Mavzu: Global muommolar falsafasi. Reja



Download 188,94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.12.2022
Hajmi188,94 Kb.
#879248
Bog'liq
Global



Mavzu: Global muommolar falsafasi. 
Reja:
1. Global muammolarning mohiyati va xillari. 
2. “Inson-jamiyat” tizimidagi global muammolar. 
3. “Jamiyat-tabiat” tizimidagi global muammolar. 


Insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hech qachon va hech qaerda oson, betoʼsiq 
kechmagan. Har doim va hamma davrlarda jamiyat oldida muayyan muammolar 
kundalang boʼlib toʼrgan. Bular, bir tomondan, tabiat ofatlarining natijasi oʼlaroq 
namoypn boʼladigan yer silkinishlari, suv toshqinlari, qurgʼoqchilik, quyosh 
radiatsiyasi oʼzganshi bilan bogʼliq turli epidemik kasalliklar va hokazqlar boʼlsa, 
ikkinchi tomondan, inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy-madaniy hayotga oid boʼlgan antropogen muammolardir. 
Jahon miqyosida yuz bergan jarayonlar tahlili shuni koʼrsa-tadiki hozirgi 
vaqtda, insoniyat uchun oʼtkir, dolzarb boʼlib toʼrgan global muammolar 
quyidagilardan iborat: 
a) Yer yuzida tinchlikni taʼminlash va yalpi qirgʼin urushlarining oldini olish 
(urush va tinchlik muammosi); 
b) atrof - muhitni samarali muhofaza qilish (ekologik muammo); 
v) aholi sonining orta borishi bilan ishlab chiqarish rivojlanishi 
mutanosibligiga enshish (demografik muammo); 
g) Yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va energiya manbalari 
bilan ishonchli taʼminlash; 
d) ozik, qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak 
rivojlangan va ulardan keyinda qolgan mamlkatlar oʼrtasidagi keskin farqni 
bartaraf etish; 
ye) xavfli kasalliklarni tugatish; 
j) inson maʼnaviy-ahloqiy muhiti sofligini taʼminlash (etikologiya 
muammosi) va boshqalar. 
Bu muammolarning har biri u yoki bu darajada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, 
huquqiy nuqtai nazardan ilmiy tahlil etilgan. Аyni vaqtda, davrimizning 
umumbashariy muammolarining fatsafiy talqini ham ilmiy adabiyotlarda oʼz 
ifodasini topmoqda. 
Global muammolarni falsafa nuqtai nazaridan oʼrganishda, dastavval ularning 
mohiyati, kelib chiqish sabablari, bartaraf etish yullarini, umummetodologik 
jihatlarim tadqiq etishga eʼtibor berilmoqda. Buning uchun bu muammolami tanhl 


qilishda falsafaning tarixiylik. mantiqiylik, tizimiylik kabi tamoyillariga 
suyanijimoqaa. Global muammolar insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblansa-da 
hozirgi zamon sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ham 
oqibatidir. 
Kelib chiqishi chuqurlashib borishi, koʼlami va hal etilishining murakkabligi 
jihatlariga koʼra, ularni uch guruhga ajratish mumkin: 
Birinchisi, mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa davlatlarining 
hilma-xil manfaatlari bilan taqozo etilgan muammolar. 
Ikkinchi guruhi, ,,inson-jamiyat" tizimi doirasidagi munosa-batlardan kelib 
chiqadigan muammolar. 
Uchinchisi, “Jamiyat-tabiat" tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib 
chiqadigan muammolar. 
Global muammolarning turlari oʼzaro qanchalik farqlansa-da, bu sohalardagi 
umumiylik, dastavval, butun insoniyatning hayoti shart-sharoitlari imkoniyatlari va 
istiqboli masalalaridir. Ikkinchi tomondan, ular u yoki bu darajada hozirgi davrning 
bosh omili - fan-texnika inqilobi bilan aloqadordir, yaʼni uning oqibatidir. Bizning 
davrimizda fanning rivojlanish surʼatlari gʼoyat kattadir. Fanda erishilgan 
kashfiyotlar tezda yangi texnika vositalari yaratishni taʼminlasa, oʼz navbatida: 
texnika rivojlanishi ham fanda yangi oʼzgarishlar sodir etishga jiddiy turtki 
bermoqda. Bularning natijasi oʼlaroq, erishilgan kashfiyotlar muayyan maqsadlarga 
xizmat qilmoqda. Bu esa global muammolarning yanada oʼtkir, dolzarb boʼlib 
turishiga olib kelmoqda. 
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy qoloqlik bilan boʼlgan yana bir 
global muammo - aholining hozirgi oʼsishidir. Аgar iqtisodiy ahvol jamiyat 
rivojlanishi ichki qonuniyatlari bilan taqozolangan boʼlsa, demografiyaviy portlash 
insonning xohish-irodasi, mavjud anʼanalarga sodiqligi, madaniy darajasi, turmush 
mezonlari va nqkazolar bilan belgilanadigan jarayondir. 
Yer sathida ilk paleolit davri boshida 100—200 ming, soʼng paleolit boshida 
— 1 mln, neolit boshida — 10 mln, oxirida 50 mm, eramiz boshlarida — 230 mln 
odam yashagan. Sayyoramizdagi aholining soni hozirgi vaqtda 6,5 mlrd dan ortdi. 


Bu raqamlarda aholining soni oʼsib borganligi qayd qilingani koʼrinadi. Аslida esa, 
bu raqamlar odamlarni tegishli moddiy vositalar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar 
joy va h.k.) bilan taʼminlash, zarur maʼlumot darajasi, tibbiy va huquqiy xizmat, 
tegishli ijtimoiy muhofaza, yosh avlod tarbiyasi masalasini ham kun tartibiga 
qoʼyadi. 
Olimlar aholining oʼsishi bilan bogʼliq masalalarga XVIII asrdayoq eʼtibor 
berishgan. Xususan, ingliz iqtisodchisi R.T.Maltus bundan 200 yil avval shunday 
yozgan edi: “Аgar past tabaqa sinflar nodonligi va buzuqligiga qaramasdan koʼpayib 
boraversa, u holda maʼrifatli sinflar oʼzlarining yaqinlariga boʼlgan nasroniylarga 
muhabbati bilan hech nima qila olmaydilar". Ota-onasi farzandining yashashini 
taʼminlash uchun zarur kapitalga ega boʼlmasa, bu farzandning yashashga qanday 
haqqi bor? Bunday farzand faqat xayr-ehsonga koʼz tikishi mumkin. Boshqa kishilar 
tomonidan egallangan dunyoga kelgan odam bu dunyoda mutlaqo ortiqchadir. 
Maltusning bu qarashlari bilan hozirgi davrda ilgari surilgan nuqtai nazarlar 
bilan umumiyday koʼrinadi. Masalan, Rim klubining taniqli vakili, matematik 
J.Forreyster modeli boʼyicha va Massachusets texnologiya instituti (АQSh 
professori Denis Medouz va uning hodimlari tomonidan tayyorlangan “Oʼsish 
chegaralari” kitobida insoniyat rivojlanishining beshta parametrlaridan bino boʼlgan 
demografik portlash” haqida gap boradi. Uning fikricha, agar aholining oʼsishi 
hozirgi surʼatlar bilan borsa, 2000-yilga kelib, tez orada hamma unumdor yerlar 
qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishi dqirasiga tortilib boʼladi. Nounumdor, sahro 
yerlarni oʼzlashtirish, dengiz suvini chuchuklashtirish, sunʼiy oziq-ovqat yaratish va 
hokazolar esa juda katta harajatni talab etadi. 2100-yilga kelib esa, bu resurslar 
tugaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, oʼlim koʼpayadi va h.k. Natijada, faloqat roʼy 
beradi. Shuning uchun mualliflar aholining koʼpayishi masalasida mamlakatlar 
oʼrtasidagi mavjud munosabatlarni oʼzgartirish kerak, deb taʼkidlaydilar. 
Аholi oʼsishi mintaqaviy xususiyatga ega. Mutlaq oʼsishda Osiyo qitʼasi 
birinchi oʼrinda tursa, Аfrika yillik oʼsish surʼatlarida oldindadir. Ijtimoiy-iqtisodiy 
tahlillarga koʼra, rivojlangan mamlakatlarda aholi yillik oʼsishi juda past boʼlsa-da, 
aholi uzoq umr koʼrishi eng yuqoridir. Bu holat ham demografik oʼsish global 


muammolarning yangi jihatlarini oʼrtaga qoʼymoqda. Masalan, odamlarning 
koʼpayishi bilan shaharlardagi vaziyat ogʼirlashmoqda, ishsizlik, qashshoqlik, 
shahar chetlarida eng oddiy talablarga ham javob bermaydigan “yuldosh 
shaharcha"larning tez paydo bolib borishi shular jumlasidandir. 
Umuman, “demogratik portlash” ni izohlashda aholining qaysi joyni manzil 
qilganiga ham ahamiyat berish lozim. Negaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda 
asosiy aholi qishloqlarda, rivojlangan mintaqalarda esa shaharlarda yashaydi. 
Keyingi 20 yilda ,,uchinchi dunyo" qishloq aholisi 16 % oʼsdi (2,47 mlrd kishi). 
Maʼlumki, qishloq shaharga qaraganda qoloq ishlab chiqarish, oʼtmish anʼanalari 
saqlanib qolgan, ilgaridan qashshoqlik va ochlik hukm surib kelgan joydir. 
Аholining koʼpayishi asosida zarur jamgʼar-malar va kapital mablagʼlarning 
yetishmasligidan rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi qashshoqlik yujudga 
kelmoqda. 
Dunyo boʼyicha shaharlar va ularda yashovchi aholi tobora koʼpayib 
bormoqda. Bu sohadagi oʼsish 1974-yildan 1994-yilgacha 47 % boʼldi. Аsr oxiriga 
borib, bu raqam 48 % ga (3 mlrd kishiga) yetdi. Tabiiyki, tartibsiz kechayotgan bu 
jarayonda yechilishi zarur boʼlgan muammolar ham koʼpayadi. 
Аholining koʼpayishi bilan birga, uning tarkibida muhim oʼzgarishlar sodir 
boʼlmoqda. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda nafaqaxoʼrlarning soni aholining 
koʼpchiligi tashkil etadi va ularning miqdori 60% ga yetib qoldi. 
Demografik oʼsish mavjud resurslarni taqsimlashga ham taʼsir etadi. Chunki, 
insonning muhim ehtiyojlarini qondirish uchun zarur hajmdagi tabiiy resurslar 
boʼlishi talab qilinadi. Bundan tashqari, aholi zich joylashgan mintaqalarda 
(insoniyat oldini ola olmayotgan, aksincha, ehtimolligini kuchaytirayotgan) oddiy 
faloqatlar ancha koʼp qurbonlar keltiradi. 
,,Inson va jamiyat” tizimiga borib taqaladigan jiddiy global muammolardan 
yana biri, xavfli kasalliklarni tugatish vazifasidir. Bu kasalliklar, birinchi navbatda, 
aholi koʼpayishini boshqarish va tashkil etish yulga qoʼyilmagan mamlakatlardagi 
ochlik, oziq-ovqatlar tarkibida oqsillarning kamligidan ham kelib chiqmoqda. 


Maʼlumki, jahon miqyosida ochlik xavfi mavjudligi birinchi marta BMT 
tomonidan 1950-yilda tan olingan. Oʼshanda insoniyatning qariyb yarmi yetarli 
miqdorda kaloriyali oqsil isteʼmol qila olmayotgani aytilgan edi. Xalqaro 
tashkilotning maʼlumotlariga koʼra, rivojlanayotgan mamlakatlarda 60-yillarda 60 
% aholi u yoki bu darajada ochlikdan azob koʼrgan boʼlsa, 20 % aholi muntazam 
ochlikdan qiynalgan. 70—80-yillarda bu sohada xalqaro miqyosda ancha ish 
qiiinganiga qaramay, muayyan darajada ochlikka duchor boʼlgan aholining mutlaq 
miqdori 0,8 mlrd ni tashkil etgan. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlarga 
(etarli miqdordagi mablagʼning 
ajratilmasligi, malakali mutaxassislar yetishmasligi va h.k.) koʼra, jahon aholisining 
40 % vodoprovod suvi, kanalizatsiya va sanitariya xizmatidan foydalanmaydi. 
Bunday ahvol rivojlanayotgan mamlakatlarda koʼplab uchramoqda. Oʼz-oʼzidan 
ravshanki, bularning hammasi epidemiyalar tarqalishiga olib keladi. 
Rivojlanayotgan mamlaikatlarda sil, bezgak kabi kasalliklar keng tarqalgan. 
Hozirgi vaqtda, bularning qatoriga OITS ham qoʼpaymoqda. Shuningdek, yurak, 
ruhiy-asab kasalliklari, rak va shu kabilarning koʼpayayotganligi ham tashvishlidir. 
Jamiyat ichki ziddiyatlari tugʼdirgan global muammolar 
Insoniyat oʼzining bir hayot tarzidan ikkinchisiga, masalan, koʼchmanchi 
chorvachilikdan dehqonchilikka oʼtishi jarayonida tayyor mahsulotlarni isteʼmol 
qilishdan, ularni qayta tayyorlash yo ekin ekib, yetishtirishga oʼtishi bilan ijtimoiy 
munosabatlar rivojjanib ketdi. Xususiy mulkchilik munosabatlarining qaror topishi 
bilan kishilik jamiyatida hukm soʼrgan sodda koʼrinishdagi ijtimoiy tenglik barham 
topib, uning qʼrniga mahsulot olish bilan bogʼliq boʼlgan munosabatlar yuzaga 
keladi. Kishilar ijtimoiy hayotining tashkil etilganligi jamiyat llgarnama harakatida 
notekislik va mavjud muammolami hal etishda urushlardan vosita sifatida 
foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda eng katta global muammo 
boʼlgan urush yo tinchlik muammosini ana shu tarzda jamiyat ichki rivojlanishi 
jarayonlari maydonga keltirgan. 
Maʼlumki, urush va tinchlik muammosi mamlakat ichida yoki uning 
tashqarisida, mamlakatlar oʼrtasidagi munozarali masalalani hal etishda siyosiy 


zoʼravonlik ishlatish, yoxud uni istilo etishni bildiradi. Tinchlik - xalqlarning 
xohish-irodasi, orzu-umidi boʼlsa, urush esa, aksincha, hukmron kuchlarning 
siyosati oqibatidir. Yozma yodgorlikiarning guvohlik berishicha, soʼnggi 6 ming yil 
davomida, yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir boʼlgan. Shu davr ichida atigi 
300 yilgina urushsiz kechgan. 
Аmerikalik olim R. Klarkning “Urush ilmi va tinchlik” kitobida keltirilgan 
maʼlumotlarga koʼra, turli qavrlarda yuz bergan urushlar tahlili shuni koʼrsatadiki, 
1820— 1859-yillarda yer yuzida 1 mlrd aholi yashagan 92 urushda 800 ming kishi 
halqk boʼlgan, 1860— 1899-yillarda 106 urushda 1,3 mln., 1900-1949-yillarda esa 
117 ta urushda 142,5mln odam qirilib ketgan. 
Bizning davrimizda ham mamlakatlar oʼrtasidagi munosabatlar sohalarida 
zoʼravonlikka intilish, buning uchun yalpi qirgʼin qurollarini koʼplab ishlab chiqish 
bilan harbiy ustunlikka erishish u yoki bu davlatlar tashqi siyosatining muhim 
yoʼnalishi boʼlib qolmoqda. Shunday bir vaziyatda, termo yadro urushiga yul 
qoʼyilgudek boʼlsa, jahon miqyosida shunday haloqat yuz beradiki, uning natijasini 
hisob-kitob qiladigan mavjudotning oʼzi boʼlmay qoladi. 1945-yil 6- va 9-avgustida 
ikkita kam quvvatli atom bombasining amerikaliklar tomonidan Yaponiyaning 
Xirosima va Nagasaki shaharlari ustida portlatilganligi oqibatlari ham buni yaqqol 
koʼrsatgan edi. 
Insoniyatga 50 yildan koʼproq vaqtdan beri xavf solib toʼrgan atom dahshati 
oqibatlarini matematikaning hozirgi yutuqlari asosida modellashtirsh shuni 
koʼrsatdiki, bizning davrimizda toʼplangan 50 mingdan ortiq yadro zaryadlarini 
100—150 megatonna (Xirosimaga tashlanganidan 10—15 marta katta) quvvatga 
ega boʼlgan qismi (bitta atom suv otsi kemasidagi portlovchi modda 200 megatonna) 
portlatilsa, Аmerika, Yevropa va Osiyodagi asosiy shaharlar yongʼin ostida qolib 
ketishi, bir oydan soʼng yer ustidagi atmosfera harorati 15— 20°C, ayrim 
mintaqalarda esa 40—45°C pasayib, uning aylanishi (tsirkulyatsiyasi) mutlaqo 
oʼzgarishi, Shimoliy yarim shardan, janub qarab tarqalgan nur oʼtkazmaydigan qora 
qatlari butun sayyorani qoplab olishi yuz beradi. Chuchuk suvning barcha manbalari 


muzlaydi, barcha ekologik aloqalar uziladi, hosil nobud boʼladi. Yer ustidagi hayot 
tugaydi. 
Global muammo sifatida tinchlikni taʼminlash harbiy harajatlarni keskin 
kamaytirishni ham taqozo etadi. Negaki, 1900- yildan buyon harbiy ishga ajratilgan 
mablagʼlar 30 martadan koʼproq oshib. 90-yillar boshida 500 mlrd dollardan ham 
yuqori boʼldi. Harpiy yoki u bilan bogʼliq ishlab chiqarish sohalarida 60 mln kishi 
faoliyat koʼrsatgan. Jumladan, muntazam qoʼshinlarda 25 mln dan ortiq shaxsiy 
tarkib, 10 mln yarim harbiy qoʼshilma, harbiy muassasalarda ishlovchi 5 mln 
fuqaroviy kasb egasi bor. 
Hozirgi vaqtda oddiy qurol-yarogʼlarning vayronlik keltiruvchi kuchi ham 
yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda. 
Global muammolardan yana biri - ochlik, qashshoqlik va savodsizlikning 
oldini qlish uchun rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʼrtasidagi 
ziddiyatlarning oldini olishdan iborat. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar turlicha tarzda va turlicha muddatlarda kechgan 
kurashlardan soʼng siyosiy mustaqillikka erishgach, yangidan yaratilgan siyosiy 
tizimlar asosida oʼz iqtisodiyotini, davlat tizimini barpo etishga kirishdilar. Ularning 
ichidagi bir qancha mamlakatlar sobiq sotsialistik tuzum davlatlari bilan gʼoyaviy, 
savdo-iqtisodiy va harbiy-siyosiy sohalarda keng hamkorlik qilgan edi. Lekin, 
bularda ham, boshqalarida ham iqtisodiyotda, uning bilan taqozo etilgan ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarida qoloqlik davom etaverdi. Buning eng asosiy sabablari 
va umumiy jihatlari tashqi va ichki omillarga borib taqaladi. 
Tashqi omil - ilgari mustamlaka yoki qaram boʼlgan xalqlarning oʼtmishi 
bilan bogliqdir. Oʼtmishda ularnmg xoʼialik hayoti zoʼrlik bilan oʼzgartirilgan, 
koʼpincha turgʼun holda boʼlgan qojoq siyosiy munosabatlar saqlab qolingan edi. 
Milliy mustaqillik qoʼlga kiritilgandan keyin ham sobiq mustamlakalarda 
metropoliyalar yirik markazlarining iqtisodiy taʼsiri saqlab qqlindi. Ijtimoiy-
iqtisodiy qoloqlikning davom etishi, ularning xoʼjalik taraqqiyoti yoʼnalishi ustuvor 
darajada sobiq metropoliya bilan mavjud aloqalarni davom ettirishga qaratildi. 
Natijada, xalqaro monopolistik guruhlarning qoloq mamlakatlar ustidan xoʼjayinlik 


hohishi davom etaverdi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan olinayotgan foyda zayom 
va qarzlarni foizini qaytarish hamda keltirilgan mahsulotlarga belgilangan monopol 
bahodan foydalanish tufayli, ularning iqtisodiyotiga sarf etilgan kapital 
mablagʼlardan bir necha marta koʼp boʼlmoqda. Masalan, Yer yuzida eng kam 
rivojlangan mintaqa boʼlgan Аfrikada (Janubiy Аfrika Respublikasini 
qoʼshmaganda) oʼlim, umrning qisqaligi, savodsizlik, qashshoqlik dunyo boʼyicha 
birinchi oʼrindaligiga qaramay, bu yerdan faqatgina АQSh olgan daromad 1950-
yildan 1975-yilgacha 5436 mln dollar boʼldi (foyda 200 % dan ortiq"). Keyingi 15 
yilda ham bu koʼrsatkich saqlab qolindi. 
Аksariyat rivojlangan davlatlar “uchinchi dunyo” mamla-katlariga xomashyo 
manbayi, sarmoya bozoriga kapital chiqarish uchun qulay soha sifatida qaraydilar. 
Pirovardida, rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanishi tashqi omillarga 
bogʼliq boʼlib qolmoqda. 
Ichki omil - sobiq mustamlaka mamlakatlari iqtisodiyotining koʼp ukladliligi, 
uning ichida belgilovchi mavqei 

mayda tovar ishlab chiqarishga 
asoslanganligidadir. Maʼlumki, bu uklad ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni 
jadallashtirishga xizmat qilsa ham raqobatga bardoshi nuqtai nazaridan nochor 
hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning koʼp ukladliligidan jiddiy ijtimoiy oqibatlar kelib chiqadi. 
Jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda shunday ijtimoiy-madaniy muhit 
mavjudki, unda turli-tuman ijtimoiy guruhlar, qatlamlar va hokazolar oʼzaro juda 
murakkab munosabatda boʼlib, ularni boshqarish qiyin. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar oʼz ilgarilanma harakatida keyinda qolishning ijtimoiy sabablaridan 
yana biri - bu sobiq metropoliyada tayyorlangan mutaxassislarning oʼz 
mamlakatlaridan ketishidir. Buning sababi muayyan darajada ishsizlik bilan bogʼliq 
boʼlsa-da. lekin, asosan, metropohya madaniyati va hokazolar tufaylidir. Yuksak 
rivojlangan mamlakatiar sobiq mustamlakalardan kela-yotgan, mutaxassislar 
hisobiga salmoqli foyda olmoqda. Masalan, АQShda bulardan foydalanish 
natijasida yangidan mutaxassislar tayyorlashda ancha mablagʼ tejalmoqda. 


 Rivojlanayotgan mamlakatiar ijtimoiy qoloqligining koʼlami keng, uning 
omillari shunday tabiatga egaki. "bu qoloqlik hech qachon oʼz-oʼzidan bartaraf 
etilmaydi, aksmcha, chuqurlashib borish mayliga ega. Аholining koʼpchilik qismi 
qashshoqligii ortib borayotganligi ijtimoiy ofatga aylanib qolmoqda. Mamlakat 
miqyosidagi iqtisodiy qiyinchiliklar u yoki bu tarzdagi umumdavlat dasturni amalga 
oshirish imkonini bermayotir. 
Shunday katta xavfning mavjudligi taraqqiyparvar kuchlarni oʼylantirib 
qoʼymasligi mumkin emas. Ularning tashabbusi bilan rivojlanayotgan 
mamlakatlarning muammolari BMT darajasida bir necha marta muhokama obʼekti 
boʼldi. Bu muammolar hozir ham bu tashkilot diqqat markazidadir. 
Hozirgi vaqtda insoniyat maʼnaviyati sofligini saqlab, uni maʼnaviy 
tanazzuldan asrash ham umumbashariy muammoga aylanib bormoqda. Gap 
shundaki, zoʼravonlik va nafrat kishilar oʼrtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib, 
maʼnayiy muhitni tobora zaharlamoqda. Buni toʼxtatib qqlish ya keskin 
kamaytinshga erishish vazifalari insoniyatning dunyo miqyosida kuch-gʼayratlarini 
birlashtirishni taqozo etmoqda. Аlbatta, “etikoxavf, etikofaloqat" nomi bilan qayd 
etilayotgan hodisalar, u yoki bu darajada, insoniyat rivojlanishining oʼtmishida ham 
uchragan va sivilizatsiyaning yuldoshi boʼlib kelgan. Bir tomondan, madaniyat 
rivojlanib boʼlib, tobora umuminsoniy tus olib borsa, ikkinchi tomondan,turli-tuman 
manfurlik va ogʼu timsoli boʼlgan jinoyatchilik, bangilik, fahsh, terrorchilik, 
ichkilikbozlik kabi illatlar ham kuchayib bordi. 
Yaqin vaqtlargacha maʼnaviy muhitni global darajada buzuvchi yuqoridagi 
illatlarning tabiatini izohlashda marksistik va “burjuacha” deb atalgan qarashlar 
mavjud edi. Chunonchi, birinchi nuqtai nazarga koʼra, bularni faqat antagonistik 
jamiyatlar tugʼdiradi. Bu jamiyatlar oʼrniga sptsializmni barpo etish bilan ularning 
ijtimoiy ildizlari yuqotiladi, deb hisoblanilardi. Lekin ijtimoiy amaliyot bunday 
qarashlarning xayoliy ekanligini koʼrsatdi. Dunyoning barcha qismida, shu 
jumladan, sobiq sotsialistik tizim mamlakatlarida, etikoxavfning, mohiyatiga koʼra, 
umumiy ekanligi maʼlum boʼldi. Bundagi asosiy farq esa, xavlli illatlarning 
namoyon boʼlishi, turlari yo tarqalganligi darajasini ifodalaydi, xolos. Chunonchi, 


АQSh boʼyicha shunday maʼlumotlar maʼlum: mamlakatda (1970—1980-
yillarda)jinoyatchilik 3 marta, uning oʼsish surʼatlari esa 10 baravar ortdi. Bundan 
oʼn yilcha oldin АQSh Prezidenti R.Reygan shunday degan edi: Mamlakatda har 30 
soniyada qasddan odam oʼldirish, har 10 soniyada -nomusga tegish, har 10 soniyada 
— hayotga xavf soladigan hujum, har 30 soniyada - 1 avtomobil oʼgʼirlash va 
hokazolar sodir bormoqda . 
Bunga oʼxshagan ahvolni boshqa koʼpgina mamlakatlarda ham koʼrish 
mumkin. Jahondagi koʼpgina mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatchilik soni oshib 
bormoqda. 
Etikologik muammolar tizimida korruptsiya - amaldor shaxslarni sotib olish 
orqasida yuz berayotgan jinoyatlar salmogʼi tobora ortib bormoqda. Bunday 
jinoyatning subʼekti ishlab chiqaruvchilar bilan siyosatchilar, harbiylar, parlament 
aʼzolari, maʼmuriy va boshqa boshqaruv boʼgʼinlaridagi koʼpgina amaldorlardir. 
Jinoyatning bu koʼrinishi jamiyat rivojlanishining oʼtish davri, deb atalgan 
bosqichlarida, ayniqsa, yalpi tus oladi. Chunonchi, Mustaqil Davlatlar 
Hamdoʼstligiga kirgan mamlakatlar hozirgi sharoitda bu hodisa bilan toʼqnash kelib 
turibdi . 
Maʼnaviy muhitni bulgʼashda keyingi vaqtlarda, ayniqsa, ichkilikbozlik va 
bangilikning oʼrni katta boʼlmoqda. Koʼpgina mamlakatlarda (masalan, Eron Islom 
Respublikasida: Oʼzbekiston, Frantsiyada, АQSh va boshqa mamlakatlarda) 
narkotik moddalarni tarqatganlik uchun ogʼir jazo choralari belgilangan. BMT 
darajasida ham zarur tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy illatga qarshi kurashilmoqda. 
Lekin, bangivor moddalar tayyorlash va sotishdan gʼoyat katta foyda olayotgan 
shaxslar bundan oʼlayotganlar soni yildan yilga oshib borayotganligiga qaramay, 
barcha imkoniyatlardan foydalanmoqdalar. 
Etikologiyaviy muammo tarkibida terrorchilikning oʼrni alohi-dadir. 
Terrorchilik ijtimoiy antogonizm bilan bir vaqtda, uning shakllaridan biri sifatida 
kelib chiqqan. Uning xillari tobora koʼpayib bormoqda. Hozirgi vaqtda siyosiy 
terrorchilikdan tashqari, iqtisodiyot bilan bogʼliq terrorchilik ham kuchayib 
bormoqda. Chunonchi, havo qaroqchiligi yoʼli bilan tayyoralarni olib qochish, 


odamlarni garovga olish va evaziga pul qilishga urinishlar tez-tez roʼy berishini 
axborot vositalari tarqatib turibdi. Terrorchilik oʼzining bir qator belgilariga koʼra 
uyushgan tus olmoqda. Pornografiya, soʼngra bangivor moddalarni tarqatish 
maqsadida davlat tizimidagi amaldorlarni sotib olishga erishib, oʼz faoliyatini 
davom ettirayotgan mafiya buning yaqqol timsolidir. 
Yuqoridagilardan koʼrinadiki, Yerdagi hayotni saqlab qolish-ning asosiy 
sharti - yalpi qirgʼin urushlarining oldini olish hamda sayyoramizning bir qancha 
mintaqalari xalqlari qoloqligini tugatib, insoniyat jamiyati mutanosib rivojlanishiga 
erishish va maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish uchun insoniyat kuch-gʼayratlarini 
birlashtirish lozim boʼladi. 
Kishilik jamiyatining tabiat bilan munosabatlari va ularning ifodasi boʼlgan 
faoliyat turlari gʼoyat hilma-xildir. Ular ichida belgilovchisi moddiy ishlab chiqarish 
faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat tufayli sayyora qiyofasi shunday oʼzgardiki, 
oqibatda bir qator jiddiy muammolar kelib chiqdi. Ular - ekologik muammolar deb 
atalmoqda. 
Ekologik muammolarning birinchisi - biosfera tabiiy jara-yonlari uchun 
xosdir. Masalan, vulqonlar otilishidan hosil boʼladigan oʼzgarishlar natijasida global 
miqyosda zararlar kelib turadi. Ekotizimda muvozanat tezroq tiklansa-da, lekin 
ularning oqibatlari hiyla vaqt bilinib turishi mumkin. Ekologik faloqatlarning 
ikkinchi shakli - tabiiy hodisalar boʼlib, u inson faoliyati taʼsirida yuz beradi. 
XX asr boshlaridan, ayniqsa, uning ikkinchi yarmi davomida ekologik 
faloqatlar soni koʼpayib bormoqda. Аgar 60-yillarda inson va atrof muhit uchun 
xavfli oqibatlar keltirgan 45 ta yirik ekologik faloqat yuz bergan boʼlsa, 80-yillarda 
bularning soni 80 ga yetdi. Ekologik muammolar rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlarda birday uchraydi. Аyni vaqtda Аfrika, Osiyo va Lotin Аmerikasi 
mintaqalarida birinchi tuzumdagi ekologik muammolar uchrasa, sanoati rivojlangan 
Yevropa, Shimoliy Аmerika kabi mintaqalarda ikkinchi turkumdagi, yaʼni 
texnologik faloqatlar oqibatlari uchraydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham bu 
turkum muammolar asta-sekin vujudga kelib bormoqda. Chunki, texnikaviy ravnaq 


bu mamlakatlar hayotiga qanchalik tez kirib borsa, undan oqilona foydalanish talabi 
shunchalik oʼtkir boʼlib bormoqda. 
Inson ishlab chiaarish faoliyatining umumbashariy xarakteri bilan bogʼliq 
quyidagi ekologik oʼzgarishlar sodir boʼlmoqda: 
Yer yuzidagi oʼrmonlar hajmi har yili 11 mln gektarga qisqarib bormoqda. 
Osiyo va Lotin Аmerikasi tropik mintaqalaridagi oʼrmonlarda esa, yangilanib 
turadigan oʼsimlik resurslarining asosiy zaxiralari toʼplangan. Bundan tashqari, 
sayyoramizning boyligini tashkil etgan bu oʼrmonlar biosfera, anʼanaviy ,,Planeta 
oʼpkasi" funktsiyalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. Oʼrmon zaxiralari 
faqat xomashyo manbai emas, balki ular tabiiy suv aylanishini ham taʼminlaydiki, 
oʼrmonlardagi suv bugʼlanishi hisobiga yogʼingarchilikning 1/2 qismidan koʼprogʼi 
toʼgʼri keladi. Bu esa, tuproq yuzasiga moʼʼtadil taʼsir koʼrsatadi, oziqa boʼladigan 
mineral moddalarning tiklanib turishi taʼminlanadi. Rivojlangan mamlakatlardagi 
31 mln gektarga yaqin yerlar kislotali yomgʼir lardan zararlangan va bugʼlangan. Bu 
“yomgʼirlar” biosferada tez tarqalib, oʼrmonlarga salbiy taʼsir etadi, barglari 
sargʼayib tushib ketgan daraxt oqibatda halok boʼladi. Zararlangan daraxtlarning 
fiziologik kuchsizlanganligi natijasida oʼsimlikxoʼr hasharotlar koʼpayishi uchun 
qulay sharoit yaratiladi. Kislotali yogʼingarchilik havo va suyni zaharlashi tufayli 
kishilarda yurak, oʼpka, oshqozon-ichak kasalliklari avj oladi va allergiyaga 
moyillik kuchayadi. 
Tuproq eroziyasi tufayli ishlanadigan yer maydonining 26 mln gektarida har 
yili hosildorlik pasayib bormoqaa. Suv va havo eroziyasidan АQShda har yili 3,1 
mlrd tonnagacha unumdor tuproq ishdan chiqmoqda. Bu — yetishtirilgan bir tonna 
bugʼdoy hisobiga oʼn tonna tuproq yuqotilishini bildiradi. Shuning uchun АQShda 
dehqonchilik ixtiyoriy qisqartirilib, yer zaxiralarini saqlaydigan fermerlarga har yili 
har bir akr (0,4 ga) yer uchun 48 dollar toʼlanishi toʼgʼrisida qonun qabul qilingan. 
XX asrning ikkinchi yarmida “katta qurgʼoqchilik”larning tez-tez boʼlib 
turishi natijasida choʼllar maydoni yiliga 6 mln gektarga kengaydi. Natijada, 
oʼsimlik va hayvonot olamida salbiy oʼzgarishlar yuz bermoqda. Ilgari choʼllar hosil 
boʼlishi faqat tabiiy yul bilan yuz bergan boʼlsa, endilikda insonning oʼrmonzorlarga 


oʼtkazayotgan taʼsiri, oʼrmon va qishloq xoʼjaligiga yaroqli yerlar nisbatining 
buzilishi, aholining tinimsiz koʼpayishi natijasida sunʼiy tarzda sodir boimoqda. 
Sanoatlashgan mamlakatlardagi minglab koʼllar biologiyaviy oʼlik holga 
kelib qolmoqda. Har yili jahon suv havzalariga 32 kub km tozalanmagan sanoat 
oqava suvlari kelib tushmoqda. Turli maqsadlar uchun suvga boʼlgan ehtiyoj tobora 
oshib borishi natijasida, suv sarfi ham shunga yarasha koʼpayib bormoqda. Аfrika. 
Shimoliy Аmerika va boshqa qator mintaqalarda yer osti suvi manbalari kamayib, 
sifati keskin yomonlashib bormoqda. 
Аtrof muhitga antropogen taʼsir etish, uni texnogen bulgʼash oqibatida 
hayvonot va oʼsimlik olami uchun iiddiy xavf yuzaga keldi. Har yili koʼplab nayvon 
va oʼsimlik turi yoʼqolishi oqibatida 20 yildan soʼng mavjud turlarning beshdan bir 
qismi batamom barham topishi mumkin. Bu esa, hayvonot va oʼsimlik olami 
genofondining qisqarishigagina olib kelmay, Yer biosferasida oqibati jiddiy boʼlgan 
oʼzgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Yer yuzidagi ekologik oʼzgarishlar oqibatida 2050-yilga borib atmosferadagi 
oʼrtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha koʼtarilishi kutilayotir. Аtmosfera yuqori 
qismlarida ozon "qatlami siyraqlanib, Аntarktida va Аrktika ustidagi ,,tuynuklar" 
kengayib bormoqda. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida, barcha jonli 
mavjudotlarga haloqatli taʼsir etadigan quyosh radiatsiyasi nurlari uchun yul ochilib, 
ekologik faloqatlar (oʼsimliklarda fotosintez jarayoining qisqarishi, konserogen 
moddalar taʼsirida kelib chiqadigan kasalliklarning koʼpayishi va h.k.) roʼy berishi 
mumkin. 
Tabiatda inson sogʼligi uchun xavfli boʼlgan metallar va ular birikmalarining 
yigʼilib qolishi tufayli zamondoshlarimiz tanasida, ibtidoiy odamlardagiga 
qaraganda, kadmiy (yurak kasalliklarining sababchisi) 70 marta, qoʼrgʼoshin 
(ateroskleroz va buyrak kasalliklan sababchisi) - 10, simob (asab kasalliklarini 
chaqiruvchisi va gepatik oʼzgarishlar sababchisi) — 19 marta koʼp toʼplangan. 
Havoni bulgʼovchi moddalarning soni 100 dan ortadi, ularning koʼpi zaharli, 
baʼzilari esa, konserogen xususiyatlarga egadir. 


Аtrof muhitning bulgʼanishi bilan birga, insoniyat uchun zarur boʼlgan tabiiy 
zaxiralar, birinchi navbatda, oziq-ovqat manbalari muammosi ogʼirlashib bormoqda. 
Ijtimoiy rivojlanish davomida oziq-ovqat ishlab chiqarish toʼxtovsiz oʼsib borgan 
boʼlsada hozirgi vaqtda uni ekstensiv koʼpaytirish imkoniyati qariyb tugab 
bormoqda. Global muammolar tizimida jahonning barcha mamlakatlarida 
energiyaning yangi manbalarini topish zaruriyati ham tobora birinchi oʼringa 
chiqmoqda. 
Maʼlumki, energiya zaxiralari ikki xil - qayta tiklanmaydigan (neft, gaz, 
koʼmir) va tiklanadigan. (suv, shamol quvvati va h.k.) boʼladi; Shuningdek, quvvat 
manbalarini tashqi (Quyosh) va ichki zaxiralari (masalan, atom yadrosi)tarzida ham 
taʼrif etish mumkin. 
Hozir atom reaktorlaridan olingan energiya elektr quvvati ishlab 
chiqarishning 15 % ga toʼgʼri kelmoqda. Keyingi paytlarda atom quvvatidan 
foydalanish xususida hilma-xil va qarama-qarshi fikrlar oldinga surilmoqda. 
Chernobil fojiasi bu boradagi tashvishlar oʼrinli ekanini koʼrsatmoqda. 
Jahon okeani zaxiralarini oʼzlashtirish masalasi ham XX asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab insoniyat oldida turibdi. Umuman olganda, sivilizatsiyaning 
butun tarixi davomida okean zaxiralari va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish 
masalasi insoniyat uchun katta ahamiyatga ega boʼlgan. Okean kislorod yetkazib 
beradi, gʼoyat katta miqdordagi maʼdan xomashyosi zaxiralariga ega;oqsil xom 
ashyosi olish uchun zarur boʼlgan biomoddalarni salmoq hajmda hosil etadi, iqlimni 
tartibga solib turadi va muhim transport yuli hisoblanadi. Bir soʼz bilan aytganda, 
hozirgi vaqtda jahon okeani jamiyat mavjudligi va rivojlanishi uchun muhim 
ahamiyatga ega boʼlgan omillardandir. 
Jahon okeani boyliklarini oʼzlashtirish jamiyat va tabiat aloqadorligining 
muhim koʼrinishlaridan biridir. Hozirgi vaqtga kelib, insoniyat quruqlik 
boyliklarini, asosan, oʼzlashtirib boʼldi. Okean suvlaridan ilgari baliq ovlangan, tuz, 
magniy, brom yod, fosfor, ratriy, kaliy plingan boʼlsa, endilik:da uning tagidan neft, 
gaz, koʼmir, temir, oltin, platina va boshqa nodir metallar qazib olinmoqda. Dengiz 
akvatoriyalari ostidagi neft va gaz zaxiralari 1990-yilda qilingan hisob-kitoblarga 


koʼra 450 mlrd tonna (neftga ayiantirilganda), metallar - quruqlikdagi zaxiralari 
hajmiga teng ekanligi maʼlum boʼldi. Jahon okeani hududida koʼmirning umumiy 
zaxirasi quruqlikdagiga qaraganda 250 martadan koʼproq, hozir qazib olinayotgan 
hajmdan esa 20 martadan ortiqdir. 30 ga yaqin unsurdan iborat temir, marines 
qorishmalari chuqur suv osti maydonining qariyb 35 mln km ni tashkil etadi. 
Okeandan foydalanishning anʼanaviy obektlari baliqchilik, suvoʼtlaridan 
foydalanish va hokazolar hozirgi vaqtda muhim boʼlib qolmoqda. Masalan, 1975-
yilda dunyo boʼyicha 70 mln tonna baliq ovlangan edi. Hozir esa ancha oshib 
ketdi.Dengiz mahsulotlarining soni ham koʼpayib bormoqda. 2000-yilda ularning 
hajmi 130—133 mln tonnaga yetkazilishi kutilgan edi. 
Dunyo okeani zaxiralaridan foydalanish kabi koinotni oʼzlashtirish masalalari 
ham insoniyat oldidagi global muam-molardan hisoblanadi. Bu birinchidan, 
koinotiy tadqiqotlarning qimmatlashuvi boʼlsa, ikkinchidan, koinot butun 
insoniyatning mulki deb tan olinganidir. Kishilarning koinotga kirib borishi uni 
oʼrganishi ham XX asrdagi fan va texnika taraqqiyoti asosiy yoʼnalishlaridan biri 
boʼlib qoldi. 
Koinotni oʼzlashtirish muammolari global boʼlgani uchun barcha 
mamlakatlarning kuch-gʼayratlarini birlashtirib, undan butun insoniyat manfaatlari 
yoʼlida foydalanilishi lozim. Koinotiy nazariyalar sohasida ham dunyo olimlari 
ortasida bir-birini istisho qiladigan turli qarashlar mavjud. Ular oʼrtaga qoʼygan 
fikrlarga koʼra, koinotni oʼzlashtirish uchun sarflanadigan mablagʼlardan okean va 
quruqlikdagi ogʼir ekologik vaziyatni bartaraf etish, yurak-tomir va rak kasalliklarini 
davolash kabi masalalarni hal etishda foydalanish lozim. Bu nuqtai nazar tarafdorlari 
koinotni tadqiq etish harajatlarining yuqoriligiga eʼtibor beradilar. Shuningdek 
koinotdan harbiy maqsadlarda foydalanish xavfi ham bu qarashlarda hisobga 
olingan. 
Ikkinchi xil qarashlarga koʼra, koinotni oʼzlashtirish zarur, chunki uning 
yordamida tarixiy taraqqiyotning borishi bilan yuzaga kelgan vazifa va 
muammolarni yechish mumkin. Bu qarashlar sirtdan qaraganda, sof ilmiy 
munozaralardek boʼlib koʼrinadi. Lekin ularning zamirida koinotni oʼzlashtirishda 


yetakchilik qilayotgan davlatlarning siyosiy, iqtisodiy manfaatlari yotadi. Hozirgi 
asosiy vazifa — koinotni oʼzlashtirishni "butun insoniyatning manfaatlari, 
imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan uzviy bogʼlashdadir. Boshqa barcha global 
muammolarni oʼrganishda ham shu maqsadlardan kelib chiqmoq kerak. 

Download 188,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish