Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarini transportli darajasida tavsiflanadi va punktlari funkciyalarini bajaradi va mantiqiy bog’lanmagan tarmoqlarning (OSI ning seansli va undan yuqori darajalarida bir xil bayonnomalarga ega bo’lgan) ulanishini ta’minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi eng yaxshi yo’lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba’zi bir bayonnomali o’zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo’yicha axborotni uzatadi. Marshrutlovchilar servisning etarlicha murakkab darajasini ta’minlaydi: ular, masalan, tarmoqni turli xil murojaat qilish usullari bilan ulashlari mumkin, axborotlar juda yuklangan liniyalarni chetlab o’tib aloqa liniyasidagi yuklamalarni qayta taqsimlashlari mumkin va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |