Mavzu:GIS da malumotlar malumotlamodellarini qurishning umumiy tushunchalari
Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha asos, dalil, alomat, belgi, axborot, xabar, fakt kabilar informatsiyaning tashkil etuvchilaridir. Ma’lumotlar avtomatlashtirilgan geoinformatsion tizim (GIS) tarkibida va undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin.
GIS tarkibida muhitidagi ma’lumotlar deganda o‘lchash va kuzatish natijalari tushununiladi. Ularning uchta tashkil etuvchisi mavjud: ob’ektni tasvirlovchi, ta’riflovchi yoki izohlovchi atributlari (belgilari), predmetning fazoviy o‘rnini belgilovchi geografik ma’lumotlar; vaqt va zamonni bildiruvchi axborotlar.
SHunday qilib, ma’lumotlar - bu informatsiyani shakllantiruvchi va uni keltirib chiqaruvchi “xomashyo” bo‘ladi. Ular informatsiyaning atributlari (tashkil etuvchilari) hisoblanib, fakt, dalil va tushunchalarni aks ettiradi. Boshqacha aytganda ma’lumotlar bu inson ishtirokidagi avtomatik vositalar yordamida ishlab chiqarish uchun yaraydigan (qo‘l keladigan) tarzga keltirilgan informatsiya.
Informatsiya –amaliy ma’lumotlar va ular orasidagi munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlar majmui.
Informatika –insoniyat, jamiyatning madaniy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatida topish, tanlash, saqlash, uzatish, o‘zgartirish va qo‘llash qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan. U inson tomonidan ishlab chiqarishda va ijtimoiy hayotda foydalaniladigan resurs turlaridan biri hisoblanadi.
Informatsiya uch xil bo‘ladi: qo‘shimcha (yordamchi), vizual (ko‘zga ko‘rinadigan) va aprior (nazariy, tajribada sinalgan).
Birlamchi informatsiya bevosita o‘lchash, tasvirga olish va kuzatish natijasida olinadi. Masalan, havoning harorati, bosimi, namligi, ifloslanganligi to‘g‘risida olingan ma’lumotlar birlamchi informatsiya bo‘ladi. Qayta matematik ishlab chiqilgan informatsiya (suv balansi, issiqlik balansi) ikkilamchi hisoblanadi.
Informatsiya geologik yoki kartografik usullarda aniq bir hudud, joy, landshaftga tirkalgan (bog‘langan) bo‘lishi kerak. Informatsiya to‘planish usuliga qarab nazariy va tajribaviy, nazorat yoki o‘lchash joyiga qarab, joyida o‘lchangan yoki hisoblab topilgan, qo‘llanilgan texnik vositaga qarab - asbob vositasida o‘lchangan, ko‘rib kuzatilgan, tavsifi bo‘yicha, miqdorga va sifatga tegishli bo‘ladi,
Kuzatish usullarini quyidagicha farqlash qabul qilingan:
1) Bevosita (kontaktli), ya’ni, bu holatda tadqiqotchi bevosita kuzatuv va o‘lchash ishlarini olib boradi.
2) Bilvosita (vositali) - masalan, maxsus datchiklar yordamida fizik ma’lumotlarni olish.
3) Distansion (kontaktsiz) - aero, kosmik foto-tasvirlar, pozitsion o‘lchovlar.
Informatsiyaning keng qamrovligi, aniqligi va ishonchliligi nihoyatda muhim.
Ba’zi bir hollarda birlamchi ma’lumotlar ziddiyatli, ortiqcha bo‘ladi va shu sababli noto‘g‘ri xulosa chiqarishga olib keladi. Hosil bo‘lgan ziddiyatlarni echish va tushuntirish murakkab va ko‘p hollarda echimi yo‘q muammo bo‘lib qoladi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalarni ba’zi bir muammolarni echimini topish imkonini yaratdi. Unutmaslik kerakki, bu shunchaki bir vosita. Informatsiyadan malakasizlik yoki bilimsizlik tufayli foydalanish jiddiy, ba’zida tuzatib bo‘maydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Geografiya fani va uning alohida tarmoqlarining asosiy vazifasi mavjud to‘plangan informatsiyani tushunib etib, turli masalalarni echimini topishda foydalanishdir.
Xilma-xil tematik xarita, ma’lumotnomalar to‘plami va atlaslarni yaratish uchun informatsiyani to‘plash, ularga berish, tasniflash zarur. Buning uchun zamonaviy informatsion tizimlarni tashkil etuvchi barcha kompyuterlar, informatsiyani kiritish va chiqarishni ta’minlovchi zamonaviy avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi.
Raqamli kartografiya, informatikaning usul va vositalarini, kompyuter grafikasi, distansion aerokosmik vositalar, global sputnikli (yo‘ldoshli) navigatsiya tizimlarini rivojlanishi zamonaviy geografik informatsiya tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Asosiy adabiyotlar
1. YUbko A.V., Ryaxovskiy V.M., SHvыchko P.A. Trexmernыe prostranstvennыe modeli geologo-geofizicheskix dannыx: prinsipы postroeniya i metodы graficheskoy vizualizatsii// Geoinformatika. 2005.№ 3. S.17-25.
2. Xryukin V.T., Ryaxovskiy V.M. i dr. Geoinformatsionnыe texnologii kak osnova geologo-geofizicheskix modeley. International conference « GIS in
Do'stlaringiz bilan baham: |