Mavzu: Germaniya 1871-1914 yillarda Mundarija kirish


Germaniyaning birlashishi



Download 56,17 Kb.
bet4/7
Sana09.06.2022
Hajmi56,17 Kb.
#647212
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Германия 1871-1914 шохин3

1.2 Germaniyaning birlashishi.  
Bismark Prussiya hukumatining boshligi bulgandan keyingi birinchi ommaviy chiqishida uzininig dasturini eʼlon kilib, Vena traktata tomonidan urnatilgan chegara Prussiyani kanoatlantirmasligini bildirdi hamda «bugun davrning buyuk muammolari va kupchilikning qarorlari bilan emas, qurol va qon bilan hal qilinadi», dedi. U shuningdek, Prussiya va Аvstriya urtasidagi munosabatlar ham qonikarli emasligini bildirib, agar bu munosabatlar yaxshilanmasa, Prussiya Аvstriyaning dushmanlari bilan kelishishga majburligini aytdi. Bu shunchaki siyosiy uyin emasligi tezda maʼlum buldi. 1862 yili Poliada kuzg’olon kutarildi va Yevropa davlatlari ruspolyak muammolariga aralasha boshladilar. Аvstriya Аngliya va Frantsiyani qullab Rossiyaga qarshi chiqdi. Prussiya esa namoyishkorona Rossiya bilan Аlvensleben sulhini imzolab, uzining keyingi harakatlari Rossiya tomonidan qullanilishini kafolatlab oldi. Bismarkning keyingi harakata Daniyaga qarshi qaratildi.
1863 yil noyabrda Daniya qiroli uz konstitutsiyasining Shlezvig va Lauenburgta qam tatbik etilishini eʼlon qildi va butun Germaniyani jazavaga solgan ushbu qarordan ikki kun keyin olamdan o’tdi. Uning urniga 1852 yilgi London protokoliga binoan shahzoda Glyuksburgskiy keldi. Taxtga bulgan uz hukuklarini yengiltaklarcha sotgan gertsog Аvgustenburgskiyning ug’li ham endi uz daʼvosini yangiladi. Bismark vujudga kelgan xolatdan zudlik bilan foydalanishga qaror qildi. U 1849 yilgi xatoni hisobga olib, bu safar yolgiz harakat qilmaslik uchun Аvstriyani ham Shlezvig va Golshteynni birgalikda bosib olishga kundirdi. 1863 yil fevralda avstropruss kushinlari Shlezvig va Golshteyn hududiga bostirib kirdi. Daniya qushinlari mag’lubiyatga uchradi. 1864 yil 30 oktyabrda imzolangan tinchlik sulhiga kura Shlezvig, Golshteyn va Lauenburg Аvstriya va Prussiyaning hamkorlikdagi mulki deb eʼlon qilindi. Yerlarga egalik kilish buyicha ikkala davlat urtasida vujudga kelgan kelishmovchilik 1865 yil 14 avgustda Golshteyn konventsiyasi orqali hal qilindi: Shlezvig hududi Prussiya tomonidan, Golshteyn Аvstriya tomonidan boshqariladigan buldi; Lauenburgni esa Prussiya 2,5 mln talerga sotib oldi; Kilda Prussiya boshqaruvi urnatildi.
Keyingi yarim yilni Bismark Аvstriyaga qarshi urush boshlash uchun mamlakat ichkarisida va chet ellarda qulay muhit yaratishga sarfladi. U Аvstriya tarkibiga kiruvchi Venetsiyani egallash ishtiyokida edi. 1866 yil 8 aprel kuni Prussiya bilan Italiya urtasida shartnoma imzolandi va unga kura Prussiya uch oy ichida urush boshlaydigan buldi. Berlin bilan Vena urtasidagi munosabatlar borgan sari chigallashib bir biriga taxdidli notalar yuborishgacha borib yetdi. 1866 yil 28 fevralda Prussiya davlat kengashida suzga chikkan qirol Vilgelm har qanday yo’l bilan, hatto urush bilan bulsada, Аvstriyaga uz urnini kursatib quyishini aytdi. Аvstriya imperatorining atrofidagilar xuddi shu gaplarni Prussiyaga nisbatan aytdilar4.
1866 yil 10 mart kuni Аvstriya, 24 mart kuni esa Prussiya german davlatlariga murojaat qilib, bir tomonning harbiy tayyorgarligi qarshi tomonni uz kushinlarini jangovar xolatga keltirishga majbur qiladi, deyishdi. 12 iyunda Аvstriya tomoni diplomatik munosabatlarni uzganligini eʼlon qildi. Bu xol Bismarkni urush eʼlon qilishdek ogir holatdan qutqardi. 14 iyulda ittifok seymida Аvstriyaning Prussiyaga qarshi ittifoq qushinlarini safarbar qilish hakidagi taklifi kupchilik tomonidan quvvatlandi. 16 iyul kuni Prussiya Saksoniya, Gannover va Gessenga qushin kiritdi. Faqat gannoverliklar jiddiy qarshilik kursatishdi, xolos. Shu tariqa kechagi ikki ittifokchi, ikki nemis davlati urtasida. urush boshlandi5.
Urushning asosiy jangi Sadova qishlog’i yonida bulib, unda avstriyaliklar armiyasi tor-mor kilindi. Fransuzlar vositachiligida 1866 yil 26 iyulda Nikolsburgda yarash, 23 avgustda Pragada tinchlik sulhi imzolandi. 19-asrning ikkinchi yarmida sodir bo'lgan va 1871 yil yanvarda Germaniya imperiyasining tashkil etilishi bilan yakunlangan tarixiy jarayon edi. Birlashishdan oldin o'sha hududda Avstriya imperiyasi va Prussiya o'zlarining ahamiyati bilan ajralib turadigan 39 ta turli davlatlar bo'lgan. Ushbu hududlarning barchasini bitta davlat ostida birlashtirish g'oyasi asrning boshlarida kuchaygan. Bunga nemis millatchi romantizmining paydo bo'lishi bilan birga mafkuradan tortib, Markaziy Evropada ustunlik uchun Avstriya va Prussiya o'rtasidagi tortishuv kabi iqtisodiy va strategik sabablar sabab bo'ldi. Birlashtirish qurol orqali amalga oshirildi. Prussiya hududini kengaytirgan va imperiyaning yaratilishiga olib kelgan uchta urush bo'lgan. Avstriya va Frantsiya eng ko'p jabr ko'rgan, chunki ular ba'zi hududlardan voz kechishga majbur bo'lgan va qo'shimcha ravishda ularning siyosiy kuchlari pasaygan. Birlashtirish natijasida yangi buyuk kuch paydo bo'ldi. Imperiya inglizlar va frantsuzlar bilan to'qnashib, Afrikada mustamlakalarni olishga harakat qildi. Boshqa holatlar bilan bir qatorda, bu Birinchi Jahon urushi boshlangunga qadar davom etgan bir necha xalqaro ittifoqlarning yaratilishiga olib keldi.




Download 56,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish