Germaniya ikkinchi jahon urushi davrida
Germaniya 1936—39 yillarda Italiya bilan birgalikda Ispaniyaga qarshi intervensiya uyushtirdi. 1938-yil martda Avstriyani qoʻshib oldi. 1939-yil 1-sentyabrda Germaniya Polshaga hujum qilib, ikkinchi jahon urushi (1939-45)ni boshlab berdi. 3-sentyabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1940-yil aprelda Germaniya Daniya va Norvegiyani, may—iyunda esa Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg va Fransiyani bosib oldi. 1940-yil sentyabrda Berlinda Germaniya, Italiya va Yaponiya oʻrtasida harbiy ittifoq tuzildi. 1941-yil aprelda Germaniya Yugoslaviya va Yunoninstanni bosib oldi. Shu yili 22-iyunda esa Germaniya urush eʼlon qilmasdan SSSRga hujum qildi. Dastlabki muvaffaqiyatlariga qaramay, nemis fashistlari shiddatli zarbaga duch keldi. 1945-yil 2-mayda ittifoqchilar qoʻshinlari Berlinni egalladi. 8-mayda Germaniya soʻzsiz taslim boʻlganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |