Mavzu: Geologik muammolarning turlari va tarqalishi - Sayyoraviy geoekologik muammolar, ularning oqibatlari va oldini olish tadbirlari
- Hududiy geoekologik muammolarning vujudga kelishi va ularning echimi Mahalliy geoekologik muammolarning tarkib topishi va echimlari 8.1.Sayyoraviy geoekologik muammolar, ularning oqibatlari va oldini olish tadbirlari. Atrof muhitning ifloslanishi tabiat va inson faoliyati bilan bog’liq tarzda ro’y byerishi mumkin. Tabiiy ifloslanishning asosiy manbalari: vulqonlar otilishi, sel, zilzila, ko’chki, suv toshqini, kuchli shamollar, yong’inlar kabi tabiiy jarayonlar natijasida sodir bo’ladi. Bu turdagi ifloslanish bevosita tabiiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, unda inson ishtiroki bo’lmaydi.
Inson xo’jalik faoliyati bilan bog’liq barcha ifloslanishlarni ba’zan antropogen ifloslanish deb ataladi. Antropogen ifloslanish tabiat komponentlari bo’yicha: suvning ifloslanishi, havo yoki tuproqning, yana shuningdek, landshaftlarning ifloslanishi kabi guruhlardan iborat. Antropogen ifloslanish davomiyligiga ko’ra: vaqtinchalik va doimiy; tarqalish ko’lamiga ko’ra: sayyoraviy (global), hududiy (regional) va mahalliy (lokal) guruhlarga ajratiladi. Ifloslanish turi va manbalari jihatidan: fizik, kimyoviy, biologik, mexanik va boshqa turlarga bo’linadi. Ularning yana qator tarmoqlari bor. Masalan, fizik ifloslanishning o’zi issiqlik, yorug’lik, shovqin, radiaktiv, elektromagnit bilan ifloslanishga ajratiladi. Antropogen ifloslanish kuchaygan sari turli muammolarni, ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli ekologik muammolarni keltirib chiqarayotganligi kun sayin ravshanlashmoqda. Ayniqsa, ushbu muammolarning ta’sir kuchi va ko’lami ortib borayotganligi juda tashvishli holdir. - Inson xo’jalik faoliyati bilan bog’liq barcha ifloslanishlarni ba’zan antropogen ifloslanish deb ataladi. Antropogen ifloslanish tabiat komponentlari bo’yicha: suvning ifloslanishi, havo yoki tuproqning, yana shuningdek, landshaftlarning ifloslanishi kabi guruhlardan iborat. Antropogen ifloslanish davomiyligiga ko’ra: vaqtinchalik va doimiy; tarqalish ko’lamiga ko’ra: sayyoraviy (global), hududiy (regional) va mahalliy (lokal) guruhlarga ajratiladi. Ifloslanish turi va manbalari jihatidan: fizik, kimyoviy, biologik, mexanik va boshqa turlarga bo’linadi. Ularning yana qator tarmoqlari bor. Masalan, fizik ifloslanishning o’zi issiqlik, yorug’lik, shovqin, radiaktiv, elektromagnit bilan ifloslanishga ajratiladi. Antropogen ifloslanish kuchaygan sari turli muammolarni, ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli ekologik muammolarni keltirib chiqarayotganligi kun sayin ravshanlashmoqda. Ayniqsa, ushbu muammolarning ta’sir kuchi va ko’lami ortib borayotganligi juda tashvishli holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |