Mavzu: Gidrofill moddalardan suspenziya tayyorlash


Asosiy qism Suspenziyalarni ta’riflanishi va tasniflanishi



Download 81,97 Kb.
bet2/15
Sana31.12.2021
Hajmi81,97 Kb.
#238436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu Gidrofill moddalardan suspenziya tayyorlash-fayllar.org

Asosiy qism


  1. Suspenziyalarni ta’riflanishi va tasniflanishi.

Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo‘lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers muhitdan iborat. Qattiq moddalarning suspenziyadagi zarrachalar kattaligi 0,1 dan - 1 mkm gacha, qo'pol dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko‘pincha suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo‘lib, suvda juda kam eriydigan yoki amalda erimaydigan preparatlardan tashkil topadi. Suspenziya hosil bo’lishidagi asosiy omil eruvchanlik bo'lib, shu xususda moddalar eruvchanligini o‘zgartirishi mumkin bo'lgan quyidagi hollarda ham suspenziya hosil bo’ladi. Suspenziya lotincha “dispcrgere” tarqalmoq so'zidan olingan bo’lib, qattiq faza zarrachalari dispers muhitda osilma holida tarqalgan bo’ladi.

1. Dispers faza dispcrs muhitda erimasa.

2. Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo’lsa.

3. Ikki xil erituvchining qo'shilishidan moddaning eruvchanligi yomonlashsa.

4. Eritmada erigan moddalarning kimyoviy rcaksiyasi natijasida erimaydigan yangi modda yuzaga kelsa.

Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo’ljallangan dori moddalar bo’lib, bu dori turlari murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko‘p uchraydi va ularni amaliyotda «mikstura» deb ham yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada dispcrslangan (maydalangan) bo’lib, kukunlarga nisbatan organizmga tezroq so'riladi va samarali davolash xususiyatiga ega bo’ladi. [1]

Mikstura - suspenziyalar yetarli darajada turg'un bo’lishi kerak. Bundagi zarrachalarning juda sekin-asta cho'kishi miksturalarni ichish davrida yetarli darajada to‘g‘ri dozalarga bo’lish imkoniyatini yaratadi. Shunday bo’lishiga qaramay, mikstura - suspcnziyalar tarkibida zaharli va kuchli ta'sir ko'rsatadigan moddalar berilmaydi. [2]

Mikstura - suspenziyalar shubhasiz, suzilmaydi va filtrlanmaydi. Mikstura – suspenziyalar magistral yozmalar bo'yicha extemporae tayyorlanadi. Suspenziyalarni zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va kinetik energiyasi, zarrachalarni betartib harakatlanishi bilan bog'liq. Shuning uchun suspenziyalar fazani harakati uni dispers darajasiga, muhitni qovushqoqligi kabi omillarga bog'liq bo'ladi (cho‘kadi). Umuman fazani cho‘kish tezligi Stoks formulasi bilan ifodalanishi mumkin

Boshqacha qilib aytganda, suspenziyalar turg'unligi zarrachala r diametrini kvadratiga, dispcrs faza va dispcrs muhitni solishtirma og'irligini farqiga, tortilish kuchi tezlanishiga teskari, dispersion muhitning qovushqoqligiga to‘g‘ri proporsionaldir. Formulani to‘g‘ri talqin qilinib, amaliyotda qo’llanilsa, ularning ba'zi bir ko‘rsatkichlari suspenziyalar turg'unligini oshirishda amaliyotda qo'llasa bo‘ladi. Buning uchun shunday qilmoq zarurki, d - qiymatini iloji boricha kamaytirish va h - qiymatini mumkin qadar ko'tarish, muhit qovushqoqligini oshirish lozim. Ayniqsa, d - qiymatini o‘zgartirsa kuchli ta'sir qiladi. [1]



Masalan, dc = l (suv) va dr=2,7 va h=0,015 (suv) va zarrachaning radiusi 10 mkm bo'lsa, 1 sm ga cho'kish vaqti 31 soniya, zarracha radiusi 1 mkm — 52 daqiqa 0,1 mkm radiusida bo‘lsa, 86 soatda cho'kmaga tushadi. Dori moddalar zarrachalari zichligi, kvars zarrachalariga yaqin bo‘lsa, misolda kcltirilishiga, ularga o‘xshash tezlikda cho‘kmaga cho‘kishini ko‘z oldimizga keltirishimiz qiyin emas. Bundan xulosa qilib, suspenziyalarni tayyorlaganda ularning zarrachalarini kattaligi 10 mkm dan oshmaydigan qilib olish kcrak (dorixonadagi suspenziyalar ko‘p dispersli sistcmadir). Shunday qilganimizda mikstura tarkibidagi suspenziya zarrachalari cho'kmaga cho‘ktirmay, dozalarga bo’lishda xatolikka yo‘1 qo'ymasdan, o’lchab olish uchun yctarli imkoniyat yara tiladi. Dorixonada tayyorlanadigan suspenziyalar uchun Stoks formulasi qo’llanilib, bunda yuksak darajada dispers sistema saqlagan, zarrachalari qat'iy yumaloq shaklda, butunlay qattiq va tckis bo'lishi ko'zda tutilgan. Ammo ko‘p miqdordagi mikstura, suspcnziyalar va boshqa oddiy suspenziyalar ham bu talabni qanoatlantirmaydi. Dori moddalarning disperslangan zarrachalari har xil shaklda bo'lishi mumkin. Stoks formulasi suspenziya dori formasidagi holatlarni har tomonlama baholanishini ko'rsatsa ham, undagi bir omil, ya'ni erimaydigan moddalar suv bilan oson ho’llanuvchi gidrofil, qiyin ho'llanadigan – gidrofob xususiyatlari bilan bog‘liq bo'lgan fazalari chegarasida sodir bo’lgan hodisalarni ko‘rsatmaydi. Masalan, gidrofil xossasi bo'lgan kukunlar, MgCO3, CaCO3, ZnO suvda loyqalantirish bilan yetarli darajada turg‘un suspenziyalar hosil qiladi. Shuning uchun ularning ustida taranglik parda hosil bo’lishi zarrachalarning bir-biri bilan qo‘shilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Gidrofob xususiyatiga cga bo‘lgan zarrachalar o‘z-o‘zidan stabillangan suvli pardani hosil qilolmaydi, chunki osonlikcha o‘z-o‘zidan yuz bcradigan (molekulani tortish kuchi ta'sirida) yopishqoq massa, oxirgi davrda csa parcha agregatlar hosil qilib, keyin tczda cho‘kmaga tushadi. Agar suspenziyalarda koagulatsiya hodisasi natijasida hosil bo’lgan zarracha birikmalari suv bilan yomon ho'llansa, unda ular suv yuziga suzib chiqadi. Bunday hodisaning nomi flokulatsiya deb ataladi. Qattiq faza sirtining yomon ho'llanishi natijasida, havo pufakchalari yopishishiga yordamlashadi. Shuning uchun suspenziyalarni havo pufakchalari bilan chayqatilsa, flokulatsiya hodisasi kuchayadi. Biroq gidrofob, liofil zarrachalarni suvga munosabatini tubdan o‘zgartirish imkoniyatlari bor va uni amaliyotga tatbiqi suspcnziyalarning agrcgat turg'unligini oshirishi mumkin. Stabillash usullari bir qancha. Suvli dispersion muhitda, shuningdck, qutbli organik suyuqliklarda (masalan, spirtda) suspenziya zarrachalarining sathi ma’lum ishorali dzeta-potensial bilan stabillanishi mumkin. Liofob zolida mitsella mag'izining zaryadlanishi (ionlaming eritmadan shimilishi va dissotsialanishi yoki qattiq faza yuzasidagi qatlamni gidrolizlanishi) kabi suspcnziyalarda dzeta-potensialni vujudga kclishini shunday izohlasa bo’ladi. Bu turdagi suspenziyalarni tayyorlashda shuni bilish kerakki, ularga qo‘shilgan ma’l um konsentratsiyadagi clcktrolitlar ular turg‘unligini oshiradi. Elektrolitlarning konsentratsiyasini oshirish natijasida turg'unligini oshir- masdan koagulatsiya yuzaga kcladi. Suspenziyalarni eng kuchli himoya qiladigan - yuqori molekulali birikmalardir. Bu birikmalarni eritmalari nafaqat o‘zlari katta turg'unlikka ega bo’libgina qolmay, bu xossasini gidrofob zarrachalarga ham olib beradi. Ko'rsatilgan birikmalarning stabillash xususiyati suspcnziyalarda shundan iboratki, suspenziya zarrachalari sirtida gidratli himoya qatlamini hosil qiladi hamda bu zarralarni uzun marjonsimon makromolekula bilan o‘rab oladi.[4]




Download 81,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish