2.2 O`tlarga qarshi kurashish
qadar yordam berish uchun zarur medikamentlari bilan aptechka bo’lishi kerak. Ishlash vaqtida maxsus himoya kiyimlarini yechish, chyokish va ovqatlanish qat’iy man etiladi. Ish tamom bo’lgandan keyin kiyimlar yaxshilab tozalanadi va har bir ishchiniki alohida joyga osib saqlanadi. Maxsus kiyimlarda uyga ketish yoki ularni olib ketish mumkin emas. Ish tugagandan keyin qo’l va yuzni sovunlab, dushda yaxshilab yuvinish kerak. Gerbisidlar maxsus omborlarda qulflanib, preparatning nomi, tasir etuvchi modda miqdori, foiz miqdori va tayyorlangan vaqti yezilgan etiketka yopishtirilgan, yaxshi berkitiladigan mustahkam idishlarda saqlanadi. Omborlar zarur qurollar bilan jihozlangan va odamlar yashaydigan bino, suv manbalari va fermalardan kamida 200 m uzoqda bo’lishi kerak. Dalada gerbisidlarni qarovsiz qoldirish mumkin emas. Kimyoviy preparatlar bilan ishlash sutkasiga 6 soatdan oshmasligi kerak. Qo’yidagilar: 1)tayyorlangan gerbisid eritmasini qarovsiz qoldirish; 2)gerbisidlardan bo’shagan va ishchi eritma tayyorlangan idishlarda mollarga yem-xashak berish, ya’ni boqish; 3) gerbisidlardan bo’shagan idish yoki yashiklarda ichimlik suv, oziq-ovqat saqlash; 4) yuvinmasdan ovqatlanish qat’iy man etiladi. Gerbisidlardan bo’shagan qog’oz idish, yashiklarni yeqib, kulini ko’mib yuborish zarur. Temir idishlarga kaustik sodaning 5% li eritmasi to’ldirilib, 6-12 soat qoldiriladi, so’ngra bir necha marta toza suv bilan chayqaladi. Gerbisidlar bilan ishlash vaqtida qoidaga rioya qilmaslik oqibatida odamlar zaharlanishi mumkin. Bunda odamning boshi og’rishi, aylanishi, kuchsizlanishi kungli aynib qusishi mumkin. Bu vaqtda birinchi yordam qo’yidagilardan iborat: zaharlangan odamni gerbisid ishlatilayetgan joydan chiqarish, maxsus kiyimlarini yechib olib, yotqizish kerak. Agar gerbisid yutilgan, ya’ni oshqozonga tushgan bo’lsa, margansovkaning kuchsiz (och pushti rangli) eritmasini tayyorlab 0,5-1,0 l ichirib, sun’iy qustirish kerak. Keyin yarim stakan suvga 2-3 choy qoshiq aktivlashtirilgan ko’mir yoki 20 g tuz solib ichirish kerak. So’ngra zudlik bilan vrachni chaqirtirish yoki eng yaqin davolash punktiga olib borish zarur. Gerbisid ko’zga, og’izga tushmasligi, labga, badanga tegmasligi kerak. U ko’zga tushsa, toza suv bilan, badandagisini esa sovunlab yaxshilab yuvib tashlash kerak. XULOSA: Dehqonchilik qilinadigan yerlarni begona o’tlardan toza bo’lishini ta’minlashda, ularga qarshi kurashishda begona o’tlarning tarqalishini oldini olish, qiruvchi va maxsus tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Begona o’tlarni tarqalishini oldini olishda ichki va tashqi karantinni, yerga ekin ekish oldidan, ekin qator oralaridagi begona o’tlarni yo’qotish tadbirlarini, maxsus kurashish choralari (biologik, olovli, mulchalash) bilan hamda kimyoviy kurashish (har xil gerbisidlarni qo’llash) choralari bilan qo’shib olib borilganda eng yuqori samaradorlikka, ya’ni ekinzorlardagi asosiy begona o’tlarni 85-95 foizini yo’qotishga erishiladi. Кarantin tadbirlar. Begona o’tlarni tarqalishini oldini olish uchun ichki va tashqi karantin tadbirlari qo’llaniladi.Iichki karantin mamlakat ichidagi xavfli begona o’tlarni bir viloyatdan ikkinchi viloyatga o’tishini oldini oladi. Tashqi karantin esa chet ellardan ashaddiy begona o’tlarni O’zbekistonga kirib kelishini oldini oladi. Ichki karantin begona o’tlarga yovvoyi gultojixo’roz, ajriq, g’umay, kakra, salomalay-kum, achchiqmiya, oqmiya, kampirchopon, devkurmak govkurmak, zarpechak va boshqalar kiradi.
Ularning ro’yxatiga o’zgartirishlar kiritib boriladi. 2.Begona o’tlarga qarshi agrotexnik kurash choralari.Begona o’tlarga qarshi agrotexnik choralariga shudgorlash, ekin ekishdan oldin, ekin ekilgandan so’ng yerga ishlov berish tadbirlari kiradi.
Ikki yarusli pluglar bilan sifatli qilib o’tkazilgan kuzgi shudgor begona o’tlar sonini keskin kamaytiradi.
Chimqirqarli plug bilan tuproq yuzasiga to’kilgan begona o’t
urug’lari 30-35 sm chuqurlikka ko’milsa ma’lum miqdorda unuvchanligini yo’qotadi.
G’umay, ajriq, qamish kabi ildizpoyali begona o’tlarni shudgorlash-dan oldin ag’dargichi olingan plugda 18-22 sm chuqurlikda yumshatib so’ngra chizel yordamida ildizpoyalarni tirmalab olish kerak. Har yil o’zgargan chuqurlikda haydash ham begona o’tlarni kamaytiradi. Agar yer birinchi yili 40 sm chuqurlikda, keyingi yillarda 25, 30, 35 va 40 sm chuqurlikda shudgorlansa begona o’t urug’lari tushgan qatlam uch yilgacha yer betiga chiqmaydi va unuvchan urug’lar miqdori kamayadi. 3.Begona o’tlarga qarshi maxsus kurash choralari. Begona o’tlarga qarshi maxsus choralarga biologik, olovli kurash, mulchalash kabi usullar kiradi.
Almashlab ekish, ekinlarning ekish muddatlari, me’yorlari begona o’tlarning zararkunandalari va kasalliklaridan foydalanish biologik kurash usuliga kiradi.
Agrotexnikasi turlicha bo’lgan ekinlarni navbatlab ekish begona o’tlarni keskin kamaytiradi. Masalan bedadan keyin paxta dalasidagi begona o’tlar soni 40-50% kamayadi.
Yer yuzidagi o‘simliklar dunyosi nihoyatda turli-tuman. Shuning uchun ulaming xususiyati, yashash joyi, o‘sishi, rivojlanishi har xil bo‘ladi. Ma’lumki, yowoyi o‘simliklar yer yuzida keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida tabiiy tanlanish asosida o‘sib, rivojlangan.
Tabiatda o‘zi o‘sadigan, rivojlanadigan, ko‘payadigan va tarqaladigan
o‘simliklar yowoyi o‘t yoki yowoyi o‘simliklar deb ataladi.
Inson tomonidan ekilmaydigan, ammo ekinlar orasida o‘sib, ularga zarar yetkazadigan o‘simliklar begona o‘tlar deyiladi. Begona o‘tlar haqiqiy va shartli begona o'tlarga bo‘linadi. Haqiqiy begona o‘tlar bu ekinlar orasida o'sadigan yowoyi o'tlar. Shartli begona o‘tlar yetishtirilayotgan ekinning u yer, bu yerida uchraydigan m adaniy o‘sim liklardir. M asalan, paxtazorda uchraydigan makkajo'xori, tarvuz, pomidor shartli begona o‘t hisoblanadi.
Ba’zi begona o‘tlar alohida ekin orasida o‘sishga moslashgan.
M asalan, kurmak sholi poyada, zarpechak dukkakli ekinlar orasida o‘sadi.
Begona o'tlar qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Ular hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Begona o‘tlar tufayli dunyoda har yili 20 mlrd. dollar atrofida zarar ko‘riladi. 0 ‘zbekistonda esa, har yili 15-20% paxta, 10-20% sabzavot hosili kam olinmoqda. Yal pi harajatlarning sezilarli qismi begona o'tlarni yo‘qotishga sarf qilinmoqda. G ‘o‘za qator orasidagi begona o'tlami yo‘qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo'qotilmoqda. Begona o'tlami chopiq qilish paytida nihollami o‘midan ko‘chib ketishi va shikastlanishi tufayli ko‘chat qalinligi kamayib ketadi. Hosilga
Do'stlaringiz bilan baham: |