Mavzu: «Granata uloqtirish mashg'uloti. Kompleks mashg'ulotlarni bajarish.»; «Turnikda mashqlar bajarish, 100 metr hamda 3000 metrga yugurish.» Topshiriq: Mavzu yuzasidan savollarga javob berish


-savol.O'zbekistonda boksning rivojlanishi?



Download 0,84 Mb.
bet5/7
Sana21.06.2021
Hajmi0,84 Mb.
#72118
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5444998206012262110

4-savol.O'zbekistonda boksning rivojlanishi?

Javob: O‘zbekistonda Boksni rivojlanish tarixi SSSR da xizmat ko‘rsatgan ustoz Sidney Djakson Lvovich nomi bilan uzviy bog‘liq. U yengil vaznda Amerikadagi eng mashxur bokschilardan biri edi. Birinchi jahon urushini Sidney Djaksonni Peterburgda turne o‘tkazayotgan vaqtda qarshi oldi. AQSh ga qaytish vaqtinchalik mumkin emas edi. Rossiyada AQSh elchixonasidan uyga qaytishga ruxsat ololmagach, Djakson Tavsiya xatlari bilan Toshkentga jo‘nab ketdi. Shu yerda uni Oktyabr inqilobi qarshi oldi va u shu yerda qolishga ahd kildi. Fuqarolik urushi yillarida Sidney Djakson internatsional brigada a’zosi, xalq ishi uchun qo‘rqmas k
urashchi edi. 

1935 yilda Qo‘qonda Moskvalik boks ustasi Pilov boks maktabiga rahbarlik qilgan, Toshkentga esa mashhur bokschi Petr Fastov bir oyga taklif qilingan, u Respublika terma jamoasi bilan o‘quv amaliy mashg‘ulotlar olib borgan.
1936 yilda Toshkentga og‘ir vaznda SSSR chempioni N.Korolev tashrif buyurgan. O‘zbek bokschilari M.Frank, A.Borzenko, G.Gungadze, A.Abdurasulov, I.Davidov va boshqalar N.Korolev bilan birgalikdagi mashqlar jarayonida jangda yangi taktik rejalarini va raqibni og‘ir axvolga solib qo‘yish usullarini o‘rganishar edi. Shu yil Toshkentda pionerlar saroyi ochildi, shu saroyda S.L.Djakson boshchiligida boks sektsiyasi faoliyat yuritar edi, u yerdan Vladimir Karpov, hozirda Sovet uyushmasining qahramoni, SSSR yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi, B.Gazizov, A.Borzenko, Mixail Mesh, A.Sidorov, K.Grigoryants, G.Xurmanvin kabi ajoyib bokschilar yetishib chiqqan.
1936-1937 yillarda ta’til vaqtida Toshkent jismoniy tarbiya bilim yurtida markaziy jismoniy san’at oliygohining talabasi A.Fedyayev ishlagan, o‘qishni tamomlagach esa u Toshentga ishlagani kelgan. 1984 yilda Rinat Trishayev -81 kg. SI chempioni.
Terma jamoaning asosiy natijasi SI xalqlari Spartakiadagi ishtiroki bo‘ldi, keyinchalik natijalar pasayganligini jadvalda ko‘rishimiz mumkin (1979 y. 6-o‘rin, 1983 y. 8-o‘rin, 1986 y. -x). F.Pak, S.Vasilenko, V.Shin, X.Makchanov, G.Ilyasovlar SSSR (xalqaro toifadagi) sport ustaligi bo‘yicha belgilangan me’yor talablarini bajardilar.
Vladimir Shin - 1979 yil Jaxon Kubogi g‘olibi, 1981, 1983 yillarning ikki karra SSSR chempioni, 1982 yil Jaxon chempionati bronza medali sohibi.
Gamlet Ilyasov (Samarkand PR) - 1987 yil o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati g‘olibi. O‘zbekistonda o‘sha yillarda Tolib Isroilov, Qosim Raximov, Ilyas Raximdjanov, Artur Grigoryan, Alisher Axrorov, Isomitdin Parpiyev, Igor Bunin, Farxod Arslanov, Igor Medvedev, Bulat Belorasov, Xamid Tursunov, Farxod Bakirov, Nariman Atayev, Ilya Juravlev kabi kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi bokschilarning yangi nomlari, SSSR birinchiligi sovrindorlari paydo bo‘ldi. Vladimir Nikolayevich Shin O‘zSSSR terma jamoasining murabbiyi etib tayinlandi.
1990 yil Sietlda ilk marotaba o‘tkazilgan “Yaxshi Niyat” o‘yinlarida Artur Grigoryan oltin medalni qo‘lga kiritdi.



1991 yilda Artur Grigoryan Minsk shahrida o‘tkazilgan Sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasi chempioniga aylandi. Ushbu musobaqada Oleg Maskayev kumush, X.Tursunov, N. Sultanov, N. Atayev, M. Kitabov, I. Buninlar bronza medalni qo‘lga kiritib, umumkomanda hisobida uchinchi o‘rinni egalladilar.
1991 yil O‘zbekiston mustaqil respublika maqomiga ega bo‘lgandan so‘ng, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining gerb va bayrog‘iga ega davlat sifatida musobaqalarda ishtirok eta boshladi.


  • 1991 yil A. Grigoryan Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati kumush sohibiga aylandi.

  • 1992 yil A. Grigoryan MDH Chempionatida oltin, B.Belorasov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

  • 1999 yil bokschilarimizning Xyuston shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan X Jahon chempionatida qatnashib ulkan yutuqlarga erishdilar. Bunda andijon boks maktabi vakillaridan M. Abdullayev (64 kg), O‘. Xaydarov (75 kg) oltin, T. Turg‘unov (57 kg) kumush medalga sazovor bo‘lib, umumkomanda hisobida uchinchi o‘rinni egalladilar.

  • 2000 yil Sidney, Avstraliyadagi XXVII Olimpiya o‘yinlarida, jahon boksi yetakchilaridan biri M.Abdullayev Olimpiya chempioniga aylandi. S.Mixaylov (81 kg) va R.Saidov ( 91) Olimpiya o‘yinlari bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.

  • 2001 yil Belfast shahridagi (Shimoliy Irlandiya) Jahon chempionatida 91 kg vazn toifasida R.Chagayev oltin, 75 kg vazn toifasida O‘.Xaydarov, 64 kg vazn toifasida Sh.Xusanov bronza sovrindoriga aylandi.

  • 2002 yil Pusan (Koreya)da o‘tkazilgan 14 Osiyo O‘yinlarida 64 kg vazn toifasida D.Maxmudov, 91 kg vazn toifasida U.Xaydarov, 54 kg vazn toifasida I.Berdiyev, 91 kg vazn toifasida R.Saidov, 81 kg vazn toifasida S.Mixaylov oltin, 60 kg vazn toifasida B.Xidirov kumush, 69 kg vazn toifasida B.Sarsekbayev, 64 kg vazn toifasida Sh.Xusanov, 71 kg vazn toifasida S.Naimovlar bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

  • 2003 yil Tailand shahridagi (Bangkok) Jaxon Chempionatida 64 kg vazn toifasida Sh.Xusanov kumush, 57 kg vazn toifasida B.Sultanov, 64 kg vazn toifasida R. Saidovlar bronza medali sohibiga aylandilar.

  • 2004 yil Afina (Gretsiya)dagi Olimpiya o‘yinlarida 54 kg vazn toifasida B.Sultanov va 81kg vazn toifasida O‘.Xaydarovlar bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

  • 2005 yil Xitoydagi Jahon Chempionatida 64 kg vazn toifasida D.Maxmudov kumush, 81 kg vazn toifasida U.Xaydarov, 91 kg vazn toifasida J.Matchonov bronza medal sohibiga aylandilar.

  • 2006 yil Doxa (Qatar)dagi 15 Osiyo O‘yinlarida 57 kg vazn toifasida B.Sultonov, 75 kg vazn toifasida E.Rasulov, 91 kg vazn toifasida R.Saidov oltin, 91 kg vazn toifasida J.Matchonov kumush, 60 kg vazn toifasida B.Xidirov, 64 kg vazn toifasida D.Maxmudovlar bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

  • 2007 yil Chikago (AQSh) dagi Jahon Chempionatida 81 kg vazn toifasida A.Atoyev oltin medal sovrindoriga aylandi.

  • 2008 yil- Pekin (Xitoy) dagi 29 Olimpiya O‘yinlarida 60 kg vazn toifasida D.Maxmudov va 81 kg vazn toifasida E. Rasulov 5 o‘rinni egalladilar.

  • 2009 yil Milan (Italiya)dagi Jahon Chempionatida 75 kg vazn toifasida A.Atoyev oltin, 81 kg vazn toifasida E.Rasulov kumush, 57 kg vazn toifasida B.Sultonov, 69 kg vazn toifasida B. Maxmudovlar bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

  • 2010 yil Guanjou shahridagi (Xitoy) Osiyo chempionatida 81 kg vazn toifasida Elshod Rasulov oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo Chempioniga aylandi. 75 kg vazn toifasida A. Atoyev va 69 kg vazn toifasida U.Raxmonovlar kumush, 64 kg vazn toifasida S.Raxmonov va 60 kg vazn toifasida X. Tadjiboyev bronza medallarga sazovor bo‘ldilar.

  • 2011 yil Baku shahridagi (Ozarbayjon) 52 kg vazn toifasida J.Latipov va 81 kg vazn toifasida E.Rasulov bronza medal sovrindori bo‘ldilar.

  • 2012 yil London shahridagi (Buyuk Britaniya) Olimpiya O‘yinlarida 75 kg vazn toifasida Aboss Atoyev bronza medal sovrindori bo‘ldi.

  • 2013 yil Qozog‘istonning Almati shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan jahon Chempionatida vazni 52 kg.gacha bo‘lgan Jasurbek Latipov kumush medal sohibiga aylandi.  81 kg vazn toifasida Oybek Mamazulunov  bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish