Mavzu: Gidrofill moddalardan suspenziya tayyorlash


Gidrofill moddalardan suspenziyalar tayyorlash.[3]



Download 81,97 Kb.
bet6/15
Sana31.12.2021
Hajmi81,97 Kb.
#238436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu Gidrofill moddalardan suspenziya tayyorlash-fayllar.org

Gidrofill moddalardan suspenziyalar tayyorlash.[3]

1. Dispersion usulda tayyorlanadigan suspenziyalar asosan quyidagi moddalardan tayyorlanadi:

a) gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan;

b) gidrofil bo‘kuvchi moddalardan;

d) gidrofob moddalardan.

Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash [9]

Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi, magniy karbonat, oq gil, kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda  ularni professor B.V. Deryagin qoidasiga ko‘ra maydalanadi. Bunda 1 g modda 0,4—0,6 ml suyuqlik bilan  dispergirlanadi. Hosil bo‘lgan bo‘tqaga 10—20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shib yaxshilab hovoncha dastasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 2—3 daqiqa tindiriladi. Ustki qismi idishga solinadi, cho‘kmasi esa yana maydalanib ustiga yana 10—20 barobar ko‘p  suyuqlik qo‘shiladi va yuqoridagi jarayon takrorlanadi.

Rp: Bismuthi  subnitratis 4,0

Aq. Menthae piperitae 200 ml

M.D.S. Ichish uchun.

Vismut nitrat asosi 1,5—2 ml yalpiz suvi bilan hovonchada maydalanadi. Hosil bo‘lgan pulpa 40 ml yalpiz suvi bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2—3 minutga qoldiriladi. So‘ng ustki qismi shisha idishga solinadi. Тagidagi cho‘kma yana 40 ml yalpiz suvi bilan aralashtiriladi. Bu jarayon cho‘kma tugaguncha davom ettiriladi. «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.

Rp: Zinci oxydi 1,5

Hexamethylentetramini 1,0

Aquae purificatae 120 ml

M.D.S. Sirtga qo‘llash uchun.

Rux oksidi miqdori 3% dan kam bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik — hajm usulida tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 110 ml tozalangan suv 10 ml geksametilentetramin eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Hovonchaga 1,5 g rux oksidi  solib 0,75 ml eritma bilan aralashtirib maydalanadi (Deryagin qoidasiga ko‘ra). So‘ngra 15 ml (10 barobar ko‘p) eritma qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. 2—3 daqiqa tindirilib, ustki qismi  idishga solinadi. Cho‘kma yana maydalanib, ustiga 15 ml eritma qo‘shib aralashtiriladi. Yana 2—3 minutga qoldirilib, ustki qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi qolmaguncha takrorlanadi. Suspenziyaga «Ishlatishdan oldin chayqatilsin», «Sirtga qo‘llash uchun» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.

Rp: Extracti Belladonnae 0,1

Bismuthi subnitratis 2,0

Aq. rurif.100 ml

M.D.S. 1 desert  qoshiqdan 3 mahal

Dastlab quyuq ekstraktning suvli eritmasi tayyorlab olinadi. So‘ngra yuqoridagi retsept  texnologiyasi bo‘yicha suspenziya tayyorlanadi.

Rp: Zinci oxydi 20,0

Тalci 20,0

Glycerini 30,0

Aq. rurif. 100 ml

M.D.S. Sirtga.

Bu retseptda quruq modda miqdori 3% dan ko‘p bo‘lgani uchun suspenziya  og‘irlik usulida tayyorlanadi.

Hovonchada rux oksidi, talk aralashtiriladi va 20 gglitserin bilan dispergirlanadi. So‘ng qolgan glitserin solinadi va oz-ozdan suv qo‘shib shisha  idishga yana chayib solinadi.


Download 81,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish