uchratish mumkin.Gulli o'simliklarning evolyusiyasida oddiydan murakkabga qarab yo'nalishni kuzatish mumkin.Devon va toshkumir davrida qirqbugimlar, plaunlar va qirqqo'loqlar (paporotniklar) keng tarqalgan va sporali o'simliklar, o'simliklar dunyosida xukmronlik kilgan.Dastlabki urug'li o'simliklar esa devon davrining oxirlarida paydo bo'lib, mezozoy erasida keng tarqalgan.Mezozoy erasining oxirlari va bur davrining boshlarida yopik urug'li o'simliklar vujudga kelib, keyinchalik ular yer sharidagi asosiy xukmron o'simlikka aylangan. Umuman yopik urug'li o'simliklarning yoshi taxminan 120-130 mln yilgan to'g'ri keladi.Yopiq urug'li o'simliklarning yer sharida qisqa vaqtda, quruqlikda keng tarqalishiga baxo berib, M.I.Golenkin «Gulli o'simliklar yashash uchun ko'rash goliblaridir» deb ta'rif bergan edi.
O'SIMLIKLAR SISTEMATIKASINING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI.
O'simliklar sistematikasi biologiyadagi eng qadimgi sohalardan biridir. Albatta bu soha zaruriyat tufayli vujudga kelgan. Hozirgi zamon o'simliklar tizimi (sistemasi) uzoq davom etgan tekshirishlar, kuzatishlar va paleobotanir dalillar asosida shakllangan. Shuni ham aytish kerakki, o'simliklar sistematikasining tasnifini dastlab kishilar turlicha tushungan. Ya'ni o'simliklar ahamiyatiga qarab turli guruhlarga bo'lib urganilgan. Masalan: ozik-ovqat, dorivor, yem-xashak, zaxarli, buyokbop va xokazolar ishlatishga qarab guruhlarga bo'lingan. O'simliklar sistematikasi dastlab mashxur grek olimi Aristotel (eramizdan oldingi 384-322 yillar) o'simliklarni urganish va ko'paytirish bilan shugullanadi. Aristotelning «O'simliklar nazariyasi» nomli asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan. U o'z davrida 100 dan ortiq o'simlik turlariga tavsif bergan. O'simliklar sistematikasiga Aristotelning shog'irdi. Teofrast (eramizdan avalgi 371-285 i) asos solgan. U o'simliklarni atroflicha urganib, 10 tomlik «O'simliklarning tabiiy tarixi» nomli asarini yozadi va 450 ga yaqin o'simliklarning hayotiy shakllariga va ekologik xususiyatlariga qarab tuzadi.U o'simliklarni daraxt, buta, yarim buta va o'tlarga bo'lib urganishni asos qilib oladi. Shuningdek Teofrast madaniy o'simliklarni, tabiiy holda o'suvchi o'simliklardan farqi borligini inobatga oladi. Teofrast yaratgan tizim mazmuniga ko'ra sun'iy tizim edi. Shunday bo'lsa ham bu tizim 1-asrgacha davom etdi. Teofrast shpini Rim oimi Pliniy Starshiy (eramizdan oldingi 79-23 yillar) davom ettirib «Tabiat tarixi» nomli 9 tomli kitob yozadi va uning 6 tomini o'simliklar dunyosiga bag'ishlaydi. Pliniy Starshiy 1000 ga yaqin o'simlik turiga tavsif beradi. Ayniqsa, bu asarda dorivor o'simliklarga keng o'rin berilgan. U o'z ishida 30 ga yaqin olma navlari haqida ma'lumot beradi. Pliniy Starshiy bilan deyarli bir davrda yashagan grek vrachi Dioskarid «Dorivor moddalar» mavzusida yozgan asarida - 600 ga yaqin tur dorivor o'simlikka tavsif bergan. Dioskarid asarlari o'simliklarni tasniflash (klassifikasiya) da prinsipial masalalarni yo'ritishda muhim ahamiyatga ega bulmasa 15 asr davomida eng muhim qo'llanma bo'lib keldi.O'simliklar to'g'risidagi ma'lumotlar Urta Osiyoda yashagan olimlar asarlarida ham keng bayon etilgan.
Muhammad Al-Xoarzmiy (782-847) yilda «Kitob surat al-arz» nomli asarini yozadi. Unda dunyo okeanlari, kitalar, kutblar, ekvator chizigi, gullar, tog'lar, daryolar, urmonlar, qo'llar, o'simliklar haqida ma'lumotlar beradi.
Abu Bakr Ar-Roziy (865-925) tabiat haqida 33 ta, tabobat bo'yicha 56 ta asar yozgan. Roziy «Al Xoviy» asari hajmi jihatidan, tib konunlaridan katta bo'lgan., uni 15 yilda yozib tugataolmagan, bu asarini uning vafotidan keyin shog'irdlari nixoyasiga yetkazgan.
Abu Nasr Forobiy (870-950) 180 ta asar yozgan. Shulardan 11 tasi tabiatshunoslikga oid bo'lgan.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048) o'zining «Saydana» nomli asarida dorivor o'simliklarning nomlarini 31 tilda bayon etgan. Bu asar birinchi farmakognoziyaga doyr yirik asar edi. «Saydana» da 1000 ta dorivor usimllikka tavsif berilgan.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) hayoti davomida 450 dan ortiq asar yozgan, shundan 242 tasi bizgacha yetib kelgan. Asarlari ichida eng mashxuri «Tib konunlari» bo'lib, u 5 jilddan iborat. Bu asardz^Ibn Sino 400 dan ortiq dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Bu asar birinchi marta 1020 yilda nashr qilinadi. XVI asrga kelib kitob 20 marta nashr qilinadi. Umuman Ibn Sino asarlari XVII asrgacha Yevropadagi universitetlar uchun asosiy qo'llanma bo'lgan. Ibn Sino «Tib konunlari» 1954 yilga kelib o'zbek tilida nashr etiddi.1980 yilda olimning 1000 yillik yubileyi munosabati bilan «Tib konunlari» ikkinchi marta o'zbek tilida nashrdan chiqdi. XVI asrga kelib, o'simliklarga bag'ishlangan asarlar-giyoxnomalar paydo bo'la boshlagan. Giyoxnomalarda asosan dorivor o'simliklar tasvirlanib, ularning mahalliy nomlari va ulardan foydalanish yo'llari yoritila boshlandi.Uni beshinchi asrga kelib o'simliklarga bag'ishlangan asarlar bilan bir qatorda Botanika boglari ham barpo qilina boshlandi. Dastlab universitetlarda dorivor o'simliklar bog'i tashqil etildi. Shunday Botanika boglari Italiya, Germaniya, Fransiya, Golandiya, Angliya, Rossiyada tashqil etila boshlandi.
Petr I ning farmoni bilan Moskvada 1706 yilda dorivor o'simliklar kolleksiyasi tashqil qilinadi. 1805 yilda u Botanika bog'iga aylantirildi 1914 yilda Sankt-Peterburgda dorivor o'simliklar kolleksiyasi tashqil etilib, keyinchalik Botanika bog'iga aylantiriladi. O'zbyokiston Fanlar Akademiyasining Botanika bog'i 1921 yilda barpo etiladi.
Dastlabki ilmiy tizimga(sistemaga) Italiyalik botanir-vrach A.Sezalo'psh (1519-1603) asos soladi. U 1000 tur o'simlikni aniqlab, uni fanga kiritgan. Uning «O'simliklar haqida»(1583), asarida butun usimiklar dunyosini 2 ta bo'limga: !) Daraxt va buta, 2) Yarim buta va o'tlarga ajratadi. Bu bilimlarni meva to'zilishi va ulardagi uyacha hamda urug'larga qarab 15 ta sinfga bo'ladi. A.Sezalo'shn X -sinfga gavzabondoshlar va yalpizdoshlar (labguldoshlar) ni kiritgan bo'lsa, XI sinfga qoqiutdoshlar (murakkabguldoshlar) oilasini, XV sinfga esa yusinlar, qirqqo'loqlar (paporotniklar), suvo'tlar va zamburug'larni kiritib to'g'ri ish kilgan. Shunday qilib, usimiklar sistematikasining rivojlanishida u katta rol o'ynagan. Lyokin uning tizimi xali kamchiliklardan holi emas edi. Xa, u sun'iy edi. D.Rey (1628-1704) o'zining «O'simliklarning metrdlari» (1682) nomli asarida yuksak o'simliklarning urug'pallasiga katta e'tibor beradi, hamda gulli o'simliklarni ikki urug'pallali va bir urug'pallali sinflarga bulishni birinchi bo'lib taklif qiladi. Shuningdek «O'simliklar tarixi» (1688) nomli asarida tuban o'simliklarni ham sistemalashtirishga harakat qiladi va tur degan tushunchani birinchi bo'lib, fanga olib kiradi. U butun o'simliklarni 33 sinfga bo'ladi.
Fransuz olimi I.Turnefor (1656-1708), ko'p mamlakatlarga (Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Kichchik Osiyoga) sayoxatga chiqib, u yerlardagi o'simliklarni urganadi va o'zining yangi tizimini yaratishda guldagi tojbarglarga aoxida e'tibor beradi. U butun o'simliklar dunyosini daraxt va o'tlarga bo'ladi, hamda 18 sinfga ajratadi. I.Turnefor birinchi bo'lib, turkum (tushunchasini fanga kiritadi).
O'simliklar sistematikasining rivojlanishida Shved olimi (Tabiatshunosi) Karl Linney (1707-1778) ning xizmati benixoya katta bo'lgan. U «O'simliklar turlari» nomli asarida (1753), o'z tizimi (sistemasi) ni ko'payish organlari asosida yaratadi. U barcha o'simliklarni guli (androsey) ga qarab, 24 ta sinfga bo'ladi 1-X sinflarga kiritilgan o'simliklarning changchilari 1-10 tagacha bo'lgan, XI-XII sinflarga 12 dan 20 ta gacha changchilari bo'lgan o'simliklar XIII sinfga changchisi 20 dan ortiq o'simliklar kiritilgan. XIV va XV sinflarga turlicha uzunlikdagi changchilar kirgan. XVI-XX sinfga changchilari turlicha yo'llar bilan uzaro va urug'chi bilan yopishgan o'simliklar kiritilgan. XXI-XXIII sinflarga bir, ikki va ko'p uyli o'simliklar kiritilgan. Oxirgi XXIV sinf yashirin urug'lanuvchi gulsiz o'simliklarni o'z ichiga olgan.

K.Linney sinflarni 116 ta qabila va 1000 ta turkumga bo'lgan U ko'plab tur o'simliklarni fanga kiritgan. K.Linney binar nomenklaturasini joriy qiladi. Ya'ni o'simliklarni qo'sh nom bilan atashda dastlab o'simliklarning turkumini katta xarf bilan undan keyin to'rning nomini kichchik lotincha xarfi bilan yozishni tavsiya etdi. K.Linneyning tizimi ham kamchiliklardan holi emas edi. Xattoki, buni Linneyning o'zi tan olgan. Chunki oltinchi sinfga kiritilgan karam, sholi, piyoz qabilalar sun'iy ravishda birlashtirilgan edi.


Sun'iy tizim (sistema) tanqidga uchragandan keyin, olimlar oldida yangi tabiiy tizimni to'zish zarurati paydo bo'ladi. Bu vazifani fransuz olimi A.Adonson (1727-1806) bajarishga bel boglaydi. U 1763 yilda «O'simliklarning tabiiy oilalari» nomli asarida 58 ta o'simliklar oilasi haqida fikr yuritadi. Lyokin tabiiy tizimning asoschisi Antuan Jyussye (1748-1836) xisoblanadi.
A.Jyussye (1789) «O'simliklar turkumlari» nomli asarida o'simliklar dunyosini 3 ta qatorga ajratadi.
Urug' pallasizlar
Bir urug'pallalilar
Ikki urug'pallalilar
Shuningdek u usimlshsharni 15 ta sinf va 100 ta oilaga bo'lib urganishni tavsiya qiladi. A.Jyussye tizimi tabiiy tizimni yaratshpga qo'shilgan katta xissa bo'lgan. Bu sohada ko'p izlanishlar olib borildi. Masalan, Dekandol o'z tizimida o'simliklarning anatomik to'zilshpiga aloxida e'tibor beradi va o'simliklarni 161 oilaga bo'ladi. Ta'kidaash joizki, bunday tizimlar ko'plab to'zilgan. Birgina gulli o'simliklarning 20 dan ortiq tizimlari mavjud. Tabiiy tizimning takomillashiga J.B.Lamark (1744- 1829) o'zining katta xissasini qo'shdi. U evolyusion nazariyaning birinchi muallifi sifatida maydonga chiqdi.
Mashxur nemis botanigi A.Engler (1844-1930) butun dunyo tan olgan filogenetik tizimni maydonga tashlagan. Bu tizim Englerning, 1887 yilda nashr etilgan asarida bayon etiladi. Bu asar 12 marta nashr etilgan. Engler tizimida barcha o'simliklar dunyosi 17 ta bo'limga ajratiladi. Shundan 13 bo'limi tuban o'simliklarga taallukli bo'lib, 14 chi bo'limi yusinlarni o'z ichiga oladi. 15-bo'lim psilofitlar, psilotlar, plaunlar, qirqbugimlar va qirqqo'loqlarga, 16-bo'lim^ochiq urug'lilarga, oxirgi 17-bo'lim esa yopik urug'lilarga bag'ishla^gan. Filogenetik tizimlardan yana biri Daniyalik botanir YE.Varming va Avstriliyalik botanir R.Vettshteynlarnikidir. R.Vetshteyn o'z tizimida o'simliklar dunyosini 9 ta bo'limga ajratadi. Shundan 8 ta bo'lim tuban o'simliklarga oid bo'lib, 9-bo'lim yuksak o'simliklarni o'z ichiga oladi. Yuksak o'simliklarning filogenetik tizimini yaratishda nemis botanigi V.Semmermaning xizmatlari katta bo'lgan. Uning o'simliklar filogeneyasi (1959) haqida yozilgan asarida o'simliklarni bir necha guruhlarga bo'lib urganish taklif etilgan.
V.Simmerman yuksak o'simliklarning turlarini - teng sporalilarga, har xil sporalilarga va urug'lilarga bo'lib, ularning geologik davrlarda uchrashini foiz xisobida ko'rsatadi. Rossiyada o'simliklar sistematikasiga P.Goryaninov (1795-1865) katta xissa qo'shadi. U1894-yilda «Tabiat tizimining o'ziga xos kirralari» nomli kitobida tabiatda taraqqiyot oddiydan-murakkabga tomon yo'nalishda borishini va tuban o'simliklardan-yuksak o'simliklar kelib chiqkanligini ta'kidlaydi.
P.Goryaninov o'simliklar dunyosini, 12 ta sinf, 48 ta qabila va 187 ta oilaga bo'ladi. Filogenetik sistema to'zishda M.Gorojanin, N.Kuznesov (1914), X.Gallir (1912), A.Vaga, D.Zerov, CH.Bessi (1915), D.J.Xatchinsoy va N.Bushlarning xizmatlari benixoya katta buldi.
Shuningdek filogenetik tizimga bagioshab, A.Kronkvist (1968), R.Dalgren (1880), A.L.Taxtadjyan (1987) kabilar ham qator ilmiy asarlar yaratishdi. A.L.taxtadjyan, A.Kronkvist va V.Simmerman (1966) bilan hamkorlikda yuksak o'simliklarni qo'yidagi bo'limlarga ajratadi.
l.Phyniophyta, 2. Bryophyta, 3. Psilophyta, 4. Lycopodiophyta, 5.
Eguisetophyta, 6. Polypodiophyta, 7. Pinophyta, 8. Magnoliophyta.
1941 yilda taniqli botanir A.L.Taxtadjyan hozirgi psilofitlarni yangi nom bilan psilotlar deb yuritish va uni mustaqil bo'lim sifatida atashni tavsiya qiladi. Hozirgi kunda yuksak o'simliklar qo'yidagi 9 bo'limdan iborat: 1. Phyniophyta 2. Zosterophyta, 3. Bryophyta, 4. Lycopodiophyta, 5. Psilotophyta, 6. Eguisetophyta, 7.Polypodiophyta, 8. Pinophyta, 9. Magnoliophyta.O'simliklar sistemasida tur asosiy sistematik kategoriya xisoblanadi. Karl Linney davrida ham organiq olamni tasnif (klassifikasiya) lashda turkum va tur asosiy sistematik birlik sifatida kqabul qilingan. Lyokin tur to'g'risidagi tushunchani birinchi bo'lib, ingliz olimi D.Rey fanga olib kiradi. Akademik V.L.Komarov tur tushunchasiga geografik nuktai nazardan yondoshadi, u tur cheklangan, muayyan geografik xududdagi nasldir yoki muayyan geografik doirada ko'paytirilgan morfologik birlikdir, deydi.
Akademik V.L.Komarov (1938) bu borada shunday deydi. «Tur bitta ajdoddan tashqi muxit va yashash uchun ko'rash jarayonida boshqa tirik mavjudodlardan ajrab chiqkan nasllar yigindisidir. Shuningdek tur evolyusiya jarayonining ma'lum bir boskichidir» deydi.Tur ichida undan ham kichchik toksonomik birlik turcha (kichchik tur), tur xili va formalar bo'ladi. Xar bir turcha ma'lum arayelga ega bo'ladi.
TAKSONOMIK BIRLIKLAR.
Botanirlarning halqaro XI kongressi (1969 yil) da taksonomik birliklarni kattadan kichchikka qarab nomlash tavsiya qilindi.Botanikadagi asosiy sistematik birliklar qo'yidagilardan iborat: bo'lim-divisio, sinf-(ajdod)-s1az848, qabila -ozdo, oila - familia, bugin - tribus, turkum - genus, seksiya - sectio, tur - species.Umuman yirik taksonlarni nomlashda turkum nomi oila, qabila, sinf, bo'lim nomlari uchun asos qilib olinadi. Aksariyat oilalarning nomlari turkum nomi bilan ataladi. Masalan: Ayiqtovondoshlar, gulxayridoshlar, magnoliyadoshlar va boshqalar turkum nomidan olingan. Lyokin ayrim oilalarning nomlari qandaydir sun'iy nomlar bilan atalib kelingan. Masalan: labguldoshlar (Labiatae), dukkakdoshlar (Leguminosae), soyabonguldoshlar (UmbelHfrae), murakkabguldoshlar (Compositae) va boshqalar.Quyidagi 8 fa oilaga turkumlarning nomlari asosida berildi.(U.Pratov, T.Odilov, 1995). Shunga ko'ra Apiaceae (Umbelliferae)-ziradoshlar (soyabonguldoshlar), Asteraceae (Compositae) --qoqiutdoshlar (murakkabguldoshlar), Poaceae (Cramineae) - Bug'doydoshlar (boshoqdoshlar),Febaceae (Leguminosae) - burchokdoshlar (dukkakdoshlar), Lamiaceae (Labiatae) -yalpizdoshlar (labguldoshlar), Brassicaceae (Cruciferae),Karamdoshlar(krestguldoshlar), Arecaceae (Palmaceae)-palmadoshlar (arekadoshlar) deb nomlandi.
Xulosa.
Gulli o’simliklar qadimiy vakillarini aniqlash uchun qazilma holda topilgan urug’li o’simliklar asos qilib olingan va ularning bir-biri bilan bog’likligi o’rganila boshlagan.Natijada ularning filogeniyasini yanada yaxshiroq o’rganish imkoni yaratildi.Ta’kidlash joizki, ayniqsa qirqquloqlar (paporotniklar), sagovniklar va qarag’aylarga gulli o’simliklarga xos ba’zi bir belgilarni ko’rish mumkin.gulli o’simliklarning filogeniyasini o’rganishda urug’li qirqquloqlar benettitlar va boshqa nina bargli o’simliklarning roli ham benihoyat katta. Sagovniklar bilan qarag’aylar ikkilamchi yo’g’anlashishiga ega va urug’lari orqali ko’payadi.demak, yog’ochlik ega 350 mln. yil oldin vujudga kelgan.Sagovniklar bilan qarag’aylarning qubbalari tashqi ko’rinishidan o’xshash bo’lsada, kelib chiqish jihatidan bir-biridan farq qiladi.masalan: sagovniklarning qubbasi shakli o’zgargan barg bo’lsa,qarag’aylarning qubbasi judda murakkab tuzulishga ega, shu sababdan bularni analogik organlar deb atash mumkin.
Akademik A.L.Tajdyadjan ham shu fikr asosida o’z sirtemasini tuzatadi.Lekin ayrim botaniklar masalan, R.Daligen gulli o’simliklar qandaydir yo’q bo’lib ketgan yanada soddaroq o’simliklardan kelib chiqqan, magnomiyalar esa ulardan keyen paydo bo’lgan deb tushuntiriladi. Lekin hozirgacha gulli o’simliklarning kelib chiqishi masalasi uzul kesil hal qilinmagan .Shu sababdan gulli o’simliklar haqida tuzilgan (sistema) 20 dan ortib ketdi.
Gulli o’simliklarning kelib chiqish to’g’risida asosan 3 nazariya mavjuyd.
Psevdant (soxta) gul nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari R.Vattshteyn va A.Karstenlarning (1900) fikricha,eng qadimiy soda tuzulishga ega bo’lgan o’simliklarning gullari bir jinsli, gul qo’rg’oni oddiy yoki gulqo’rg’onsiz bo’lgan. Ular shamol vositasida changlangan. Bunday o’simliklarga misol qilib, qizilcha(efedra) va kazuarinlarni keltirishdi.
Telon nazariyasini asoschisi nemis olimi B. Simrenman (1959) eng qadimgi gul osimliklar pisilofiglarning telomidan kelib chiqqan deydi: Bu mavzunio tanlashdan asosiy maqsad guli o’simliklarning kelib chiqishgi va undagi gul organlarning funksiyasi hamda urug’lanishi ahamiyati to’g’risioda atroflicha ma’lumotlar olishga qaratilgan.


Download 29,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish